MOODLE
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

KORPORATIV BOSHQARUV KAFEDRASI

Kafedra mudiri:
Maxkamova Mamlakat Abdiqodirovna
Iqtisod fanlari doktori, professor
Qabul kunlari:
E-mail:

Kafedra tarixi:

“ Korporativ boshqaruv ” kafedrasi tarixi .

1968 yilning sentyabr oyida Toshkent politexnika instituti «Sanoat iqtisodiyoti»  kafedrasi bazasida «Mashinasozlik iqtisodiyoti va uni tashkil etish», «Konchilik sanoati  iqtisodiyoti va uni tashkil etish», «Energetika iqtisodiyoti va uni tashkil etish» kafedralari tashkil etildi.«Mashinasozlik iqtisodiyoti va uni tashkil etish» kafedrasiga O‘zbekistonda xizmat        ko‘rsatgan fan arbobi, i.f.d. prof. A.G.Spax boshchilik qildi. O‘tgan vaqt ichida i.f.d. prof. D.R.Said–Djalolov, i.f.d. M.A.Maxkamovalar kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib bordilar. Kafedra o‘z faoliyati davomida «Mashinasozlik iqtisodi va menejmenti» mutaxassisligi bo‘yicha muhandis–iqtisodchilarni tayyorlab kelgan.2001 yildan boshlab 5340100–«Iqtisodiyot» (tarmoqlar bo‘yicha) yo‘nalishida bakalavrlar tayyorlandi. 2002 yildan «Innovatsion menejment» mutaxassisligida magistrlarni tayyorlash amalga oshirildi. «Konchilik sanoati iqtisodiyoti va uni tashkil etish» kafedrasining asoschisi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, prof. L.G.Gertman hisoblanadi. 1971–1985 yillarda kafedraga dots. N.X.Sagatov, 1986–1990 yillarda dots. Abduqaxxorov raxbarlik qilganlar. 1990 yildan 2008 yilning may oyigacha i.f.d. prof. S.R.Alimxo‘jaev kafedrani boshqarib keldi. Kafedra 2001 yilgacha «Konchilik sanoati, geologiya–qidiruv va neft sanoati» bo‘yicha muhandis–iqtisodchilarni tayyorlab keldi.  «Menejment» kafedrasi 1991 yil ToshDTUning ilmiy kengash qaroriga binoan, “Sanoat menejmenti va maketing” nomi bilan tashkil etilgan bo‘lib, uning birinchi mudiri  prof. F.A. Oknazarov bo‘lgan. 1994-1995 yillarda prof. M.F. Ochilov, 1995-1996 yillarda prof. R. Dusimov, 1996-2000 yillarda prof. A.M. Qodirov, 2001-2010 yillarda prof. M.L. Tursunxodjaev,  2010-2012 yillarda dots. F.A. Mirboboev, 2012-2016 yillarda prof. A.U. Burxanovlar kafedraga mudirlik qilishgan. 2001 yildan boshlab «Menejment» yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlandi.  2004–2005 o‘quv yilida «Iqtisodiyot» (tarmoqlar bo‘yicha) mutaxassisligidan magistratura yo‘nalishi ochilgan. 2005 yilda «Mashinasozlik iqtisodiyoti va menejmenti», «”Energetika iqtisodiyoti va menejmenti» va «Konchilik va geologiya qidiruv industriyasi iqtisodiyoti va menejmenti» kafedralari asosida «Iqtisodiyot» kafedrasi tashkil etilgan bo‘lib, uni 2005–2008 yillarda i.f.d. prof. S.R.Alimxo‘jaev boshqardi. 2008–2012 yillarda  kafedrani dots. A.K.Isxakov boshqardi. 2016 yil sentyabr oyidan boshlab TDTU yangi strukturasiga asosan “Menejment”, “Iqtisodiy nazariyasi” va “Iqtisodiyot va marketing” kafedralari birlashtirilib “Iqtisodiyot” kafedrasi tashkil etildi, 2017 yilda avgust oyidan  “Iqtisodiyot” kafedrasi negizidan 2 ta kafedra, ya’ni “Sanoat iqtisodiyoti” va “Korporativ boshqaruv” kafedralari tashkil etildi, hozirda “Korporativ boshqaruv” kafedrasini prof. M.A. Maxkamova boshqarib kelmoqda

