O’quv-uslubiy boshqarma

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Bo’lim boshlig’i:
Baymirzaev Baxtiyor Jumanazarovich
Qabul vaqti: 9:00 dan 17:00 gacha
Telefon: +998 71 246-08-32
E-mail: bbaymirzaev@tdtu.uz

O‘quv- uslubiy boshqarma – o‘quv jarayonini boshqaruvchi tuzilma bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirishni maqsad qilib qo‘ygan va shu asosda faoliyat olib boradi.O‘quv- uslubiy boshqarma universitet ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash, fakultet, kafedralar o‘quv ishlarida yerishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish vakolatlariga ega.O‘quv- uslubiy boshqarma talabalarni zamon talablari darajasida yetuk, malakali mutaxasis bo‘lib yetishib chiqishlari uchun zarur barcha fanlarni o‘quv jarayoniga kiritishga katta e’tibor beradi.

O‘quv-metodik boshqarmaning vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

  • Universitet ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, universitet tuzilmalarini davlat ta’lim standartlari va asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash;
  • Universitetda o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil qilish;
  • Universitet fakultetlari va kafedralarining o‘quv, o‘quv-uslubiy ishlarini muvofiqlashtirish;
  • O‘quv jarayonini boshqarishdagi me’yoriy-uslubiy hujjatlarni doimiy takomillashtirish;
  • Universitet ta’limini rivojlantirish uchun istiqbolli rejalarni ishlab chiqish va universitet Ilmiy kengashiga tavsiya qilish;
  • Universitet fakultetlari, kafedralari va tuzilmalarini o‘quv ishlarda yerishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish va universitet ta’lim jarayoniga tadbiq qilish;
  • Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risida yangi nizomnini amaliyotga tadbiq etish;
  • Professor-o‘qituvchilarning malaka oshirish rejasini shakllantirish;
  • Talabalar davomatini tahlil etish;
  • Universitet professor-o‘qituvchilari va talabalarining o‘quv intizomiga rioya qilishini ta’minlash;
  • Universitetdagi barcha fakultetlar va magistraturada joriy, oraliq, yakuniy nazoratlarning tashkil yetish va tahlil qilish;
  • Kafedra va dekanatlarda asosiy ish hujjatlarini yuritilishini ta’minlash;
  • Universitetda shtatlar jadvalini tuzish uchun hujjatlarni tayyorlash, o‘quv yuklamalarini bajarish yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
  • O‘rindosh va soatbay dars o‘tuvchi o‘qituvchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish, soatbay dars fondining taqsimlanishini tashkil qilish va muvofiqlashtirish;
  • Universitet fakultet va kafedralarini o‘quv masalalari bo‘yicha faoliyatini o‘rganish;
  • Professor – o‘qituvchilar tanlovini tashkil etish;
  • O‘quv jarayoniga rivojlangan chet el tajribalarini joriy etish;
  • Amaliyotlarni tashkil etish va uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlanlash;
  • Akademik litsey faoliyatini o‘quv-uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish;
  • Universitet-filiallarida o‘quv jarayonlarini tashkil etishda ishtirok etish;
Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.