«O‘ZBEKISTON TARIXI» KAFEDRASI

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Kafedra mudiri:
Tarix fanlari doktori professor
Xoliqova Raxbar Ergashevna

Telefon: (998 90) 808-32-18
E-mail: raxbarkholikova@mail.ru

Kafedra tarixi:

«O‘zbekiston tarixi» kafedrasi 1991 yil «Siyosiy tarix», «Ilmiy sotsializm» (kechki-sirtqi bo‘limida) kafedralari negizida tashkil topgan. Kafedra asoschisi t.f.d. prof. A.R. Otajonov. Kafedra tashkil topgan davrda o‘qituvchilar tarkibida t.f.d. prof. M.X.Nazarov, K.X.Xasanov, t.f.n. dots. R.Umarov, O‘.Solixov, Z.Akramova, V.Abdullaeva, X.Abdunazarov va boshqalar faoliyat ko‘rsatishgan.  2004 yil oktyabr oyidan «Konstitutsiya va huquq asoslari» kafedralari birlashib  «O‘zbekiston tarixi va huquq asoslari» kafedrasi tashkil topdi. 2011 yildan «O‘zbekiston tarixi va huquq asoslari» kafedrasi «O‘zbekiston tarixi» kafedrasi deb qayta nomlandi. 2015 yil aprel oyida universitet fakultetlari va kafedralari tarkibiga o‘zgartirishlar kiritilishi munosabati bilan «Falsafa» kafedrasidagi «Ma’naviyat asoslari. Dinshunoslik», «Madaniyatshunoslik» fanlari «O‘zbekiston tarixi» kafedrasi tarkibiga shtat birliklari bilan o‘tkazildi. 2020-2021 o’quv yilidan kafedrada “O’zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan dars o’tilmoqda. 2004 yildan to hozirgi kungacha kafedrani tarix fanlari doktori, professor R.E.Xoliqova boshqarib kelmoqda.

Kafedra faoliyati

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan univеrsitеt tasarrufidagi fakultеtlar bakalavriatining 1-kurs barcha ta’lim yo‘nalishlarida “O’zbekistonning eng yangi tarixi”  fani o’qitilmoqda. Undan tashqari universitet bilan hamkorlikda ochilgan qo’shma dasturlarda “O’zbekiston tarixi” va “Madaniyatshunoslik” fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg‘ulot darslari olib borilmoqda.

Kafеdraning ilmiy va uslubiy salohiyati salmoqli. Bu davrlarda kafеdra profеssor-o‘qituvchilari tomonidan o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ilmiy, ilmiy-uslubiy maqolalar chop etildi. O‘zbеk va rus tili fanlaridan o‘quv-uslubiy majmualar yaratildi. Har yili o‘tkaziladigan xalqaro va rеspublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlarda kafеdra profеssor-o‘qituvchilari o‘z ma’ruzalari bilan muntazam ravishda qatnashadilar, xalqaro va respublika miqyosidagi jurnallarda maqolalar chop etadilar.

Kafedra a’zolarining faoliyati oliy bilim yurtlaridagi an’anaviy tarzda uchta: o‘quv – pedagogik, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda o‘z ifodasini topmoqda. Ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlarni tajribali professor, dotsentlar, katta o‘qituvchilar va shular qatorida tez sur’atlar bilan pedagogik tajribalar orttirayotgan assistentlar  o‘tkazishadi.

Bakalavriat yo’nalishi:

Barcha 1-kurs bakalavriat yo‘nalishlari  (kunduzgi, sirtqi va kechki).

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:

“O’zbekistonning eng yangi tarixi” , “O’zbekiston tarixi”, “Madaniyatshunoslik”

Kafedraning oliy o‘quv yurtlari bilan  hamkorlik aloqalari

“O‘zbekiston tarixi” kafedrasi quyidagi ta’lim muassasalari bilan innovatsion hamkorlik shartnomalari tuzgan:

– O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti “Jahon tarixi” kafedrasi.

– O‘zbekiston  davlat jahon tillari universiteti “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi

– Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi

“O‘zbekiston tarixi” kafedrasi quyidagi oliy o‘quv yurtlari bilan  hamkorlik aloqalari o‘rnatgan:

  1. O‘zbekiston Milliy universiteti;
    1. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
    1. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti;
    1. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti;
    1. Toshkent davlat agrar universiteti.
    1. Toshkent kimyo texnologiya instituti

Kafedra olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari:

Kafedradagi ilmiy tadqiqotlar natijasida. 2004 yil katta o’qituvchi  M.N. Inatov “O’zbekistonliklarning rasmiy tashkilotlarga yo’llagan xatlari rasmiy manba sifatida” mavzusida nomzodlik dissertasiyasi, 2006 yilda R.E. Xoliqova ” XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Rossiya-Buxoro munosabatlari tarixi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi, L.S.  Xolnazarova 2011 yilda “Buxoro amirligida kutubxonachilik va kitobot tarixi”, N.U. Maxkamova 2011 yilda “Texnika oily o‘quv yurti talabalarida huquqi ymadaniyatni shakllantirish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilindi.

