MOODLE
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

XIZMAT KO'RSATISH TEXNIKASI KAFEDRASI

Kafedra mudiri
Sultanova Shahnoza Abduvahitovna
Dotsent
Telefon: +99871 227-15-18
E-mail: sh.sultanova@yahoo.com

Qabul kunlari: Har kuni soat 9:00-11:00

Kafedra tarixi:

Toshkent davlat texnika universitetining strukturaviy tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritilishi munosabati bilan universitet Kengashining 2017 yil 17 iyuldagi №12–sonli bayonnomasi asosida Mashinasozlik fakulteti tarkibida «Xizmat ko‘rsatish texnikasi» kafedrasi tashkil etildi va t.f.n. Mirzaev Qahramon Qarshiboevich kafedra mudiri etib tayinlangan.

2018-2019 o‘quv yilining 24 avgust kunidan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining rektorining 03/09-402 sonli buyrug‘iga asosan «Xizmat ko‘rsatish texnikasi» kafedrasi mudiri etib dotsent Sultanova Shaxnoza Abduvaxitovna tayinlandi.

Kafedrada 5310600–Transport vositalari muhandisligi (transport vositalariga xizmat ko’rsatish) va 5320300 – Texnologik mashinalar va jihozlar (oziq-ovqat sanoati mashina va jihozlari)  bakalavriatura yo’nalishlari hamda 5А310604 – Avtomobillar va avtomobil xo’jaligi magistratura mutaxassisliklari bo’yicha kadrlar tayyorlanadi.

“O‘zavtosanoat” AJ, “O‘zagroservis” AJ, “O‘zagrolizing” AJ, “GM UZBEKISTAN” AJ, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi kabi korxonalar kafedra bitiruvchilarining asosiy iste’molchilari hisoblanadi.

Kafedraning bir qator  ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik aloqalari mavjud, jumladan Toshkent viloyat “Agroservis MTP” MCHJ; Toshkent viloyat “Agroservis MTP” MCHJ Qibray filiali; “Madaniyat agromashtexsozservis” MMTP MCHJ; “Toshavtota’mirxizmat” UK; “ROHAT-AVTOSERVIS” MCHJ;  “MAX TAXI SERVISE” MCHJ; “O‘ZBEKISTON SHAMPANI” AJ; “QIBRAY AGRO GROUP” MCHJ. Bundan tashqari kafedraning O‘zR FA tarmoq institutlari, akademik litseylar va kollejlar bilan aloqalar va hamkorlik shartnomalari mavjud.

So’nggi 5 yil ichida kafedra professor-o’qituvchilar tomonidan 10 ta monografiya, 7 ta darslik, 10 ta o’quv qo’llanma va 30 dan ortiq metodik qo’llanma, 250 dan ortiq maqola va dokladlar, tezislari respublika va xalqaro jurnallarda chop etilgan va kafedra olimlari tomonidan ixtirolar uchun 5 ta patent, 2 ta tovar (mahsulot) belgisi,foydali modeli uchun 3 ta patent va 4 ta dasturiy mahsulot  olingan.

Kafedraning professor-o’qituvchilari Respublikamizning ishlab chiqarish sanoatiga yetuk malakali, zamonaviy talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlash hamda Respublikamizning ustivor yo’nalishlariga mos ravishda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish bilan shug’ullanmoqdalar.

Kafedra bakalavriat
ta’lim yo’nalishi va magistratura mutaxassisligi:

  • 5310600–Transport vositalari muhandisligi (transport vositalariga xizmat ko’rsatish);
  • 5320300 – Texnologik mashinalar va jihozlar (oziq-ovqat sanoati);
  • 5А320311 – Oziq-ovqat sanoati mashinalari va agregatlari;
  • 5А310604 – Avtomobillar va avtomobil xo’jaligi.
  • Don davlat texnika universiteti (Rossiya) bilan bakalavriat uchun qo’shma ta’lim dasturlari:
  • 15.03.02 – Oziq-ovqat sanoati mashina va apparatlari (Rossiya) ta’lim yo’nalishiga xos – 5320300 – Texnologik mashinalar va jihozlar (oziq-ovqat sanoati);
  • 23.03.02 – Yer usti transporti tizimlari texnologiyasi kompleksi (Rossiya) ta’lim yo’nalishiga xos – 5310600 – Transport vositalari muhandisligi (transport vositalariga xizmat ko’rsatish).

