Belarus milliy texnika universiteti rektori prof.S.V.Xaritonchik talabalar bilan uchrashdi

0
170
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

2021 yilning 20 aprel kuni Toshkent davlat texnika universitetida  Belarus miliy texnika universiteti rektori prof.Xaritonchik Sergey Vasilevich, Belarus miliy texnika universiteti bilan hamkorlikda 2+2 formatda tashkil qilingan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashdi.

      Uchrashuv davra suhbati tarzida tashkil etildi. Uchrashuv davomida Belarus miliy texnika universiteti rektori prof.S.V.Xaritonchik so‘zga chiqib, talabalarga Belarus milliy texnika universiteti haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi.

     Suhbat davomida talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olish bilan birgalikda Belarus milliy texnika universiteti haqida yangi ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Belarus miliy texnika universiteti bilan hamkorlikda 2+2 formatda tashkil qilingan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olayotgan talabalarning 3-kursdagi o‘quv jarayonlari bevosita Belarus miliy texnika universitetida tashkil etiladi.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.