MOODLE
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYASI KAFEDRASI

  Muhiddinov Zayniddin Nosirovich
            Kafedra mudiri
texnika fanlari nomzodi, dotsent
   +998 97 720 55 91
  zayniddinmuxiddinov@tdtu.uz
  Qabul kunlari va soatlari:
Seshanba 14:00-16:00
Payshanba 14:00-16:00
Shanba 14:00-16:00

Kafedra tarixi: 

«Mashinosozlik texnologiyasi, metal kesish stanoklari va asboblari» kafedrasi 1941 yili tashkil etilgan bo‘lib, uning birinchi mudiri dots. V.A. Krshtal bo‘lgan. 1962 yilda «Mashinosozlik texnologiyasi, metal kesish stanoklari va asboblari» kafedrasi ikkita «Mashinosozlik texnologiyasi» va «Metal kesish stanoklari va asboblari» kafedralariga bo‘lingan. Bu kafedralarga mos ravishda t.f.d. prof. A.P. Sokolovskiyning shogirdlari dots. t.f.n. G.B. Fiks Margolin va dots. t.f.n. G.N. Molchanov saylangan.

Dots. Fiks Margolin G.B. «Mashinosozlik texnologiyasi» kafedrasini 1962 yildan 1975 yilgacha boshqargan. Bu davrda uning rahbarligida D.E. Alikulov, S.X. Muxamadiev, N.G. Ermolenko, M.A. Usmanova va boshqalar nomzodlik dissertatsiyalarini yoqlaganlar.

1975 yildan 1992 yilgacha «Mashinosozlik texnologiyasi» kafedrasini t.f.n. dots. YAkuninning shogirdi t.f.d. prof. YAkubov F.YA. boshqargan.

«Metal kesish stanoklari va asboblari» kafedrasini 1962 yildan 1985 yilgacha t.f.n. prof. Molchanov G.N., so‘ngra 1992 yilgacha  t.f.n. dots. A.N. Xashimov va t.f.n. dots. R.A.Abidovlar boshqargan.

Kafedra tashkil qilingan davrda kafedra tarkibida ettita o‘qituvchi: professor G. N. Molchanov, t.f.n.  dots. G.I. YAkunin, katta o‘qituvchilar V.YA. YAkush, A.A. Grachyov, assistentlar M.T. Balabekov, A.N. Xashimov, K.B. Usmanovlar ishlagan.

O‘quv jarayoni uchun laboratoriya bazasini yaratish asosan 1965-1966 yillarda tugallangan. Bunda mashinasozlik texnologiyasi laboratoriyasi, elektrofizik ishlov berish laboratoriyasi, kesuvchi asboblar kabineti,ssex va zavodlarni loyihalash kabineti, moslamalar kabineti, texnik o‘lchovlar kabinetlari yaratilgan. Laboratoriya va kabinetlarni yaratishga katta o‘qituvchi I.L. Odesskiy, laboratoriya mudiri E.YA. Kutsovskiy va o‘quv ustasi G.A.Kochetovlar katta hissa qo‘shgan.

Kafedraning o‘qituvchilari tarkibini to‘ldirish  aspiranturani bitirib, dissertatsiya ustida ishlagan kafedra bitiruvchilari hisobiga amalga oshirilgan.

1965 yilda  «Texnolog» IICHB dan kafedraga dotsent L.V. Peregudov kelgan, 1967-1968 yillarda kafedrada dotsentlar N.N. Sodiqov, N.G. Molchanov, R.A. Abidov, katta o‘qituvchilar: T.U. Tashxodjaev, K.I. Smetankin, A. Baydullaevlar ishlagan.

1962 yildan  1978 yilgacha kafedra tomokidan 1400 ortiq mutaxassislar chiqarilgan va ular rspublika mashinasozligida stanoklarni dasturli boshqarish taraqqiyotiga o‘zining katta hissasini qo‘shmoqda.