Kafedrada faoliyat olib borayotgan professor-
o’qituvchilar:

  1. Sultanova Shaxnoza Abduvaxitovna – PhD, dotsent;
  2. Irgashev Amirqul – texnika fanlari doktori, professor;
  3. Yunusxo’jayev Saidakbarxo’ja Tursinxo’jayevich – texnika fanlari nomzodi, professor;
  4. Jo’rayeva Gulchexra Shodiyevna – dotsent;
  5. Ishmuratov Xikmat Kaxarovich – PhD, dotsent;
  6. Mirzayev Najmiddin Normatovich – PhD, dotsent;
  7. Ishmurodov Shuhrat Ulug’berdiyevich – PhD, katta o’qituvchi;
  8. Jumayev Botir Meliboyevich – PhD, katta o’qituvchi;
  9. Mamasoliyeva Muqaddas Ibodullayevna – katta o‘qituvchi;
  10. Samandarov Doston Ishmuxammat o‘g‘li – katta o’qituvchi;
  11. Xudoyberdiyev Muhammad Solih Avloqul o‘g‘li – assistent;
  12. Hamroyev Ramzjon Komiljon o’g’li – assistent;
  13. Raxmanova Tojiniso Tursunboy qizi – assistent;
  14. Usenov Azamat Bakir o’g’li – assistent;
  15. Abdumajidov Rustam Baxtiyor o’g’li – assistent.

Kafedrada olib bori­layotgan ilmiy ishlar:

Kafedra professor-o‘qituvchilari 2 yo‘nalishda ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqdalar:

  1. Mobil transport vositalari detallarining yeyilish bardoshligini oshirish usullarini ishlab chiqish;
  2. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi.

3 ta davlat granti bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda:

  1. 1. A-4-38. “Dorivor o‘tlarni sifatli quritishda suyuq issiqlik tashuvchi yordamida IQ nur hosil qilish”.

Gelio quritish qurilmasining samaradorligini oshirish bo’yicha tajriba sinov ishlari olib borildi. Qurilmada turli xil energiya saqlovchi moddalar ustida tajriba ishlari o’tkazildi. Ishlab chiqarishga joriy etildi. Tajriba sinov ishlari natijasida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi. Dasturiy mahsulot uchun patentga talabnoma topshirildi.

Loyiha doirasida monografiya tayyorlandi va chop etildi. Respublika va xalqaro jurnallar va anjumanlarda maqolalar chop etildi.

Ilmiy rahbar: t.f.d. Safarov J.E.

 

  1. СИ-19. «Dorivor o’simliklarni biofaol moddalarini saqlangan holda quritadigan import o’rnini bosuvchi innovatsion qurilmani yaratish va farmatsevtika sanoatiga joriy etish»

Turli xil quritish qurilmalarining konstruksiyasi va ishlash prinsiplari o’rganildi, qurilmaning hisoblari bajarildi, quritish qurilmasining detallari tayyorlandi. Dastlabki eksperimental tadqiqotlar o‘tkazildi. Respublika va xalqaro jurnallarda maqolalar chop etildi va xalqaro anjumanlarda qatnashildi.

Ilmiy rahbar: dots. Sultanova Sh.A.

  1. F-А-2018-029–sonli «Ipak qurti g‘umbagini jonsizlantirish va quritish uchun taxnika v atexnologiya ishlab chiqish».

Mavjud bo‘lgan an’anaviy texnologiya va asosiy nisbatan murakkab jarayonlar tahlili olib borildi. Taklif etilgan energiya tejamkor, akustik, va past haroratda ishlaydigan qurilmaning analitik imkoniyatlarini tadqiq etildt. Ipak quriti pillasini jonsizlantirish va quritish jarayonini energiya tejash va sifatni saqlab qolish maqsadida boshqarish usullari o‘rganildi. Qurilmaning hajmi, qobig‘i va issiqlik beruvchi nurlatgichlarning joylanishini aniqlandi.

