“METROLOGIYA, TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISH, STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKATLASHTIRISH” KAFEDRASI

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Kafedra mudiri:

Matyakubova Paraxat Mayliyevna
 t.f.d., professor

Telefon: +998 71  246-62-11

E-mail: p.matyakubova@tdtu.uz

Kafedra tarixi:

Mustaqillikka erishgunimizga qadar Oʻzbekiston Respublikasida, xususan Oʻrta Osiyoda “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” mutaxassisliklari boʻyicha muhandis-texnik kadrlar tayyorlanmas edi. Bu sohalar boʻyicha muhandis-texnik kadrlar sobiq ittifoqning markaziy shaharlari boʻlmish Moskva, Leningrad, Kiyev, Novosibirsklarda joylashgan oliy oʻquv yurtlarida tayyorlanar edi. Oʻzbekistonda faqat Butunittifoq malaka oshirish institutining Sharq filiali mavjud boʻlib, institutda muhandis-texnik xodimlarning malakasi oshirilar edi. Bu esa Respublikamizda metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish mutaxassisliklari boʻyicha yuqori malakali milliy kadrlar  tayyorlashda qoʻshimcha qiyinchiliklar tugʻdirar edi.

Mamlakatimizda mustaqillikka erishilgach, metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohalarini rivojlantirishga ham katta e’tibor qaratildi. Oʻtgan davrda Oʻzbekiston Respublikasida standartlashtirish, metrologiya va oʻlchashlar yagonaligini taminlash va mahsulotlarni sertifikatlashtirish boʻyicha milliy tizimlar yaratildi. Bu tizimlarni  yaratishda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida standartlashtirish ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi qarori, Oliy majlis tomonidan qabul qilingan “Standartlashtirish toʻgʻrisida”, “Metrologiya toʻgʻrisida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunlar muhim rol oʻynadi. Ushbu jarayonda mazkur sohalarda muhandis kadrlar tayyorlash masalasiga ham katta e’tibor qaratildi.

“Metrologiya, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” kafedrasi 1992-yil Toshkent davlat texnikasi universiteti rektorining 361-son buyrugʻi bilan Energetika fakultetida “Metrologiya va oʻlchash texnikasi” nomi bilan tashkil qilindi, 2005-yilning sentabr oyidan kafedra nomi “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” deb o‘zgartirildi va 2021-yil yanvar oyidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Toshkent davlat texnika universiteti buyruqlariga asosan “Metrologiya, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” nomi bilan atala boshlandi. Kafedra respublikada xizmat koʻrsatgan ixtirochi, texnika fanlari doktori, professor Ismatullayev Patxulla Raxmatovich tashabbusi bilan ochilgan boʻlib, uni tashkil qilishda va rivojlanishda texnika fanlari nomzodi, dotsent A’zamov Abduraxim A’zamovich, texnika fanlari doktori, professor Azimov Raxmat Karimovichlar jonbozlik koʻrsatdilar. Hozirgi kunda kafedra “Elektronika va avtomatika” fakulteti tarkibida boʻlib, u yerda oʻquv, oʻquv-uslubiy ishlar bilan bir qatorda ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha ham ishlar olib borilmoqda.

1993-yilning 28-dekabrida Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov tomonidan imzolangan “Metrologiya toʻgʻrisida”gi, “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi, “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi qonunlarning kuchga kirishi kafedraning malakali mutaxassislarni tayyorlashdagi masuliyatining yana ham oshishiga, professor-oʻqituvchi va xodimlarning esa ushbu masuliyatni toʻla his qilgan holda yangicha ish uslubiga oʻtishlariga sabab boʻldi. Kafedraning ochilishidan 1992-2006 yillarda dots. A.A.A’zamov, 2006-2009 yillarda prof. P.R. Ismatullayev, 2009-2010 yillarda dots. A.A.A’zamov, 2010-2011 yillarda dots.A.Turgʻunboyev, 2011-2013 yillarda f-m.f.d., prof.B.E.Egamberdiyev,  2013-yilda f.m.f.n., dots. S.S.Nasriddinovlar rahbarlik qildilar. 18.02.2013 yildan hozirgi kungacha t.f.d., prof. P.M.Matyakubova kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

