MOODLE
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

MASHINASOZLIK FAKULTETI

Dekan Texnika fanlari doktori

Safarov Jasur Esirgapovich

Telefon nomeri : +99871 227-15-18

Elektron manzili: j.safarov@tdtu.uz

Qabul kunlari:

Har kuni : 830 – 1700

Yoshlar bilan ishlash

bo‘yicha dekan  o‘rinbosari

Ibragimov Bahrom Ismoilovich

Telefon nomeri : +99890 929 80 44

 Elektron manzili: b.ibragimov@tdtu.uz

Qabul kunlari:

Har kuni : 830 – 1700

Dekan orinbosari Dadayev G‘ani Toshxodjayevich

Telefon nomeri : +99893 532-79-01

Elektron manzili: g.dadaev@tdtu.uz

Qabul kunlari:

Har kuni : 830 – 1700

Dekan orinbosari Zulponov Shovqiddin O‘rozaliyevich

Telefon nomeri: 94 696 00 69

Elektron manzili: z-shovqiddin@mail.ru

Qabul kunlari:

Har kuni: 830 — 1700

Dekan orinbosari Ergashev Jamshid Jumanazarovich

Telefon nomeri : + 998 93 536-38-89

Elektron manzili: j.ergashev@tdtu.uz

Qabul kunlari:

Har kuni : 830 – 1700

FAKULTET TARIXI

Mashinasozlik fakulteti 2017-yilda tashkil etilgan. Fakultet tasarrufida 7 ta kafedra mavjud bo‘lib, ular: Xizmat ko‘rsatish texnikasi, Yer usti transporti tizimlari, Mashinasozlik texnologiyasi, Energiya mashinasozlik va kasb ta’limi, Chizma geometriya va kompyuter grafikasi, Oliy matematika kafedsi hamda Chet tillar kafedralari. Hozirda fakultetda jami 149 nafar professor-o‘qituvchilar, jumladan 7 nafar fan doktorlari, professorlar, 39 nafar fan nomzodlari, dotsentlar va 103 nafar katta o‘qituvchi va assistentlar faoliyat olib bormoqda. Ilmiy salohiyat 31 %. Mashinasozlik fakultetida 2017-yildan texnika fanlari doktori, professor Safarov Jasur Esirgapovich dekan sifatida faoliyat olib bormoqda. Mashinasozlik fakultetida ilmiy-tadqiqot ishlari, davlat grantlari va korxonalar bilan tuzilgan xo‘jalik shartnomalar asosida olib boriladi. Fakultetda barcha doktorant, magistratura mutaxassisliklari hamda bakalavriat ta‘lim yo‘nalishlarida ta‘lim olayotgan iqtidorli talabalar davlat grantlari va xo‘jalik shartnomalari asosida bajariladigan ilmiy ishlarga jalb etilgan. Fakultetga qarashli 55-talabalar turar joyida talabalarning yashashi va dam olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan. Talabalar turar joyida muntazam ravishda ma‘naviyat xonasi faoliyat ko‘rsatadi. Talabalar turar joyi doimiy ravishda yangi gazeta va jurnallar bilan ta‘minlangan. Ma‘naviyat xonasida turli davra suhbatlari, ma‘naviy-ma‘rifiy, madaniy dam olish tadbirlari, uchrashuvlar o‘tkazilib boriladi. Fakultetimizda taniqli olimlar, fan arboblari, professorlar, kafedra mudirlari va dekanat xodimlari bilan davra suhbatlari o‘tkazilib boriladi. Bundan tashqari talabalar turar joyida yashayotgan talabalar bilan IIB xodimlari va universitet rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi.

MASHINASOZLIK FAKULTETIDA QUYIDAGI KAFEDRALAR FAOLIYAT OLIB BORADILAR

    • «Xizmat ko‘rsatish texnikasi» kafedrasi mudiri – PhD, dotsent Sultanova Shaxnoza Abduvaxitovna
    • «Yer usti transporti tizimlari» kafedrasi mudiri – Omonov Nabijon Normamatovich
    • «Mashinasozlik texnologiyasi» kafedrasi mudiri – Abduraxmonov Xusniddin Zakirovich
    • «Energiya mashinasozlik va kasb ta’limi» kafedrasi mudiri – Xakimov Jamshid Oktyamovich
    • «Chizma geometriya va komputer grafikasi» – dots. Sobirova Dildora Ubaydullayevna
    • «Oliy matematika» kafedrasi mudiri – f-m.f.n. Pirmatov Shamshod Turg‘unboyevich
    • «Chet tillar» kafedrasi mudiri – katta o‘qituvchi Ganixanova Madina Baxretdinovna

BAKALAVR TA’LIM YO'NALISHLARI (KUNDUZGI)

  • 5310500 Avtomobilsozlik va traktorsozlik;
  • 5310600Transport vositalari muhandisligi (Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi);
  • 5320200 – Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishni jihozlash va avtomatlashtirish;
  • 5310600 Transport vositalari muhandisligi (transport vositalariga xizmat ko’rsatish);
  • 5320300 – Texnologik mashinalar va jihozlar (oziq-ovqat sanoati);
  • 5111000 – Professional ta’lim (transport vositalari muhandisligi);
  • 5312500 – Energiya mashinasozligi (ichki yonuv dvigatellari).

 

MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI

  • 5A310501 Avtomobilsozlik va traktorsozlik;
  • 5A310601 – Yer usti transport vositalari va tizimlari (Traktorlar va qishloq xo‘jalik mashinalari);
  • 5А430102 Qishloq xo‘jalik texnikasini loyihalashtirish va konstruksiyasini ishlash;
  • 5А320201 Mashinasozlik texnologiyasi va jixozlari (mashinasozlikda);
  • 5A320202Mashinasozlik ishlab chiqarishining avtomatlashtirilgan dastgohli kompleksi
  • 5А320311 – Oziq-ovqat sanoati mashinalari va agregatlari;
  • 5А310604 – Avtomobillar va avtomobil xo’jaligi;
  • 5A111001 – Professional ta’lim nazariyasi va metodikasi (transport vositalari muhandisligi);
  • 5A310601 – Ichki yonuv dvigatellarini sinash va ulardan foydalanish;
  • 5A312501 – Energiya mashinasozligi (ichki yonuv dvigatellarining energiya tejamkorligi va ekologikligi);
  • 5A313701 – Avtotransport vositalarining gaz ballonli uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish.

SIRTQI BO`LIM

  • 5320200 – Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishni jihozlash va avtomatlashtirish.

DON DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI (ROSSIYA) BILAN BAKALAVRIAT UCHUN QO’SHMA TA’LIM DASTURLARI:

  • 5320300 Texnologik mashinalar va jihozlar (oziq-ovqat sanoati);
  • 5310600 – Transport vositalari muhandisligi (transport vositalariga xizmat korsatish).

KAFEDRALAR

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.