Ilmiy rahbar: t.f.d. Safarov J.E.

 

5. ОТ–Atex-2018-363 – sonli «Energiya resurs tejamkor, ekologik toza, infraqizil nurlar bilan poliz mahsulotlarini quritish texnologiyasini va texnik vositalarini ishlab chiqish».

Resurs tejovchi va energiya samaradorligini oshiruvchi quritish texnologiyalari o‘rganildi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini quritish qurilmalari taxlili olib borildi. Quyosh energiyasidan  foydalanuvchi qurilmalardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini quritishda foydalanish holati o‘rganildi. Energiyani parabola o‘qiga to‘plash va issiqlik uzatuvchi agentini qizdirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borildi. Issiqlik tashuvchi agentni optimal konstrukstiyalashda ilmiy asoslangan gidrodinamik qonuniyatlar ishlatiladi va samara olish uchun fokus o‘zgarishi hisobga olinib natijalar olindi. Kerakli haroratni olish uchun  issiqlik tashuvchining oqimini sun’iy nazorat qilish tizimi ishlab chiqilib zarur parametrlar tanlab olindi.

Ilmiy rahbar: t.f.d., prof. Norqulova K.T.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar:

Кafedra professor-o’qituvchilari tomonidan o’qitilayotgan fanlar bo’yicha darslik, o’quv qo’llanmalari, ma’ruza matnlari, tajriba va amaliy ishlaridan o’quv-uslubiy ko’rsatmalar, hisob-grafik ishlarini bajarish uchun ko’rsatmalar, kurs loyihasi, kurs ishi va malakaviy bitiruv ishlarini bajarish uchun qo’llanmalar, JN, ON va YaN bosqichlarini o’tkazishga savolnoma va test topshiriqlari  tayyorlanib chop etilgan.

O’qitish jarayoniga yangi informasion va pedagogik texnologiyalar joriy etilmoqda. «Fikrlar hujumi», «Tarmoqlar» usuli (klaster), «O‘zaro savol-javob», «Jamoa asosida ishlash», «O‘z fikrini erkin ifodalash va isbotlash» kabi zamonaviy pedagogik omillari professor-o’qituvchilar tomonidan o’quv jarayoniga joriy etilmoqda.

Кafedraning moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilash, ilmiy yutuqlarni amaliy, tajriba mashg’ulotlarida va ma’ruzalarda qo’llash dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Iqtidorli talabalar ilmiy ishlarga jalb etilmoqda, ular talabalarning ilmiy anjumanlarida ma’ruzalar bilan ishtirok etmoqdalar, olingan ilmiy natijalar Respublika ilmiy jurnallarida chop etilmoqda.

So‘nggi yillar davomida kafedraning professor-o’qituvchilari tomonidan bir necha monografiya, darslik va o’quv qo’llanmalari, amaliy va tajriba mashg’ulotlari uchun uslubiy ko’rsatmalar va ilmiy maqolalar chop etildi. “Ziyonet” saytiga ko’plab manbalar, darslik, o’quv qo’llanmalarning elektron shaklda kiritildi.

Takomillashgan Davlat ta’lim standartlari talablariga asosan kafedrada o’qitiladigan asosiy fanlaridan namunaviy o’quv dasturlari tayyorlandi va test nazorati uchun variantlar  tuzildi.

  1. S.T.Yunusxo’jayev va M.A.Xudoyberdiyevlar tomonidan “Avtotransport vositalari tuzulishi” fanidan amaliyot ishlari uchun uslubiy ko’rsatma chop etildi.
  2. S.T.Yunusxo’jayev va D.I.Samandarovlar tomonidan “Traktorlar va mashinalar diagnostikasi” fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun uslubiy ko’rsatma tayyorlangan.
  3. G.Sh.Jo’rayeva va T.T.Raxmanovalar tomonidan ‘Mashinalardan foydalanish asoslari” fanidan amaliy mashg’ulot ishlarini bajarish uchun uslubiy ko’rsatma tayyorlangan.

