Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Bo‘lim boshlig‘i:
Komolov Xayriddin

Qabul vaqti:Dushanba, Chorshanba, Juma (soat 15:00 – 17:00)
E-mail:xkomolov@tdtu.uz
Telefon: +998 71 227-19-47

Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi haqida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi talim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qaroriga muvofiq Toshkent davlat texnika universitetida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish hamda oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilik shaklida tashkil etish oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash ishlarini tartiblarini belgilaydi.Toshkent davlat texnika universiteti Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalar, ilm-fan va ta’lim jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi hukumatining oliy ta’lim sohasiga oid Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari, qarorlari, me’yoriy hujjatlari va uslubiy ko‘rsatmalarining ijro etilishini, shuningdek, universitet rektori buyruqlari, qarorlari va ko‘rsatmalarining o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.Tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka Davlat buyurtmasiga muvofiq oliy ma’lumotli va oliy o‘quv yurtining magistratura bosqichini tamomlagan, OO‘YU, ilmiy tekshirish institutlari tomonidan yuborilgan talabgorlar tanlov asosida qabul qilinadilar.Bo‘lim universitet strukturasidagi tuzilmaviy qism bo‘lib, byudjet hisobidan moliyalashtiriladi va rektorga bo‘ysunadi.

Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limining asosiy vazifalari:

  • mamlakat ilm-fani taraqqiyotini yanada rivojlashtirish maqsadida Respublika iqtisodiyotini ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishni yo‘lga qo‘yib, falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc)larni tayyorlash orqali ToshDTUda ilmiy salohiyatni yuksaltirish;.
  •   universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan kunning ikkinchi yarmida kafedralarda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish va ish yurituvchi hujjatlarning to‘g‘ri olib borilishini nazorat qilib borish;
  • fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlar, innovatsion loyihalar tanlovlarida professor-o‘qituvchilarning ishtirok etish uchun yil davomida fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, etakchi professor-o‘qituvchilar va yosh olimlar bilan hamkorlikda ishlash;
  • tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilarni qabul qilish rejasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilangan buyruq asosida tuzish;
  • tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilarning doktorlik dissertatsiyasi mavzularini respublika iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladigan fundamental va amaliy,  innovatsion loyihalar hamda xo‘jalik shartnomasi bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy loyihalar yo‘nalishlariga mos bo‘lishini ta’minlash;
  • tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilarning yillik ish rejalari asosida attestatsiyadan o‘z vaqtida o‘tishlarini ta’minlash;
  • professor-o‘qituvchilar, tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilar tomonidan ilmiy-tadqiqot va ilmiy-texnik ishlanmalarni bajarish va ularning natijalarini amaliyotga joriy etish ishlarida ko‘maklashish;
  • tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilar uchun ilmiy seminarlar va o‘quv-treninglar tashkil qilish;
  • ToshDTUda tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilar  uchun malakaviy imtihon topshiriladigan fanlardan o‘quv mashg‘ulotlarini reja asosida tashkil etish;- yosh olimlar uchun ilmiy mavzulari bo‘yicha mo‘ljallangan ixtiro va tuziladigan EHM dasturlariga me’yoriy hujjatlar olishlari uchun sharoitlar yaratish;
  • yosh olimlarni ilmiy yo‘nalishlari bo‘yicha chet el etakchi oliy o‘quv yurtlari, ilmiy markazlari va ishlab chiqarish korxonalariga stajirovka va xizmat safariga yuborishni tashkil qilish.
Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.