MOODLE
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

MATERIALSHUNOSLIK KAFEDRASI

Kafedra mudiri
Ziyamuxamedova Umida Alijonovna
Texnika fanlari doktori, professor
Telefon: + 998 91 191 56 65
Elektron manzil:z.umida1973@yandex.ru
Qabul kunlari va soati:
Seshanba 14:00 – 16:00
Juma 14:00 – 16:00

Kafedra tarixi:

«Materialshunoslik»  kafedrasi   «Metallar texnologiyasi» va  «Materialshunoslik»  kafedralarining 2007 yil birlashishi natijasida tashkil topgan bo’lib,  universitetning eng keksa  taxsilgohlaridan biri hisoblanadi. U 1920 yilda Turkiston xalq universitetining texnika fakulteti  tarkibida tashkil topgan. 1922 yildan to umrining oxirigacha (1967 yil) fakultetni  O‘zbekistonda xizmat  ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, prof. M.M.Mixaylov boshqardi.1928 yilda kafedra qoshida «Metallarni sinash laboratoriyasi»  va «O‘quv ustaxonasi» tashkil qilindi.1933 yilda esa, O‘rta Osiyo industrial instituti tashkil  qilindi, kafedra ham shu institutga o‘tdi. Bu davrga kelib, kafedra  malakali o‘qituvchilar bilan ta’minlanib katta o‘quv, uslubiy va ilmiy  ishlarni olib bordi. O‘rta Osiyo sanoatini rivojlanishiga o‘z  xissalarini qo‘shishdi. Ayniqsa Ulug‘ Vatan urushi yillarida kafedra o‘qituvchilari o‘zlarining metallografik va mexanikaviy  tajribalari  bilan  korxona mahsulotlari sifatini oshirish, brak maxsulotlar sababini aniqlash va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash sohasida Vatanga xizmat  qildilar.