2011-yilgacha kafedrada 5521600 – “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish (tarmoqlar boʻyicha)” va 5524300 – “Mahsulot sifati menejmenti (mahsulot turlari boʻyicha)” ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha bakalavrlar va 5A521602 – “Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish” mutaxassisligi boʻyicha magistrlar tayyorlangan. 1992-yildan 2021-yilgacha boʻlgan davr ichida 1600 dan ortiq mutaxassislar tayyorlanib, ular “Oʻzstandart” agentligi tizimida, uning hududiy boshqarmalarida, “Standartlar” institutida (oldin SMSITI) da, hamda 15 ta korxona bilan kooperativ hamkorlik sharnomasi tuzilib va  shartnoma asosida bitiruvchilarimiz shu  korxonalarda, oliy oʻquv yurtlarida, kasb-hunar kollejlarida va litseylarda ishlab kelmoqdalar.

Kafedrada “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” joriy qilingunga qadar metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish boʻyicha muhandislar, 1997-yildan boshlab bakalavrlar, 2000-yildan esa magistrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyildi. Kafedrada dastlab 1906 – shifri bilan muhandislar tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan. 1996-1999 yillarda jami 44 nafar muhandislar tayyorlangan. 1997-yildan 2011-yilgacha ikki bosqichda “Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish” sohalariga 5521600 – “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” shifri bilan bakalavrlar hamda 5A521602 – “Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish” shifri bilan magistrlar tayyorlanib kelingan. 2006-yildan boshlab esa 5524300 – “Mahsulot sifati menejmenti” yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar tayyorlana boshlandi.

2011-2012 oʻquv yilidan boshlab takomillashtirilgan davlat ta’lim standartlari asosida 5310900 – “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar hamda 5A310902 – Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish” boʻyicha magistrlarni tayyorlash yoʻlga qoʻyildi.

1996-1999 yillarda 44 nafar muhandislar, 1999-yildan hozirgi vaqtgacha 1200 dan ortiq bakalavr va 250 tadan ortiq magistrlar tayyorlandi. “Metrologiya, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” kafedrasi tashkil etilgan kundan boshlab oʻz yoʻnalishlari boʻyicha tayanch (bazaviy) kafedra qilib Vazirlik tomonidan belgilab qoʻyildi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yil 5-yanvardagi №14 sonli buyrug‘iga asosan “Metrologiya, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” kafedrasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev huzurida texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya milliy tizimini rivojlantirish masalalari bo‘yicha 2020-yil 28-sentabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, hamda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish kafedrasi” negizida Namunaviy kafedra sifatida “Metrologiya, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish kafedrasi” tashkil etildi.

Kafedra olimlari tomonidan bakalavrlar va magistrlar tayyorlash davlat ta’lim standarti ishlab chiqilgan. Joriy oʻquv yilda kafedra tomonidan ishlab chiqilgan takomillashtirilgan davlat ta’lim standartlari (Malakaviy talab): 5310900 – “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” bakalavriat yoʻnalishi hamda 5A310902 – Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish” magistratura mutaxassisligi uchun ishlab chiqildi va oʻquv jarayoniga joriy qilindi.

Kadrlar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzstandart” agentligi hamda “Standartlar instituti” qoshida kafedra filiallari tashkil qilingan bo‘lib, bu filiallarda kafedraga tegishli fanlar zamonaviy jihozlar yordamida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda amaliyot va laboratoriya mashg‘ulotlari olib borilmoqda. Shu bilan birga bakalavrlar va magistrlar tayyorlashda “Oʻzstandart” agentligining boʻlim va laboratoriyalari, hududiy boshqarma va markazlarida, hamda “Oʻzstandart” agentligi qoshidagi Standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy-tadqiqot boʻlimlari bilan uzviy aloqalar oʻrnatilgan.

