MOODLE
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

UMUMIY KIMYO KAFEDRASI

Kafedra mudiri:Ihtiyarova Gulnara Akmalovna
Kimyo fanlari doktori., professor

Telefon: +998974251104
Qabul kunlari: Dushanba, chorshanba, juma, shanba 1400-1700
E-mail: 

Kafedra tarixi:

1929 yilda tashkil topgan O‘rta Osiyo paxtachilik irrigatsiya politexnika institutida birinchilardan bo‘lib kimyo kafedrasi professor A.P.Rostovskiy boshchiligida tashkil topdi. 1935 yili kafedrani V.N.Novikov boshqardi. Kafedrani 1968 yilgacha professorlar: N.A.Karabaev, X.R.Raximov, X.R.Rustamovlar dotsentlar: X.B.Medinskiy, YU.I.Ibragimovlar boshqardi. 1968 yilda «Umumiy kimyo» kafedrasi deb o‘zgartirildi va unga 1980 yilgacha dotsent Karimulla Agzamovich Agzamov mudirlik qildi. 1972 yilda «Umumiy kimyo» kafedrasi asosida institutning kechki va sirtqi bo‘lim talabalariga taxsil beruvchi «Kimyo» kafedrasi tashkil qilindi va 1989 yilgacha ushbu kafedraga professor To‘lqin Miromilovich Mirkomilov mudirlik qildi. «Umumiy kimyo» kafedrasiga 2000-2004 yillarda akademik To‘lqin Miromilovich Mirkomilov, 1991yil Toshkent davlat texnika universiteti tashkil etilgandan keyin «Umumiy kimyo» kafedrasiga t.f.n. CHaros Nabievna YUsupbekova 1997 yilgacha rahbarlik qildi. 2004 yil 2007 yillarda «Umumiy kimyo» kafedrasiga professor Ismoilov Isroil Ismoilovich, 2007 yil  sentyabrь oyidan kafedraga texnika fanlar nomzodi, dotsent Xayrulla Xodievich Muxitdinov, 2009 yil  kafedraga texnika fanlari nomzodi dotsent Otabek Nashvandovich Bozorov, 2012 yil fevral oyidan 2017 yil  sentyabrь oyigacha kafedraga k.f.n. dotsent Usmonjon Maxmudovich Mirzaev raxbarlik qildilar. 2017 yil oktyabrь oyidan kimyo fanlari doktori, professor Gulnora Akmalovna Ixtiyarova raxbarlik qilmoqdalar. Kafedrada turli davrlarda akademik Mirxoji Asqarovich Asqarov, fan doktorlari professorlar Ismoilov Isroil Ismoilovich, Sayfutdinov Ramzitdin Sayfutdinovich, Normuxammad YOdgorov va bir qancha fan nomzodlari, dotsentlar YUsupbekova CHaros Nabievna, Muminov Qobil hamda laboratoriya mudiri Vosiq Abdulaxadov chuqur bilimli, malakali mutaxassislar tayyorlashga o‘z hissalarini qo‘shib keldilar.

Toshkent Davlat texnika universitetining 2007 yil 3 may ilmiy kengashi qaroriga binoan 2007 yil 7 iyun 3/360 raqamli rektor buyrug‘i bilan kafedraga akademik To‘lqin Miromilovich Mirkomilov nomi berilgan.

Bakalavriat yo‘nalishlari, magistratura:

Yo‘q, nomutaxassis

Kafedrada faoliyat ko‘rsatayotgan professor o‘qituvchilar:

Kafedrada asosiy shtatda 14 ta professor– o‘qituvchi shulardan 2 ta professor jumladan  G.A.Ixtiyarova, R.I.Ismoilov, 6 ta dotsentlar: Muxitdinov X.X., Mirzaev U.M., Valeeva N.G., Eshmuxamedov M.A., Mengliev A.S., Kurbanova M.A. va 5 ta katta o‘qituvchilar: Aripdjanova M.A., Ayupova M.B., Usmanova G.A., Kaypnazarov T.N., 2 ta assistentlar: Hasanov O.H., Begimqulova CH.Q.,

Kimyo kafedrasi professor-o‘qituvchilari:

  1. Ixtiyarova Gulnora Akmalovna Kimyo fanlari doktori., professor
  2. Ismoilov Ravshan Isroilovich Kimyo fanlari doktori., professor
  3. Mirzaev Usmonjon MahmudovichKimyo fanlari nomzodi., dotsent
  4. Muxitdinov Xarullo XodievichKimyo fanlari nomzodi., dotsent
  5. Eshmuhamedov Murod AzimovichKimyo fanlari nomzodi., dotsent
  6. Valeeva Naila GennadievnaKimyo fanlari nomzodi., dotsent
  7. Mengliev Alisher Safarovich Kimyo fanlari nomzodi., dotsent
  8. Qurbonova Mohira Abduvaxobovna Kimyo fanlari nomzodi., dotsent
  9. Usmonova Gulnoza AbduvaxobovnaKatta o‘qituvchi
  10. Aripdjanova Munira AbdugapparovnaKatta o‘qituvchi
  11.  Ayuupova Muhabbat Bahramovna Katta o‘qituvchi
  12. 12.      Kaypnazarov Turdivoy Nizomatdinovich katta o‘qituvchi
  13. Hasanov Oxun Hasanovich assistent

