“NEFT VA GAZ KONLARINI ISHGA TUSHIRISH VA ULARDAN FOYDALANISH” KAFEDRASI

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Kafedra mudiri

Qarshiyev Abduhoshim Xojaqulovich

Texnika fanlari boyicha falsafa doktori (PhD)

Telefon: +998972680099

Elektron manzil: e-mail: Abduhoshim82@mail.ru

Qabul kunlari va soati:

Seshanba: 14:00-16:00

Payshanba: 10:00-12:00

Kafedra tarixi

“NEFT VA GAZ KONLARINI ISHGA TUSHIRISH VA ULARDAN FOYDALANISH” KAFEDRASI

Kafedra 1963-yildan boshlab Toshkent politexnika institutida “Neft va gaz konlarini ishlatish kompleks texnologiyasi va mexanizasiyasi” nomi bilan faoliyatini boshlagan va kafedraga 1963-1978 yillarda professor S.N.Nazarov rahbarlik qilgan. S.N.Nazarov yirik ilm-fan namoyondasi sifatida kafedra ishlari va anʼanalarini shakllantirishda katta hissa qoʼshgan. Kafedraga 1978-1983 yillarda dots. V.N.Charushnikov; 1983-2005 yillarda dots. B.Sh.Аkramov; 2005-2009 yillarda dots. M.U.Shousmonov; 2009-2011 yillarda dots. N.N.Maxmudov; 2011-2012 yillarda dots. B.Sh.Аkramov; 2012-2014 yillarda dots. M.А.Tursunov; 2014-2016 yillarda dots. А.А.Zakirovlar rahbarlik qilishgan.

Kafedrada ushbu yillarda prof. P.K.Аzimov, prof. А.X.Аgzamov, dots. N.V.Sipachev, dots. А.G.Posevich, dots. R.K.Siddikxoʼjaev, dots. А.А.Mavlonov, dots. Gʼ.K.Kichkinakov, dots. B.А.Аliev, dots. А.M.Аminov, dots. M.А.Tursunov, dots. H.B.Аsadova, dots. N.S.Аmirqulov, dots. А.R.Muxitovlar talabalarga saboq berishdi.

Kafedrada ushbu yillar davimida 2000 dan ortiq mutaxassislar tayyorlandi. Kafedra bitiruvchilaridan turli yillarda А.X.Аgzamov, U.S.Nazarov, D.V.Lyugay, N.N.Maxmudov, А.U.Nazarov, F.Sh.Sobirov, N.X.Ermatovlar doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishdi.

Kafedra bitiruvchilaridan U.S.Nazarov, K.Q.Ernazarov, T.O.Omonov, H. Turdiev, Q.Qurbonov, А.S.Mustafaev, Sh.J.Shamsiev, R.Tangriev, R.Ch.Sherovlar va boshqalar “Oʼzbekneftgaz” АJ va neft va gaz sohaning yirik ishlab chiqarish korxonalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritishmoqda.

Kafedrani bitiruvchilari “O’zbekneftegaz” “O’ztransgaz”, “O’zbekgeofizika”, “O’zLITIneftegaz”, “Sho’rtanneftgaz”, “Muborakneftgaz” AJlarda soha bo’yicha turli lavozimlarda neft va gaz konlarini ishlatish, konlardagi zaxira miqdorlarini hisoblash va shu kabi masalalarni yechish ustida  xizmat qilishmoqda.

Shuningdek, kafedrani bitirgan mutaxassislar qator davlatlardagi (Xitoy, Germaniya, Suriya, Yaman, Iroq, Jazoir, Kuba, Afg’oniston va b.) neft va gaz kompaniyalarida faoliyat yuritib, yangi UV konlarini aniqlashga va ularni ishga tushirib, ishlatishga salmoqli hissa qo’shganlar.

Hozirgi kunda “Lukoyl”, “Gazprom” (Rossiya), “CNPC” (Xitoy), “CNOC” Janubiy Koreya), “PETRONAS” (Malayziya), “ERIELL” (Chexiya) kompaniyalarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishmoqda.

