BIOTIBBIYOT MUHANDISLIGI KAFEDRASI

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Kafedra mudiri

Elmurotova Dilnoza Baxtiyorovna – dotsent, f.-m.f.f.d. PhD

Telefon: +998909458958

Elektron manzil: dilnoza_elmurodova@mail.ru

Qabul kunlari va soati:
Dushanba: 14:00 – 16:00

Chorshanba: 10:00 – 12:00

KAFEDRA TARIХI

“Biotibbiyot muhandisligi” kafedrasi 2016-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent davlat texnika universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 2-may 2016-yil PQ2524-sonli qaroriga asosan “Tibbiy-biologik tizimlar va jihozlar” kafedrasi nomi bilan tashkil etilgan va 2017-yil  2- sentabrdan “Biotibbiyot muhandisligi” kafedrasi deb qayta nomlangan. Kafedraga 2016-2018-yy.da professor Ne‘matov Sherzod Qalandarovich, 2017-2018-yy.da dotsent Ibragimov Shabatir Baxramovich, 2018-2021 yy da katta o‘qituvchi Haqqulov Ma‘ruf Keldiyrovich rahbarlik qildilar. 2021-yil avgust oyidan kafedraga Elmurotova Dilnoza Baxtiyorovna rahbarlik qilmoqda.

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 60711800 – “Biotibbiyot muhandisligi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr hamda 70711801 – “Tibbiy-biologik apparatlar, tizimlar va majmualar (qo‘llanish sohasi bo‘yicha)” va 70711803 – “Rentgen texnikasi va texnologiyasi” magistratura mutaхassisliklari bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari tayyorlanib kelinmoqda. Bugungi kunda O’zRFA ning “Ion plazma va lazer texnologiyalari instituti” va “Yadro fizikasi instituti” da kafedraning filiallari tashkil etilgan. Ushbu filiallardagi zamonaviy laboratoriya jihozlaridan foydalanib, ayrim mutaхasssislik fanlaridan laboratoriya mashg‘ulotlari hamda iqtidorli talabalar va yosh olimlar o‘zlarining ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.

Iqtidorli talabalar bilan ishlash:

“Biotibbiyot muhandisligi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2008-yil 8-avgustdagi 237-sonli buyrug‘i asosida iqtidorli talabalar bilan ilmiy izlanishlar olib borishmoqda. Bundan tashqari iqtidorli talabalar qobiliyatini aniqlash, ular bilan ilmiy izlanishlar olib borish va ularga dolzarb yo‘nalish mavzularini berish maqsadida kafedrada “Biotibbiyot muhandisi” ilmiy-o‘quv to‘garagi tashkil etilgan. Iqtidorli talabalarga professor Sh.Q. Nematov, T.M. Magrupov, dotsent D.B. Elmurotova va Sh.B. Ibragimov, katta o‘qituvchilar M.K. Haqqulov, B.A. Babajonov, S.P. Abdixalikov, Y.T. Talatov va M.A. Umarova, assistentlar F.Q. Shakarov, C.Y. Maxmudov, Z.M. Rahimberganova va N.S. Yusupova rahbarlik qilishmoqda. Kafedraning iqtidorli talabalari xalqaro va respublika konferensiyalarida o‘zlarining ma’ruzalari bilan faol qatnashib kelmoqdalar.

Xalqaro hamkorlik va chet el bilan ilmiy aloqalar asosida erishilgan natijalar:

Respublikamizning bir necha turdosh oliy o‘quv yurtlari, ilmiy tekshirish institutlari, ishlab chiqarish korxonalari, kasb-hunar kollejlari bilan bir qatorda, xorijiy davlat oliy ta’lim muassasalari Sankt-Peterburg davlat politexnika universiteti (SPbDPI) va Belorussiya davlat universiteti (BelDU) bilan hamkorlik aloqalari o’rnatilgan.

2019-yilning sentabr oyida kafedra professori Magrupov T.M. SPBGETUni yozgi maktabida ishtirok etish masalasini hal qilish va amalga oshirish uchun Rossiya Federatsiyasi Sankt – Peterburg shahri Sankt – Peterburg davlat elektrotexnika universitetida xizmat safari bilan bo‘lib qaytdi.

2019-yilning oktabridan 2020 -yilning yanvarigacha kafedra katta o‘qituvchisi Abdixalikov Seyt Prmatovich Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg davlat elektrotexnika universitetida “EL-YURT UMIDI” jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilgan 4 oylik stajirovkani muvaffaqiyatli tugatib keldi.

2020-yilda kafedra asssistenti A.G.Radjabov “Innovatsion rivojlanish vazirligi” ning granti asosida Belorussiya Respublikasining BelDU universitetining aspiranturasiga kirib, o‘z ilmiy ishini davom ettirmoqda.