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:

Kafedrada N, O, S saqlagan biofaol polimerlar olish, xossalarini o‘rganish va qullash mavzusida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

“Umumiy kimyo” kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi YOng‘in xavfsizligi oliy texnik maktabi bilan hamkorlik shartnomasini tuzgan, ushbu shartnomaga asosan F7-FK-0-10324 F7-001 “To‘qimachilik materiallarini modifikatsiyalash uchun yangi oligomer va polimer antipirenlarni yaratishni nazariy asoslarini ishlab chiqish” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining fundamental mintaqasi asosida ilmiy tadqiqot ishini hamkorlikda bajarmoqda.

2017 yilda kafedra professori R.I Ismailov tomonidan OT-F7-40 “Aminoalkilakrilatlar bilan galloid saqlagan birikmalar asosida polimer tuzlarini sintezini nazariy asoslari” mavzusida davlat fundamental granti olindi. 2017-2019 yillarda dotsent Valeeva Nailya Gennadievna va katta o‘qituvchi M. A. Qurbonovalar tomonidan OT-A12-53 «Allilazobirikmalar asosida kimyo va to‘qimachilik sanoatlarida ishlatiladigan bo‘yovchi moddalar olishning yangi samarali texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusida davlat fundamental grantlari olindi.

G.A.Ixtiyorova rahbarligida BuxDU bilan hamkorlikda OT-A-12-11“Razrabotka lab. texnologii polucheniya polimernix nakompozitnыx teks-x mats. Na osnove poliokrilatov, xitozana i ego proizvodnыx” mavzusida amaliy loyixa ham bajarilmoqda.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy metodik ishlar:

Hozirda kafedra o‘qituvchilari tomonidan 8 ta qo‘llanma:

  • A.Ixtiyorova, T.N.Qaypnazarov, A.S.Mengliev “Organik kimyo fanidan laboratoriya mashg’ulotlatlari”. 2018
  • Aripdjanova, N.G.Valeeva, U.M.Mirzaev “Metodicheskoe posobie dlya prakticheskix i laboratornqx rabot”. 2017
  • G.Valeeva, G.A.Usmanova, X.X.Muxitdinov, U.M.Mirzaev “Metodicheskoe posobie dlya prakticheskix zanyatiy CHastь I”.2017
  • G.Valeeva, G.A.Usmanova, X.X.Muxitdinov, U.M.Mirzaev “Metodicheskoe posobie dlya prakticheskix zanyatiy CHastь II”
  • Ayupova, M.Qurbanova, U.M.Mirzaev “Noorganik kimyo fanidan laboratoriya ishlari bo‘yicha uslubiy qullanma”. 2016
  • Ayupova, M.Qurbanova, U.M.Mirzaev “Noorganik kimyo fanidan amaliy mashg‘ulotlari bo‘yicha uslubiy qullanma” .
  • A.Usmanova, N.G.Valeeva, U.M.Mirzaev, SH.G‘.Xojiev “Noorganik kimyo fanidan amaliy mashg‘ulotlari bo‘yicha uslubiy qullanma” I-qism.
  • A.Eshmuxamedov, R.I.Ismoilov, G.A.Usmanova, M.Ayupova “Organik kimyo fanidan laboratoriya ishlarini bajarish bo‘yicha uslubiy qullanma”. 2018 y

Monografiya:

Hozirda kafedra o‘qituvchilari tomonidan 3 ta monografiya chop etilgan.

  • Gulnora Ixtiyarova tomonidan “Bioparchalanuvchi xitin va xitozan polimerlari: olinishi, xossalari va qo‘llanilishi” 2018 yil
  • U.M. Mirzaev, I.I.Ismailov tomonidan “Biologicheski aktivnыe (so) polimerы N-vinillaktamov ”  Tashkent-2014.
  • M.Eshmuxamedov, M. Mirzaraximov, M.Safaev tomonidan “Texnologiya ochistki vыbrosov ot kislыx komponentov ” Tashkent-2014.

Darsliklar:

Elektron darslik . “Bioorganik kimyo” IAP. 2018 0284

Kafedradagi laboratoriya xonalari:

Kafedrada 4 ta kimyo laboratoriya xonalari mavjud

KAFEDRALAR

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.