Urushdan keyingi yillarda mexanika  fakulteti  qoshida  «Metallar  texnologiyasi» kafedrasidagi aspirantura yagona hisoblangan. Professor M.M.Mixaylov boshchiligida  quyidagi ko‘zga ko‘ringan olimlar nomzodlik ishlarini himoya qilganlar: N.P.Nizov, A.D.Mashkov, YA.Z.Uspenskiy, N.P.Frolova,  G.I.YAkunin, A.A.YAkunina, A.A.Muxamedov, O.X.Alaferdov, O.U.Alimov  va  boshqalar.«Metallar texnologiyasi» kafedrasi asosiy kafedralardan bo‘lib,  o‘z vaqtida undan «Payvandlab ishlab chiqarish texnologiyasi», «Metallshunoslik» kafedralari ajralib chiqdi.«Metalla texnologiyasi» kafedrasiga 1967-1986 yillarda O‘zbekistonda  xizmat ko‘rsatgan  fan  va texnika arbobi, prof. V.A.Mirboboyev, 1986-1991 yillarda dotsent S.K.Qosimxodjaev, 1991 – 1995 yillarda dotsent E.O.Umarov, 1995-1997, yillarda dotsent Sh.A.Karimovlar  rahbarlik qildilar. 1997 yili kafedra «Metallar texnologiyasi va bosim bilan ishlash» deb ataldi va prof. A.S.Abdullaev mudir etib tainlandi. «Materialshunoslik» kafedrasi tashkil etilgan kundan boshlab mudirlik lavozimida kuplab etuk olimlarimiz faoliyat olib bordilar. Bular qatorida: prof., t.f.d. Muxamedov A.A., t.f.n., dots. Norxudjaev F.R. (2003- 2009), dots. To‘raev F. (2009-2010), dots. Karimov Sh.A. ( 2010-2015). 10 yil mobaynida kafedra qoshida nomzodlik dissertatciyalar himoyasi bo’icha Mahsus kengash faoliyat olib bordi. Bu kengashda 10ta fan nomzodlari himoyasi bo’lib o’tgan.Hozirgi  kunda Toshkent davlat tehnika universitetining «Materialshunoslik»   kafedrada universitetning yosh fan doktorlaridan biri professor Umida Alijonovna Ziyamuhamedova mudirlik qilib kelmoqda. Uning midirlik faoliyatida kafedraning ilmiy salohiyati va  ilmiy yunalishlar yanada rivojlandi. Bunga 2016 yildagi kafedra dotcentlari S.D.Nurmurodov va F.R.Norhudjayevlarning, 2017 yildagi kafedra dotcenti B.K.Tilobovning, 2018 yildagi kafedra dotcenti K.K.Kadirbekovaning doktorlik dissertatciyasi himoyalari, 2017-2018 yillarda A.H.Rasulov, K.G.Bahadirov, Sh.M.Shakirovlarning falsafa fanlari doktori ilmiy daraja olish uchun PhD dissertatciyasi himoyalari yaqqol misol bula oladi.Kafedraning ilmiy-pedogogik faoliyatida hozirgi kunda 3 ta fan  doktori  professorlar,  4 ta fan nomzodlari  dotsent,  4 ta katta  o‘qituvchi, 4ta assistent  va 6 ta katta ilmiy tadqiqotchi  izlanuvchilar va 5 ta o‘quv yordamchi xodimlari  o‘quv jarayoniga o’z mehnatlarini ayamain faoliyat kursatib kelmoqtalar.Hozirgi kunda Respubikamizda uzluksiz ta’limni tadbiq etilishi natijasida «Materialshunoslik»  kafedrasi   5320100- «Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarni va 5A320101- «Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi» mutaxassisligi bo‘yicha magistrlarni tayyorlamoqda.   Kafedra ushbu yo‘nalish va mutaxassislik standartlari, o‘quv rejalari, o‘qitiladigan fanlarning namunaviy va ishchi dasturlari, hamda me’yoriy xujjatlari ishlab chiqishda respublikamizning etakchi kafedralaridan biri bulib kelmoqda.Kafedra  faoliyati  davomida 5000 dan ortiq malakali muxandis  mexanik materiashunos bakalavrlar va 50 yaqin magistr mutaxassislar tayyorlandi va ular xalq xo‘jaligining turli sohalarida faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Kafedra bitiruvchilarining asosiy istemolchilari bo‘lib, O‘zbekiston metallurgiya, Navoiy tog‘-kon metallurgiya, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari, Toshkent traktor zavodi, Toshkent agregat zavodi, ASAKA avtomobil zavodi, «GM-UZBEKISTAN» zavodi, Navoiy mashinasozlik zavodi, «Muborakneftgaz» unitar korxonasi, «Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» MChJ  va boshqa korxonalardir.  Kafedra bitiruvchilari bu korxonalarda muxandis va rahbar xodimlar bo‘lib xizmat qilb kelmoqdalar.Kafedraning barcha  professor-o‘qituvchilari ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradilar.  