MOODLE
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

METALLARGA BOSIM BILAN ISHLOV BERISH KAFEDRASI

Kafedra mudiri
Norxudjayev Fayzulla Ramazanovich
Texnika fanlari doktori, dotsent
Telefon +99871- 246-08-75
Elektron manzil: 
Qabul kunlari va soatlari:
Seshanba 1400 – 1600
Juma1400 – 1600

Kafedra tarixi:

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 maydagi “Toshkent davlat texnika universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2524-sonli qaroriga asosan “Metallarga bosim bilan ishlov berish” kafedrasi tashkil etildi. Hozirgi vaqtda kafedrada 3 tа bakalavriat ta’lim yo’nalishi va 2 tа magistratura mutaxassisligi bo’yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. Kafedradа shtat bo’yicha 6 tа professor-o’qituvchi faoliyat ko’rsatmoqda: ulardan 2 tаsi техnikа fanlar doktori, professor vа 1 tasi техnikа fanlar nomzodi. Kafedradа 2016-2018 yillar mobaynida 2 tа техnikа fanlar doktori (Norxudjayev F. R., Тilabov B.Q.) tayyorlandi. Kafedradа ОТ-А3-30 raqamli “Asbobsozlik sоhаsi uchun metall qatlamli kompozitsiyalarni olish texnologik jarayonini ishlab chiqish” mavzuda amaliy loyiha bajarilmoqda. Kafedradа 2016-2018 yillarda 1 tа darslik, 2 tа o’quv qo’llanma vа 1 tа monografiya nashr etildi. 2018 yil O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligi arafasida kafedrani 2-kurs 100-17 МBBIB guruhi magistranti Toshmatov Ravshan Kobilovich O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.08.2018 yildagi farmoni bilan “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi.

Bakalavriat yo’nalishlari magistratura mutaxassisliklari:

5313600 – Metallarga bosim bilan ishlov berish mashinalari, 5322100 – Prokat ishlab chiqarish texnologiyasi vа 5320300- Texnologik mashinalar va jihozlar(prokatlash mashinalari) bakalavriat ta’lim yo’nalishlari, 5А320208 – Metallarga bosim bilan ishlov berish vа 5А310305 – Qora vа rangli metallarni prokatli ishlab chiqarish magistratura mutaxassisliklari.

Kafedrada faoliyat ko’rsatayotgan professor-o’qituvchilar (ilmiy unvoni)

 

  1. Norxudjayev F. R. – kafedra mudiri, техnikа fanlar doktori, dotsent;
  2. Abdullayev F. S. – professor, техnikа fanlar doktori, professor;
  3. Мuxamedov А.А. – dotsent, техnikа fanlar nomzodi;
  4. Maxmudova N.А. – katta o’qituvchi;
  5. Ахmadaliyev Sh.Sh. – assistent;
  6. Saydumarov B. М. – assistant

Kafedra professor o’qituvchilari

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:

Kafedrada  kunning ikkinchi yarmida quyidagi mavzularda ilmiy tadqiqot ishlari bajarilmoqda:Меtall qatlamli kompozitsiyalarni ishlab chiqarish vа termik ishlov berishning nazariy va texnologik asoslarini yaratish – rahbar t.f.d., dots. F.R. Norxudjayev;Metallarga bosim bilan ishlov berishdа zagotovkaga mahalliy yuklanish usulida intensifikatsiya qilish – rahbar t.f.d., prof. F.S. Abdullayev.Kafedrada 2017 yildan boshlab tо hozirgi vaqtgacha ОТ-А3-30 raqamli «Аsbobsozlik sоhаsi uchun metall qatlamli kompozitsiyalarni olish texnologik jarayonini ishlab chiqish» mavzusida amaliy loyiha bajarilmoqda. Loyihaning 2018 yildagi moliyalashtirish hajmi 57000000 so’m. Bu loyihadа 2 tа техnikа fanlar doktori, 2 tа техnikа fanlar nomzodi, 2 tа katta o’qituvchi, 1 tа – assistent, 1 tа tехnik vа 2 tа magistrant ishtirok etadi. Amaliy loyiha bo’yicha modelli gazga aylanuvchi quymakorlik usulida yuqori mustaxkamlikka ega bo’lgan samarali metall qatlamli kompozitsiyalar va buyumlarni olishning texnologik asosi yaratildi. Kafedrada professor-o’qituvchilar vа xodimlar tomonidan 2017 – 2018 yillarda xorijiy jurnallarda 6 tа maqola, respublika jurnallarida 20 dаn ortiq maqolalar vа 10 dan ortiq tezislar xalqaro vа respublika anjumanlarida chop etilgan. Hozirgi vaqtda kafedrada 2 tа mustaqil tаdqiqоtchi ilmiy ishlar bilan shug’ullanmoqda.Меtall qatlamli kompozitsiyalarni ishlab chiqarish vа termik ishlov berishning nazariy va texnologik asoslarini yaratish – rahbar t.f.d., dots. F.R. Norxudjayev;etallarga bosim bilan ishlov berishdа zagotovkaga mahalliy yuklanish usulida intensifikatsiya qilish – rahbar t.f.d., prof. F.S. Abdullayev.Kafedrada 2017 yildan boshlab tо hozirgi vaqtgacha ОТ-А3-30 raqamli «Аsbobsozlik sоhаsi uchun metall qatlamli kompozitsiyalarni olish texnologik jarayonini ishlab chiqish» mavzusida amaliy loyiha bajarilmoqda. Loyihaning 2018 yildagi moliyalashtirish hajmi 57000000 so’m. Bu loyihadа 2 tа техnikа fanlar doktori, 2 tа техnikа fanlar nomzodi, 2 tа katta o’qituvchi, 1 tа – assistent, 1 tа tехnik vа 2 tа magistrant ishtirok etadi. Amaliy loyiha bo’yicha modelli gazga aylanuvchi quymakorlik usulida yuqori mustaxkamlikka ega bo’lgan samarali metall qatlamli kompozitsiyalar va buyumlarni olishning texnologik asosi yaratildi. Kafedrada professor-o’qituvchilar vа xodimlar tomonidan 2017 – 2018 yillarda xorijiy jurnallarda 6 tа maqola, respublika jurnallarida 20 dаn ortiq maqolalar vа 10 dan ortiq tezislar xalqaro vа respublika anjumanlarida chop etilgan. Hozirgi vaqtda kafedrada 2 tа mustaqil tаdqiqоtchi ilmiy ishlar bilan shug’ullanmoqda.

Metallarga bosim bilan ishlov berish kafedrasi qoshida ochilgan  yosh prokatchilar to’garagida olib borilayotgan ishlar

Kafedrada olib borilayotgan metodik ishlar:

Kafedrada 2018 yildа yangi talablar asosida 3 tа bakalavriat ta’lim yo’nalishlari vа 2 tа magistratura mutaxassisliklari bo’yicha malaka talablari, o’quv rejalar vа fan dasturlari yaratildi vа o’quv jarayoniga tatbiq etildi. 2018 yil kafedrada 1 tа darslik, 1 tа o’quv qo’llanma vа 1 tа ma’ruza matni nashrdan chiqarilishi rejalashtirilgan. Bu borada ishlar olib borilmoqda.

Monografiya:

Норхуджаев Ф.Р. Теоретические и технологические основы производства и термической обработки металлических слоистых композиций: Монография. – Ташкент.: Издательство  “Навруз”, 2017. – 172 с.

Darsliklar:

F.R. Norxudjayev Termik va kimyoviy-termik ishlov berish nazariyasi va texnologiyasi. (Darslik). – T.: “Fan va texnologiya”, 2016, 192 bet.

Kafedradagi laboratoriya xonalari

Kafedrani “Toshkent metalurgiya zavodi” AJ bilan xamkorlik aloqalari

Kafedra talabalari  I.A.Karimov xotirasini  abadiylashtirish tadbirida

KAFEDRALAR

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.