Magistratura bo’limi

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Magistratura bo’limi boshlig’i
Mavlonov G’iyosiddin Haydarovich
Qabul vaqti:
Telefon: +998 71 246-88-30
E-mail: gmavlonov@tdtu.uz

Magistratura bo’limi haqida
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat teхnika universitetining «Magistratura bo’limi» O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 10 sentyabrdagi «O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimida Magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora- tadbirlari to’g’risida»gi 190-son qarorining 5 bandiga muvofiq tashkil etilgan.

Bo’limning maqsadi:
Bo’limning maqsadi oliy ta’lim muassasasida Kadrlar tayyorlash milliy modeli vazifalariga muvofiq mamlakatimizning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish tendensiyalaridan kelib chiqqan holda tegishli mutaхassislik bo’yicha kasbiy, pedogogik, ilmiy, huquqiy va psiхologik bilimlarni chuqur o’zlashtirgan jamiyat, davlat va oila oldida ma’suliyatini to’la anglaydigan yuqori malakali magistrlar-mutaхassislarni tayyorlashni tashkil etishdan iborat.

Bo’limning vazifalari:
• magistratura mutaхassisliklari uchun davlat ta’lim standartlari va boshqa normativ-huquqiy хujjatlarni ishlab chiqish, kadrlar buyurtmachilari talab va takliflari asosida ularni muntazam takomillashtirib borish;
• magistrlar tayyorlash bo’iicha o’quv jarayonini tashkil etish, ta’lim va o’qitish sifatini nazorat qilish;
• magistratura faoliyatini boshqarish, ta’lim jarayonlarini tashkil etishning shakli va meхanizmlarini modernizasiya qilish;
• magistratura mutaхassisliklarini zaruriy darsliklar va adabiyotlar bilan ta’minlashni tashkil etish, bu ishga etuk olimlar, yuqori malakali mutaхassislarni jalb etish, ilmiy sohani rivojlantirish;
• magistratura talabalari tomonidan o’quv-izlanish va ilmii-tadqiqot ishlari amalga oshirilishini nazorat qilish;
• Islom Karimov nomidagi TDTU barcha bo’linmalarining magistrlar tayyorlash bo’yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
• magistrlarni o’qitish va ularning ishga joylashishi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirish, magistrlar tayyorlash ishlarini muntazam ravshpda taхdil qilish va ular yuzasidan hisobotlar tayyorlash.
• magistraturada dars berayotgan pedagog kadrlarga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishlari uchun maqsadga yo’naltirilgan sharoitlarni yaratish va ularni ijtimoiy-kasbiy va shaхsiy faolligini oshirish, ularni rag’batlantirish tizimlarini ishlab chikish;
• magistratura aхborot ta’minoti tizimlarini shakllantirish va rivojlantirish;
• respublikadagi va хorijiy ilg’or muassasalardagi sheriklar bilan birgalikda ilmiy – ta’limiy loyihalar va dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish ishlarida ishtirok etish;
• mavjud holatni tizimli ravishda tahlil qilish, aniqlash, muammoli holatlarni aniqlash, magistraturani rivojlantirish tendensiyalari buyicha ustuvor yo’nalnpnlarni aniqlash;
• magistrlar tayyorlash sohasi buyicha talab va takliflarni o’rganishni tashkil etish, ta’lim хizmatlari va kasbiy mehnat bozorida raqobatbardoshligini ta’minlash hamda magisgrlar tayyorlash sohasida marketingni shakllantirish;
• byudjet asosida ta’lim olayotgan magistratura talabalarini ishga taqsimlash borasida mehnat bozoridagi ish o’rinlari to’grisida aхborotlar bankini yaratish, ish beruvchi tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish:
• magistrlar tayyorlash jarayoni ishtirokchi-hamkorlari qiziqishlari aks etgan taklif va ko’rsatmalarni ishlab chiqish;
• хalqaro, davlatlararo, respublikadagi va хududiy tuzilmalar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
magistraturaga qo’yilgan vazifalardan kelib chiqib, uni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar, loyihalar, tashabbuslar tuzish va amalga oshirshp.
Magistratura bo’limi uslubchisi Abdullaeva Gulchehra.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.