Kafedra 25 yillik faoliyati davrida 30 dan ortiq xo‘jalik shartnomalari va 20 dan ortiq  davlat granti bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borildi. Bu tadqiqotlar natijasida 500 mln. so‘mdan ortiq hajmdagi ilmiy tadqiqotlar ishlari bajarildi. Bu ishlsrga kafedraning etuk olimlari rahbarlik qilib kelgan. Bular prof. Muxamedov A.A. va uning shogirdlari, prof. R.H.Saidahmedov va shogirdlari, prof.U.A.Ziyamuhamedova  va shogirdlari, prof. Sh.A.Karimov, dots.S.D.Nurmurodovlar tomonidan bajarilgan.      Xo‘jalik shartomalarida va davlat grantlarida bakalavr, magistrlar, katta ilmiy hodim tadqiqotchi  izlanuvchilar faol ishtirok etmoqdalar. Kafedra olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida Respublikamizda muntazam ravishda utkazib kelinayotgan Innovatsion yarmarkalarda ishtirok etib, korxonalar bilan shu ishlamalar asosida xo‘jalik shartnomalarini bajarib kelmoqda. Kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan 25 yil davomida 2000 dan ortiq ilmiy maqolalar chet el va respublikamizning nufuzli jurnal va konferensiyalarida chop etilgan. Professor-o‘qituvchilar va katta ilmiy xodim izlanuvchilar tomonidan 15 yaqin monografiyalar chop etildi. Bular jumlasiga prof. SH.A. Karimovning «Нанесение износостойких порошковых покрытий методом электроконтактного спекания», dots. F.R. Norxudjaev, Sh.M. Shakirovlarning «Ishlab chiqarishda issiq holda presslash usuli bilan yeyilishga chidamli qoplamalar qoplash texnologiyasi», dots. S.D. Nurmurodovning «Теоретические и технологические аспекты создания конструкционных материалов  на основе мелкодисперсных порошков тугоплавких  металлов», «Теплофизические основы  структурообразования в литых биметаллических композитах», t.f.d. U.A. Ziyamuxamedovaning «Антикоррозионные и гидроабразивноизносо-стойкие гетерокомпозитные материалы на основе полимеров и местных миниралов», dots. K.K. Kadirbekovaning «Наноструктурные покрытия  и современные методы обработки материалов»  va shu kabi boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Kafedra professor o‘qituvchilari yangilik va ixtirolar yaratish borasida ham anchagina ishlarni amalga oshirdilar. Kafedra qayd etilayotgan davr davomida 50 dan ortiq patentlar olindi.Kafedra professor o‘qituvchilari shu davrlar mobayinida ilmiy uslubiy sohada 200dan ziyod uzlarining darsliklar va uquv-uslubiy ishlari bilan ham katta muvofaqiyatlarga erishdilar. Prof. Mirboboev V.A. tomonidan «Konstruksion materiallar texnologiyasi» va «Materialshunoslik» darsliklari bir necha marta nashr qilindi, prof. Umarov E.O. «Materialshunoslik», «Uchish detallarini ishlab chiqarish texnologiyasi», dots. Kadirbekova K.K., Umarov E.O. «Aviatsiya materialshunosligi», prof. Karimov SH.A., SHakirov SH.M. «Nometall materiallar texnologiyasi», dots. Norxudjaev F.R. «Materialshunoslik», dots. Nurmurodov S.D. «Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi», Ziyamuhamedova U.A. «Materialshunoslik» darsligi  kabilarni aytib o‘tish mumkin.Kafedra  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi ilmiy-tadqiqot institutlari,  Rossiya Federatsiyasining MISIS instituti, Janubiy Koreyaning Kumo texnologiya instituti, Ukraininaning Qrim industrial-pedogogika universiteti, Turkiyaning Stanbul Texnika universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Hamkorlik natijalarida Karimov SH.A., V.Kim, U.A.Ziyamuhamedovalarning «Yuzalarga ishlov berish tehnologiyasi» darsligi nashrga tayorlanib chop etilganligi misol buladi.Hozirgi kunda «Materialshunoslik» kafedrasi Respublikaning qator ishlab chiqarish korxonalari: Bekobod metallurgiya kombinati, O‘zbekiston o‘tga chidamli materiallar kombinati, Navoiy tog‘-kon kombinati, Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinati,  «Muborak neftegaz» UShK, TashAZ  AJ, «TEXNOLOG» IChB va boshqalar bilan hamkorlikda faoliyatini olib bormoqda.

