MOODLE
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

UMUMIY FIZIKA KAFEDRASI

Kafedra mudiri
Eshqulov Abdugani Abayyevich
Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent
Telefon +998 71 246 80 01   +998 93 506 10 61
Elektron manzil:abdugani4@rambler.ru
Qabul kunlari va soatlari:
Seshanba- 1400-1600
Payshanba – 1400-1600
Juma – 1400-1600

Kafedra tarixi:

«UMUMIY FIZIKA» KAFEDRASI

1929-yilda O‘rta Osiyo paxtachilik irrigatsiya politexnika instituti tashkil topgandan boshlab «Umumiy fizika» kafedrasi birinchilardan bo‘lib ochilgan edi. Kafedraning ilmiy-pedagogik faoliyatini o‘tgan asr 50-yillarining o‘rtalariga qadar professor N.I.Yaroslavsev boshqargan. Keyinchalik kafedraga quyidagi olimlar rahbarlik qilishdi.«Umumiy fizika» kafedrasiga turli yillarda O‘zFA muxbir a’zosi, f.m.f.d., prof. Abdujabbor Abdurazzoqovich Abdurazzoqov, f.m.f.d., prof. Abduvohid Xusanovich Qosimov, p.f.d., prof. Omil Ismoilovich Ahmadjonov, f.m.f.n., prof. Muhammadjon G‘ofurovich Sattorov,  k.f.n., dots. Zikirilla Sharipovich Sharipov, f.m.f.n., dots. Dilshod Miromilovich Mirkomilov, f.m.f.n. dots. Saidabror Sultonxodjayevich No‘monxo‘jayevlar rahbarlik qilganlar. 1991-yilda Toshkent politexnika instituti va Toshkent mashinasozlik instituti birlashtirilib Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent arxitektura qurilish institutlari tashkil topdi. Toshkent davlat texnika universiteti qoshida «Umumiy va nazariy fizika» kafedrasi mudiri f.m.f.d., prof. A.X. Qosimov, «Eksperimental fizika» kafedrasi mudiri f.m.f.n., dots. Sh.M. Kamolxodjayev, «Umumiy fizika» kafedrasi mudiri p.f.d., prof. O.I. Ahmadjonovlar boshqarishdi.1997-yilda «Eksperimental fizika» va «Umumiy fizika» kafedralari birlashtirilib «Umumiy fizika» kafedrasiga aylantirildi va kafedraga f.m.f.n., dots. Sh.M. Kamolxodjayev 2011-yilgacha rahbarlik qildi.2011-2016 yillarda professor D.B.Yusupov, 2016-2020 yillarda dotsent A.G. Gaibov boshqargan.2020-yil 16-dekabrdan f.m.f.n., dotsent Abdugani A. Eshqulov kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.Xususan, 1940-yili «Umumiy fizika» kafedrasi tarkibida 5 ta professor-o‘qituvchilar faoliyat olib borgan bo‘lsa, talabalar soni hamda ta’lim yo‘nalishlarining ko‘payishi munosabati hozirgi kunda 32 tadan ortiq professor-o‘qituvchilar o‘z ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyatini olib bormoqdalar. Shulardan 3 ta fan doktori – professorlar Sh.M.Kamolxodjayev, B.E.Umirzoqov va A.S.Risbayev, 11 ta fan nomzodi – dotsentlar; Ab.A.Eshqulov (kafedra mudiri), A.G.Gaibov, O.Ximmatkulov, B.Z.Sharipov, M.Sh.Isayev, M.S.Mirkomilova, Sh.I. Asqarov, R.F. Fayzullayev, A.A.Abduvayitov, M.M.Mirbabayev, I.R.Bekpo`latov, 10 ta katta o‘qituvchilar; Sh.A.Talipova, K.I.Vahobov, As.A.Eshqulov, B.V.Ibragimova, D.M.Shukurova, Sh.K.Soliyeva, X.X.Boltayev, E.O. Quvandiqov, A.A. Haydarov, V.Xolmuhammedova, 8 ta assistentlar; U.E.Jo‘rayev, D.S. Shomuxammedova, Z.R. Saidaxmedova, Y.M. Raximova, D.T. Rasulova, F.M. Soliyeva, D.M. Murodqobilov, M.X. Majidov.

