“NEFT-GAZNI QAYTA ISHLASH OBYEKTLATI ” KAFEDRASI

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Kafedra mudiri
Nazarbekov Maxmudbek  Qosimbekovich
Texnika fanlari nomzodi, dotsent
Telefon: +998971305830
 e-mail: center.p.k@mail.ru
Qabul kunlari va soati:
Dushanba:    10:00 – 12:00
Chorshanba: 10:00 – 12:00

“Neft-gazni qayta ishlash obyektlari” kafedrasi 2019-yilda Toshkent davlat texnika universitetining rektori prof. S.M. Turabdjanov tashabbusi bilan tashkil etilidi.

2019-2021-yillarda “Neft-gazni qayta ishlash obyektlari” kafedrasini prof. t.f.d. Urinov Ulug‘bek Komiljonovich boshqardi.

         2021-yil 30-avgustdan boshlab “Neft-gazni qayta ishlash obyektlari” kafedrasiga t.f.n. Nazarbekov Maxmudbek Qosimbekovich rahbarlik qilib kelmoqda.

Kafedraning asosiy ilmiy yo‘nalishi neft-gaz sanoatida neft va gazlarni tashish, saqlash va qayta ishlash, texnologik jarayonlaridagi muammolarni ilmiy asoslab ularning yechimini izlashda ilmiy tadqiqotlar olib borishdir. Shuningdek kafedra ilmiy kadr (bakalavr va magistr) larni tayyorlaydi. 

Hozirgi vaqtda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan gazni transport qilish va saqlash jarayonida ikkilamchi energiya resurslardan foydalanish, neft mahsulotlarini saqlash, uglevodorod yoqilg‘ilarni ushlab qolish texnologiyasini yaratish hamda takomillashtirish, neft mahsulotlarini tozalash jarayonini maqbullashtirish, yangi turdagi yoqilg‘ilar olish, gazni yer ostida saqlash inshootlarida qatlamlardagi yo‘qotilishlarni o‘rganish va tahlil etish, tabiiy gazni tozalash va quritish qurilmalarida dietilenglikol moddasini tuzsizlantirish samaradorligini oshirish, gazni yer ostida saqlash inshootlarini ishlatishda monitoring qoidalarini ishlash mavzulari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

Ilmiy ishlar natijalari O‘zbekneftgaz, O’ztransgaz va Hududgazta’minot AK qarashli ishlab chiqarish korxonlarida joriy etilmoqda.

  Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, ma’ruza matnlari, tajriba va amaliy ishlarga o‘quv-uslubiy ko‘rsatmalar, kurs ishlarini bajarish uchun qo‘llanmalar, JN, ON va YANlar o‘tkazishga savolnoma va test topshiriqlari  tayyorlangan.

O‘qitish jarayoniga yangi informatsion va pedagogik texnologiyalar joriy etilmoqda, EXMlardan foydalanilmoqda. «Fikrlar hujumi», «Tarmoqlar» (klaster) kabi zamonaviy pedagogik usullari professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘quv jarayoniga joriy etilmoqda.

Kafedraning moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilash, ilmiy yutuqlarni amaliy, tajriba mashg‘ulotlarda va ma’ruzalarda qo‘llash dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Iqtidorli talabalar ilmiy ishlarga jalb etilmoqda, ular talabalarning ilmiy anjumanlarida ma’ruzalar bilan ishtirok etmoqdalar, olingan ilmiy natijalar respublika ilmiy jurnallarida chop etilmoqda.

Keyingi yillar davomida kafedraning professor-o‘qituvchilari tomonidan  monografiya, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari, amaliy va tajriba mashg‘ulotlari uchun uslubiy ko‘rsatmalar va 50 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etildi. “Ziyonet” saytiga ko‘plab manbalar: darslik, o‘quv qo‘llanmalarning elektron versiyalari kiritildi.

Oxirgi yillarda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan bir qancha monografiya, darslik, o‘quv qo‘llanmalar tayyorlanib chop etilgan.

Monografiya:

С.М. Турабджанов, О.С. Максумова, У.К. Уринов “Синтез карбонилазот содержаших соединение”  Ташкент. 2021

Darsliklar:

1.      Turabdjanov S.M., Eshmuxamedov M.A., Ismoilov R.I., O‘rinov U. K.  Organik kimyo 2020-y. O‘zR O va O‘MTV grifiga ega. Toshkent. 2021-y.

2.      Ixtiyorova G.A., Eshmuxamedov M.A., Ismoilov R.I., O‘.K. Urinov Organik kimyo 2020-y. O‘zR O va O‘MTV grifiga ega. Toshkent. 2021-y.

3.      Xabibullayev S.Sh. Buronov M.D. Gazni saqlash obyektlarini loyihalashtirish  va qurish. Toshkent 2020-y. b.

4.      Eshmuxamedov M.A., Urinov U.K., Badriddinova F.M., Tadjiyeva G.A. Neft va gaz kimyosi. O‘zR O va O‘MTV grifiga ega. O‘quv qo‘llanma. 270 b. ToshDTU. 2021-y.

5.      Abdukarimova S.A. Neft va gaz sanoatida kataliz. Darslik.  ToshDTU. 2021- y. 240 b.

6.      Badriddinova F.M. Koroziyadan himoya usullari.  Darslik. ToshDTU. 2021- y. 225 b.

7.      Eshmuxamedov M.A. Gazni qayta ishlash texnologiyasi. Darslik. 2021-y. ToshDTU.  220 b.

8.      Urinov U.K. Neft kimyoviy sintez asoslari. Darslik. 2021-y. ToshDTU. 200 b.

Kafedrada faoliyat korsatayotgan professor oqituvchilar (ilmiy unvoni)

1. Nazarbekov Maxmudbek Qosimbekovich. t.f.n.
2. Urinov Ulug‘bek Komiljonovich. Professor  DSc.
3. Amirkulov Nuriddin Sayfullayevich. Dotsent, t.f.n.
4. Eshmuxamedov Murod Azimovich. Dotsent, k.f.n.
5. Badriddinova Farida Muxamatdinovna. Dotsent, k.f.n.
6. Abidov Aziz Shukurullayevich.  Dotsent, PhD
7. Abdkarimova Saida Abdujalilovna. Katta o‘qituvchi
8. Axmedov Abror Saidmurod o‘g‘li. Assistent
9. Rustamov Doston Isroil o‘g‘li. Assistent
10. Qaxxorov Doston Rustam o‘g‘li. Assistent
11. Andayev Siroj Rustamovich. Assistent
12. Baxranova Durdona Ro‘zimatovna. Assistent
13. Abdurazakov Sunnatilla Erkinovich. Assistent
14. Jabborova Xolida Abduslom qizi. Assistent
Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.