Bakalavriatura va magistratura:

Hozirgi kunda Respubikamizda uzluksiz ta’limni tadbiq etilishi natijasida «Materialshunoslik»  kafedrasi   5320100- «Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarni va 5A320101- «Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi» mutaxassisligi bo‘yicha magistrlarni tayyorlamoqda.

Kafedra faxriylari

MUXAMЕDOV ANVAR AKBAROVICH1930 yil 30 noyabrda qo’qon shaxrida tavallud topgan. 1953 yil O’rta Osiyo politеxnika instituti Mеxanika fakultеtining «Traktor va avtomobil» ixtisosligi bo’yicha muqandis-mеxanik mutaxassisligini bitirgan. Tеxnika fanlari doktori, profеssor. 1957 yildan 1968 yilgacha O’rta Osiyo politеxnika institutida assistеnt, katta o’qituvchi, dotsеnt lavozimlarida faoliyat ko’rsatdi. 1968 yildan 1995 yilgacha «Mеtallshunoslik» (kеyinchalik «Matеrialshunoslik») kafеdrasiga mudirlikqilgan.

MIRBOBOЕV VOXID ALIЕVICH

1918 yilda Toshkеnt shaxrida tug’ildi. 1939 yili qishloq xo’jaligi tеxnikumini tamomlab, Armiya saflarida xizmat qildi. 1941 yilda   Uluq Vatan urushida ishtirok etib, bir qancha davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.  1951 yilda SAII ni tamomlab assistеnt lavozimida ishlay boshladi. 1952 yildan ToshPIni «Mеtallar tеxnologiyasi» kafеdrasida assistеnt, katta o’qituvchi, dotsеnt so’ngra kafеdra mudiri lavozimlarida ishladi. 1973 yilda ulkan ilmiy- pеdogogik xizmatlari uchun «O’zbеkistonda xizmat ko’rsatgan fan va tеxnika arbobi» unvoniga sazovor bo’ldi. 1976 yilda profеssorldik unvoni bеrildi.

Kontingent:

Talabalarning  umumiy soni   362 ta

Bakalavriatura:

1-2-3-4-kurslar

Magistratura:

1-2-kurslar

Kafedra bakalavriat ta’lim yo’nalishi:

5320100-Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi

Kafedra magistratura mutaxassisliklari:

5A320101-Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi (mashinasozlik)

Kafedra professor  o’qituvchilari

  • Umarov Erkin Odilovich – texnika fanlari nomzodi, kafedra professori
  • Karimov Shoirdjan Axralovich – texnika fanlari nomzodi, professor
  • Nurmurodov Salohiddin Do‘stmurodovich – texnika fanlari doktori, professor
  • Qadirbekova Qutpinisa Karimovna – texnika fanlari doktori, dotsent
  • Rasulov Alisher Hakimovich PhD  dotsent
  • Shakirov Shuxrat Musayevich PhD  dotsent
  • Pardayeva Gulchehra Turdiyevna – Katta o‘qituvchi
  • Alimbabayeva Zulxumor Latipovna – Katta o‘qituvchi
  • Begatov Jahongir Muhammatjonovich
  • Abdukarimova Sevara Botirovna – assistent
  • Habibullayeva Iroda Abdualiyevna – assistent
  • Normurodov Ulugbek Erkinovich – assistent
  • Miradullayeva Gavhar Bekpo‘latovna – assistent

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:

Ilmiy amaliy loyihalar:

  • Baxadirov Kudratxon Gayratovich.YOA-3-7 “Razrabotka optimalnoy i energo- resursosberegayuщey texnologii polucheniya listovыx produktov iz alyuminiya, medi i ix splavov s ultradispersnыmi (nano) zernami pri asimmetrichnoy prokatke”
  • Norxudjaev Fayzulla  Ramazanovich.OT-A3-30 -«Аsbobsozlik sohasi uchun metall qatlamli kompozitsiyalarni olish texnologik jarayonini ishlab chiqish».
  • U.A.Ziyamuxamedova. t.f.d., prof.OT-F2-41  «Mashinasozlik uchun mahalliy ashyolar va mahalliy energetik resurslar asosidagi geterokompozit polimer materiallarining strukturaviy shakllanish jarayonlari va funksional xususiyatlarining tadqiqotlari»

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy- uslubiy ishlar:

1-yo’nalish. Mutaxassilik bo‘yicha yangi jahon standartlariga mos yangi fanlarning o‘quv uslubiy bazasini shakllantirish muammolari. Chet el adabiyotlarini tarjimasi asosida fanlar bazasini yangilash va adabiyotlarni yangi avlodini yaratish ishlari. (Ilmiy raxbar Ziyamuhamedova U.A.)

O’quv va laboratoriya xonalari to’g’risida qisqacha ma’lumot

“Mashinasozlik texnologiyalari” fakulteti, 1-qavat, 19-20-21-xonalar va 3-qavat 309-311-xonalar.

Kafedra manzili:Toshkent sh., Universitet ko’chasi 2 uy, “Mashinasozlik texnologiyalari” fakulteti, 3-qavat, 314- xona

 

KAFEDRALAR

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.