MOODLE
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

MUXANDISLIK TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI

Dekan Iskenderov Aхmed Maksetbaevich
Tel.: (71) 246-36-10,
E-mail: akhmed.iskanderov@tdtu.uz
Qabul vaqti: Har kuni soat 14-00 dan 16-00 gacha
Dekan o’ribosari Nazarbekov Maxmudbek Qosimbekovich
Texnika fanlari nomzodi
Tel.: (71) 246-80-17, e-mail: m.nazarbekov@tdtu.uz
Qabul vaqti: Har kuni soat 9-00 dan 13-00 gacha
Yoshlar bilan ishlash
bo‘yicha dekan o’ribosari
Yo’ldashov Sobir Fayzullayevich
Tel.: (71) 246-80-17, e-mail: s.yo’ldashov@tdtu.uz
Qabul vaqti: Har kuni soat 14-00 dan 17-00 gacha

Muhandislik texnologiyalari fakulteti 2017 yilda tashkil etilgan. Fakultet tashkil etilgan paytda tasarrufida 5 ta kafedra mavjud bo’lib, ular: Korporativ boshqaruv, Biotexnologiya, Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi,Biotibbiyot muxandisligi hamda Umumiy kimyo kafedralari. Xozirda fakultetda jami 70 nafar professor-o’qituvchilar, jumladan 10 nafar fan doktorlari, professorlar, 25 nafar fan nomzodlari va 35 nafar katta o’qituvchi va assistenlar faoliyat olib bormoqdalar. Ilmiy salohiyat 50%.

Muhandislik tehnologiyalari fakulteti tashkil etilgan 2017 yilda texnika fanlari nomzodi, Xoltursunov Erkin Berkinboyevich dekan sifatida faoliyat olib borgan, shuningdek 2017-2018 yillar davomida texnika fanlari nomzodi, dosent Abdujabarov Nuriddin Anvarovichlar dekan bo’lib ishlagan. 2018 yildan fizika-matematika fanlari doktori Nematov Sherzod Qalandarovich fakultet dekani sifatida faoliyat olib bormoqda.

Universitet Kengashining 2018 yil 14 dekabrdagi 5-sonli bayoniga asosan fakultet ikkiga ya‘ni, Muhandislik tehnologiyalari va Aviakosmik tehnologiyalar fakultetlariga ajratildi.

Muhandislik tehnologiyalari fakulteti tasarrufida 5 ta kafedra, jo’mladan: Korporativ boshqaruv, Biotexnologiya, Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, Biotibbiyot muhandisligi hamda Umumiy kimyo kafedralari biriktirildi.

Hozirda fakultet tarkibida, 4 ta ta’lim yo’nalish: Korporativ boshqaruv, Biotexnologiya, Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, Biotibbiyot muhandisligi bo’yicha bakalavrlar va 3 ta mutahasislik: Tibbiy-biologik asboblar, tizimlar va komplekslar, Tibbiyot mashinalari va jihozlari, Atrof muhit muhofazasi bo’yicha magistrlar tayyorlab kelinmoqda.

Muhandislik tehnologiyalari fakultetida ilmiy-tadqiqot ishlar davlat grantlari va korxonalar bilan tuzilgan xo’jalik shartnomalar asosida olib boriladi. Fakultetda barcha doktorant, magistratura mutaxassisliklari hamda bakalavriat ta’lim yo’nalishlarida ta’lim olayotgan iqtidorli talabalar davlat grantlari va xo’jalik shartnomalari asosida bajariladigan ilmiy ishlarga jalb etilgan.

Fakultetimizga qarashli 57-talabalar turar joyida talabalarning yashashi va dam olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan. Talabalar turar joyida muntazam ravishda ma’naviyat xonasi faoliyat ko’rsatadi. Talabalar turar joyi doimiy ravishda yangi gazeta va jurnallar bilan ta‘minlangan. Ma’naviyat xonasida turli davra suxbatlari, ma‘naviy-ma‘rifiy, madaniy dam olish tadbirlari, uchrashuvlar o’tkazilib boriladi. Fakultetimizda taniqli olimlar, fan arboblari, professorlar, kafedra mudirlari va dekanat xodimlari bilan davra suxbatlari o’tkazilib boriladi. Bundan tashqari talabalar turar joyida yashayotgan talabalar bilan IIB xodimlari va universitet rahbariyati bilan uchrashuvlar o’tkaziladi.

Fakultetimizni bitirgan, malakali mutaxassislar, Respublikamizning turli hududlarida yirik korxona va tashkilotlarida faoliyatlarini samarali olib borish bilan birga O’zbekiston Respublikasining rivojlanishida o’z hissalarini qo’shib kelmoqdalar.

BAKALAVR TA’LIM YO'NALISHLARI (KUNDUZGI)

5313000-Biotibbiyot muhandisligi
5231900-Korporativ boshqaruv
5630100-Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar bo’yicha)
5320500-Biotexnologiya

MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI

5A313001-Tibbiy-biologik asboblar, tizimlar va komplekslar
5A320313-Tibbiyot mashinalari va jihozlari
5A630101-Atrof muhit muhofazasi (sanoatda)

KAFEDRALAR

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.