MOODLE
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

NAZARIY MEXANIKA VA MASHINA VA MEXANIZMLAR NAZARIYASI KAFEDRASI

Kafedra mudiri
Begimov Nurillo Nazarovich
Texnika fanlari nomzodi
Telefon +998 93 653-20-79
Elektron manzili:
Qabul kunlari va soatlari:
Dushanba – Shanba – 1400-1800

 

Kafedra tarixi:

“Nazariy mexanika” kafedrasi ToshDTUning eng keksa kafedralaridan biri bo‘lib, 1920 yilda Turkiston Davlat universitetining texnika fa­kulteti qoshida tashkil qilingan. Keyinchalik bu kafedra SAXIPIda «Texnik mexanika» nomi bilan yangidan tashkil qilingan va kafedrani professor. D.V.Jarkov boshqargan. 1933 yilda SAIIda «Nazariy mexanika» kafedrasi  tashkil qilindi va bu kafedrani 1934-1962 yillar davomida dotsent N.A.Salarev boshqargan. YAngidan tashkil etilgan O‘rta Osiyo Politexnika instituti va keyinchalik Toshkent Politexnika institutida «Nazariy mexanika» kafedrasiga 1962-1968 yillarda dotsent V.V.Xristoforov, 1968-1973 yillarda dotsent S.S.Nasretdinov, 1973-1987 yillarda dotsent R.J.Xudoyberdiev va 1987-1988 yillarda professor E.B.Abutaliev mudirlik qilishgan.Keyinchalik ToshPI bazasida uchta institut tashkil qilindi. YAngi tashkil qilingan Toshkent Mashinasozlik instituti, so‘ng uning bazasida Abu Rayxon Beruniy nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universitetida «Nazariy mexanika» kafedrasini 1988-2002 yillarda dotsent R.J.Xudoyberdiev, dotsentlar M.A.Valiev va X.N.Xabibullaevalar boshqarganlar. Bu yillar ichida kafedrada dotsentlar YU.N.Kokonkov, V.A.Nagornov, V.V.Xristoforov, A.G.Umarov, A.X.Musalov, X.Mirxamidova, X.N.Xabibullaeva, K.B. Muminov, Z.V.Stupina, L.Z.Strakovichlar samarali mehnat qilganlar.ToshDTU rektorining 2002 yil 26 avgustdagi buyrug‘iga ko‘ra «Nazariy mexanika» va «Mashinashunoslik va mashina detallari» kafedralari birlashib, I.Sulaymonov nomidagi «Nazariy mexanika va mashina detallari» kafedrasi deb nomlandi. ToshDTU rektorining 2006 yil 5 sentyabrdagi buyrug‘iga ko‘ra kafedra «Nazariy mexanika, mashina detallari, servis texnikasi va texnologiyasi» nomi bilan ataldi. 2008 yil ushbu kafedra negizida «Nazariy mexanika va mashina detallari» kafedrasi tashkil etildi. 2002-2006 yillarda kafedraga t.f.d. professor SH.A.SHoobidov rahbarlik qildi. 2006 yilning oxiridan boshlab kafedraga t.f.d. professor K.A.Karimov  rahbarlik qildi.Professor K.A.Karimov  rahbarlik qilgan davrida kafedrada o‘quv jarayoni va o‘quv-uslubiy faoliyatni modernizatsiyalash hamda innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ishlar olib borildi. Innovatsion o‘qitish metodlari yaratildi, o‘quv jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni samarali qo‘llash bo‘yicha kafedraning ish rejalarini ishlab chiqildi va amalga oshirildi.

Mashina va mexanizmlar nazariyasi

“Mashina va mexanizmlar nazariyasi” kafedra 1920 yil Turkiston davlat universiteti texnika fakulteti tarkibila professorlar A.I.Ivanov va X.X.Ketovlar boshchiligida tashkil etilgan.1950 yilga qadar “Mashina detallari va amaliy mexanika” kafedrasiga professor A.I.Ivanov, 1960-1962 yillarda dotsent A.S.Aleksandrov mudirlik qilgan.

