“NEFT-GAZ SANOATI MASHINA VA JIHOZLARI VA QUVUR TRANSPORT TIZIMLARI” KAFEDRASI

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Kafedra mudiri

Karimov Shavkat Abduvositovich
texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Telefon:+998971552011
Elektron manzil:E-mail: karimov1552011@yandex.com
Qabul kunlari va soati:
Dushanba: 14:00 – 16:00
Payshanba: 10:00 – 12:00

Kafedra tarixi:

Kafedra 2021-yilda Toshkent davlat texnika universiteti “Neft va gaz” fakulteti tarkibida yangi tashkil etildi. Ushbu kafedra Toshkent davlat texnika universitetining 3 ta kafedrasi ya’ni “Neft-gaz ob’ektlarini loyihalashtirish”, “Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash” va “Texnologik mashina va jihozlari (tarmoqlar bo‘yicha)” kafedra yo‘nalishlari negizida tashkillashtirildi. Kafedrada “Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash”, “Quvur transport tizimlari” va  “Texnologik mashina va jihozlari (Neft-gaz sanoati mashina va jihozlari)” yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassis kadrlar tayyorlanadi.

         1985-yilda Toshkent politexnika universiteti “Neft va gaz” fakultetida “Neft-gaz obyektlarini loyihalashtirish”  kafedrasi tashkil etilgan va yo‘nalishga talabalar qabul qilingan. Kafedraga professor P.K. Azimov rahbarlik qilgan. 1987-yilda esa “Neft-gaz obyektlarini loyihalashtirish”  kafedrasi tarkibida “Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash” yo‘nalishi ochilgan va talabalar qabul qilingan.

1991-yildan esa “Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash” kafedrasi alohida kafedra sifatida faoliyat yuritgan. Kafedraga 1991-2012-yillar davomida professor A.M. Aminov rahbarlik qilgan.

1994-yil neft-gaz sanoati tarmoqlari uchun malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida “Mexanika-mashinasozlik” va “Neft va gaz” fakultetlari hamkorligida “Texnologik mashina va jihozlari (tarmoqlar bo‘yicha)” yo‘nalishi ochilgan va “Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash”  kafedrasi tarkibiga biriktirilgan. Bu yo‘nalishga t.f.n. dotsent SH.K. Agzamov rahbarlik qilgan.

Yuqoridagi kafedralarda tashkil qilingandan to hozirgi davrga qadar 2700 dan ortiq mutaxassis tayyorlandi. Ular orasidan 3 tadan ortiq fan doktori, 17 tadan ortiq fan nomzodi va bir nechta davlat tashkilotlarining rahbarlari yetishib chiqdilar. Shu kungacha kafedrani tugatgan mutaxassislarning ishtiroki bilan 400 tadan ortiq neft va gaz quduqlari burg‘ilangan.

Kafedrani bitirgan yosh mutaxassislar “O‘zbekneftegaz” AJ, “O‘zgeoburneftegaz” AJ, “IGIRNIGM” AJ, “O‘ztransgaz” AJ, “O‘zbekgeofizika” AJ, “O‘zLITIneftegaz”, “O‘zneftegaz qazib-chiqarish” AJlarda, ekspeditsiyalarda (Olot, Surxon, Qorovulbozor, Ustyurt) va burg‘ilash boshqarmalarida (Qo‘qon, Surxon, Gissar, Koson, Qarshi, Buxoro, Qoroulbozor, Olot, Ustyurt) soha bo‘yicha turli lavozimlarda neft va gaz quduqlarini burg‘ilash, ta’mirlash va shu kabi masalalarni yechish ustida xizmat qilishmoqda.

Shuningdek, kafedrani bitirgan mutaxassislar qator davlatlardagi (Xitoy, Germaniya, Suriya, YAman, Iroq, Jazoir, Kuba, Afg‘oniston va boshqalar) neft va gaz kompaniyalarida faoliyat yuritib, yangi uglevodorod konlarida quduqlarni burg‘ilashda va ularni ishga tushirib, ishlatishga salmoqli hissa qo‘shmoqdalar.

Hozirgi kunda “Lukoyl”, “Gazprom” (Rossiya), “CNPC” (Xitoy), “CNOC” (Janubiy Koreya), “PETRONAS” (Malayziya), “ERIELL” (Chexiya) kompaniyalarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishmoqda.

Mustaqillik yillaridan keyin kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 15 dan ortiq monografiya, 80 dan ortiq darslik, o‘quv qo‘llanmalar, 150 dan ortiq o‘quv uslubiy ko‘rsatmalar, 1800 dan ortiq maqolalar chop etilgan.

Mutaxassislar tayyorlash jarayoni kafedra tizimida fan va ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalarini integrallash asosida amalga oshirilmoqda. Talabalarni mutaxassislik bo‘yicha o‘qitishda neft va gaz quduqlari, magistral quvurlari va neft va gaz mashina va jihozlariga oid zamonaviy yutuqlarga asoslangan dasturlardan foydalanib, darslar olib boriladi.

Talabalarning nazariy bilimlari “O‘zbekneftgaz” AJ tizimidagi tarmoq institut va tashkilotlardagi (“O‘zgeoburneftegaz” AJ, “O‘ztransgaz”  AJ va “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ) malakaviy amaliyotlarda mustahkamlanmoqda.

