MOODLE
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

MATERIALLAR QARSHILIGI VA MASHINA DETALLARI KAFEDRASI

Kafedra mudiri
Mirzayev Qahramon Qarshiboyevich
Texnika fanlari nomzodi, dotsent
Telefon +998 71 229-26-01  +998 94 605-36-32
Elektron manzil: 
Qabul kunlari va soatlari:
Dushanba – 1400-1600
Chorshanba – 900-1100
Juma – 1400-1600
Shanba – 900-1100

Kafedra tarixi:

“Materiallar qarshiligi va mashina detallari” kafedrasi “Materiallar qarshiligi” va “Mashina detallari” kafedralari bazasida tashkil etilgan bo‘lib, universitet talabalariga “Materiallar qarshiligi”, “Mashina detallari” va “Amaliy mexanika” fanlaridan mashg‘ulotlar olib boriladi.“Materiallar qarshiligi” kafedrasi 1920 yili Turkiston Davlat Universitetida o‘z faoliyatini boshladi. Kafedra tashkil etilgan kunidan boshlab o‘z laboratoriyasiga ega. Kafedrada o‘zining Ilmiy ishlari bilan tanilgan ko‘plab olimlar faoliyat ko‘rsatdilar. Ulardan biri O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi M.T.O‘rozboyevdir. Unga 2-tomlik “Materiallar qarshiligi” darsligi uchun davlat mukofoti hamda Respublika miqyosida Beruniy nomli mukofot berilgan.

Kafedrani turli vaqtda prof. C.M.Suxanov (1950 – yilgacha), dots. N.A.Karimov (1950-1968 – yy), dots. N.X.Suyunishaliyev (1969-1975 – yy), N.T.Tursunov (1975-1980 – yy) lar boshqarganlar.1980 – yildan boshlab kafedra mudiri lavozimida F.X.Xolimatov, dots. O.Y.Juminiyozov, prof. S.Z.G‘ulomitdinov, prof. A.Karimovlar faoliyat ko‘rsatdilar.2016-2017 yillarda “Materiallar qarshiligi” kafedrasini dots. Maxmudova N.X boshqargan.Kafedrada 3 ta yo‘nalish bo‘yicha Ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Ularga dotsent N.X.Maxmudova, prof. S.M.Xasanov va dots. N.B.Barotovlar rahbarlik qilishgan.Oxirgi 10 yil davomida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan “Materiallar qarshiligi” faniga oid 30 dan ortiq uslubiy qo‘llanmalar va 3 ta o‘quv qo‘llanma nashr qilingan.Kafedra professori S.M.Xasanov tomonidan 2014 – yilda nashr qilingan “Materiallar qarshiligidan masalalar yechish” o‘quv qo‘llanmasi yilning eng yaxshi o‘quv adabiyoti tanlovida faxrli 1-o‘rinni egalladi.

Oxirgi 3 yil davomida “Materiallar qarshiligi” fani bo‘yicha Respublika fan olimpiadalarida kafedra talabalari 2 marta faxrli 1-o‘rinni va bir marta 2-o‘rinni egallab respublika Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining faxriy yorliqlariga sazovar bo‘ldilar.“Mashina detallari” kafedrasi ham ToshDTUning eng keksa kafedralaridan biri bo‘lib, Turkiston Davlat universiteti tarkibida 1920 – yilda professor A.I.Ivanov tomonidan tashkil etilgan. O‘sha yili prof. X.T.Кetov rahbarligida «Amaliy mexanika» kafedrasi ishga tushgan. 1929 – yili SAXIPIda ikkala kafedra «Mashina detallari» nomida birlashib, yagona kafedra tashkil etilgan. Кafedra 1931 – yili SAЭMI, SAЭI tarkibida, 1934 – yili esa SAII tarkibida bo‘lgan. A.I.Ivanov 1950 – yilgacha kafedraga rahbarlik qilgan.

1933 – yili kafedra tarkibida dots. I.X.Mints, 1947 – yildan katta o‘qituvchi V.V.Gritsenko, 1946-1969 – yillarda dots. A.F.Torgovetskiy ishlaganlar.1950 – yilgacha «Mashina detallari va amaliy mexanika» kafedrasiga O‘zSSRda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, prof A.I.Ivanov boshchilik qilganlar.1956 – yili kafedra «Mexanizm va mashinalar nazariyasi va mashina detallari» deb nomlangan va unga 1950-1952 – yy. dots. S.A.Aleksandrov, 1962-1965 – yillarda dots. N.S.Myunster rahbarlik qilgan. 1965 – yili kafedra «Mexanizm va mashinalar nazariyasi» (dots. Myunster rahbarlik qilgan) va «Mashina detallari» (prof. I.Sulaymanov rahbarlik qilgan)  kafedralariga ajratilgan.