Shuningdek kafedra professor-oʻqituvchilari nufuzli xalqaro tanlovlar va anjumanlarda qatnashib yuqori natijalarga erishib kelishmoqda. Bularga misol sifatida Koreya Respublikasida uzluksiz o‘tkaziladigan KIWIE tanlovida 2018-yil kumush, 2019-yil oltin, 2020-yilda 1 ta kumush va 1 ta oltin medallarni, Kanadada o‘tkazilgan Toronto International Society of Innovation and Advanced Skills (TISIAS) ICAN 2019 tanlovida gran-pri sohibi, Tayvanda o’tkazilgan Kaohsing International Conference Center (ICCK) 2020-yil tanlovida oltin medallar sohibi bo‘lganlaridan ko‘rish mumkin.

Kafedrada Germaniya, Kanada, Belgiya, Koreya, Rossiya, Belarussiya davlatlarining nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik mavjud bo‘lib, bulardan Belarussiya milliy texnika universiteti bilan 2+2 hamkorlikda bakalavrlar tayyorlash, Rossiya federatsiyasining “Milliy yadro ilmiy-tadqiqot universiteti MIFI” bilan 1+1 hamkorlik asosida magistrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.

Kafedra professor-oʻqituvchilari Erasmus + Loyihasi asosida ishlar boshlangan va loyihaning “609715-EPP-1-2019-1-UZ-EPPKA2-CBHE-JP SPACECO: New study program in space systems and communications engineering” qismi bo’yicha ish olib borilmoqda

Hozirgi kunda kafedrada 5 ta professor, 9 ta dotsent, 12 ta katta o‘qituvchi,    4 ta assistent faoliyat yuritib kelmoqda. Kadedrada 2018-2020 yillar oralig‘da 1 ta fan doktori (DSc), 5 ta falsafa doktori (PhD) o‘z ilmiy-tadqiqot ishlarini himoya qilishdi.

Kafedrada Jahon bankining ilm-fanni tijoratlashtirishga ajratiladigan pul miqdorlari hisobidan 29 turdagi o‘quv va ilmiy tadqiqotlarga mo‘ljallangan laboratoriya jihozlari kafedraga olib kelindi. Bu laboratoriya jihozlaridan tegishli fan o‘qituvchilari laboratoriya mashg‘ulotlarini olib borishda hamda kafedrada ilmiy tadqiqiot olib borayotgan tadqiqotchilar o‘z ilmiy tadqiqotlarining natijalarini olish uchun foydalanmoqda.

Kafedra professor-oʻqituvchilari oʻquv jarayonini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida ilmiy uslubiy ishlar olib borib darslik, oʻquv qoʻllanmalar, uslubiy koʻrsatmalar tayyorlashga katta etibor qaratib kelmoqda. Jumladan, “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish”, “Sifat menejmenti tizimi va uni sertifikatlashtirish” va “Standartlashtirish asoslari” darsliklari, “Texnik jihatdan tartibga solish qonuni va uning sifatni boshqarishdagi oʻrni”, “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish”, “Основи системи менеджмента качества”, “Metrologiya asoslari”, “Elektroradiooʻlchashlar”, “Электрорадио измерения”, “Основи физических измерений”, “Mahsulot sifati va sifatni boshqarish”, “O‘lchash asboblarini konstruksiyalash”, “Hujjatlarning ekspertizasi” va “Поверка и калибровка средств измерений” oʻquv qoʻllanmalari va 30 ga yaqin oʻquv-uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlanib nashr etilgan.

Kafedra ta’lim yo‘nalishi:

Bakalavriat: 5310900 – Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (sanoat).

Magistratura: 5A310902 – Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish (sanoat).

