MOODLE
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

RADIOTEXNIK QURILMALAR VA TIZIMLAR KAFEDRASI

          Kafedra mudiri:
Texnika fanlari nomzodi
Yarmuxavedov Alisher Agbarovich
Telefon:+99897448-06-34
Elektron manzil: ayarmuhamedov@mail.ru 

Kafedra tarixi:

Kafedra, Elektronika va avtomatika fakultetida “Radiotexnika” yo‘nalishida (kunduzgi ta’limda: bakalavrlarni, magistrlarni) va sirtqi   fakultetda (sirtqi ta’limda: bakalavrni) tayyorlaydi.

1983- yilda “Elektrotexnikaning nazariy asoslari” kafedrasi negizida tashkil topdi va shu yildan boshlab 0701-Radiotexnika mutaxassisligi bo‘yicha muhandislar tayyorlay boshladi.

1987 yildan boshlab kafedra alohida struktura birligi sifatida shakllanib “Radiotexnika va radiosistemalar” nomi bilan ataldi. Kafedraga t.f.n., dosent X.Sh.Sharipov asos solgan va 1987-1988 yillarda rahbarlik qilgan. 1988-1999 yillarda Xalikov Abdulxaq Xairovich, keyingi 1999-2018 yillarda Nazarov Abdulaziz Muminovich kafedrani boshqarib kelgan. Kafedra o‘z sohasi bo‘yicha respublikamizda yetakchi o‘rin egallagan bo‘lib, xalq xo‘jaligiga 1988 yildan beri malakali radiomuhandislar yetkazib kelgan.

Keyinchalik  kafedrada 5522000-“Radiotexnika” yo‘nalishi va 5A522001 -“Integral radioelektron qurilmalar” mutaxassisligi bo‘yicha bakalavr va magistrlar tayyorlangan. 2014-yildan yangi davlat ta’lim standarti bo‘yicha kafedrada 5330700 – Radioelektron qurilmalar va tizimlar, va 5A350703 – Radiotexnik qurilmalar va aloqa vositalari mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavr va magistrlar tayyorlanmoqda.

Hozirgi kunda kafedra professor–o‘qituvchilari 300 dan ortiq  talabalarga ta’lim berishmoqda.

Kafedra o‘quv laboratoriyalarida talabalarga ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining o‘quv dasturlariga muvofiq radioelektronika asoslari, analog va raqamli radioyelektron qurilmalar, radiotexnik zanjirlar va signallar, radiosignallarni yuzaga keltiruvchi va shakllantiruvchi hamda radiosignallarni qabul qiluvchi va qayta ishlovchi qurilmalar, televideniye asoslari, o‘ta yuqori chastota va antenna qurilmalari, radiotexnik sistemalar kabi maxsus fanlardan ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Mutaxassislikni bitiruvchi talabalar zamonaviy radiotexnik va radioelektron apparaturalarni ishlatish va sozlash, zamonaviy radioaloqa vositalaridan foydalanish va ularga servis xizmat ko‘rsatish, maishiy va maxsus audio va video apparaturalarni ta’mirlash va ishlatish hamda radiotexnik  sistemalar tarkibiga kiruvchi radiotelemetrik, radiolokatsiya va radionavigatsion qurilmalarni boshqarish bo‘yicha yetarli nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ladilar. Mutaxassislar respublikamiz xalq xo‘jaligining “O‘zaeronavigatsiya”, “O‘zteleradio”, “Zangori ekran” kabi sohalarida, maxsus aloqa tarmoqlari va kasb-hunar kollejlarida faoliyat ko‘rsatmoqdalar.

Kafedra respublikamizning bir necha turdosh oliy o‘quv yurtlari, ilmiy tekshirish institutlari, ishlab chiqarish korxonalari, kasb-hunar kollejlari bilan bir qatorda, horijiy davlat oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Bular jumlasiga Moskva radiotexnika, elektronika va avtomatika instituti (MIREA), Sankt-Peterburg davlat politexnika universiteti, Donetsk davlat universiteti, M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston Davlat Universiteti, Gollandiyaning “TVENTI” universitetlari kiradi.

Kafedraning ilmiy yo‘nalishi  zamonaviy optik tolali aloqa tizimlari uchun modifikatsiyalangan materiallar asosida optik kuchaytirgichlar, fizik-kimyoviy parametrlar sensor elementlari va filtrlar ishlab chiqishdan hamda radiotexnik qurilmalarning shovqinga bardoshlik va energiya ta’minot kabi xarakteristikalarini yaxshilash borasidagi ilmiy tadqiqotlarni olib borishdan iborat. Bu sohada kafedra O‘zbekiston Fanlar akademiyasining  Elektronika instituti va Akademasbob ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent temir yo‘l transporti injenerlari instituti bilan uzviy aloqada. Hamkorlikda kafedra a’zolari tomonidan shu kungacha yuzlab ilmiy maqolalar, monografiyalar, ixtiro patentlari hamda darsliklar, o‘quv  qo‘llanmalari, amaliy va tajriba  ishlariga uslubiy ko‘rsatmalar chop etilgan.