  • 1962-1965 yillarda “Mashina va va mexanizmlar nazariyasi va mashina detallari” kafedrasi tashkil etilib, dotsent N.S.Mьyunster kafedrani boshqargan.
  • 1965 yildan boshlab, kafedra ikkiga bo‘lingan: “Mashina, mexanizmlar nazariyasi” va “Mashina detallari” deb nomlangan. Ularga dotsent N.S.Myunster va professor I.S.Sulaymonov mudirlik qila boshlagan. “MMN” kafedraga keyinchalik dotsent Z.X.Izzatov, professor N.Z.Zaynutdinov, professor A.J.Jo‘raev, professor K.A.Karimovlar boshqargan.
  • 2005 yildan kafedrada “Mexanizm va mashinalar nazariyasi” “Materiallar qarshiligi” va “Amaliy mexanika” fanlaridan dars olib borildi.
  • 2005-2009 yillar davomida  kafedrada rivojlangan davlatlardan, jumladan, Angliya, Belgiya, Germaniya, Daniya, SHvetsariya Universitetlarining talabalari o‘z amaliyotlarini o‘tkazishdi
  • 1995 – 2012 yillarda kafedrani prof. R.I. Karimov boshqarib, 2016 yildan kafedraga dots.N.N. Begimov raxbarlik qilmoqda. Xozirda kafedra “Nazariy mexanika va mashina va mexanizmlar nazariyasi” kafedrasi deb nomlanadi.

Kafedraning o‘quv –uslubiy ish faoliyati

Kafedraning professor-o‘qituvchilari o‘quv jarayonida faol ishtirok etadilar. “Nazariy mexanika” va “Mashina va mexanizmlar nazariyasi”fanlari universitetning 1,2,3 bosqich talabalari uchun barcha fakultetlarda o‘qitiladi. Talabalar fan haqida to‘liq bilimga ega bo‘lishlari uchun o‘quv qo‘llanmalar, uslubiy qo‘rsatmalar, tarqatma materiallar tayyorlangan. “Nazariy mexanika”va “Mashina va mexanizmlar nazariyasi ”fanlaridan yozilgan o‘quv qo‘llanmalardan barcha texnik oliygox talabalari foydalanadilar.Tayyorlangan o‘quv-uslubiy  qo‘llanmalarning elektron variantlari universitetning ARM ga taqdim etilgan.Zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari joriy etilgan va o‘quv jarayonida qo‘llaniladi.Fanlardan mustaqil bajarish uchun beriladigan xisob-grafik ishlarini bajarish uchun uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlangan. MMN fani bo‘yicha laboratoriya ishlarini bajarish uchun jixozlar bilan ta’minlangan va laboratoriya xonalari to‘liq talabga javob beradi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan o‘quv –qo‘llanma va uslubiy ko‘rsatmalar:

  • Karimov R.I., Sadullaev SH.A. Modelirovanie kinematiki i dinamiki kulachkovo-rchajnogo mexanizma s dvuxpovodkovoy gruppoy 2-go vida. TGTU, Tashkent, 2012.
  • Karimov R.I. Teoreticheskie osnov i konstruksii planetarnogo i biplanetarnogo privodov rabochix organov testomesilьnыx mashin. TGTU, Tashkent, 2013
  • Karimov R.I., Begimov N.N.Modelirovanie kinematiki i kinetostatikissiklovx mexanizmov. TGTU, Tashkent, 2015
  • Karimov R.I., Begimov N.N., SHaxobutdinov R.E. Kinematicheskie i kinetostaticheskie raschetы ploskix rыchajnыx mexanizmov na osnove informatsionno-kompьyuternыx texnologiy. TGTU, Tashkent, 2017.
  • Karimov K.A, Karimov R.I.Axmedov A.X. Razvitie teoreticheskix osnov mexanizmov s uprvlyaemыmi parametrami i svyazyami. TGTU, Tashkent, 2016.
  • Karimov R.I, Karimov K.A.,Begimov N.N. Mexanizm va mashinalar nazariyasi. TGTU, Tashkent, 2019.
  • Karimov K.A., Habibullaeva X.N. Harakat differensial tenglamalarini   Integrallash. Uslubiy ko‘rsatma, Toshkent 2010, ToshDTU.
  • Karimov K.A., Xabibullaeva X.N. Tebranma harakatlar. Uslubiy ko‘rsatma.Toshkent 2011, ToshDTU.
  • Xabibullaeva X.N., Fayzullaeva F.D. Nuqtaning murakkab harakati. Uslubiy    ko‘rsatma. Toshkent 2011, ToshDTU.
  • SHoobidov SH.A.,Xabibullaeva X.N., Fayzullaeva F.D.
  • Nazariy mexanika.  O‘quv  qo‘llanma. T.: YAngi asr avlodi, 2008 y,
  • Habibullaeva X.N.. Nazariy mexanika. O‘quv qo‘llanma. Tosh. 2010, ToshDTU
  • Habibullaeva X.N. Tekislikda ixtiyoriy joylashgan kuchlar sistemasi ta’siridagi jismlarning tayanch reaksiya kuchlarini aniqlash. Uslubiy ko‘rsatma. ToshDTU, 2014 y.
  • Habibullaeva X.N.  Fazoda ixtiyoriy joylashgan kuchlar sistemasi ta’siridagi jismlarning tayanch reaksiya kuchlarini aniqlash. Uslubiy    ko‘rsatma.  ToshDTU, 2015 y.
  • Habibullaeva X.N. Mumkin bo‘lgan ko‘chishlar prinsipi. Uslubiy ko‘rsatma. ToshDTU, 2016 y.
  • Habibullaeva X.N. Moddiy nuqta va mexanik sistema uchun Dalamber prinsipi. Uslubiy ko‘rsatma. ToshDTU, 2018 y.
  • Karimov K.A., Habibullaeva X.N.. Qattiq jismning tekis parallel harakati. Uslubiy ko‘rsatma.ToshDTU, 2019 y.