Kafedra professor-o‘qituvchilari:

Matyakubova P.M. – t.f.d. professor

Ismatullayev P.R. –   t.f.d. professor

Azimov R.K. – t.f.d. professor

Egamberdiyev B.E. – f.m.f.d. professor

Raxmonov A.T. – t.f.d. professor

Qodirova SH.A. – t.f.n. dotsent

Turg‘unboyev A. – t.f.n. dotsent

Eshmurodov D.E. – t.f.n. dotsent

Masharipov Sh.M. – PhD. dotsent

Usmonova H.A. – PhD. dotsent

Ergashev F.A. – PhD. dotsent

Boboyev G‘.G‘ – PhD. dotsent

Jabborov H.Sh. – PhD. dotsent

Magrupova M.T. – dotsent

Miraliyeva A.K. – Katta o‘qituvchi

Rashidov A.A. – Katta o‘qituvchi

Nazarbayeva B.A. – Katta o‘qituvchi

Sultonova Y.A. – Katta o‘qituvchi

Kenjayeva Z.S. – Katta o‘qituvchi

Sheina N.Y. – Katta o‘qituvchi

Bekmurodov Ch.A. – Katta o‘qituvchi

Fattoyev F.F. – Katta o‘qituvchi

Raxmatullayev S.A. – Katta o‘qituvchi

Kuluyev R.R. – Katta o‘qituvchi

Avezova N.I. – Katta o‘qituvchi

Maxmudjonov M.M. – Assistent

Umarova N.S. – Assistent

Ernazarova Z.X. – Assistent

Mirpayziyeva G.M. – Assistent

Kafedraning o‘rindosh o‘qituvchilari

Xakimov O.Sh. – t.f.d. professor

Abduvaliyev A.A. – t.f.d. professor

Qodirov Sh.I. – t.f.n.dotsent

To‘rayev Sh.A. – t.f.n.dotsent

Abdullayev A.X. – t.f.n.dotsent

Monografiyalar:

  • Рахманов А.Т. Зондовие параметрические преобразователи информатсии: Монография, Изд. «Узбекистан».-2010.-160 с.
  • ЭгамбЭердиев Б.ЭЭ., Рашидов А.А.. НаноструктурниЭе полупроводниковиЭе тЭерморЭезисторниЭе датчики. Монография. -ТашкЭент. 2013 г. – 160 с.
  • Исматуллаев П.Р.,Усманова Х.А., Тургъунбаев А. Влагометрия хлопка и хлопкових материалов (монография).«Фан ва технология», Ташкент-2017, 288 с.
  • Матякубова П.М., Тураев Ш.А. Метрологическое обеспечение информатсионно-измерителних средств. Монография. Издателство “Фан ва технология” 2019.
  • Матякубова П.М., Арнолд.Ш., Островерхов Д., Тураев Ш.А., Авезова Х.И. Система менеджмента качества в учреждениях висшего образования. Монография. Издателство “Фан ва технология” 2019.
  • Матякубова П.М., Сатторов Д.Н., Исматуллаев П.Р., Тоʼраев Ш.А., Авезова Х.И. Развитие системи менеджмента качества в условиях сифровизатсии экономики. Монография. “Инноватсион ривожлантириш наширёт-матбаа уйи”. 2020й 92 стр. ИСБН 978-9943-6492-1-7.
  • Матякубова П.М., Кулиев Р.Р. Стандартизатсия норм точности. Монография. “Фан ва технологиялар наширёт-матбаа уйи”, 2020й.
  • Матякубова П.М., Каландаров П.И., Газиева Р.Т. Сушка и контрол влажности зерна и зернистих материалов. Монография. Монография рассмотрена и рекомендована к печати Научном Совете Ташкентского института инженеров ирригатсии и механизатсии селского хозяйства от 24 сентября 2020 года. Протокол №2. Протокол № 4 от 24 ноября 2020 года.
  • Матякубова П.М., Арнолд Ш., Островерхов Д., Абдужабборов Н.А., Авазов Г.И. Техническое регулирование, обеспечение качества и безопасности продуктсии. Монография. Т: “Фан ва технологиялар нашриёт-матбаа уйи” 2020. ИСБН 978-9943-6284-7-2.

