KA107

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Erasmus +, XALQARO KREDIT MOBILLIK (KA107)

Chexiya va o’zbek o’qituvchilarining kasbiy mahoratini rivojlantirish

Loyiha: Erasmus +, Xalqaro kredit mobillik (KA107)

Loyiha davri: 2019 – 2022

Kordinator: Chexiya tabiiy fanlar universiteti, Chexiya Respublikasi

Hamkorlar: -Toshkent davlat texnika universiteti,

                      – Namangan muhandislik qurilish instituti

Loyiha to’g’risida qisqacha ma’lumot:

Loyihaning e’tibor-guruhi TDTU ijtimoiy fanlar va gumanitar fanlar o’qituvchilari (psixologiya va pedagogika, kasb-hunar ta’limi va o’qitish, andogagogiya va aloqa).

Loyihaning asosiy maqsadi, ishtirok etayotgan o’qituvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, xususan, o’qitish va muloqot qobiliyatlari, madaniyatlararo aloqa ko’nikmalari, loyihalarni boshqarish, til ko’nikmalari (ingliz va chex tillari o’zbek o’qituvchilari uchun, o’zbek va rus tillari chex o’qituvchilari uchun) va boshqalarni ushbu loyiha doirasida rivojlantirish

Loyihaning boshqa maqsadlari:

Akademik almashinuv, ilg’or tajribalarni o’rganish, tajriba almashish va o’qitishning yangi usullarini o’zlashtirish orqali ishtirok etuvchi universitetlar o’rtasida hamkorlik sxemalarini yaratish va rivojlantirish.

• Olingan bilim, ko’nikma va tajribalarni universitetlaridagi o’quv jarayoniga integratsiyalashtirish va tarqatish.

• Xalqaro ekspertlar yordamida ko’plab masalalar bo’yicha xalqaro nuqtai nazarni taqdim etish orqali talabalarning dunyoqarashini kengaytirish.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.