Kontingent:

Professor -o‘qituvchilar 19 ta, kabinet mudiri -1 ta

Talabalarning umumiy soni:

Hozirgi kunda “ Korporativ boshqaruv ”  kafedrasida  bakalavriat yo‘nalishida 92 ta  talaba  kunduzgi va 10 ta  talaba  sirtqi bo‘limlarida tahsil oladi.

Bakalavriat yo‘nalishi:

  • 5231900- Korporativ boshqaruv

Kafedra professor-o‘qituvchilari:

  1. Maxkamova Mamlakat Abduqodirovna Iqtisod fanlari doktori, professor
  2. Isxakov Abdulaxat Qayumovich    Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent
  3. Xusainov Ravshan Raximovich  Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent
  4. YAkubova Dildar Muxamedjanovn   Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent
  5. Ibragimova Saodat Abdumo‘minovna  Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
  6. Xashimova Salima Nigmatullaevna  Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
  7. Kilicheva Farida Beshimovna Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
  8. Allaeva Gulchexra Jalgasovna   Falsafa fanlari doktori (PhD), dotsent v.v.b.
  9. Gaibnazarova Zumrat Talatovna Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
  10. Axmedov Otabek Begijanovich  Kafedra katta o‘qituvchisi.
  11. Tursunova Nigora Xusnidinovna Kafedra katta o‘qituvchisi
  12. SHagaipova Gulchexra Zinatullaevna Kafedra katta o‘qituvchisi
  13. Urmanova Dilbarxan Teshabaevna Kafedra katta o‘qituvchisi
  14. Saotov Fozil Yo‘ldoshevich Kafedra katta o‘qituvchisi
  15. Samanov Abdurashid Andamovich Kafedra katta o‘qituvchisi
  16. Mirxamidova Dilorom Nigmatillaevna Kafedra katta o‘qituvchisi
  17. Ziyaeva Dilorom Cayfutdinovna Kafedra katta o‘qituvchisi
  18. Ataxanova SHaxnozaxon Saypullaevna Kafedra katta o‘qituvchisi
  19. Mirsaidova SHaxnoza Areslonbekovna Kafedra katta o‘qituvchisi
  20. Pirmuxamedova Naima Baxadirovna Kafedra katta o‘qituvchisi

Kafedrada olib bori­layotgan ilmiy ishlar, ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha xamkorlik:

2018 yilda kafedra katta o‘qituvchisi Allaeva G.J.   professor   Maxakamova  M.A.  ilmiy rahbarligida   08.00.03- “Sanoat   iqtisodiyoti”   ixtisosligi  bo‘yicha “Perspektivы  razvitiya innovatsionnoy   deyatelnosti  na predpriyatiyax   toplivno-energeticheskogo Respubliki  Uzbekistan”  mavzusidagi   iqtisodiyot  fanlari   bo‘yicha   falsafa   doktori   (PhD)    ilmiy  darajasini  olish  uchun   dissertatsiya ishini himoya  qildi  Kafedra mustaqil izlanuvchisi Muratova SH. Professor Alixodjaev S.R. ilmiy  rahbarligida 08.00.03- “Sanoat iqtisodiyoti”  ixtisosligi bo‘yicha  “Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida yoqilg‘i – energetika majmuasida iqtisodiy ekologik rivojlantirish” mavzusidagi   iqtisodiyot  fanlari   bo‘yicha   falsafa   doktori   (PhD)    ilmiy  darajasini  olish  uchun   dissertatsiya ishini himoya  qildi. Kafedrada 08.00.03 – “Sanoat   iqtisodiyoti”   ixtisosligi  bo‘yicha5 ta tayanch dotorant (Phd) va 7 ta mustaqil izlanuvchilar ilmiy rahbarlari bilan dissettatsiya ishlarini himoyaga tayyorlamoqdalar