Mustaqillik yillaridan keyin kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 15 dan ortiq monografiya, 40 dan ortiq darslik, o’quv qo’llanmalar, 100 dan ortiq o’quv uslubiy ko’rsatmalar, 1000 dan ortiq maqolalar chop etilgan. 30 dan ortiq mualliflik guvohnomasi va patentlar olingan.

Talabalarning nazariy bilimlari “Uzbekneftgaz” AJ tizimidagi barcha tarmoq institut va tashkilotlardagi kafedraning filiallarida (“O’zneftegazLITI” AJ va “GRDC” QK) mustahkamlanmoqda.

“Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish” kafedrasida hamkorlikni amalga oshirish borasida kafedraning 3 ta filialida:

1. “O’zneftegazLITI” AJ;

2. “GRDC” QKda o’qishlar tashkil qilingan hamda magistrlarning ilmiy amaliyotlarini olib borishi uchun bilan shartnomalar imzolangan.     

Hozirgi kunda kafedrada 1 ta bakalavriat taʼlim yoʼnalishi va 1 ta magistratura mutaxassisligida talabalar ta’lim oladilar. Ularga yuqori malakali mutaxassislar xizmat qilishmoqda: kafedra mudiri t.f.f.d. dotsent A.X.Qarshiyev, t.f.d., professor N.N.Maxmudov, t.f.f.d., dotsent S.Sh.Xabibullayev, t.f.f.d. M.M.Abdukarimov, dotsent S.P.Abdurahmonova, katta o’qituvchi H.F.Maxmudov, assistentlar R.Sh.Suyunov, Sh.Norqulov hamda o’rindoshlardan Rossiya tabiiy fanlar akademiyasi akademigi, t.f.d., professor A.X.Agzamov,  t.f.n., professor B.Sh.Akramov, t.f.d. A.U.Nazarov, t.f.n. A.A.Agazmov, g-m.f.f.d. S.A.Abbasova va boshqalar ta’lim berishmoqda.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:

Kafedaning ilmiy yoʼnalishi: “Neftь va gaz konlarini oqilona ishlatish hamda energotejamkor texnologiyalarni yaratish”. Hozirda kafedraning professor oʼqituvchilari tomonidan quyidagi mavzularda ilmiy ishlar olib borilmoqda:

1. Soʼnib borayotgan neft konlarida qatlamning neftberaoluvchanligini oshirish texnologiyalarini yaratish.

2. Konlarda texnologik bosimni tushirish hisobiga elektr energiyaini olish va oʼz ehtiyoji uchun ishlatish.

3. Yer osti gaz saqlash inshootini oqilona ishlatish uchun gidrodinamik va geofizik tadqiqotlarni oʼtkazish tizimini maqbullashtirish.

4. Suv bosgan quduqlarda va mahsuldor qatlamlarda quduqlarning suvlanganligini kamaytirish uchun sirt faol moddalarni yaratish va qoʼllash.

5. Uglevorod bugʼlarini ushlab qolish texnologisi uchun yangi mahalliy xom ashyolardan adsorbentlar yaratish.

6. Yuqori qovushqoq neft konlarni ishlatish uchun quduqlarda neft beraoluvchanlikni oshirish uchun yangi texnologiyalarni yaratish.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-metodik ishlar:

Kafedrada barcha fanlar bo’yicha o’quv qo’llanmalar, ma’ruzalar matnlari, metodik ko’rsatmalar, sinov ishlari uchun vazifalar, testlar tayyorlanadi va nashrga beriladi. O’quv jarayoniga kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan “aqliy hujum”, klaster uslubi va boshqa yangi pedagogik texnologiyalar joriy qilinmoqda.