Kafedraning o‘quv-uslubiy ish faoliyati

Kafedraning o‘quv laboratoriya xonalari o‘qituvchilar va talabalarga qulay bo‘lishini inobatga olib har bir fakultet binosida tashkil etilgan. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan mavjud o‘quv laboratoriya xonalaridagi laboratoriya ishlar uchun o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar o‘zbek va rus tillarida tayyorlangan. Tayyorlangan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarning elektron variantlari universitetning ARM ga taqdim etilgan, ular universitetning elektron saytiga o‘rnatilgan. 2017 yilda Germaniyadan olib kelingan yangi o‘quv laboratoriya ishlariga uslubiy qo‘llanmalar yaratish 2017-2018 o‘quv yiliga rejalashtirilgan.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar:


Kafedrada quyidagi 4 ta yo‘nalish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlari olib boriladi.

Birinchi yo‘nalish. Razrabotka texnologii sinteza geteroepitaksialnыx nanorazmernыx struktur v pripoverxnostnoy oblasti monokristallicheskix plenok kremniya i arsenida galliya dlya priborov mikro- i optoelektroniki, v tom chisle solnechnoy energetiki. (ilmiy rahbar f.-m.f.d., professor Umirzoqov B.E.).

Ikkinchi yo‘nalish. Nanoo‘lchamli metallar silitsid plenkalarni strukturasi va fizik xossalarini o‘rganish va termosezgir strukturalar hosil qilish. (ilmiy rahbar f.-m.f.d., professor Risbaev A.S.).

Uchinchi yo‘nalish. Fizikani o‘qitish metodikasi muammolari bo‘yicha ilmiy ishlar olib borilmoqda. Fundamental va texnik fanlarni oliy o‘quv yurtlarida o‘qitishning uzviyligini ta’minlash muammolari haqida izlanishlar olib borilmoqda. (ilmiy rahbar p.f.d., professor Kamolxo‘jaev SH.M.).

To‘rtinchi yo‘nalish. «Kirishmali yarim o‘tkazgichlarning elektr, optik va fotoelektrik  xususiyatlarini o‘rganish». (ilmiy rahbar f.-m.f.n., dotsent Asqarov SH.I.). Ushbu to‘rtta ilmiy yo‘nalishlar ishlari natijasida 2 ta doktorlik, 10 ta nomzodlik dissertasiyalari himoya qilingan. Ilmiy ishlar natijalari ishlab chiqarishga tatbiq etilgan. 3 ta monografiya, 250 dan ortiq ilmiy maqola, 12 ta mualliflik guvohnomasi olingan. Bu ishlarning ko‘pchilishi Rossiya, Italiya, Koreya, Germaniya, Polsha, Ukraina, CHexiya, Slovakiya, Bolgariya va Kanada mamlakatlari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan. Professor D.B.YUsupovning taklifiga banoan Rim universiteti professori G.Assanto O‘zbekistonga tashrif buyurdi va TDTU ning kichik majlislar zalida Respublika oliygohlari olimlari uchun video seminar tashkil etildi (2012 yil 11 iyun). Quyidagi rasmda ushbu video seminar qatnashchilari bir guruhi aks ettiril

Chapdan o‘nga: prof.X.Galimzyanov(FTI FAN) , prof.A.A.Abdumalikov (UzMU), f.m.f.d. U.K.Sapaev, prof.G.Assanto (Rim universiteti), prof.D.B.Yusupov (TDTU), f.m.f.d. E.Soy (FTI FAN) va dots.D.V.Bistrov (TDTU-xalqaro bo‘lim boshlig‘i).

Kafedrada quyidagi ilmiy grand loyihalari bajarilmoqda:

  •  OT-A3-56 «Oliy marganets silitsidi pardasi asosida infraqizil nurni termoelektrik o‘zgartirish va issiqlik nurini o‘taeffektiv xolda sovutilmay qayd etuvchi priyomniklar yaratish». Ilmiy rahbar: prof. Kamilov T.
  •  F-2-53 A3V5 va A2V6 Plenkalarning yuzasi va yuza osti sohalarida hosil qilingan nano o‘lchamli tizimlarni kvant o‘lcham-li effektlari va elektron xos-salari. Ilmiy rahbar: prof. Umrzoqov B.
  •  A-4-7 Razrabotka texnologii sinteza geteroepitaksialnix nanorazmernix struktur v pripo-verxnostnoy oblasti mono-kristallicheskix plenok kremniya i arsenida galliya dlya priborov mikro- i optoelektroniki, v tom chisle solnechnoy energetiki. Ilmiy rahbar: prof. Umrzoqov B.

