Sirtqi bo’lim

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Sirtqi bo’lim boshlig’i
Qodirov Sherali Ismoilovich
Texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Tel: +998 90 935-35-52
E-mail: shqodirov@tdtu.uz
Qabul kunlari: Har kuni 9:00-17:00

Ushbu bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil   21 noyabrdagi 930-sonli “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga binoan TDTU tarkibida 2018-2019 o‘quv yilidan “Sirtqi bo‘lim” nomi bilan tashkil etilgan. Bo‘limda talabalar quyidagi yo’nalishlarda tahsil olishadi:

  1. 5311500-Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalari bo’yicha)
  2. 5311600-Konchilik ishi (faoliyat turlari bo’yicha)
  3. 5311700-Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (kon turlari bo’yicha)
  4. 5311900-Neft-gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish
  5. 5320200-Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish
  6. 5610600-Xizmat ko’rsatish texnikasi va texnologiyasi (xizmat ko’rsatish tarmoqlari bo’yicha)
  7. 5313600-Metallarga bosim bilan ishlov berish mashinalari
  8. 5350700-Radioelektron qurulmalar va tizimlar (tarmoq bo’yicha)
  9. 5310900 -Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo‘yicha)
  10. 5311000-Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)
  11. 5330200-Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
  12. 5310100-Energetika (tarmoqlar bo`yicha)
  13. 5310200-Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo’nalishlar bo’yicha) 

Sirtqi ta’limda o‘qish muddati 5 yil.

Sirtqi ta’lim talabasi uchun o‘qishga qabul qilingan o‘quv yili boshida (odatda, noyabr oyida) bevosita oliy ta’lim muassasasida 6 kunlik o‘quv jarayoni bilan dastlabki tanishtiruv hamda semestr davomida o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha qisqacha (ishchi o‘quv rejasida belgilangan hajmda) ma’ruza, amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Talabalarga mavzular bo‘yicha topshiriqlar va ularni bajarish yuzasidan metodik ko‘rsatmalar beriladi. O‘quv sessiyasigacha bo‘lgan muddatda sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limda o‘qish mustaqil, jumladan, masofadan turib ta’lim olish shaklida amalga oshiriladi. Sirtqi ta’lim talabasi har bir semestr davomida bir marta oliy ta’lim muassasasiga o‘quv sessiyasiga chaqiriladi.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.