Kafedrada olib boriladigan ilmiy ishlar:

  • Tibbiy-biologik tizimlardagi jarayonlarning fizik mexanizmlarini – tabiiy biologik jarayonga asoslangan sun’iy fotosintez tizimlaridagi yorug‘lik uyg‘onishlari va zaryadlarning ko‘chish jarayonlarini tadqiq etish.
  • Dermatologiya klinik amaliyotida qo‘llash uchun lazer texnologiyalari va UB-yorug‘lik manbalari asosidagi fototerapevtik qurilmaning yangi avlodini yaratish bo‘yicha ishlanishlar olib borish.
  • Tibbiy-biologik signallarni va ma’lumotlarni tahlil qilish va ishlov berish metodlari va vositalari ustida tadqiqotlar olib borish.

Kafedrada olib boriladigan ilmiy-metodik ishlar:

Kafedrada barcha fanlar bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar, ma’ruzalar matnlari, virtual laboratoriyalar, metodik ko‘rsatmalar, sinov ishlari uchun vazifalar, testlar tayyorlanadi va nashrga beriladi. Oxirgi yillarda kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan bir qancha monografiya va darsliklar, o’quv qo’llanmalar tayyorlanib, chop etilgan.

Kafedrada laboratoriya mashgulotlari olib boriladigan fanlar:

  • Sxemotexnika
  • Biotibbiyot datchiklari
  • Mikropotssesor texnikasi
  • Tibbiyot texnikalarining elementlari va qismlari
  • Biotibbiyot signallar tahlili va ishlov berish
  • Tibbiyot qurilmalari, uskunalari, tizimlari va komplekslari
  • Biologik jarayon va tizimlarni modellashtirish
  • Tibbiy rentgan texnikasi

O‘quv-uslubiy ko‘rsatmalar:

  1. Magrupov T.M., Nematov Sh.Q., Ibragimov Sh.B. Magistratura talabalarining ilmiy-tadqiqot va dissertatsiya ishlari. O‘quv-uslubiy qo‘llanma. TDTU,2019.
  2. М.А.Умарова., Ф.К.Шакаров. “Узлы и элементы медицинской техники” учебно-методическое пособие. ТГТУ,2020
  3. Abdixalikov S.P., Kamolova Y.M. “Tibbiyot qurilmalari, uskunalari, tizimlari va komplekslari” laboratoriya ishlari uchun uslubiy ko‘rsatma. TDTU
  4. Hudayqulov F.Y., Ro‘ziyev F.M, Shakarov F.Q., Madjitov M.X. “Sxemotexnika” laboratoriya ishlari uchun uslubiy ko‘rsatma. TDTU, 2020.
  5. Umarova M.A., Shakarov F.Q. “Tibbiyot texnikalarining elementlari va qismlari” laboratoriya ishlari uchun uslubiy ko‘rsatma. TDTU,2021

Darsliklar:

Магрупов Т.М., Азаматов З.Т., Магрупова М.Т., “Медицинская техника и технология”, Fan va teхnologiya., Toshkent 2018.

T.M.Magrupov, Sh.Q.Nematov, B.M.Mirshoxodjaev., “Tibbiyotda neyron tarmoqlari”, Nurfayz nashriyoti., Toshkent 2020.

Oquv qollanmalar:

T.M.Magrupov, B.M.Mirshoxodjayev, “Tizimli yondoshuv asoslari” O‘quv qo‘llanma, Fan va teхnologiya, Toshkent 2019.

Sh.B.Ibragimov , Sh.Q.Nematov va b. “Tibbiyot mashinalari va jihozlari”,

Nurfayz nashriyoti, Toshkent 2020.

B.B.Gaibnazarov, M.K.Haqqulov, L.X.Nishanova. Elektron tibbiyot uskunalari profilaktikasi va xizmat ko‘rsatish. O‘quv qo‘llanma, 2020 y.

Bakalavriat:

  • 607118000 “Biotibbiyot muhandisligi”.

Magistratura:

  • 70711801 – Tibbiy-biologik apparatlar, tizimlar va majmualar (qo‘llanish sohasi bo‘yicha);
  • 70711803 – Rentgen texnikasi va texnologiyasi;

Kafedrada faoliyat korsatayotgan professor-oqituvchilar (ilmiy unvoni)

  • Nematov Sherzod Qalandarovich -professor, f.-m.f.d.
  • Magrupov Talat Madiyevich – professor ,t.f.d.
  • Ibragimov Shabatir Baxramovich – dotsent v.b., f-m.f.n.
  • Haqqulov Ma’ruf Keldiyorovich – katta o‘qituvchi
  • Babajanov Baxtiyor Allayarovich- katta o‘qituvchi
  • Abdixalikov Seyt Prmatovich – katta o‘qituvchi
  • Umarova Maxmuda Abdugafarovna – katta o‘qituvchi
  • Talatov Yoqubjon Talatovich – katta o‘qituvchi
  • Shakarov Farxod Quvondiqovich – assistent
  • Maxmudov Sanjar Yo‘ldoshali o‘g‘li – assistent
  • Rahimberganova Zilola Maqsudjon qizi – assistent
  • Yusupova Nodiraxon Saidvoris qizi – assistent

Kafedradagi laboratoriya xonalari: 404 va 407 honalar

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.