2021 yil 30 aprel kuni norasmiy telegramm kanalidagi 56-talabalar turarjoyi ma’muriyati tomonidan talabalarini majburiyishga jalb etilganligi haqidagi xabarga RADDIYA

0
160
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.


Joriy yilning 30 aprel kuni ertalab soat 4-00 larda Mexanika fakultetiga qarashli 56-son talabalar turar joyida talabalar o‘zlari yashaydigan xonaning gilamini talabalar turar joyi hududida yuvishgan.


“Yoshlarni qo’llab-quvvatlash” norasmiy telegramm kanali tomonidan yotoqxona talabalarini ushbu yotoqxona ma’muriyati tomonidan majburiy ishga jalb etilganligihaqida xabar tarqatilgan.


Shu kuni TDTU yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor M.U.Atamurotov, TDTU yoshlar ittifoqi raisi Sh.Suyarov, Mexanika fakulteti dekani Q.Q.Mirzayev, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini B.D.Manazarov, talabalar turar joyi direksiyasi direktori A.Aliqulov, pedagog-tarbiyachi O‘.Qurbonov, talabalar kengashi raisi B.Nurillayevhamda 56-son talabalar turar joyi talabalari o‘rtasida ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida yig‘ilish o‘tkazildi.


Talabalar turar joyi talabalarining so‘zlariga qaraganda, universitet 14 kunlik onlayn o‘qish shakliga o‘tkazilayotgani tufayli,8-qavat talabalari o‘z tashabbuslari bilan o‘zlari yashagan xonani tozalash maqsadida, ertalabki saharlikdan keyin,o‘zlarining xona gilamlarini yuvish uchun o‘zarokelishib, yuvish uchun pastga olib tushganliklari, bu ishlari uchun ularga hech kim,hech qanday ko‘rsatma bermaganligi, karantin tugatilgandan so‘ng o‘zlari shu xonada yana toza-ozoda yashashlari uchun, gimlarni tozalaganliklarini aytishdi.


So‘ngra ushbu kanal administratoriga talabalarga asossiz tuhmat qilganligi va majburiy mehnat bo‘lganligini aks ettirgan holda “Yoshlarni qo’llab-quvvatlash” norasmiy telegramm kanaliga joylashtirganligi, talabalarning sha’niga tegadigan video lavhani joylashtirganligi bo‘yicha o‘z e’tirozlarini kanal orqali bildirishdi, lekin ushbu kanal administratori bilan telefon orqali bog‘lana olishmadi.


Ushbu masalaga shubha bilan qaralayotgan bo‘lsa, masalaga yanada oydinlik kiritishmaqsadida TTJda istiqomat qiladigan talabalar bilan a’anaviy o‘qishga qaytgandan so‘ng, yuzma-yuz uchrashuv tashkil etish imkoniyati mavjudligini eslatib o‘tamiz.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.