Ushbu yillarda «Mashina detallari» kafedrasida 13 nafar xodim ishlagan: 2 ta dotsent, 5 ta katta o‘qituvchi, 4 ta assistent va  2 ta o‘quv-yordamchi xodim.1965-1978 – yillarda «Mashina detallari» kafedrasiga dots. I.Sulaymonov, 1978-1983 -yillarda dots. A.M.Qoplonov, 1983 – yildan 1989 – yilgacha yana professor I.Sulaymonov boshchilik qilganlar. Кeyinchalik kafedraga dots. N.A.G‘ofurov, professor A.M.Qoplonovlar yetakchilik qilishdi va kafedraga I.Sulaymonov nomi berildi. 1996 – yili kafedra «Mashinalarni loyihalash asoslari» kafedrasiga qo‘shilgan.

Uzoq vaqt kafedrada professor I.Sulaymonov, fan  nomzodlari dots. I.X.Mints, P.Y.Saruxanov,katta o‘qituvchi V.V.Gritsenko ishladilar. 60-yillardan song, fan  nomzodlari dots. A.M.Qoplonov, A.F.Sheglov, fan  nomzodlari katta o‘qituvchilar V.I.Kovalevskiy, S.Kasimxojaev, V.A.Elkond, S.U.Musaev, R.A.Muratova va boshqalar xizmat ko‘rsatishgan.O‘quv jarayonini  takomillashtirishga katta e’tibor berilib, kafedrada ancha ishlar amalga oshirilgan. Programmalashtirilgan nazorat xonasi, 2-kurs loyihalashtirish kabineti hamda munosib apparaturaga va o‘quv filmlariga ega bo‘lgan kino zali yaratilgan.

Kafedra institutning barcha fakultetlarida (Arxitektura fakultetidan tashqari) xizmat ko‘rsatgan. Uning xodimlari tomonidan «Mashina detallari», «Yuk ko‘tarish, transport mashinalari», «Mexanizmlarni hisoblash va loyihalashtirish», «Amaliy mexanika»  kurslari o‘qitilgan.Ilmiy-tadqiqot ishlariga ham katta ahamiyat berilgan. 1975-yilda prof. I.Sulaymonov 19 bosma taboqdan iborat bo‘lgan, O.O‘.Y. talabalari uchun «Mashina detallari» darsligini nashr etgan. Mazkur darslikning ikkinchi nashri 1981 – yili chop etilgan. Kafedra a’zolari tomonidan «Mashina detallari» kursidan o‘quv-uslubiy qo‘llanma chop etilgan. Prof. I.Sulaymonov ssenariysi asosida kino film yaratilgan.

Kafedraning asosiy ilmiy-tadqiqot mavzusi «Mashinasozlikda yangi materiallarning ishlatilish imkoniyatlarini o‘rganib chiqish» bo‘lib, u bilan kafedradan 12 nafar shug‘ullangan, yana 4 ta xodim boshqa mavzularda ish olib borganlar. Asosiy mavzu 3 qismdan iborat bo‘lgan:

  • Plastmassali elastik elementli tarkibiy tishli g‘ildirakning ishlatish imkoniyatlarini            tadqiq etish;
  • To‘quvchi va burovchi mashinalarning plastmassa tarkibli tishli g‘ildiraklarni qo‘llash imkonini tadqiq etish;
  • To‘ldirgich sifatida g‘o‘zapoya, kanop va sholi chiqindilari asosidagi, yog‘och plastmassali mashina detallarini tayyorlashda qo‘llanishini tadqiq etish.