Ushbu grand asosida bajarilgan ilmiy ishlarning tahlili natijalari bo‘yicha tayyorlangan ilmiy maqolalar xorijiy va mahalliy jurnallarda hamda xalqaro va mahalliy anjuman to‘plamlarida chop etilmoqda. Ilmiy natijalar umumlashtirilib monografiyalar chop etilgan. Kafedrada  o‘qitiladigan fanlardan muntazam ravishda  o‘quv uslubiy qo‘llanmalar, darsliklar chop etiladi. Kafedra O‘zbekiston Fanlar akademiyasi «Quyosh fizikasi» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi qoshidagi Fizika Texnika Instituti, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi YAdro Fizika Instituti, Samarqand davlat universiteti, Andijon davlat universiteti, «Foton» ochiq hissadorlik jamiyati, Farg‘ona politexnika instituti, Rossiya Fanlar akademiyasi  Radiotexnika va Elektronika instituti, Qozog‘iston YAdro fizika instituti, Moskva davlat universiteti, Sankt-Peterburg politexnika universitetlari bilan ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Kafedarada xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarida pedagog va ilmiy xodimlar malakasini oshirish, stajirovkasini o‘tkazish, imliy izlanuvchilarning PhD dasturlarida o‘qitishni tashkillashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Kafedrada faoliyat ko’rsatayotgan  professor-o’qituvchilari (ilmiy unvon):

  1. Eshqulov Abdug’ani A. Kafedra mudiri, – dots. f.-m.f.n.
  2. Kamolxodjayev SH.M.  – professor, p.f.d.
  3. Umirzokov B.E. – professor, f.-m.f.d.
  4. Risbayev A.S. – professor, f.-m.f.d.
  5. Askarov Sh.I. – professor, f.-m.f.n.
  6. Gaibov A.G. – dotsent, f.-m.f.n.
  7. Ximmatkulov O. – dotsent, f.-m.f.n.
  8. Sharipov B.Z. – dotsent, f.-m.f.n.
  9. Isaev M.SH. – dotsent, f.-m.f.n.
  10. Mirkamilova M.S. – dotsent, t.f.n.
  11. Abduvoyitov A.A. – dotsent, f.-m.f.n.
  12. Bekpo`latov I.R. – dotsent, PhD
  13. Fayzullayev R.F. – dotsent, f.-m.f.n.
  14. Mirbabayev M.M., – dotsent, p.f.n.
  15. Xolmuxammedova V. – Katta o‘qit., p.f.n.
  16. Eshkulov Asatullo A. – Katta o‘qit.
  17. Vaxobov K.I. – Katta o‘qit.
  18. Talipova SH.A. – Katta o‘qit.
  19. Ibragimova B.V. – Katta o‘qit.
  20. Shukurova D.M. – Katta o‘qit.
  21. Soliyeva SH.K. – Katta o‘qit.
  22. Boltayev X.X. – Katta o‘qit.
  23. Quvandiqov E.O. – Katta o‘qit.
  24. Haydarov A.A. – Katta o‘qit.
  25. Shomuxammedova D.S. – Assistant
  26. Juraev U.E. – Assistant
  27. Saidaxmedova Z.R. – Assistant
  28. Raximova Y.M. – Assistant, PhD
  29. Rasulova D.T. – Assistent
  30. Soliyeva F.M. – Assistent
  31. Murodqobilov D.M. – Assistent
  32. Majidov M.X. – Assistent

Kafedrada olib bori­layotgan ilmiy ishlar:

Kafedrada quyidagi 4 yo’nalish bo’yicha ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlari olib boriladi.