 Kafedra   xorijiy davlatlarning OTMlarida bakalavr va magistrlarni o‘qitishda, professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlarni malakalarini oshirishda  quyidagi ishlarni amalga oshirildi va boshqa sohalar bo‘yicha hamkorlik ishlari olib borilmoqda:

Toshkent davlat texnika universiteti va Rossiya Federatsiyasining  M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti bilan “Akademik mobil dasturi” bo‘yicha hamkorlik shartnomasi tuzildi, ushbu shartnoma asosida dastabki doktorlik dissertatsiya ishiga (Allaeva G.J.ning dissertatsiya ishi bo‘yicha) taqriz olindi:

  • kafedra dotsentlari Gaipnazarova Z.T., Kilicheva F.B. Rossiya Federatsiyasining  M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida  stajirovkani amalga oshirgan, hamda kat.o‘q.Urmanova D.T. O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan e’lon qilingan xorijiy davlatlarda malaka oshirish bo‘yicha tanlov stipendianti asosida Rossiya Federatsiyasining  M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetiga malaka oshirishga yuborilishi rejalashtirilgan.
  • Rossiya Federatsiyasining Rossiya iqtisodiyot universitetidagi “Nauka i praktika” nomli ilmiy jurnalida  2 ta ilmiy maqola nashr etilgan (dots. Gaipnazarova Z.T., kat.o‘q. Samanov A.A.);
  • Rossiya Federatsiyasining “Sotsialno-trudovыe issledovaniya» nomli ilmiy-amaliy jurnalida 1 ta ilmiy maqola nashr etilgan (dots.Gaipnazarova Z.T.);
  • Scopus bibliografik bazasidagi halqaro jurnalda “International Scientific Journal  Theoretical & Applied Science  (USA, Sweden, KZ)” 1 ta ilmiy maqola nashr etilgan. (Sayt manzili: http://T-Science.org. kat.o‘q. Ziyaeva D.S.)
  •   2019 yil 23 yanvarda “Korporativ boshqaruv: nazariya va zamonaviy amaliyot” mavzusidagi respublika ilmiy seminar o‘tkazildi.
  •  Respublika seminar asosida Ilmiy maqolalar to‘plami chop etildi  Respublika seminarida M.V. Lomonosov nomli Moskva Davlat Universiteti, X.A YAsavi nomidagi Xalqaro Qozog‘iston-Turkiya universiteti,  M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston Davlat universiteti vakillari,  va 30 dan ortiq respublika OTM lari, ishlab chiqarish korxonalari, bank moliya tizimi vakilliari mutaxassislari va professor-o‘qituvchilari qatnashdilar  Professor-o‘qituvchilar va ularning ilmiy rahbarligida talabalar ilmiy izlanishlari bo‘yicha taqdimot qiladilar.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar:

  • 5231900 -Korporativ  boshqaruv ta’lim yo‘nalishidagi o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualar yaratilgan;
  • 5231900 -Korporativ  boshqaruv ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilardan  Kilicheva F.B., Urmanova D.T. “Finansы i kredit” o‘quv-uslubiy kullanma, YAkubova D.A., Raxmatova M.G. «Statistika», o‘quv-uslubiy kullanma, Allaeva G.J. «Menedjment», o‘quv-uslubiy kullanma,  shuningdek kurs ishlarini bajarish va malakaviy amaliyotlarni tashkil etish hamda amalga oshirish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar  yaratilgan;