Mazkur mavzular ГОСНИИМАШ, «Ташсельмаш» и «Ташкенткабель» zavodlari hamkorligida ishlab chiqilgan.Ushbu ilmiy izlanish natijasida qishloq xo‘jaligi chiqindilaridan yangi materiallar yaratilgan va ularning ishlab chiqarishda qo‘llanilishi juda katta moddiy samaradorlik berdi. Tarkibiy tishli g‘ildiraklarnining yaratilishi uzatmalardagi shovqinni kamaytirib qimmatbaho metallni tejaydi.«Tarkibiy tishli g‘ildirakning ishlatish imkoniyatlarini tadqiq etish» mavzusida kafedra SSSR Fanlar Akademiyasi bilan 50 000 rubl qiymatli xo‘jalik shartnoma olib borilgan, «Ташсельмаш» bilan – «To‘ldirgich sifatida g‘o‘zapoya, kanop va sholi chiqindilari asosidagi, yog‘och plastmassali mashina detallarini tayyorlashda qo‘llanishini tadqiq etish».1965-1978 – yillarda A.M.Qoplonov, V.T.Kovalevskiy, A.F.Sheglov, D.Botirmuxamedov, S.Kosimxo‘jaev, F.I.Derejnoy va boshqalar nomzodlik dissertatsiyalar yoqlashgan.Ilmiy-tadqiqot ishlariga yuqori kurs talabalari jalb etilganlar. Undan tashqari, oqituvchilar talabalar orasida tarbiyaviy ishlarida ham faol ishtirok etishgan.2000 –  yil prof. Sh.A. Shoobidov rahbarligida kafedra qayta «Mashinashunoslik va mashina detallari» deb atalib prof. I.Sulaymonov nomi ostida qayta tiklandi.  2001-2002 -yillarda kafedraga dots. К.A. Martirosov rahbarlik qildi.ToshDTU rektorining 2002 – yil 26-avgustdagi 3/901-sonli buyrug‘iga ko‘ra «Nazariy mexanika» va «Mashinashunoslik va mashina detallari» kafedralari birlashib, I.Sulaymonov nomidagi «Nazariy mexanika va mashina detallari» kafedrasi deb nomlandi.2002-2006 – yillarda kafedraga t.f.d., professor Sh.A. Shoobidov, 2006 – yilning oxiridan boshlab t.f.d., professor К.A. Кarimov  rahbarlik qilganlar. Кafedra «Servis texnika va texnologiyasi va mashina detallari» deb nomlangandan boshlab 2007 – yil oktyabr oyidan t.f.d., prof. A. Irgashev rahbarlik qildi.ToshDTU rektorining 2010 – yil 21-avgustdagi buyrug‘i bilan I. Sulaymonov nomidagi «Mashina detallari. Servis texnikasi va texnologiyasi» kafedrasi tashkil qilindi va dots. Кurganbekov M.M. kafedra mudiri etib tayinlandi.

2012 – yil fevral oyidan «Mashina detallari» kafedrasi tashkil etildi. 2013 – yil fevral oyidan kafedra mudiri etib t.f.n. Mirzayev Q.Q. saylandi.Toshkent davlat texnika universiteti rektorining 2015 – yil 2-fevraldagi 01/9-05-33 sonli buyrug‘i bilan «Mashina detallari» va «Mаtеriаllаr qаrshiligi vа mехаnikа» kafedralari asosida «Mashina mexanizmlari va detallari» kafedrasi tashkil qilingan bo‘lib, “Mashina detallari”, “Mashina mexanizmlari nazariyasi”, “Materiallar qarshiligi” va “Amaliy mexanika” fanlari kafedraga biriktirilgan. Kafedra mudiri etib t.f.n. Mirzayev Q.Q. tayinlangan va kafedrani boshqarib kelgan.Rektorning 2016 – yil 16-iyundagi 01/9-05-246 sonli buyrug‘i asosida kafedra qaytadan «Mashinalarni konstruksiyalash asoslari» deb tashkil qilingan va “Mashina detallari” fani kafedraga biriktirilgan.Yangi tashkil etilgan “Mashinalarni konstruksiyalash asoslari” kafedrasiga t.f.n. Mirzayev Q.Q. mudir etib tayinlangan.2017 – yilda universitetda tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritildi va kafedra qaytadan “Materiallar qarshiligi va mashina detallari” deb nomlandi. Kafedraga t.f.n., professor Xasanov S.M. mudir etib tayinlangan.Universiteti rektorining 2018 – yil 10-sentyabrdagi 03/9-402 sonli buyrug‘iga ko‘ra, t.f.n., dots. Mirzayev Q.Q. “Materiallar qarshiligi va mashina detallari” kafedrasi mudiri etib tayinlandi.