Hozirda kafdraning professor oʼqituvchilari tomonidan quyidagi darsliklar va oʼquv qullanmalar yaratilmoqda:

1. Neft va gazni qazib olish texnikasi va texnologiyasi.

2. Gaz va gazkondensat konlarini ishlatish.

3. Konlarda neft, gaz va suvni yigʼish, tayyorlash va uzatish.

4. Neft va kaz konlari mashina va mexanizmlari.

5. Neft va gaz ishi asoslari.

Kafedra professor oʼqituvchilari B.Sh. Аkramov, А.X. Аgzamov, N.N. Maxmudov, А.X. Qarshiev, S.Sh. Xabibullaev va M.M. Аbdukarimovlar tomonidan yangi monografiyalar chop etilmoqda.

Hozirda kafedraning moddiy bazasida 2G laboratoriya xonasi mavjuddir. Bu laboratoriya xonasida “Neft va gaz qatlami fizikasi”, “Yer osti gidravlikasi”, “Mahsuldor qatlamning neft va gaz beraoluvchanligini oshirish”, “Konlarda neft, gaz va suvni yigʼish” fanlarini oʼrganish boʼyicha laboratoriya jihozlari mavjud.

Monografiya:

1. Н.Н.Махмудов, Э.К.Ирматов, А.Х.Агзамов, А.Х.Каршиев “Повышение эффективности форсированного отбора жидкости на месторождениях с высоковязкой нефтью”.  – Ташкент 2018 г.

Darsliklar:

1. N.N.Maxmudov, B.Yu.Nomozov, D.Gʼ.Аzizova, M.X.Аshurov “Neft va gaz qazib olish texnika va texnologiyasi”. – Toshkent. 2021 y.

2. A.A. Zakirov, N.X. Ermatov, A.X.Qarshiyev, N.M. Avlayarova “Gaz, gazokondensat konlarini  ishlatish” – Toshkent. 2021 y.

3. И.Холисматов, Н.Н.Махмудов., Р.Т.Закиров., Т.М.Турсунова. Mahsuldor qatlamni ochish va sinash. Инновацион ривожланиш нашриёти, Ташкент. 2020 й.

3.Xalismatov I., Maxmudov N.N., Neft va gaz zaxiralarini hisoblash. -Tashkent, Fan va texnologiyalar. 2018 y.

4. И.Холисматов, Р.Закиров и Н.Махмудов. Нефтегазоносные комплексы: литология и природные резервуары (часть:природные резервуары). -Ташкент, Фан ва технологиялар. 2015 г.

5. I.Xolismatov, R.Zakirov, N.Maxmudov. Neftgazli komplekslar: litologiya va tabiiy saqilagichlar (tabiiy saqlagichlar qismi). -Tashkent, Fan va texnologiyalar. 2015 y.

Bakalavriat:

60721800-Neft va gaz ishi (neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish);

Magistratura:

70721801- “Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish”

Kafedrada faoliyat ko’rsatayotgan professor-o’qituvchilar (ilmiy unvoni)

1. Qarshiyev Аbduhoshim Xoʼjaqulovich – kafedra mudiri, PhD.

2. Аgzamov Аvaz Xamidillayevich – professor, texnika fanlari doktori.

3. Аkramov Baxshillo Shafiyevich – professor, texnika fanlari nomzodi.

4. Maxmudov Nazirila Nasimxanovich – professor, texnika fanlari doktori.

5. Nazarov Аzizbek Ulugʼbekovich – professor, texnika fanlari doktori.

6. Аgzamov Аtabek Аvazovich – dotsent, texnika fanlari nomzodi.

7. Xabibullaev Saidaziz Shohsuvorovich – dotsent, PhD.

8. Аbbasova Saida Аkmal qizi – dotsent, PhD.

9. Аbdikarimov Mirzohid Muratovich – katta oʼqituvchi, PhD.

10. Аbdurahmonova Surayyo Poʼlatovna – dotsent.

11. Maxmudov Xamidjon Fuzayliyevich – katta oʼqituvchi.

12. Yuldoshev Sobir Fayzullaevich – assistent.

13. Suyunov Ramizjon Shuxrat oʼgʼli – assistent.

14. Norqulov Shahbozbek Samandar oʼgʼli – assistent.

15. Ganiyeva Hilola Bahodirovna – assistent.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.