1993 yilda ikkita kafedra bazasida birlashgan «Mashinosozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishni jihozlash va avtomatlashtirish» kafedrasi tashkil qilingan bo‘lib, bu kafedra bakalavrlar, so‘ngra magistrlar tayyorlashni boshladi. Birlashgan «Mashinosozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishni jihozlash va avtomatlashtirish» kafedrasining birinchi mudiri qilib t.f.d. prof. D.E. Alikulov saylangan. prof. D.E. Alikulov «Mashinosozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishni jihozlash va avtomatlashtirish» kafedrasini 2005 yilgacha boshqargan. 2005 yilda kafedra mudiri qilib t.f.d. prof. Mamadjanov A.M. saylangan.

2012-2014 yillarda «Mashinosozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishni jihozlash va avtomatlashtirish» kafedrasini t.f.n. D.A. Inagamova boshqargan. Bu davrda kafedra 3 ta professor, 2 ta dotsent, 2 ta katta o‘qituvchi, 5 ta assistentlardan tashkil topgan. Kafedra mudiri t.f.n. Inogamova D.A., prof. Alikulov D.E., prof. Mamadjanov A.M., prof. Umarov T.U., dots. Gafurov B.X., kat.o‘q. Bobanazarov U.K., kat.o‘q. Juraev M.A., ass. Abduraxmanov X.Z., ass. SHoazimova U.X., ass. Jeltuxin A.V., ass. Tursunov T.X., ass. Rafiev A.A.

2014 yildan  kafedrani t.f.n. dots. N.D. Turaxodjaev boshqarmoqda.

Xozirgi kunda kafedra O‘zbekiston Respublikasining OAB «Toshkent Agregat Zavodi», OAB «Tashkent Traktor Zavodi», OAB «Tashkent Truba Zavodi», YOAB «GM Uzbekistan», ICHB «Navoiy Mashinosozlik Zavodi»  va shu kabi boshqa yirik korxonlari bilan yaqin aloqalarni o‘rnatgan.

Kafedra ta’lim yo`nalishi:

Bakalavr:

  • 5320200– Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishni jixozlash va avtomatlashtirish.

Magistratura:

  • 5A320201– Mashinasozlik texnologiyasi va jihozlari (mashinasozlikda)
  • 5A320202- Mashinasozlik ishlab chiqarishining avtomatlashtirilgan dastgohli kompleksi
  • 5A320206– Mashinasozlikda texnologik jarayonlar va tizimlarni avtomatlashtirish.
  • 5A320207  – Metall kesish dastgohlari va uskunalari

Kafedra professor-o‘qituvchilari:

  1. Kafedra mudiri Muhiddinov Z. N.
  2. professor  Alikulov D.Ye.
  3. professor  Mamadjanov A.M.
  4. professor  Umarov T.U.
  5. dotsent  Gafurov B.X.
  6. dotsent    Juraev M.A.
  7. dotsent  Shaozimova U.X.
  8. dotsent  Xidoyatov A.V.
  9. PhD  Tursunov T.X.
  10. katta o‘qituvchi  Tursunbaev S.A.
  11. assistent  Norxujaeva R.F.
  12. assistent  Norxudjaeva R.F
  13. assistent  Xasanov O.A
  14. assistent  Turonov M.Z.
  15. assistent  Kuchkarova M.X.
  16. assistent  Meliboev Ya.A.

Kafedra olib borilayotgan ilmiy ishlar:

Kafedrada ikki yo‘nalishdagi ilmiy tadqiqotlar «Metallarni kesishda issiqlik hodisalarini tadqiqot qilish» va «Mexanik ishlov berish va yig‘ish aniqligini va mahsuldorligini oshirish» yo‘nalishida olib borilgan. Kafedra doimiy ravishda xo’jalik shartnomalarini olib borgan. 1960 yilda dotsent G.B. Fiks-Margolin, V.N. Krishtal va Tashselmash xodimlari G.B. Furman va K.G. Abellar tomonidan bajarilgan – «Gorizontal-shpindelli paxta terish mashinalarining shpindellarini takomillashtirish»  mavzusidagi xo’jalik shartnomasi gorizontal shpindelli paxta terish mashinalarini ishlab chiqarishda katta iqtisodiy samara bergan.

«Metall kesish dastgohlari va asboblari» kafedrasida professor G.N. Molchanov rahbarligi ostida bajarilgan ilmiy tadqiqot ishlari davriy nashrlarda muntazam ravishda nashr qilib borilgan. Professor Molchanov G.N. bajargan 249 ta ilmiy tadqiqot ishlari, monografiyalar nashr qilingan. U  22 ixtiro va bitta texnik takomillashtirish muallifi.

