MOODLE
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

QUYMAKORLIK TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI

Kafedra mudiri
Turaxodjayev Nodir Djaxongirovich
Tehnika fanlari doktori, professor
Telefon: +998 93553 09 24
Elektron manzil: nod18tur@gmail.com

Kafedra tarixi:

Quymakorlik texnologiyalari kafedrasi Mexanika fakultetining birinchi va asosiy kafedralaridan biri hisoblanadi. 1941 yilda II Jahon urushi boshlanganligi tufayli Kiyev industrial instituti Toshkentga ko’chib kelgan. Shu institut tarkibida quymakorlik kafedrasi ham faoliyat yuritgan. Hozirgi “Quymakorlik texnologiyalari” kafedrasining tashkil etilishi shu paytga to’g’ri kelgan. Kafedraga 1941 yili prof. t.f.d. Vashenko K.I. va 1944 yili Kiev industrial instituti ko’chib ketgandan so’ng dots. Berezin P.G. va keyinchalik  dots. Turbovskiy M.M. rahbarlik qilgan.  1948 yili kafedraga MVTUni bitirib kelgan t.f.n. Fuklev V.A. raxbarlik qilgan. Bir paytlar kafedrani t.f.d.,prof. Rasulov S.A., t.f.d.,prof. V.V. Chekurov, t.f.d.,prof. N.D.Turahodjayev.Bugungi kunga qadar kafedrani 3000 ortiq talabalar, bakalavrlar va magistrlar bitirdi. Bitiruvchilar orasidan  fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasiga ega bo’lgan mutaxassislar etishgan. Jumladan: Shoobidov Sh.A., Chekurov V.V., Rasulov S.A., Bakirov R.A., Romanov O.B., Miragzamov M.M., Izmaylov V.S., Yusupov D.R., Turaxodjayev N.D., Norxujaev F.R., Shoazimov A., Asiryans S.A., Atajonov G.L.Kafedra professor-o’qituvchilari va ilmiy izlanuvchilari xar yili o’tkaziladigan xalqaro va Respublika ilmiy anjumanlarida, innovatsion yarmarkalarda o’zlarining ishlanmalari bilan faol qatnashib kelishmoqda. Bugungi kunda kafedra 10 ga yaqin horijiy oliy talim muassasalarning turdosh kafedra va ilmiy laboratoriyalari bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatgan, jumladan Harbin muhandislik universiteti, Hitoy, Moskva aviatsiya instituti, Rossiya, Penza politehnika universiteti, Rossiya, Toyohashi tehnika universiteti, Yaponiya. Kafedraning professor-o’qituvchilari tomonidan o’quv qo’llanma, kitoblar va uslubiy ko’rsatmalar chop etildi.

Kontingent:

Talabalarni umumiy soni: 75

Bakalavriat yo’nalishi:

  • 5312800 – Quymakorlik tehnologiyalari

Magistratura mutahassisliklari:

  •  5A312801 – Quymakorlik ishlab chiqarish tehnologiyalari (rangli qotishmalar)
  •  5A310302 – Metallurgiya mashinalari va jihozlari (quymakorlik)

Kafedrani bakalavriat ta’lim yo’nalishi:

  • 5312800 – Quymakorlik tehnologiyalari

Kafedraning magistratura mutahassisliklari:

  •  5A312801 – Quymakorlik ishlab chiqarish tehnologiyalari (rangli qotishmalar)
  •  5A310302 – Metallurgiya mashinalari va jihozlari (quymakorlik)

Kafedraning professor-o’qituvchilari:

  1. Turaxodjayev Nodir Djaxongirovich, tehnika fanlari doktori, professor
  2. Rasulov Saidabbos Asamedinovich, tehnika fanlari doktori, professor
  3. Xalimjonov Tohir Salimovich, tehnika fanlari nomzodi, dotsent
  4. Saidhodjayeva Shohista Nuritdinovna, katta o’qituvchi
  5. Djalalova Sevara Tuhtamuratovna , katta o’qituvchi
  6. To’rayev Anvar Normamatovich, assistent
  7.  Asatov Sunnatullo Ne’matilloyevich, assistent

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:

Kafedrada quyidagi ilmiy yo’nalishlar bo’yicha ishlar olib borilmoqda:

  • alyuminiy qotishmalarining xossalarini oshirish tehnologiyasini ishlab chiqish
  • IST – 0,06  Induksion pechida sifatli cho’yan olish texnologiyasini ishlab chiqish.
  • elektro-shlak pechida universitetning ikkilamchi rangli metallaridan sifatli quyma zagotovkalar olish.
  • yengil qotishmalar asosida yangi tarkibdagi qotishma ishlab chiqish
  • 3D printerlarini konstruksiyasini takomillashtirish;
  • resurs va energiyatejovchi eritish qurilmalarini konstruksiyasini takomillashtirish.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy- uslubiy ishlar:

O’quv qo’llanmalar, ma’ruzalar matnlari, uslubiy ko’rsatmalar tayyorlanmoqda va chop etishga topshirilmoqda.Moddiy-texnik bazani yaxshilash va ilmiy yutuqlarni dars jarayoniga kiritish kafedramiz professor-o’qituvchilarining actual masalalar bo’lib, o’z yechimini topmoqda. Oxirgi yillarda professor-o’qituvchilar tomonidan laboratoriya  ishlarini qator uslubiy ko’rsatmalar va ilmiy maqolalar chop etildi. Maqolalarni va ko’rsatmalarn electron nusxalari Ziyonet portaliga kiritilgan.

Monografiya: 2

Darsliklar: 8

Ma’ruza matnlari:

Barcha mutahassislik fanlaridan ma’ruza matnlarining elektron variantlari mavjud. Elektron variantlari  Ziyonet portaliga joylashtirilgan.

Kafedra laboratoriya xonalari qisqacha ma’lumot:

Ilmiy va laboratoriya xonalari hamda kompyuter sinflari mavjud. Kafedrada kutubxona va ilmiy  ishlanmalar ko’rgazmasi mavjud. Laboratoriyada metallni eritish va quyish bo’yicha 3 turdagi eritish qurilmalari mavjud: induksion pech ИСТ-0,06, elektr qarshilik pechi, grafit elektrodli elektroshlak pechi. 2 ta turdagi kokil va rangli metallar uchun kokil qurilmasi, 2 ta qorishtirgich, maydalovchi qurilma, tokar stanogi, parmalash stanogi va mufel pechi mavjud.Qoliplash aralashmalari laboratoriya xonasida  qoliplash va o’zak aralashmalarini mustaxkamligini, qattiqligini aniqlovchi, o’lchash qurilmalari   mavjud.  Qoliplarni gaz o’tkazuvchanligini aniqlovchi uskuna, texnik tarozi va quritish pechlari mavjud.Qotishmal laboratoriya xonasida  mikroskop, qotishma va metallarning shliflari,  jilvirlash qurilmasi  mavjud. Addativ texnologiyalar laboratoriyasida Amerikada ishlab chiqarilgan 1 ta 3D printer,  talabalar tomonidan yaratilgan 2 ta 3D printer mavjud. Bu  laboratoriyada  boshqaruv panelli interaktiv doska, 3D printerda chiqarish uchun ga mo’ljallangan kompyuterlarda  ishlar olib borilmoqda. Kafedrada mutaxassislik bo’yicha  400 dan ortiq kitobli kafedra kutubxonasi mavjud va kafedra xodimlarining ilmiy  ishlanmalarining maketlar ko’rgazmasi mavjud.

Kafedra manzili:Toshkent sh., Olmazor tum., Universitet ko’chasi 2

 

 

 

KAFEDRALAR

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.