MOODLE
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

SOVUTISH KRIOGEN TEXNIKA KAFEDRASI

 

Kafedra mudiri
 Karimov Qudratilla Fuadovich
Texnika fanlari doktori, dotsent
Telefon +998903251473
Elektron manzil:
Qabul kunlari va soatlari:
Dushanba – 1400-1600
Chorshanba -1400-1600
Juma – 1400-1600
Shanba – 1400-1600

Kafedra tarixi:

“Sovutish va kriogen texnikasi” kafedrasi O’rta Osiyo xalq xo’jaligi Kengashi va Toshkent politexnika institutining sun’iy sovutish bo’yicha birlashgan ilmiy ishlab chiqarish laboratoriyasi zaminida 1962-yilda tashkil topgan bo’lib, dastlab “Kompressorli sovutish mashinalari va qurilmalari” deb nomlangan. Uning asoschisi va birinchi mudiri O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi, texnika fanlari nomzodi, professor A.I. Lavochnik bo’lgan.1990-yildan boshlab kafedraga texnika fanlari doktori, professor S.G. Zokirov rahbarlik qilgan.2008-2011 yillar mobaynida kafedra mudirligi t.f.n., dotsent Q.F. Karimov zimmasida bo’lgan.2005-yilda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug’iga asosan “Kompressorli sovutish mashinalari va qurilmalari” va “Neft va gaz konlarining mashina va jihozlari” kafedralarining biriktirilishi natijasida “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi tashkil etildi.2011-yilda kafedra tarmoqlari yana bittaga ko’paydi: “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug’iga asosan “Texnologik mashinalar va jihozlar” va “ Payvandlash ishlab chiqarish mashinalari va texnologiyasi” kafedralarini biriktirish natijasida qayta shakllandi va unga 2015- yil 13- aprelgacha dotsent N.S. Dunyashin rahbarlik qildi.2015-yilda esa “ Sovutish va kriogen texnikasi “ kafedrasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug’iga asosan “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasidan ajratish natijasida tashkil etildi va unga dotsent D.X. Azizov 2017 yil sentyabrgacha mudir qilib tayinlandi. Xozirda kafedra faoliyatiga t.f.d., dotsent Q.F. Karimov rahbarlik qilmoqda.

Kafedra a’zolari

Bakalavriat yo’nalishlari: 

5320300  – Texnologik mashinalar va jihozlar (sovutish mashinasozligi)

Magistratura:

5A320303 – Sovutish, kriogen texnikasi va mo’tadillash tizimlari mashinalari hamda agregatlari

Kafedra professor-o’qituvchilari:

  1. f.d, dots. Karimov Q.F.
  2. f.d, proff. Zakirov S.G.
  3. f.n, dots. Zakirova N.S.
  4. o’q. Nurmatov T.B.
  5. o’q. Qoraboyev A.S.
  6. Islamova L.A.
  7. Norxo’jayev A.S.
  8. ass. Salmanova N.A.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:

Zamonaviy sovutish mashinalari va qurilmalari bo’yicha malakaviy bitiruv ishlari uchun uslubiy qo’llanma. Bajaruvchilar: D.X. Azizov, T.B. Nurmatov.

Kafedra qoshida sovutish sohasi injener-texnik xodimlarining malakasini oshirish O’quv Markazi faoliyat yuritmoqda. Mamlakatimizda yagona bo’lgan O’quv Markazida ilg’or ilmiy-texnik bilimlar berilyapti. Kurslarni muvaffaqiyatli tamomlaganlarga sertifikat beriladi.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar:

Darsliklar:

Kafedra laboratoriya xonalari:

Sovutish mashinalari va issiqlik nasoslari” laboratoriyasi, “Mexanika” fakulteti 1-qavat, 9b-xona

Kafedraning xizmat ko’rsatgan xodimlari, faxriylari:

Lavochnik Abram Iosifovich

(1920-1997)

Texnika fanlari nomzodi, professor, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi, Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi, kafedra asoschisi va birinchi mudiri.

 

Zakirov Sanat Gapurovich

(1939)

Texnika fanlari doktori, professor. Moskva kimyo mashinasozligi institutining bitiruvchisi. 20 dan ortiq fan nomzodlari va 3 ta fan doktorini tayyorlagan.

Zakirova Zemfira Selimovna

(1938)

Katta o’qituvchi. N.E. Bauman nomidagi Moskva oily texnika bilim yurtini bitirgan. Mingdan ortiq sovutish sohasi injenerlarini tayyorlagan.

KAFEDRALAR

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.