Hozirgi kunda kafedrada 3 ta yo‘nalish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

  1. «Loyihalash va mashina vositasi elektromagnit haydash kichik siljishlar tadqiqoti». Tadqiqotchi: PhD M.A. Jo‘raev ilmiy raxbar t.f.d. professor D.E. Alikulov.
  2. «Resurs tejamkorligini ta’minlaydigan eritish agregatlarining ishlash prinsipini nazorat asoslarini yaratish va konstruksiyasini ishlab chiqarishga joriy etish». Tadqiqotchilar PhD T.X. Tursunov, dost. U.X. Shoazimova, ilmiy raxbar t.f.n. dotsent N.D. Turaxodjaev.
  3. «Metallurgiya korxonalarida ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash asosida temirni tiklash usulini ishlab chiqish». Tadqiqotchilar: PhD X.Z. Abduraxmanov, PhD T.X. Tursunov, ilmiy raxbar t.f.d. professor N.D. Turaxodjaev.

2017 yil kafedra mudiri N.D.Turaxodjaev “Oliy ta’limning eng yaxshi pedagogi” tanlovining “Eng yaxshi pedagog-tadqiqotchi” nominatsiyasining Respublika bosqichi g‘olibi bo‘ldi.

2017 yil talabalar orasida o‘tkazilgan “START-AP” tanlovining Respublika bosqichida “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasining “Innovatsion g‘oyalar” to‘garagining talabalari birinchi o‘rinni egallashdi.

Monografiyalar:

  1. Konchilik habarnomasi ilmiy-texnik va ishlab chikarish jurnali № 48 2012 y. professor A.A.Muxamedov, dotsent D.A.Inogamova, B.T.Mardonov «Vliyanie termicheskoy predistorii stali na yee iznosostoykost pri trenii kacheniya s proskalzivaniem».
  2. «Raqobatbardosth kadrlar tayyorlashga innovatsion yondashuv» Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami «Mutaxassislik fanlarini o‘qitishdagi pedagogik texnologiyalar» 2012 y. professor T.U.Umarov, magistrlar X.G.Dadaboev, S.T.Rajabov.
  3. Umarov T.U., Alikulov D.Ye. Magistratura mutaxassisliklari uchun “Metodologiya rascheta rejimov rezaniya”  Toshkent 2018 y

Darsliklar:

    1. Professor D.E.Alikulov, dotsent T.U.Xalikberdiev. «Mashinasozlik texnologiyasi». Toshkent. O‘qituvchi. 2012 y. Darslik.
    2. Dotsent T.U.Xoliqberdiev. «Mashinasozlik texnologiyasi asoslari». Toshkent. 2012 y. Darslik.
    3. PhD. Abduraxmonov X.Z., Tursunov T.X., Abduraxmonov N.B. “Tokarlik dastgohlarida metallarga ishlov berish texnologiyasi” Toshkent. Tafakkur bo‘stoni. 2017 y. O‘quv qo‘llanma
    4. Dotsent Shoazimova U.X. ”Metrologiya va standartlashtirish” Toshkent. Fan va texnologiya. 2019 y. Darslik.
    5. Professor Umarov T.U. “Mashinasozlikda texnologik uskunalarini loyihalash va ishlab chiqarish” Toshkent. Fan va texnologiya. 2020 y. Darslik.
    6. Dotsent Xidoyatov A.V. «Mashinasozlik texnologiyasi asoslari». Toshkent. 2020 y. Darslik.
    7. Professor Umarov T.U. “Mashinasozlikda kesuvchi asboblarni loyihalash va ishlab chiqarish” Fan va texnologiya. 2020 y. Darslik.
    8. Dotsent Umarova D.M., dotsent Abduraxmonov X.Z. “Upravlenie kachestvom v mashinostoenii” Toshkent. 2021 y. O‘quv qo‘llanma
  1. Dotsent Gafurov B.X., dotsent Abduraxmonov X.Z. “Mashinasozlikda ilmiy tadqiqot ishlari” Innovatsion rivojlanish manba uyi  Toshkent. 2021 y. O‘quv qo‘llanma

Uslubiy qo‘llanmalar:

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 300 dan ortiq o‘quv uslubiy qo‘llanmalar chop etilgan. Kurs loyihalarni bajarish uchun metodik qo‘llanma, malakaviy va ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tish uchun uslubiy qo‘llanma yaratilgan.