Kafedraning ilmiy tadqiqot faoliyati  kafedra ilmiy yo‘nalishi sifatida tanlangan mavzular asosida olib borilmoqda.

Kafedraning ilmiy-tadqiqot faoliyati  quyidagi yo‘nalish asosida olib borilmoqda: “Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy taraqqiyoti”

Bugungi kunda kafedrada quyidagi o‘qituvchilari lmiy tadqiqot ishlari olib bormoqdalar: kafedra katta o’qituvchisi M.R.Dehqonov “Islomda oila  va  nikoh munosabatlari  madaniyatinining  diniy-falsafiy va  amaliy asoslari” dissertatsiyasini ilmiy seminardan o’tkazib himoya qilishga tavsiya qilindi.

Kafedra dotsenti N. Maxkamovaning  «Texnika oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va boshqarish» mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi,  katta o’qituvchi X. D. Tillaxadjayeva “O’zbekistonda FHDYO organlarining faoliyati tarixi” mavzusi, katta o’qituvchi R. S. Tashmurodov “Nurota vohasi hunarmandchiligi an’analari va rivojlanish xususiyatlari” mavzusi,  katta o’qituvchi A. O. Esanov “O’zbekistonda futbol tarixi” (1912-2021 yillar) mavzusi, assistent S. Mahammadiyeva “XVI-XVIII asrlarda Markaziy Osiyo tarixiy geografiyasi” mavzusi va assistant N. Vaisova “Согдийская колонизация великого Шелкового пути” mavzusida ilmiy tadqiqotlari OAK  byulletenida e’lon qilindi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari pedagogik faoliyat bilan bir qatorda kunning ikkinchi yarmida ilmiy tadqiqot ishlari bilan ham shug‘ullanishadi.

. Professor-oʼqituvchilar ilmiy–tadqiqot ishlarining natijalarini Xalqaro (Scopus, Web of Science) va respublika jurnallarida, oliy o‘quv yurtlararo ilmiy ishlar to‘plamida, xalqaro va respublika ilmiy-amaliy konferensiyalari toʼplamlarida chop ettirib kelmoqdalar. Kafedrada ishlab chiqilgan 2020-2023 yillarga mo‘ljallangan ilmiy-tadqiqot ishlarining istiqbolli rejasi asosida ish olib borilmoqda.

Kafedra professori R. E. Xoliqova Oʼzbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar aʼzosi. Tojikiston respublikasi Panjikent shahridagi pedagogika institutidagi “Maxzani ilm / Payomi donishkada / Vestnik instituta jurnali, Qoraqalpog’iston respublikasidagi Аjiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti “Fan va jamiyat” ilmiy-uslubiy jurnalining,”International Journal of Scienct and Human Research” xalqaro-onlayn jurnallarining tahrir hayʼati aʼzosi.

Kafedrada shuningdek doktorantura faoliyat olib bormoqda, bugungi kunda 2 nafar doktorant oʼz ilmiy izlanishlarni olib bormoqda. Ular Safarov Soyib “Mustaqillik yillarida janubiy Oʼzbekistonda qadimgi qadamjolarning tiklanishi va ularning xalqimiz tarixida tutgan oʼrni (1991-2019 yillar, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari misolida)” mavzusida, Isakova Moxinur “Oʼzbekistonda turizmning shakllanishi va rivojlanishida xotin-qizlarning ishtiroki (1991-2021 yillar) ilmiy tadqiqot mavzusida doirasida ilmiy maqolalar chop ettirmoqdalar.

Kafedrada faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar tarkibi:

  1. t.f.d. prof.  kafedra mudiri Xoliqova R.E.
  2. t.f.n. dots. Inatov M.N.
  3. p.f.n. dots. Shonazarov K.R.
  4. t.f.n. dots.Maxkamova N.U.
  5. t.f.n. dots. Xolnazarova L.S.
  6. katta o‘qituvchi.Yuldasheva R.E.
  7. katta o‘qituvchi.Tashmurodov R.S.
  8. katta o‘qituvchi.Dehqonov M.R.
  9. katta o‘qituvchi. Tillaxo‘jaeva X.J.
  10. katta o‘qituvchi. Rasulova M. A.
  11. katta o’qituvchi.Esanov A.O.
  12. assistent. Maxammadiyeva S.I.
  13. assistent.Voisova N. A. 

Kafedraning ilmiy-uslubiy ishlari:

Kafеdraning ilmiy va uslubiy salohiyati salmoqli. Bu davrlarda kafеdra profеssor-o‘qituvchilari tomonidan darslik, o’quv qo’llanma, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ilmiy, ilmiy-uslubiy maqolalar, uslubiy dars ishlanmalari yaratildi. “O’zbekistonning eng yangi tarixi”, fanidan o‘quv-uslubiy majmua yaratildi. Har yili o‘tkaziladigan xalqaro va rеspublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlarda kafеdra profеssor-o‘qituvchilari o‘z ma’ruzalari bilan muntazam ravishda qatnashadilar, xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy jurnallarda maqolalar chop ettirib, amaliy va innovatsion tanlovlarda o‘z loyihalari bilan ishtirok etib kelmoqdalar.