Кafedraning aloqalari:

  • Кumo texnologiya instituti (Janubiy Кoreya);
  • Gebze universiteti (Turkiya);
  • Mashinashunoslik instituti (Rossiya);
  • Moskva Davlat texnika universiteti (Rossiya);
  • Sankt-Peterburg politexnika instituti (Rossiya);
  • Lvov politexnika instituti (Ukraina);
  • Кaunas texnologiya universiteti (Litva);
  • Riga texnika universiteti (Latviya);
  • Tolyatti texnika universiteti (Rossiya);
  • Xarkov politexnika instituti (Ukraina);
  • Qozog‘iston mashinalar mexanikasi instituti;
  • O‘z FA Mexanika va inshootlar seysmikbardoshligi instituti;
  • O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalashtirish va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti;
  • Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat texnologiyasi instituti;
  • Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatasiyasi instituti;
  • Toshkent irrigasiya va meliorasiya instituti
  • Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

Kafedrada faoliyat ko‘rsatayotgan  professor-o‘qituvchilar:

  1. Shoobidov Sh.A. – texnika fanlari doktori, professor;
  2. Xasanov S.M. – texnika fanlari nomzodi, professor;
  3. Martirosov K.A. –    texnika fanlari nomzodi, dotsent;
  4. Baratov N.B. – texnika fanlari nomzodi, dotsent;
  5. Maxmudova N.X. – texnika fanlari nomzodi, dotsent;
  6. To‘raxo‘jayev P.S. – katta o‘qituvchi;
  7. Maqsudova N.A. – katta o‘qituvchi;
  8. Axmedjanov Yu.A. – katta o‘qituvchi;
  9. Yakubov A.A. – katta o‘qituvchi;
  10. Xudoynazarov D.X. – assistent;
  11. Yusupov D.B. – assistent
  12. Mamasobirov U.M. – assistent;
  13.  Irgashev B.A.         – assistеnt.

Kafedrada olib bori­layotgan ilmiy ishlar

Кafedrada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi:

  • Texnik o‘simliklar urug‘iga ko‘p maqsadlar uchun ishlov berish qurilmasining ishlanmasi va asosiy ko‘rsatkichlarini asoslash.
  • Texnologiyani amalga oshiruvchi qurilmaning sanoat namunasi tayyorlangan hamda sinovlardan o‘tkazilgan. 1 ta nomzodlik dissertasiyasi himoya qilindi, 1 ta patent olingan (Iilmiy rahbar t.f.d., professor Shoobidov Sh.A.).
  • O‘simlik moyi gudroni asosida ko‘pfunksiyali moylarning tribotexnik xususiyatlarini tadqiq qilish. Mazkur yo‘nalishda 1 ta doktorlik, 1 ta nomzodlik dissertasiyalari himoya qilingan. Ilmiy ish ishlab chiqarishga keng jalb etilgan. Iqtisodiy samara 20 mln. so‘mdan ortiq. 3 ta monografiya, 50 dan ortiq ilmiy maqola, 2 ta mualliflik guvohnomasi olingan. Germaniya, Polsha, Ukraina, Chexiya, Slovakiya, Bolgariya va Кanada mamlakatlari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan (Ilmiy rahbar t.f.d., professor Shoobidov Sh.A.).
  • Mashinalar detallarining ishchanlik qobiliyatini yeyilishga va zanglashga bardoshlilik mezonlari bo‘yicha baholashda texnologik usullarni yaratish va qo‘llash. (Ilmiy rahbar t.f.d., professor Shoobidov Sh.A.).
  • Mashinasozlikda ishlatiladigan materiallar va asboblarning mustahkamligini magnit maydoni yordamida oshirish. (Ilmiy rahbar. prof. Xasanov S.M.).
  • Siklik mexanizmlar kinematikasini o‘rganish va sintez qilish. (Ilmiy rahbar. dots. Baratov N.B.).
  • Sement tizimi asosida polimer to‘rtlamchi tuzlar yordamida materiallarning mustahkamligini oshirish hamda tolani chigitdan ajraluvchi mashinaning ko‘rsatkichlarini yaxshilash. (Ilmiy rahbar. dots. Maxmudova N.X.).

Ilmiy-tadqiqot ishlarning natijalari asosida yaratilgan texnik ishlanmalar

Yuqori qovushqoq materiallarni purkash qurilmasi (UVD-12M, UVD-1,5M) (mualliflar: Ukraina MFA akademigi V.E.Shestopalov, prof.Sh.A.Shoobidov).

Texnikaviy va donli ekinlar urug‘iga ekishdan oldin yuqori kuchlanishli elektromagnit maydonda ishlov berish qurilmasi (mualliflar: prof. Sh.A.Shoobidov, dots. S.D. Isamuhamedov, t.f.n. U.S. Isamuhamedov).

