2021 yil 30 aprel kuni “Talaba.uz” telegramm kanali tomonidan «OTM mutassadilarigamurojaat. Talabalarni sarson qilmang!» mavzusida berilgan xabarga RADDIYA

0
105
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.


Toshkentdavlat texnika universitetitalabalariva professor-o‘qituvchilarining COVID 19 kasalligi bilan kasallanish holatlari muntazam nazorat qilib borilmoqda.


Olmazor tumani SEO va JSX bo‘limining xulosa va tavsiyalariga asosan, Energetika fakulteti talabalarining o‘quv jarayoni joriy yilning 10 aprelidan boshlab 14 kunga on-line rejimiga o‘tkazilgan hamda universitetda COVID-19 kasalligi bilan kasallanish holatlari boshqa yo‘qligi sababli22-23 aprel kunlari barcha talabalar 24 apreldan an’anaviy darslarga chaqirildi.


26 apreldan boshlab esa Elektronika va avtomatika, Muhandislik texnologiyalari hamda Konchilik ishi va metallurgiya fakultetlarining talabalarida ham kasallanish holatlari aniqlanganligi sababli, Olmazor tumani SEO va JSX bo‘limining xulosa va tavsiyalariga asosan,ketma-ket bu fakultetlar ham 14 kunga on line ta’limga o‘tkazildi.Bundan tashqari 30 aprel kuni Geologiya-qidiruv fakultetida ham talabalar orasidan COVID-19 kasalligi aniqlandi.


Toshkent davlat texnika universitetining barcha fakultetlari talabalari orasida COVID 19 yuqumli kasalligining keskin ko‘payib ketishini oldini olish maqsadida, Olmazor tumani SEO va JSX bo‘limining xulosa va tavsiyalariga asosan Toshkent davlat texnika universitetining barcha fakultetlarida talabalarning o‘quv jarayoni 2021 yilning 30 aprelidan boshlab 14 kunga on-line rejimigao‘tkazildi.


Shu o‘rinda aytish kerakki, universitetda talabalarning o‘quv jarayonini on-line rejimga o‘tkazishda Olmazor tumani SEO va JSX bo‘limining xulosa va  tavsiyalariasos qilib olingan.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.