1 yo’nalish. A-4-7 Razrabotka texnologii sinteza geteroepitaksialnыx nanorazmernыx struktur v pripoverxnostnoy oblasti monokristallicheskix plenok kremniya i arsenida galliya dlya priborov mikro- i optoelektroniki, v tom chisle solnechnoy energetiki. (Ilmiy raxbar prof. B.E.Umirzokov)

2 yo’nalish. F – 2-53 “A3V5 va A2V6 plenkalarini yuza va yuza osti soxalarida xosil kilingan ikki katlamli nanoulchamli tizimlarini kvant ulchamli effektlari va elektron xossalari”. (Ilmiy raxbar prof. B.E.Umirzokov)

3 yo’nalish. OT-A3-56 «Oliy marganets silitsidi pardasi asosida infraqizil nurni  termoelektrik o‘zgar-tirish va issiqlik nurini o‘taeffektiv xolda sovutilmay qayd etuvchi priyom-niklar yaratish». (Ilmiy raxbar. prof. T. Komilov)

4 yo’nalish. Fizikani o‘qitish metodikasi muammolari bo’yicha ilmiy ishlar olib borish. Fundamental va texnik fanlarni oliy o’quv yurtlarida o’qitishning uzviyligini ta’minlash muammolari (ilmiy rahbar p.f.d., professor Kamolxo’jayev Sh. M.).

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar:

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan «Umumiy fizika» fani bo’yicha darslik, o’quv qo’llanmalari, ma’ruza matnlari, tajriba va amaliy ishlaridan o’quv-uslubiy ko’rsatmalar, hisob-grafik ishlarini bajarish uchun ko’rsatmalarni bajarish uchun qo’llanmalar, JN, ON va YaN bosqichlarini o’tkazishga savolnoma va test topshiriqlari  tayyorlanib chop etilgan. O’qitish jarayoniga yangi informatsion va pedagogik texnologiyalar joriy etilmoqda, kompyuterlardan foydalanilmoqda. “Interfaol”, «Fikrlar hujumi», «Tarmoqlar», “Klaster” usullari zamonaviy pedagogik omillari professor-o’qituvchilar tomonidan o’quv jarayoniga joriy etilmoqda.Kafedraning moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilash, ilmiy yutuqlarni amaliy, tajriba mashg’ulotlarida va ma’ruzalarda qo’llash dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Iqtidorli talabalar ilmiy ishlarga jalb etilmoqda, ular talabalarning ilmiy anjumanlarida ma’ruzalar bilan ishtirok etmoqdalar, olingan ilmiy natijalar Respublika ilmiy jurnallarida chop etilmoqda. 2013 yilda kafedraga 12 ta zamonaviy kompuyter olindi. Ushbu kompuyterlarda talabalarning bilimini sinovdan o’kazish uchun har xil variantlardan iborat test materiallari o’rnatilgan. Shu bilan birga har bir kompyuterga fizikaning barcha bo’limlaridan virtual laboratoriyalarning dasturi o’rnatilgan. Keyingi yillar davomida kafedraning professor-o’qituvchilari tomonidan bir necha monografiya, darslik va o’quv qo’llanmalari, amaliy va tajriba mashg’ulotlari uchun uslubiy ko’rsatmalar va 100 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etildi. “Ziyonet” saytiga ko’plab manbalar, darslik, o’quv qo’llanmalarning elektron versiyalari kiritildi. Takomillashgan Davlat ta’lim standartlari talablariga asosan kafedrada o’qitiladigan «Umumiy fizika» fanidan namunaviy o’quv dasturlari tayyorlandi va test nazorati uchun variantlar  tuzildi.

Monografiyalar:

Komilov T.S., Klechkovskaya V.V., SHaripov B.Z. Elektricheskie i fototermoelektricheskie svoystva geterofaznыx struktur na osnove kremniya i silitsidov margansa. 2014. ToshDTU.

Z.A.Isaxanov, B.E.Umirzokov. Orientatsionnыe effektы v spektroskopii rasseyaniya i proxojdeniya elektronov i ionov cherez tonkie kristallы. Toshkent. 2014 g.

Umirzokov B.E., Parmankulov I.R., Tashmuxammedova D.A. Nonotexnologiyaga oid atamalarning ensiklopedik ruscha-uzbekcha izoxli lugati. Toshkent. 2015.

Xayriddinov Xolmirzaev, Xalimov, Risbaev A., Ergashev SH. Mukobil energiya manbalaridan foydalanish. Toshkent. 2017 y.

