MEXANIKA FAKULTETI
Dekan | Mirzayev Qahramon Qarshiboyevich Texnika fanlari nomzodi, dotsent Tel.: +99871 246-08-75 E-mail: qaxramon.mirzaev@tdtu.uz Qabul vaqti: Har kuni soat 14-00 dan 16-00 gacha |
![]() |
Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o’rinbosari | Manazarov Bekzod Djumanazarovich Telefon +99871 246-49-50 E-mail: bekzod.manazarov@tdtu.uz Qabul vaqti: Har kuni soat 14-00 dan 17-00 gacha |
![]() |
Dekan o’rinbosari | Mamasobirov Umid Mamazokir o‘g‘li Tel.: +99871 246-08-75 E-mail: umid.mamasobirov@tdtu.uz Qabul vaqti: Har kuni soat 14-00 dan 17-00 gacha |
![]() |
Dekan o’rinbosari | Igamberdiyev Abdulaziz Abduraimovich Tel.: +99871 246-08-75 E-mail: abdulaziz.igamberdiev@tdtu.uz Qabul vaqti: Har kuni soat 14-00 dan 17-00 gacha |
![]() |
KAFEDRA TARIXI
Mexanika fakulteti 2017 – yilda tashkil etilgan. Fakultet tashkil etilgan paytda tasarrufida 8 ta kafedra mavjud bo’lib, ular: Materialshunoslik, Metallarga bosim bilan ishlov berish, Quymakorlik texnologiyalari, Sovutish va kriogen texnikasi, Texnologik mashinalar va jihozlar, Nazariy mexanika va mashina va mexanizmlar nazariyasi, Materiallar qarshiligi va mashina detallari, Umumiy fizika kafedralari. Hozirda fakultetda asosiy shtatda 100 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar, shundan 14 nafar fan doktorlari, professorlar, 26 nafar fan nomzodlari, dotsentlar. Ilmiy salohiyat 40 %.
Ayni paytda fakultet tarkibida, 7 ta bakalavriatura ta’lim yo‘nalishi: Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi, Metallarga bosim bilan ishlov berish mashinalari, Prokat ishlab chiqarish texnologiyasi, Quymakorlik texnologiyalari, Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo‘yicha), Payvandlash texnologiyasi va jihozlari, Sovutish, kriogen texnikasi va mo‘ta’dillash tizimlari mashinalari hamda agregatlari bo‘yicha bakalavrlar va 7 ta magistratura mutaxassisligi: Metallurgiya mashinalari va jihozlari, Qora va rangli metallarni prokatli ishlab chiqarish, Quymakorlik ishlab chiqarish texnologiyasi, Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi, Metallarga bosim bilan ishlov berish, Sovutish, kriogen texnikasi va mo‘ta’dillash tizimlari mashinalari hamda agregatlari, Metallurgiya mashina va jihozlaridan foydalanish va ta’mirlash bo‘yicha magistrlar tayyorlab kelinmoqda.
Mexanika fakultetida ilmiy-tadqiqot ishlar davlat grantlari va korxonalar bilan tuzilgan xo‘jalik shartnomalar asosida olib boriladi. Fakultetda barcha doktorant, magistratura mutaxassisliklari hamda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan iqtidorli talabalar davlat grantlari va xo’jalik shartnomalari asosida bajariladigan ilmiy ishlarga jalb etilgan.
Fakultetda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar doirasida taniqli olimlar, fan arboblari, professorlar, kafedra mudirlari va dekanat xodimlari bilan davra suhbatlari o‘tkazilib boriladi.
Fakultetga qarashli 56-Talabalar turar joyida talabalarning yashashi va dam olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan. Talabalar turar joyida muntazam ravishda ma’naviyat xonasi faoliyat ko‘rsatadi. Ma’naviyat xonasida turli davra suhbatlari, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy dam olish tadbirlari, uchrashuvlar o‘tkazilib boriladi. Bundan tashqari talabalar turar joyida yashayotgan talabalar bilan IIB xodimlari va universitet rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazilib boriladi.
BAKALAVR TA’LIM YO'NALISHLARI (KUNDUZGI)
5320100-Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi |
5313600- Metallarga bosim bilan ishlov berish mashinalari |
5322100-Prokat ishlab chiqarish texnologiyasi |
5312800-Quymakorlik texnologiyalari |
5320300-Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo’yicha) |
5314800-Payvandlash texnologiyasi va jihozlari |
5314900-Sovutish, kriogen texnikasi va mo‘ta’dillash tizimlari mashinalari hamda agregatlari |
MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI
5A310302- Metallaurgiya mashinalari va jihozlari (ishlab chiqarish turi bo’yicha) |
5A310305- Qora va rangli metallarni prokatli ishlab chiqarish |
5A312801- Quymakorlik ishlab chiqarishi texnologiyasi (turlari bo’yicha) |
5A320101- Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar bo’yicha) |
5А320208- Metallarga bosim bilan ishlov berish |
5А320303- Sovutish, kriogen texnikasi va mo’tadillash tizimlari mashinalari hamda agregatlari |
5А320317- Metallurgiya mashina va jihozlaridan foydalanish va ta’mirlash |
SIRTQI BO`LIM
5313600- Metallarga bosim bilan ishlov berish mashinalari |