Hozirgi kunda kafedra magistratura o‘quv dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha Yevropa Ittifoqining  “PROMENG” dasturida va O‘rta Osiyoda kasbiy ta’limni rivojlantirish  “GIZ” loyihasida faol ishtirok etmoqda.

Kontingent: Professor va o`qituvchilar 13 ta

Talabalarning umumiy soni.

Hozirgi kunda “Radiotexnik qurilmalar va tizimlar”  kafedrasida  bakalavriat yo`nalishida 204 ta talaba, magistratura mutaxassisligida  7 ta magistr tahsil oladi

Bakalavriat yo’nalishi:5311100–Radioelektron qurilmalar va tizimlar (tarmoqlar bo’yicha)

Magistratura yo’nalishi:5A350703 – Radiotexnik qurilmalar va aloqa vositalari

Kafedra professor-o’qituvchilari:

  1. 1.   Yarmuxamedov Alisher Agbarovich

    texnika fanlari nomzodi, kafedra mudiri

    2.  Nazarov Abdulaziz Muminovich

    texnika fanlari doktori

    3.   Axrorov Xotam Sadirovich

    texnika fanlari nomzodi, dotsent

    4. Talipov Abduraxmon Raufovich

    kafedra katta  o‘qituvchisi

    5. Aripova Maxpuza Xashimovna

    kafedra katta  o‘qituvchisi

    6. Ibragimova Barno Baxramovna

    kafedra katta o`qituvchisi

    7.  Xudayberganov Shavkat Karimovich

    kafedra katta o`qituvchisi

    8.  Xasanov Mirkomil Mirxidoyat ugli

    kafedra katta o`qituvchisi

    9.Korotkova Larisa Aleksandrovna

    kafedra katta o`qituvchisi

    10.Boymatova Nargiza To’xtaboyevna

    kafedra katta o`qituvchisi

    11.  Yusupov Yarashbek Toxirbayevich

    kafedra katta o`qituvchisi

    12. Jabborov Alibek Botirqul  o‘g’li

    kafedra katta o`qituvchisi

    13. Ochilov Bobir Halimboyevich

    kafedra assistenti

Kafedrada olib bori­layotgan ilmiy ishlar:

«Radiotexnik qurilmalar va tizimlar» kafedrasi optik tolali uzatish sistemalarida foydalaniladigan materiallar va elementlar xususiyatlarini modifikasiyalash, takomillashgan optik kuchaytirgichlar texnologiyasini yaratish, integral sxemalarda yukori samarali ovoz diapazoni kuchaytirgichlarini ishlab chiqish, radio va optik dipazoni axborot uzatish tizimlari uchun diagnostika qurilmalarini ishlab chikish, ikosaedrik boridlar xususiyatlarini o’rganish va kamyob yer metallari bilan birikma hosil qilgan boridlar strukturasining elektrofizikaviy xususiyatlarini tadqiq qilish bo’yicha tadkikotlar olib boradi. TATU bilan hamkorlikda «Kamyob yer metallari bilan modifikasiyalanganoptik materiallarni o’ta yuqori tezlikdagi soliton axborot uzatish sistemalarida qo’llashning prinsipial asoslarini tadqiq qilish» mavzusi bo’yicha olib borilmoqda. Mavzu bo’yicha shu kungacha optik tolali aloqa sistemalarida axborot uzatishni soliton texnologiyalariga doir ilmiy ma’lumotlar yig’ilib, tahlil qilindi. Natijalar o’ta yuqori tezlikda ishlovchi aloqa sistemalarida kamyob yer elementlari yordamida modifikasiyalangan optik materiallarni kuchaytirgichlar, filtrlar, multipleksorlar kabi aktiv va passiv komponentlar sifatida ishlatishning yuqori istiqbolga ega ekanligi ko’rsatildi.«Radiotexnik qurilmalar va tizimlar» kafedrasida katta ilmiy xodim-izlanuvchilar instituti asosida shu kunda 2 ta katta ilmiy xodim-izlanuvchilar faoliyat olib borishyapti. Katta ilmiy xodim-izlanuvchilarga ilmiy maslahatchilar sifatida kafedra professor-o’qituvchilari hamda turdosh oliy ta’lim muassasalaridan fan doktorlari jalb qilingan.Kafedraning deyarli barcha professor-o’qituvchilari Davlat ilmiy-texnik dasturlar doirasida bajarilayotgan fundamental, amaliy va innovasion loyihalarda muntazam qatnashib kelishmoqda. 2014 yilda kafedra professor-o’qituvchilari jami 2 ta ilmiy loyihani tanlovga tayyorlashda ishtirok etishgan. Tadqiqot ishlarini rivojlantirishning strategiyasi ishlab chiqarish korxonalarining muammolarini o’rgangan holda mavjud ilmiy muammolarni hal etish uchun dolzarb imliy tadqiqot ishlarinibajarishdan iborat. Shu bilan bir qatorda ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish bilan birgalikda yosh kadrlarni tayyorlash uzviy bog’langan.Ilmiy tadqiqot ishlarini korporativ xamkorlik asosida olib borish uchun quyidagi ilmiy-texnologik muammolar mavzulari mavjud:– Radioelektron qurilmalarni testdan o’tkazish va sertifikatlash; «Unicon.uz» DUK.– Uyali telefonlar akkumulyator batareyalarini quyoshdan samarali zaryadlash qurilmalari; «Zangori ekran» MCHJ.– Televizion qabul qilgichlar uchun DVB-T standarti bilan DVB-2 standartlarini moslashtirish muammosi. «Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye» markazi.Keyingi 3 yilda 2 ta ixtiro patenti olindi va 30 dan ortiq xalqaro va 50 dan ortiq respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarda maqolalar bilan qatnashildi.Radjabov T.D., Nazarov A.M., Davronbekov D.A., Xalilova P.Yu., Simonov A.A., Xakimov Z., Pichko S.V. Ustroystvo dlya diagnostiki i optimizasii spektralnыx xarakteristik optovolokonnыx sistem peredachi informasii. Patent RUz. №04465.Nazarov A.M. Usilitel dlya volokonno-opticheskix liniy svyazi, ispolzuyuщix dvuxurovnevыye amplitudno-modulirovannыye signalы. Patent RUz. №04403«Radiotexnik kurilmalar va tizimlar» kafedrasi 2011yil oktyabridan 2013 oktyabrigacha «Tempus Promeng» nomli va O’rta Osiyoda kasbiy ta’limni rivojlantirish “GIZ” xalqaro ta’lim loyihalarida ishtirok etmoqda.Ushbu loyihalar bo’yicha kafedra 10ta xalqaro sertifikat qo’lga kiritdi.Yevropa Ittifoqining “PROMENG” dasturi bo’yicha ilmiy uslubiy ishlar doirasida TDTUning aviasiya, elektronika va avtomatika, mexanika fakultetlari magistratura mutaxassisliklari o’quv rejalari va fan dasturlariga zamonaviy avtomatlashtirilgan CAD,CAM, CAI dasturiy.maxsulotlarini tatbiq qilish mo’ljallangan. Bu borada Berlin texnika universitetidan kompyuter sinfi va ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish stansiyasi olib kelindi. Yuqorida eslatib o’tilgan kompyuter dasturlarini Yevropaning yetakchi universitetlarida o’rganish trening kurslariga iste’dodli yosh o’qituvchilar yuborildi. Jihozlangan kompyuter sinfiga maxsuslashtirilgan «Altium» va «Creo» komyuter dasturlari o’rnatildi.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar:

Кafedra professor-o’qituvchilari tomonidan kafedra yo’nalishlari va mutaxissisliklari bo’yicha fanlardan 3ta darslik,   o’quv qo’llanmalari, tajriba va amaliy ishlaridan o’quv-uslubiy qo’llanmalar va ko’rsatmalar, kurs ishi va loyihasini hamda malakaviy bitiruv ishlari va magistrlik dissertatsiyalarini bajarish uchun qo’llanmalar chop etilgan

Monografiyalar:

Radjabov T.D., Nazarov A.M., Kamardin A.I. Volokonno- opticheskiye datchiki na osnove legirovannыx volokon.Izd. «Ziyonur», Tashkent, 2014

Darsliklar:

1.A.A.Abduazizov, M.M.Muxiddinov, Ya.T.Yusupov. Radiotexnik zanjirlar va signallar. Darslik.”Shams ASA” MChJ, Toshkent, 2013.

2. M.X.Aripova, V.V. G’oyibnazarov. EXMli mikroprosessorli tibbiyot apparatlariga texnik xizmat ko’rsatish, o’rnatish va ta’mirlash. O’quv qo’llanma. “Noshir”, Toshkent, 2013.

3.A.A.Abduazizov, Ya.T.Yusupov. Radiotexnik tizimlar. O’quv qo’llanma.”O’quv ta’lim metodikasi” DUK Bosmaxonasi Toshkent, 2015.

4.A.Nazarov,A.Yarmuxamedov,Ya.Yusupov. Radiolokatsiya va radionavigatsi asoslari. O’quv qo’llanma. “Tafakkur”, Toshkent, 2018.