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tajriba va amaliy ishlardan o‘quv-uslubiy ko‘rsatmalar,  hisob-grafik ishlarini bajarish uchun ko‘rsatmalar, kurs loyihasini va malakaviy bitiruv ishlarini bajarish uchun qo‘llanmalar, JN, ON va YAN bosqichlarini o‘tkazishga savolnoma va test topshiriqlari  tayyorlanib chop etilgan. O‘qitish jarayoniga yangi informasion va pedagogik texnologiyalar joriy etilmoqda, EHMlardan foydalanilmoqda. «Fikrlar hujumi», «Tarmoqlar» usuli (klaster) zamonaviy pedagogik omillar professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘quv jarayoniga joriy etilmoqda. Kafedraning moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilash, ilmiy yutuqlarni amaliy, tajriba mashg‘ulotlarida va ma’ruzalarda qo‘llash dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Iqtidorli talabalar ilmiy ishlarga jalb etmoqdalar, olingan ilmiy natijalar Respublika ilmiy jurnallarida chop etilmoqda. Keyingi yillar davomida kafedraning professor-o‘qituvchilari tomonidan bir necha monografiya, darslik va o‘quv qo‘llanmalari, amaliy va tajriba mashg‘ulotlari uchun uslubiy ko‘rsatmalar va 50 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etildi. “Ziyonet” saytiga ko‘plab manbalar, darslik, o‘quv qo‘llanmalarning elektron versiyalari kiritildi. Takomillashgan Davlat ta’lim standartlari talablariga asosan kafedrada o‘qitiladigan barcha fanlardan namunaviy o‘quv dasturlari va ishchi dasturlari tayyorlandi va test nazorati uchun variantlar  tuzildi.

Monografiyalar:

  • Samanov A.A “O‘zbekistonda biznesni texnik-iqtisodiy asoslashni takomillashtirish usullari”  TDTU, 2014 y.
  • D.M. Umarova,  X.M. Azimova. “Osnovnыe napravleniya effektivnogo upraleniya innovatsionnoy deyatelnostyu v korporativnыx strukturax”  TDTU, 2014 y.
  • X.M. Azimova, D.M. Umarova “Korporativ tuzilmalarda innovatsion faoliyatning samarali boshkarishning asosiy yunalishlari”  TDTU, 2015 y.
  • Murotova  SH. “Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida yoqilg‘i – energetika majmuasida iqtisodiy ekologik rivojlantirish yo‘llari”  TDIU, 2016 y
  • Allaeva G.J “Innovatsionnыy potensial toplivno – energeticheskogo kompleksa Respubliki Uzbekistan” TDTU, 2017 g.
  • Xashimova S.N.,Alimxodjaev S.R.  “Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O‘zbekistonda qora metallurgiyani rivojlantirish samaradorligini oshirish yo‘llari” TDTU, 2017 y

O‘quv qo‘llanmalar:

  • R.R.Xusainov, A.K.Isxakov, D.T.Urmanova, X.Z.Djuraev “Moliya va soliqlar (2-qism. Soliqlar)” TDTU, 2013 y
  • M.A.Ikramov, M.A.Maxkamova, G‘.N.Samatov  “Menejment” TDTU, 2014 y
  • M.A.Maxkamova, S.A.Ibragimova, S.N.Xashimova  “Iqtisodiyot va menejment” 2015 y.
  • Qilicheva F.B., kat.o‘q.Urmanova D.T. “Korporativ boshqaruv: prinsiplar, siyosat va amaliyot” fanidan rus tilida o‘quv qo‘llanma, TDTU, 2018 y.

Ma’ruza matnlari:

5231900 -Korporativ  boshqaruv ta’lim yo‘nalishidagi o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha fanlardan ma’ruza matnlarining elektron va qog‘ozdagi variantlari mavjud. Elektron variantlar “Ziyonet” tarmog‘iga ham joylashtirilgan.

Kafedra manzili: Toshkent sh. Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 2 uy.

 

KAFEDRALAR

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.