Kafedraning ilmiy –tadqiqot yo‘nalishi:

Kafedrada 2 ta yo‘nalish bo‘yicha ilmiy –tadqiqot ishlari olib boriladi.

  •  1.T.f.d., professor Karimov K.A.- ilmiy yo‘nalish raxbari. Mavzu: “Boshqariladigan mexanik majmualar va mexanizmlarning nazariy asoslarini  va yangi avlod qurilmalarini yaratish”
  • T.f.d., professor Karimov R.I. – ilmiy yo‘nalish raxbari.Mavzu: “Davriy mexanizmlarning kinematikasi, dinamikasi va sintezi”.

Kafedra professor-o‘qituvchilari Respublika va xalqaro konferensiya va simpoziumlarda o‘z maqolalari, ma’ruzalari bilan faol qatnashmoqdalar. Kafedrada  doktorantlar bilan ilmiy ishlar olib borilmoqda.  Fundamental, amaliy va innovatsion loyixalar bajarildi. Ilmiy ishlar natijalari o‘quv jarayoniga tadbiq etildi. Xozirda “NM va MMN” kafedrasida nazariy mexanika fani bo‘yicha tajribali pedagoklar prof. K.A.Karimov, dots.X.N.Xabibullaeva, kat.o‘q.lar Z.M.Qurbonova, V.M.SHakov, A.P.Rasulov va T.D.Xojibekovlar dars olib borishmoqda.MMN fani bo‘yicha xam tajribali pedagoglardan prof.K.A. Karimov, prof.R.I.Karimov, dots.N.N.Begimov kat.o‘q. R.E.SHoxobutdinovlar talabalarga saboq berib kelyaptilar.“Nazariy mexanika va mashina va mexanizmlar nazariyasi” kafedrasi O‘zR da texnika va oliy o‘quv yurtlari uchun tayanch kafedra hisoblanadi.

Kafedrada faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar:

  1. Begimov N.N.-t.f.n., dots., kafedra mudiri
  2. Karimov K.A.-t.f.d., prof.
  3. Karimov R.I.- t.f.d., prof.
  4. Xabibullaeva X.N.-dotsent
  5. Qurbonova Z.M.-katta o‘qituvchi
  6. SHakov V.M.-katta o‘qituvchi
  7. Rasulov A.P.-katta o‘qituvchi
  8. SHoumarov R.A.-katta o‘qituvchi
  9. SHaxobutdinov R.E.-katta o‘qituvchi
  10. Axmedov A.X.-assistent
  11. Xojibekov T.D.-assistent

“Ustoz-shogird” ishlari:

Prof. Karimov K.A tomonidan iktidorli talabalar bilan hamkorlikda «Nazariy mexanika» fanidan ma’ruzalarning animatsion mulьtimediya usullariga asoslangan elektron versiyasi yaratildi va o‘quv jarayoniga tadbiq etildi.                              «Nazariy mexanika» fanidan har yili o‘tkaziladigan Respublika fan olimpiadalarida talabalarimiz sovrinli o‘rinlarni egallaydilar. Iqtidorli talabalarning Respublika ilmiy-texnik anjumanlarida “Nazariy mexanika” va MMN fanlari bo‘yicha talabalar  tomonidan tayyorlangan ilmiy maqolalar faxrli 1- o‘rinlarni egallagan. 2017 y. prof. K.A. Karimov raxbarligida 3-bosqich 95-15 gr talabasi Djalilova Malika Mirkamol qizi va 2018-yil dots. Begimov N.N. raxbarligida 4-bosqich talabasi Maxmudov Feruzbek Nematjon o‘g‘li “Mashina va mexanizmlar nazariyasi” fani bo‘yicha o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadalarida faxrli 1-o‘rinni egalladilar. 2018 yili dots.Begimov N.N.  raxbarligida Djalilova Malika Mirkamol qizi Beruniy stependiyasiga sazovor bo‘ldi.

Talabalar bilan birgalikda doimiy bayram tadbirlari tantanali   o‘tkaziladi.

 

KAFEDRALAR

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.