5.A.Nazarov,A.Yarmuxamedov,Sh.Xudoyberganov,Y.Yusupov,A.Jabborov. Elektr ta’minot qurilmalari. O’quv q o’llanma. “Tafakkur”, Toshkent, 2021.

6. A.Nazarov,A.Tadjiyev. Radioaloqa qurilmalari.darslik. “Tafakkur”, Toshkent, 2021.

O’quv va uslubiy qo’llanmalar:

A.Abduazizov, M.M.Muhitdinov., A.P.Gataulina, A.A.Arifbaev, Ya.T.Yusupov “Radioelektron Vositalar Elektromagnit Moslashuvi”. o’quv qo’llanma. Toshkent-2012 yil.A.A.Abduazizov, I.R.Foziljanov, Ya.T.Yusupov “Signallarga Raqamli Ishlov Berish”. Ўқув қўлланма, Тошкент-2012Sh.A. Mavlonov «Radioelektron Apparatlarining Elektr O’zgartirgich Qurilmalri». TDTU. kurs ishi uchun uslubiy ko’rsatma. 2013 yil.S.S. Pak «Устройства приёма и обработки радиосигналов». TDTU. o’quv –uslubiy qo’llanma. 2014 yil S.S. Pak “Конструкция и технология радиоэлектронной аппаратуры”. uslubiy qo’llanma. 2013yilM.M. Abdullaev, A.R. Tolipov, G.M. Abdullayeva, “Цивровая схемотехника и Микропроцессорные устройства” fanidan uslubiy qo’llanma. 2014 yil.Sh.A. Mavlonov, G.B.Shakirova “Kuchaytirgich va implus qurilmari” uslubiy qo’llanma. 2013 yilS.S.Pak “Устройства приёма и обработки радиосигналов” fanidan щэйгм-uslubiy qo’llanma. 2014 yil.M. Nazarov, Sh.A. Mavlonov, Sh. K. Hudayberganov, Ya.T. Yusupov “Электро преобразовательные устройства радиоэлектронной аппаратуры” Toshkent – 2014 yil.M.M. Xasanov “Multisim dasturi muhitida radiotexnik zanjirlar va signallarni modellashtirish” fanidan o’quv-uslubiy qo’llanma 2014 yil.M.M. Xasanov “Radiotexnik zanjirlar va signallar” fanidan amaliy mashg`ulotlari  bajarish uchun o’quv-uslubiy qo’llanma. Toshkent-2012A.M. Nazarov, Sh.A. Mavlonov, Sh. K. Hudayberganov, Ya.T. Yusupov “Электропреобразовательные устройства радиоэлектронной аппаратуры” Toshkent – 2014 yil.Sh.A. Mavlonov, G.M. Abdullayeva, T.A. Urazov, «Усилители и импульсные устройства» методические указания к лабораторным работам. Toshkent – 2013 yil.Sh.A. Mavlonov, I.N. Milogorodskiy, «Усилители и импульсные устройства» методические указания к практическим занятиям. Toshkent – 2013 yil N.T. Baymatova, M.M. Xasanov “Rdiotexnik zanjirlar va signallar”.Toshkent – 2011 yil.Sh.A Mavlonov,G.B. Shakirova,“Kuchaytirgich va impuls qurilmalari” Toshkent – 2013 yil.Sh.A. Mavlonov, A.G. Erkinov, “Kuchaytirgichlar va impuls qurilmalar” Toshkent – 2014 yil A.A. Abduazizov, Y.T. Yusupov “Radiotexnik tizimlar” Toshkent – 2015I.E. Andrushak, O.O. Geramsichuk, Yu.V. Pisetskiy, “Системыбеспроводных технологий передачи данных” Луцьк – 2013 A.A. Abduazizov, M.M. Muxitdinov, Y.T. Yusupov, “Radiotexnik zanjirlar va signallar” Toshkent – 2012 M.X. Aripova, B.B. Goibnazarov “Exmli microprosessorli tibbiyot apparatlariga texnik xizmat korsatish, ornatish va tamirlash” Toshkent -2013

O’quv va ilmiy laboratoriya xonalari to’g’risida qisqacha ma’lumot:

«Radiotexnik kurilmalar va tizimlar» kafedrasida ikkitaRadioelektron apparaturalar diagnostikasi nomli ilmiy laboratoriyalar mavjudUshbu ilmiy laboratoriyalarda mikroto’lqin va optik diapazonida ishlovchi zamonaviy radioaloqa vositalarining elektromagnit moslashuvi xarakteristikalari o’rganiladi va raqamli qabul qilish va uzatish apparaturalar diagnostikasi amalga oshiriladi.

KAFEDRALAR

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.