«Abdulla Qodiriy – millat ko‘zgusi» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

0
203
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.


Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti tashabbusi bilan Abdulla Qodiriy uy-muzeyida 2021 yil 10 aprel kuni Vatan ravnaqi, ozodligini qo‘msab, unga erisha olmay yosh jonini fido qilgan ulug‘ adib Qodiriy merosiga hurmat va ehtirom ramzi sifatida «Abdulla Qodiriy – millat ko‘zgusi» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini ochib berar ekan TDTU rektori, t.f.d., professor S.M.Turabdjanov ulug‘ adib merosining bugungi ta’lim-tarbiya jarayonidagi beqiyos o‘rnini alohida ta’kidladi.

Ilmiy-amaliy konferensiyada Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor M.Atamurodov, professor Bahodir Karimov, Abdulla Qodiriy uy-muzeyi direktori Xondamir Qodiriy, O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimi Marhabo Qo‘chqarova, A.Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori, p.f.n., dotsent Nilufar Yo‘ldosheva,O‘zR FA O‘zbek tili va adabiyoti instituti katta ilmiy xodimi, f.f.d Sanobar To‘lagonova kabi olimlar Qodiriy haqidagi yangi ilmiy izlanishlaridan ma’ruzalar qildilar.

O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyorlari Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar» romanidan sahna ko‘rinishini namoyish etdilar, talabalar tomonidan she’rlar va qo‘shiqlar kuylandi.

Konferensiya so‘ngida universitet rektori S.M.Turabdjanov tomonidan “Abdulla Qodiriy ijod maktabi”da o‘qish mobaynida darslarni eng yaxshi o‘zlashtirib, yuqori baholarga o‘qigan, xulqi, odobi bilan namuna bo‘lgan, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol qatnashgan to‘rt nafar o‘quvchiga TDTU tomonidan ta’sis etilgan “Qodiriy izdoshlari” stipendiyasining sertifikatlari topshirildi.

Tadbirda, shuningdek mehmonlar – A.Qodiriyning avlodlari, fakultet dekanlari, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlari, professor-o‘qituvchilar, talaba yoshlar ishtirok etdilar.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.