Darslik:

  1. R.E. Xoliqova va boshqalar. O‘zbekiston tarixi. – T.: Yаngi asr avlodi. 2015. 33.25 b.t.
  2. R.E.Xoliqova va boshqalar. O‘zbekistonning davlat muassasalari tarixi. -T.,  2018. 30,25 b.t.
  3. O‘zbekistonning  davlat  muassasalari tarixi. –T., Turon-Iqbol, 2021. 22,5 b/t.  Darslik (Hammualliflikda)

O‘quv qo‘llanma

  1. R.E.Xoliqova. Turkiston Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. O‘quv qo‘llanma. –T., 2017. 10,25 b/t.
  2. R.E.Xoliqova. O’zbekiston tarixi.  O‘quv qo‘llanma. –T., 2020, 20 b.t
  3. S.Gaibnazarova, R.Yuldasheva tomonidan 2020 yil Религоведение o‘quv qo‘llanma. 2020 yil.

Monografiya

1.  M.Dexqonov. Obod turmush-mustahkam oila tayanchi. -T., 2015. 5,5 b/t.

Uslubiy qo‘llanmalar:

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ko‘plab uslubiy qo‘llanmalar chop etilmoqda:

  1. R.E.Xoliqova. O’zbekiston tarixi. O’quv-uslubiy qo’llanma. 2019 yil 1 qism, 10 b.t.
  2. R.E.Xoliqova. O’zbekiston tarixi. O’quv-uslubiy qo’llanma. 2020 yil 2qism, 10 b.t.
  3. M. Dehqonov (hammualliflikda) «O‘zbekistonda davlatning din va diniy tashkilotlar bilan munosabati», 2019 yil.
  4. Xoliqova R.E. O‘zbekistonning eng yangi tarixi‖ fanini  o‘qitishda interfaol usullar.  O‘quv-uslubiy qo‘llanma.– Toshkent, ToshDTU, 2021. 125
  5. Inatov M.N., Xolnazarova L.S., Maxammadiyeva S.I. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan o‘quv – uslubiy qo‘llanma. – Toshkent, ToshDTU, 2021. 83 b.

KAFEDRANING MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLARI

 Taʼlim va maʼrifat tizimini takomillashtirish, mamlakatimiz kelajagi boʻlgan yoshlarni zamonaviy bilim olishga yoʻnaltirish, barkamol shaxsni tarbiyalash bilan bogʻliq ekanini biz yaxshi anglamogʻimiz lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

Talabalar, ayniqsa, talabalar turar joylarida yashaydigan va yashamaydigan talabalar bilan muntazam asosda faol muloqot olib borish amaliyotini joriy etish, ularning talab va ehtiyojlarini tizimli ravishda oʻrganish, talaba yoshlarning oʻquv, ilmiy va maʼnaviy hayotidagi muammoli masalalarni bartaraf etish boʻyicha aniq choralar koʻrish universitet rektori va prorektorlarining, dekanatlar hamda kafedralar rahbarlarining, barcha professor-oʻqituvchilar tarkibining ustuvor vazifasi etib belgilansin.

Talaba-yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, ularda yuksak axloqiy sifatlarni tarbiyalash, ularning kasbiy kompetentligi bilan insoniy fazilatlarini uygʻunlashtirish, professor-oʻqituvchilarning tarbiyaviy masʼuliyatini oshirish, taʼlim va tarbiya uygʻunligini amalda taʼminlash uchun fanlarning har bir mavzusidagi tarbiyaviy maqsaddan unumli foydalanilishini taʼminlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari”gi PQ-3151-son Qaroridan

Hozirgi globallashuv davrida inson ongi va qalbiga boʻlayotgan gʻoyaviy kurashlar kuchayib bormoqda. Bu oʻz navbatida, talabalarda vatanparvarlik, fidoyilik, ogohlik va mamlakat taraqqiyotiga ishonch tuygʻularini mustahkamlash, ularda halollik, mehribonlik, bagʻrikenglik kabi fazilatlarni rivojlantirish hamda yoshlar tarbiyasi, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish, talaba-yoshlarni turli mafkuraviy hurujlardan himoya qilish, ularning hayotga ongli va masʼuliyatli munosabatlarini shakllantirishda taʼlim bilan tarbiyaning uzviyligini taʼminlash bilan bogʻliq vazifalarni toʻlaqonli amalga oshirishni talab etadi. Shundan kelib chiqib kafedra ma’naviy-ma’rifiy sohada samarali faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

Kafedra manzili:

100095, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar., Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi. 2-uy,ToshDTU, Muhandislik texnologiyalari fakulteti, 5-qavat, 511, 512-xona.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.