4. M.I.Mamasoliyeva va R.K.Hamroeyevlar tomonidan “Avtotransport vositalari tuzulishi” fanidan amaliyot ishlari uchun uslubiy ko’rsatma

Monografiyalar:

Kafedrada faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilarning ilmiy ishlari asosisa so‘nggi yillarda 10 dan ziyod monogragiyalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etilgan, ular ichida xorijiy davlatlarda chop etilganlari ham mavjud.

  1. Иргашев А., Мирзаев К.К., Иргашев Б.А. Повышение износостойкости зубчатых передач. Монография. –Т.: ТашГТУ, 2015. 175 с.
  2. Норкулова К.Т., Сафаров Ж.Э. Сушка сырья: клубней топинамбура и плоды шиповника. Монография. Ташкент: ТашГТУ, 2015. -123 с.
  3. Norkulova K.T., Safarov J.E. Drying technology tubers of jerusalem artichoke and rose hips. Monograph: Lambert Academic Publishing. –Germany, 2016. -191 p.
  4. Сафаров Ж.Э., Султанова Ш.А., Дадаев Ғ.Т., Жумаев Б.М. Исследование инновационного способа сушки лекарственных растений. Монография. Muhr-press: Ташкент, 2017. -107 с.
  5. Safarov J.E., Sultanova Sh.A., Dadayev G.T., Drying medicinal herbs with solar energy. Monograph: Lambert Academic Publishing. –Germany, 2018. -165 p.
  6. Ишмуратов Х.К. Управление качеством продукции и услуг. Монография. –Т.: ТашГТУ, 2019. 172 с.
  7. Сафаров Ж.Э., Султанова Ш.А. Инновационный метод сушки лечебных растений. Монография. –Т.: ТашГТУ, 2019. 136 с.
  8. Сафаров Ж.Э., Султанова Ш.А., Аит Каддоур А., Самандаров Д.И. Исследование первичной переработки коконов тутового шелкопряда. Монография. –Т.: ТашГТУ, 2020. 178 с.

9. Сафаров Ж.Э., Султанова Ш.А., Хўжақулов У.К. Яконни етиштириш ва сифатли қайта ишлаш техника ва технологияси. Монография. –Т.: ТошДТУ, 2020. 119 с.

Darsliklar:

Kafedra professor-o‘qituvchilar  tomonidan so‘nggi yillarda bir qancha darslik va o‘quv qo‘llanmalar  chop etilgan.  Kafedra professori Q.X.Maxkamov “Traktor konstruksiyalari”, “Mashinalar puxtaligi asoslari”, prof. Sh.A.Shoobidov va prof. A.Irgashevlar “Traktorlar va qishloq xo’jalik texnikasi detallarini qayta tiklash metodlari”, Safarov J.E. va Sultanova Sh.A. “Asosiy texnologik jarayon va qurilmalar”, Safarov J.E. va boshqalar “Issiqlik almashinish qurilmalarini hisoblash va loyohalash”, Yunusxo‘jayev S.T. “Xizmat ko‘rsatish texnikasi va jihozlari” darslik va o‘quv qo‘llanma, Jo’rayeva G.Sh. va Mamasoliyeva M.I. “Avtotransport vositalari tuzulishi” darslik, Jo’rayeva G.Sh. “Qishloq xo’jalik texnikalari tuzilishi”  o’quv qo’llanma tayyorlangan.

Kafedradagi laboratoriya xonalari:

“Xizmat ko‘rsatish texnikasi” kafedrasida 5610600 “XIzmat ko‘rsatish texnikasi va texnologiyasi” va 5320300 “Texnologik mashinalar va jihozlar” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun jihozlangan laboratoriya xonalari mavjud.

KAFEDRALAR

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.