  1. «O‘zaroalmashuvchanlik, standartlashtirish va texnikaviy o‘lchovlar» T.: 2015 dotsent D.A.Inagamova, assistent A.V. Jeltuxin.
  2. «Kesish nazariyasi va asboblari» T.: 2018 y. A.V.Xidoyatov, S.A. Tursunbaev

O‘quv va laboratoriya xonalari to‘g‘risida qiskacha ma’lumot:

Kafedra o‘quv jarayonni talab darajasida olib borish uchun 8 ta zamonaviy jihozlangan o‘quv xonalapr, jumladan 1 ta 15 o‘rini kompyuter xonasi, 1 ta multimedia xonasi va 1 ta interaktiv darsga moslashtirib jixozlangan xonalar majud.

Laboratoriya va tajriba ishlarini o‘tish uchun 10 ta xona ajratilgan bo‘lib, frezalash, parmalash, tokarlik, jilvirlash uchun, yuza tekisligini aniqlash dastgohlari bilan jihozlangan.

Laboratoriya honalarida quyidagi fanlardan laboratoriya va amaliy ishlar olib boriladi.

  1. Metall kesuvchi dastgohlar va avtomat parki;
  2. Avtomatlashtirilgan dastgohlar RDB dastgohlari;
  3. Avtomatlashtirilgan jilvirlash va charxlash dastgohlari;
  4. Mashinasozlik texnologiyasi dastgohlar parki;
  5. Keskich asboblarni loyixalash va ishlab chiqarish;
  6. Kesish nazariyasini o‘rganish;
  7. Avtomatika va avtomatlashtirish;
  8. O‘zaroalmashuvchanlik, standartlash va texnikaviy o‘lchov laboratoriyasi;
  9. Moslanuvchan ishlab chikarish texnologik dastgohlari;
  10. Mashinasozlik texnologiyasi;
  11. Tish g‘ildiraklar aniqligini tekshirish;
  12. Kompyuterlar bilan ishlash zali;
  13. Robot texnikasi va texnologik moslamalar.

 

Hozirgi kunda kafedra 3 ta yo‘nalish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda:

«Loyixalash va mashina vositasi elektromagnit xaydash kichik siljishlar tadkikot». Tadqiqotchilar katta o‘qituvchi M.A. Juraev katta o‘qituvchi X.Z. Abduraxmonov, ilmiy raxbar t.f.d. professor D.E. Alikulov.

«Resurs tejamkorligini ta’minlaydigpn eritish agregatlarining ishlash prinsipini nazorat asoslarini yaratish va konstruksiyasini ishlab chiqarishga joriy etish». Tadqiqotchilar assistent T.X. Tursunov, katta o‘qituvchi U.X. SHoazimova, assistent A.A. Rafiev, ilmiy raxbar t.f.n. dotsent N.D. Turaxodjaev.

«Metallurgiya ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash asosida temirni tiqlash usulini ishlab chiqish». Tadqiqotchilar assistent T.X. Tursunov, katta o‘qituvchi X.Z. Abduraxmanov, assistent A.V. Jeltuxin, ilmiy raxbar t.f.n. dotsent N.D. Turaxodjaev.

2017 yil kafedra mudiri N.D.Turaxodjaev “Oliy ta’limning eng yaxshi pedagogi” tanlovining “Eng yaxshi pedagog-tadqiqotchi” nominatsiyasining Respublika bosqichi g‘olibi bo‘ldi.

2017 yil talabalar orasida o‘tkazilgan “START-AP” tanlovining Respublika bosqichida “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasining “Innovatsion g‘oyalar” to‘garagining talabalari birinchi o‘rinni egallashdi.

Kafedra manzili:

100095, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Olmazor tumani, Universitet k. 2., TDTU, Mexanika fakulteti, blok «A», 2-qavat, 210-xona.

KAFEDRALAR

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.