Belarus milliy texnika universiteti rektori Toshkent davlat texnika universitetining “FAXRIY DOKTORI” ilmiy darajasi bilan taqdirlandi

0
132
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

So‘ngi yillarda Belarus Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bilan respublikamizning yetakchi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, 2018 yildan boshlab Toshkent davlat texnika universiteti Belarus milliy texnika universiteti bilan ham hamkorlik shartnomalari imzolab, qator amaliy ishlar boshlandi.

       Hamkorlik doirasida olib borilayotgan ishlar ijobiy baholanib, 23.02.2021 yildagi Toshkent davlat texnika universitetining 6-sonli Ilmiy kengashi qaroriga ko‘ra Belarus milliy texnika universiteti rektori prof.S.V.Xaritonchik Toshkent davlat texnika universitetining “FAXRIY DOKTORI” ilmiy darajasi bilan taqdirlandi.

       Belarus milliy texnika universiteti rektori prof.S.V.Xaritonchikni universitet jamaosi nomidan tabriklab, ularga sog‘lik-salomatlik tilab qolamiz. O‘ylaymizki, bu samarali mehnatlar o‘z natijasini beradi hamda Belarus milliy texnika universiteti bilan hamkorlikdagi ishlarning yanada samarali rivojlanishiga ishonch bildiramiz.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.