Darsliklar:

  • Ismatullayev P.R. va boshqalar «Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish». Darslik, Toshkent, Uzbekiston. 2001 y.
  • Ismatullayev P.R. va Qodirova Sh.A.  Metrologiya asoslari. Toshkent 2013y.
  • Ismatullayev P.R., Matyakubova P.M., Axmedov B.M., Xamraqulov G‘.X., To‘rayev Sh.A. Sifat menejmenti tizimi va uni sertifikatlashtirish. Darslik. “Sano-Standart”, Toshkent. 2014. – 330 b. Ushbu darslik “2015-yilning eng yaxshi darsligi” ko‘rik tanlovida 2 o‘rin olgan.
  • Ismatullayev P.R., Matyakubova P.M., Turayev Sh.A. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish. Darslik. “Lesson-Press”, Toshkent. 2015. -423 b.
  • Ismatullayev P.R., Matyakubova P.M., Turayev Sh.A.  Standartlashtirish va teхnik jihatdan tartibga solish Tashkent 2017. -179 b.
  • Matyakubova P.M., Ismatullayev P.R., Gaziyev G.А., Turayev Sh.А. Stаndаrtlаshtirish аsoslаri. Darslik. “DM NASHR SERVIS” MChJ bosmaxonasi. 2019 y.
  • Ismatullayev P.R., Qodirova Sh.А., Jabborov X.Sh. “Metrologiya asoslari” darslik. “Asian work houser” 2020 y.

O‘quv va uslubiy qo‘llanmalar:

  • Qodirova Sh.A. «Elektroradio o‘lchashlar» Ma’ruzalar matni TDTU., 1999 y.
  • Перегудов Л.В., Саидов М.Х., Файзиев Р.Р., Исматуллаев Ф.Р., Абидов О.С. Управление качеством и конкурентоспособностю продуксии. Ташкент, 2001.
  • Ахмедов Б.М. Разработка документасии систем менеджмента качества по ИСО 9001:2000. Ўқув курси. -Т.: «Ўзстандарт» агентлиги Республика синов ва сертификатлаштириш маркази, 2004. – 74б.
  • Qodirova Sh.A., Azamov A.A. va boshqalar “Metrologiya, standartlashtirish va  sertifikatlashtirish faniga oid laboratoriya ishlari va amaliy mashg‘ulotlari bo‘yicha uslubiy qo‘llanma” Toshkent TDTU, 2007 y.
  • Ismatullayev P.R., Djumaboyev A.B. “Standartlashtirish” o‘quv qo‘llanma. ToshDTU, 2007. – 151 b.
  • Axmedov B.M., Ismatullayev P.R., Turayev Sh.A. Sertifikatlashtirish va sifatni boshqarish asoslari: 5521600 – “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” va 5524300 – “Mahsulot sifati menejmenti (mahsulot turlari bo‘yicha)” yo‘nalishlari bakalavriat talabalari uchun o‘quv qo‘llanma. O‘zR OO‘MTV; TDTU. – Toshkent, 2007. -233 B.
  • Ismatullayev P.R., Qodirova Sh.A., G‘oziyev G‘.A. “Elektr­o‘lchash asboblarini ta`mirlash va rostlash”. 1-qismi. “Elektr­o‘lchashlar va o‘lchash asboblari”. Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. Sharq nashriyoti, Toshkent, 2007. 6,2 b.t.
  • Исматуллаев П.Р, Кадирова Ш.А., Газиев Г.А. Электро­радио измерения, Учебное пособие. ТГТУ, 2007. 13,75 п.л.
  • Ismatullayev P.R., Abdullayev A.X. va boshq. Fizikaviy-kimyoviy o‘lchashlar. O‘quv qo‘llanma. Toshkent, 2007. -180 b.
  • Ismatullayev P.R., Azamov A.A. va boshq. Issiqlik texnikasida o‘lchashlar. O‘quv qo‘llanma, Toshkent, 2007. -90 b.
  • Исматуллаев П.Р., Ахмедов Б.М. и др. Основи системи менеджмента качества: Учебное пособие. Ташкент, 2009. – 208 с.
  • Ismatullayev P.R., Kodirova Sh.A. Metrologiya asoslari. O‘quv qo‘llanma. Toshkent, “Tafakkur” nashriyoti 2012. -304 bet.
  • Исматуллаев П.Р., П.М.Матякубова., Эгамбердиев Б.Э., Х.Махмудов, Г.Г.Бобоев. Поверка и калибровка средств измерений: Методическое пособие для практических занятий. Ташкент 2012, ТашГТУ.
  • Исматуллаев П.Р., П.М.Матякубова., Эгамбердиев Б.Э.,  Х.Махмудов, Г.Г.Бобоев. Поверка и калибровка средств измерений: Методическое пособие к виполнению лабораторних работ. Ташкент 2012, ТашГТУ.
  • Ismatullayev P.R., P.M.Matyakubova G‘.G‘.Boboyev. “O‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash” fanidan kurs ishini bajarish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar. Toshkent 2012, ToshDTU.
  • Ismatullayev P.R., Qodirova Sh.A. “Metrologiya asoslari”, o‘quv qo‘llanma, (kirillda) Tafakkur nashryoti, (lotinda) “Extremum-Press” nashryoti, 2012 y.
  • Ismatullayev P.R., Qodirova Sh.A., Umarova N.S. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish fanidan amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun uslubiy ko‘rsatma. TDTU 2013 y.
  • «Mahsulot sifati nazorati va sinov qurilmalari» fanidan kurs ishini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar.-Toshkent, ToshDTU, 2014 . 20 b.
  • Turayev Sh.A., Boboyev G‘.G‘., Bekmurodov Ch.A.  “Mahsulot sifat nazorati va sinov qurilmalari” fanidan amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun uslubiy ko‘rsatmalar. -Toshkent: ToshDTU, 2014. 122 b.
  • Qodirova Sh.A., Umarova N.S., Axmedov M.Ya. Elektr o‘lchash usullari va asboblari fanidan laboratoriya ishlari va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun uslubiy ko‘rsatma. Toshkent. TDTU. 2014. -96 b.
  • Ismatullayev P.R., Turaev Sh.A., Jabborov X.Sh. Sanoat mahsulotlarini sertifikatlashtirish. Kollej talabalari uchun o‘quv qo‘llanma. “Ilm ziyo”, Toshkent. 2015.
  • Ismatullayev P.R., Turayev Sh.A., Jabborov X.Sh. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish. Kollej talabalari uchun o‘quv qo‘llanma. “Ilm ziyo”, Toshkent. 2015.
  • Ismatullayev P.R., P.M.Matyakubova, Turayev Sh.A. Standartlashtirish va texnik jixatdan tartibga solish tizimlarining sifatni boshqarishdagi oʼrni. Oʼquv qoʼllanma. –Toshkent: , 2017.
  • P.M.Matyakubova, Turg’unboev А., Usmonova X.А., Sheina N.E. Poverka i kalibrovka sredstv izmereniy. Oʼquv qoʼllanma. “Fan va texnologiyalar nashiryot-matbaa uyi”, 2020y.
  • Nazarbayeva B.А. “Oʼlchash asboblarini konstruktsiyalash” oʼquv qoʼllanma. Tafakkur. 2020. 390 bet.
  • Магрупова М.Т., Усманова Х.А. Качества продуксии и управления качества. Учебное пособиe. 2020.
  • Egamberdiyev B.E., Rashidov А.А., Raxmatullayev S.А., Fattoyev F.F. “Oʼlchash usullari va vositalari” (fizik-kimyoviy oʼlchashlar) fanidan amaliyot va laboratoriya mashgʼulotlarini oʼtkazish uchun oʼquv qoʼllanma. Oʼzbekiston Milliy universiteti “Universitet” nashiryoti. Toshkent 2020 y.
  • Raxmonov А.T., Miraliyeva А.K. “Metrologiya asoslari (Nazariy metrologiya)” oʼquv uslubiy qoʼllanma. 2020.

Kafedradagi laboratoriya xonalari Ajratilgan xonalar – 11 ta,  maydoni – 350 m2 , bevosita o‘quv laboratoriya xonalari –  4 ta, 210 m2

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.