“Neft-gaz sanoati mashina va jihozlari va quvur transport tizimlari” kafedrasida 3 ta tashkilot bilan o‘zaro doimiy hamkorlik va amaliy ishlar olib boriladi:

1. “O‘zgeoburneftegaz” AJ

2. “O‘ztransgaz”  AJ.

3. “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ

Hozirgi vaqtda kafedrada 5 ta bakalavr yo‘nalishida va 2 ta magistratura mutaxassisligida talabalar tahsil oladilar. Ularga yuqori malakali mutaxassislar ta’lim berishmoqda: kafedra mudiri t.f.b.f.d. (PhD) SH.A. Karimov, f.d. (DSc), dotsent A.A. Raximov, t.f.n. dotsent A.M. Murtazaev,  t.f.b.f.d. (PhD) A.SH. Qayumov, katta o‘qituvchilar A.M. Nizomov, D.X. Hikmatova, R.D. Asadova, assistentlar Pazilov B.P., Baxtiyorov O.U., Xolov M.S., Saidvalieva SH.R., Qo‘ziev X.J., Rashidov R.F. va o‘rindoshlardan t.f.b.f.d. (PhD) Li Myong Suk (Janubiy Koreya), t.f.n. professor A.M. Aminov, t.f.b.f.d. (PhD) dotsent S.SH. Abdullaeva, t.f.n. T.P. Eshpo‘latov, t.f.n. R.M. Raximov, t.f.b.f.d. (PhD) A.A. Raupov, t.f.b.f.d. (PhD) I.S. Saidnazarova va boshqalar.

Kafedrada olib boriladigan ilmiy ishlar:

Kafedrada quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan va olib borilmoqda:

•  neft va gaz quduqlarini burg‘ilashda ishlatiladigan burg‘ilash va tamponaj kompozitsiyalari;

•  neft va neft-gaz mahsulotlarini tashishda ishlatiladigan magistral quvurlarning samaradorligini oshirish;

•  neft va gaz sanoatidagi mashina va jihozlarni amaliyotdagi ishlash ko‘rsatgichlarini yaxshilash;

•  respublikadagi neft, gaz va kondensat konlarida mashina va jihozlarni samarali qo‘llash va boshqalar.

Kafedrada olib boriladigan ilmiy-metodik ishlar:

Kafedrada barcha fanlar bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar, ma’ruzalar matnlari, metodik ko‘rsatmalar, sinov ishlari uchun vazifalar, testlar tayyorlanadi va nashrga beriladi. O‘quv jarayoniga kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan “aqliy hujum”, klaster uslubi va boshqa yangi pedagogik texnologiyalar joriy qilinmoqda.

Kafedra xodimlari tomonidan moddiy-texnik bazani yangilash, ilmiy yutuqlarni ishlab-chiqarishga joriy qilish, iqtidorli talabalar bilan ishlash, seminarlar tashkil qilish kafedraning dolzarb vazifalari bo‘lib ular o‘z natijalarini ko‘rsatmoqdalar.

«Neft-gaz sanoati mashina va jihozlari va quvur transport tizimlari» kafedrasidagi ta’lim yo‘nalishlar:

Bakalavriat:

  • 5320300 – Texnologik mashina va jihozlar (neft-gaz sanoati mashina va jihozlari);
  • 60721800 – Neft va gaz ishi (neft va gaz quduqlarini burg‘ilash);
  • 60713300 – Gaz jihozlaridan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish;
  • 60720700 – Texnologik mashina va jihozlar (neft-gaz sanoati mashina va jihozlari);
  • 5314600 – Neft-gaz sanoati mashina va jihozlari;
  • 5313800 – Quvur transport tizimlarini inshootlari va ularni ob’ektlarini ta’mirlash;
  • 5313700 – Gaz jihozlaridan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish;
  • 5311900 – Neft va gaz ishi (neft va gaz quduqlarini burg‘ilash).

Magistratura:

  • 70721803 – Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash (1 kurs)
  • 5A311903 – Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash (2 kurs)
  • 70720708 – Neft-gaz sanoati mashina va jihozlari (1 kurs)
  • 5A320309 – Neft-gaz sanoati mashina va jihozlari (2 kurs)

Kafedrada asosiy shtatda faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar (lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni)

1. Karimov Shavkat Abduvositovich – kafedra mudiri, t.f.b.f.d. (PhD);

2. Murtazaev Abdijabbor Mustafaevich – kafedra professori, t.f.n., dotsent;

3. Qayumov Abdurasul Shonazarovich – katta o‘qituvchi, t.f.b.f.d. (PhD);

4. Nizomov Akbar Mikkamovich – katta o‘qituvchi;     

5. Hikmatova Dildora Xumaydullaevna – katta o‘qituvchi;

6. Asadova Ra’no Dilmuratovna – katta o‘qituvchi;      

7. Pazilov Bahodir Payzullaevich – assistent;

8. Saidvalieva Shodiya Rixsixoja qizi – assistent;

9. Baxtiyorov Oybek Ulug‘bek o‘g‘li – assistent;

10. Qo‘ziev Husniddin Jo‘raevich – assistent;

11. Rashidov Rixsitilla Fazliddin o‘g‘li – assistent;

12. Xolov Muxiddin Sattorovich – assistent.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.