Kafedrada olib borilayot­gan ilmiy-uslubiy ishlar:

  • Кafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan fanlardan 60 dan ortiq o‘quv qo‘llanmalari, ma’ruza matnlari, tajriba va amaliy ishlaridan o‘quv-uslubiy ko‘rsatmalar,  hisob-grafik ishlarini bajarish uchun ko‘rsatmalar, kurs loyihasi va kurs ishlarini bajarish uchun qo‘llanmalar, JN, ON va YaN bosqichlarini o‘tkazishga savolnoma va test topshiriqlari  tayyorlanib chop etilgan.
  • O‘qitish jarayoniga yangi informasion va pedagogik texnologiyalar joriy etilmoqda, EHMlardan foydalanilmoqda. «Fikrlar hujumi», «Tarmoqlar» usuli (klaster) zamonaviy pedagogik omillari professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘quv jarayoniga joriy etilmoqda.
  • Кafedraning moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilash, ilmiy yutuqlarni amaliy, tajriba mashg‘ulotlarida va ma’ruzalarda qo‘llash dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Iqtidorli talabalar ilmiy ishlarga jalb etilmoqda, ular talabalarning ilmiy anjumanlarida ma’ruzalar bilan ishtirok etmoqdalar, olingan ilmiy natijalar Respublika ilmiy jurnallarida chop etilmoqda.

Кeyingi yillar davomida kafedraning professor-o‘qituvchilari tomonidan bir necha monografiya, darslik va o‘quv qo‘llanmalari, amaliy va tajriba mashg‘ulotlari uchun uslubiy ko‘rsatmalar va ilmiy maqolalar chop etildi. “Ziyonet” saytiga ko‘plab manbalar, darslik, o‘quv qo‘llanmalarning elektron versiyalari kiritildi.

Professor Shoobidov Sh.A. «Ekologiya va inson xavfsizligi» xalqaro fanlar akademiyasining akademigidir. Bundan tashqari professor Shoobidov Sh.A. va dostent К.A. Martirosovlar Rossiya Federasiyasi Tolyatti texnika universitetining «Faxriy professori» unvoniga egalar.

Monografiyalar:

  • Шаабидов Ш.А., Мартиросов К.А. и др. Управление технологической наследственностью при изготовлении нежестких валов. Монография. -Ташкент. 2010 г. – 200 b.
  • Шообидов Ш.А., Иргашев А., Мирзаев Қ.Қ. Повышение эксплуатационных свойств поверхностных слоев деталей машин. EXTREMUM PRESS. 2012 г.
  • Мартиросов К.А. и др. Совершенствование приводов машин специфических условий эксплуатации. ООО “Издательский Дом-Юг”. г.Краснодор. 2012 г.
  • Мартиросов К.А. и др. Статическая нагруженность составных зубчатых муфт и колес с упругим элементом. ООО “Издательский Дом-Юг”. 2013 г.
  • Мартиросов К.А. и др. Основы научных исследований в технике. ООО “Издательский Дом-Юг”. 2014 г.
  • Иргашев А., Мирзаев Қ.Қ., Иргашев Б.А. Повышение износостойкости зубчатых передач. Ташкент, ТашГТУ. 2015 г.

Darsliklar:

Шообидов Ш. А., Мусаев С. У. Юритмалар. Тасмали ва занжирли узатмаларни лойиҳалаш. –Тошкент: 2000. -82 б.
Шообидов Ш.А. Машина деталлари. Ўқув қўлланма. –Тошкент: 2004. -120 б.
Шообидов Ш. А., Мусаев С. У. Тишли ва червякли узатмаларни лойиҳалаш. –Тошкент: 2005. -80 б.
Shoobidov Sh. A., Musayev S.O‘. Ko‘tarish, transport mashinalari. –T.: «SHARQ», 2007. -192 b.
Shoobidov Sh.A. Mashina dеtallari: Tеxnika oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. – Toshkеnt: “O‘zbekiston ensik­lopediyasi”, 2014. – 444
Kurganbekov M.M., Moydinov A. Mashina dеtallari: O‘quv qo‘llanma. I va II qismlar. Toshkеnt: “O‘zbekiston ensik­lopediyasi”, 2014. – 384 b.
Nabiev A., Xasanov S. Materiallar qarshiligi. Oliy o‘quv yurtlari uchun o‘quv qo‘llanma. -T.: Fan va texnologiya. 2005. -420 b.8.Xasanov S.M. Materiallar qarshiligidan masalalar yechish.-T.:”O‘zbekiston milliy ensiklopidiyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2014.-332.

Kafedradagi laborato­riya xonalari

Kafedrada mavjud 4 ta laboratoriya xonasida kafedra fanlaridan laboratoriya ishlari olib boriladi. Laboratoriya xonalari Germaniyadan keltirilgan laboratotiya uskunalari bilan jihozlangan.

320-xona

322-xona

 

 

 

 

 

KAFEDRALAR

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.