Belarus milliy texnika universiteti delegatsiyasi kutib olindi

0
133
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Joriy yilning 20 aprel sanasida Toshkent davlat texnika universitetida Belarus milliy texnika universiteti rektori prof.S.V.Xaritonchik boshchiligidagi delegatsiya kutib olindi hamda hamkorlik masalalari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.

     Uchrashuvda Toshkent davlat texnika universiteti va Belarus milliy texnika universiteti o‘rtasida tashkil etilgan hamkorlik masalalari, jumladan, qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash, ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashni yo‘lga quyish, professor-o‘qituvchilarning malaka oshirish va stajirovkalarini tashkil etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini samaradorligini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

     Uchrashuv so‘ngida ikki universitet rektorlari tomonidan hamkorlik masalalari yuzasidan qo‘shimcha kelishuvlar va qo‘shma ta’lim dasturlari asosida yangi ta’lim yo‘nalishlari (“Quymakorlik texnologiyalari” va “Metallarga bosim bilan ishlov berish”)ni ochish bo‘yicha me’yoriy xujjatlar imzolandi.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.