Kamilov T.S., Ibragimova B.V., Ernst I.V. Nekotorыe voprosы teorii tokov, ogranichennыx prostranstvennыm zaryadom, voznikayuщix v geterostrukturax BCM-Si-BCM I BCM-Si-M. Toshkent. 2018 y.

Bekpulatov I.R., Rыsbaev A.S., Allakulov P.E., Xayriddinov B.E., Xujaniyazov J.B. “Struktura i fizicheskie svoystva nanorazmernыx plenok silitsidov metallov”. Toshkent. 2018 y.

A.A. Eshkulov. Fizika kursida sinergetikani ukitish metodikasi. Toshkent. 2018 y.

O.Ximmatkulov, A.A.Eshkulov. Metodicheskie ukazanie k laboratornыm rabotam po dissipline «Fizika». CHast 2. Tashkent-2016, ToshDTU. 80 bet.

SH.M.Kamolxujaev, A.G.Gaibov, A.A.Uzoqov. Fizikadan laboratoriya ishlari tuplami. (elektr, magnetizm va optika). Uslubiy qo‘llanma. 2 qism. Toshkent- 2016 , ToshDTU. 80 bet.

M.M.Mirbabaev. Voprosы organizatsii raschetno-graficheskix rabot studentov O‘quv – uslubiy qo‘llanma. Toshkent- 2015 , ToshDTU.

B.Z.SHaripov. Talabalar grafik xisob ishlarini tashkil etish muammolari O‘quv – uslubiy qo‘llanma. O‘zbek lotin grafikasi..Toshkent- 2015 , ToshDTU.

Darsliklar:

Kafedra dotsentlari A.G. Gaibov va O.Ximmatkulovlar tomonidan tayyorlangan “Fizika” fanidan o’quv darsligiga O’zROO’MTV 2018 yil Grif olindi. Ushbu adabiyot 2018 yilda bosmadan chiqarish yo’lga qo’yilgan. Kafedrada 8 ta o’quv laboratoriya xonasi mavjud. Laboratoriya jihozlari ishchi holatda. Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan tayyorlangan “Umumiy fizika” fanidan ma’ruza matnlarining elektron va qog’ozdagi variantlari mavjud. Elektron variant “Ziyonet” tarmog’iga ham joylashtirilgan.

Ma’ruf Azimovich Azimov

1927 yil Toshkent viloyatida tug’ilgan, 1983 yil Toshkent shahrida vafot etgan) Fizika–matematika fanlari nomzodi, dotsent M.A. Azimov «Umumiy fizika» kafedrasiga 1960-1962 yillarda rahbarlik qilgan.

Abdujabbor Abdurazzoqov

1932 Toshkent viloyati tug’ilgan, 1995 yil Toshkent shahrida vafot etgan. Fizika–matematika fanlari nomzodi, dotsent A.Abdurazzoqov 1962 yildan 1965 yilga qadar «Umumiy fizika» kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat olib borgan.

Zikrullo Sharipov

1927 yilda Toshkent shahri tug’ilgan, 1974 yil  Toshkent shahrida vafot etgan. Kimyo fanlari nomzodi, dotsent Z. Sharipov 1965 yili kafedra mudirligi lavozimiga tayinlandi. U «Umumiy fizika» kafedrani 1974 yilgacha boshqardi.

Qosimov Abduvoxid Xusanovich

1932 yil Toshkent shahrida tug’ilgan, 2010 yilda Toshkent shahrida vafot etgan. Fizika–matematika fanlari doktori, professor Qosimov A.X 1974-1992 yillar kafedraga mudirlik qildi.

Kamolxo’jaev Sharobutdin Muxitdinovich

11 yanvar 1942 yilda Toshkent shaxrida tug’ilgan. Pedagogika fanlari doktori, professor, SH.M. Kamolxo’jaev 1992 yildan 2011 yilgacha “Umumiy fizika” kafedrasiga mudirlik qilgan.

     Yusupov Jovdat Boqijonovich

8 dekabr 1954 yilda Xitoyda tug’ilgan. Fizika-matematika fanlari doktori, professor, J.B. Yusupov 2011 yildan 2016 yilgacha “Umumiy fizika” kafedrasiga mudirlik qilgan.

Kafedra manzili:
Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 2 uy.

KAFEDRALAR

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.