MOODLE
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

YER USTI TRANSPORT TIZIMLARI KAFEDRASI

Kafedra mudiri
Omonov Nabijon Normamatovich
Texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)
Telefon: + 998 90 117 04 06
Elektron manzil: nabi.omonov@mail.ru
Qabul kunlari va soati:
Seshanba 14:00 – 16:00
Juma 14:00 – 16:00

Kafedra tarixi:

O‘rta  Osiyo  industrial instituti mexanika fakultet tarkibida 1948 yilda “Traktorsozlik” kafedrasi tashkil qilish xaqida xukumat qarori chiqdi va  unda «Traktorsozlik» va «qishloq xo‘jalik  mashinalari» mutaxassisliklari bo‘yicha injener-mexaniklar tayyorlana boshlandi. Kafedraning birinchi mudiri etib     dotsent Aleksey Nikolaevich Ninov tayinlandi. Kafedrada shu yillarda V.I. Sverdlin, K.I.Afanasev, L.M. Teplyakov, I.F. Lyubechanskiy, V.N.SHirokov, P.M.Gandzyura va boshqalar mehnat qilishgan. 1955-yildan boshlab kafedra “qishloq xo‘jalik mashinalari” kafedrasi deb atala boshlandi.

1964-77 yillarda kafedraga t.f.n., prof. Aslam Hamidovich Hamidov raxbarlik qildilar. Bu davrda paxtachilikni mexanizatsiyalash borasida, jumladan, chigit ekish mashinalarini takomillashtirish va paxta terish mashinalari energetikasini tadqiq qilish bo‘yicha katta ilmiy-tadiqot ishlari olib borildi. Ushbu yillar davomida A.Xamidov raxbarligida kafedraning 4 a’zosi -o‘qituvchilar V.G.Murashkin, R.Tolipov va aspiranlar P.Jumaniyozov, E.N.Mixlinlar   nomzodlik dissertatsiyalarini muvaqiyatli yoqladilar.

1977-1983 yillarda “qishloq xo‘jalik mashinalari va traktorlar” kafedrasiga prof. Azmutdin Sadriddinovich Sadriddinov rahbarlik qildilar.Ushbu davrda  kafedraga iqtidorli yosh o‘qituvchilar va ilmiy  xodimlar jalb qilindi, kafedrada ko‘p qirrali ilmiy-tadiqot  ishlari turli yo‘nalishlarda olib borildi, yangi ilmiy maktab yaratildi. A. Sadriddinovning tashabbusi va bevosita raxbarligida qisqa muddatda kafedra uchun aloxida to‘rt  qavatli yangi ilmiy- o‘quv labaratoriya korpusi qurib bitkazilib, ishga tushirildi. Binoda yangi o‘quv xonalari va ilmiy labaratoriyalar tashkil qilindi. Ular zamonaviy ilmiy-tekshirish jihozlari va uskunalar, turli xildagi qishloq xo‘jalik mashinalari va qurollari bilan jihozlandi. SHuningdek, Toshkent viloyatining Oxangaron tumani xududida kafedraning o‘quv tajriba  maydoni  tashkil qilindi. Keyinchalik  A. Sadriddinovning yangi tashkil qilingan «Traktor va qishloq xo‘jalik mashinasozligi» fakultet dekani lavozimiga saylanishi munosabati bilan kafedraga 1983-1989 yillar davomida, t.f.n.,dots. Erkin Akbarovich Akbarov mudirlik qildilar va kafedra o‘qituvchilari bilan birgalikda yangi binoni jixozlash, o‘quv-ilmiy tajriba xonalarini yaratish, yangi o‘quv rejalari va fanlarini joriy qilish kabi kafedraning rivoji borasidagi ishlarga katta xissa qo‘shdi.

1988 yilda  «Qishloq xo’jalik mashinalari» kafedrasidan aloxida «Traktorsozlik va ichki yonuv dvigatellari» kafedrasi tashkil qlinib  1997 yilgacha ushbu kafedraga  prof. O’tkir Axmedovich.Ikromov rahbarlik qildi. Bu vaqtda kafedra o’quv mashg’ulotlari zamonaviy o’lchov uskunalari bilan ta’minlanib kompyuter texnikalarilaridan samarali foydalanilgan.

“Qishloq xo‘jalik mashinasozligi”kafedrasiga 1989-2005yy.da  t.f.n.,dots. Anvar Doniyorovich Abdazimov mudirlik qildi. Bu davrda kafedra ikki bosqichli oliy ta’lim tizimiga muvaffaqiyatli o‘tdi va 2 bakalavriat  yo‘nalishi va 3 magistratura ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislar tayyora boshlandi.

2005 yilda «Qishloq xo’jalik mashinasozligi» va «Traktorsozlik va ichki yonuv dvigatellari»  kafedralari birlashtirilib bakalavriat yo’nalishiga mos ravishda yangi kafedraning nomi «Er usti transport tizimlari (qishloq xo’jaligi  mashinalari va traktorlar)»ga o’zgartirildi, unga prof. Maxkamov K.X. mudiri etib tayinlandi.  2006 yil iyun oyidan kafedra mudiri etib dots.Abdazimov A.D. tayinlandi.

2005-2006 yy.da kafedraning binosi «O‘zqishloqmash-xolding» kompaniyasi korxonalari xomiyligida, xususan «Toshkent traktor zavodi» OAJ yordamida tubdan ta’mirlandi. Moddiy texnika bazasini yaxshilash uchun traktor va qishloq xo‘jalik texnikasini yangilash ishlari jadal olib borildi va ushbu kompaniya korxonalarida ishlab chiqarilayotgan 20 zamonaviy qishloq xo‘jalik texnikasi va o‘quv stendlari olib kelindi. 2007yildan kafedra Germaniyaning xozirda O‘zbekistonga ko‘plab don kombaynlari, traktorlar va boshqa texnika vositalarini etkazib berayotgan «СLAAS» kompaniyasi bilan yaqin xamkorlik qilib keladi. Ushbu kompaniya vakillari ishtirokida xalqaro ilmiy uslubiy seminarlar o‘tkazildi, kafedraga interaktiv kompyuter doskasi, mulьtimedia proektori, ko‘plab «СLAAS» q.x. texnikalariga oid elektron darsliklar, plakat, mashinalar maketlari taqdim qilindi.

Xozirgi vaqtda  kafedrada «Avtomobilsozlik va traktorsozlik (A va T)»  va «Er usti transport tizimlari (EUTT)» bakalavriat yo‘nalishlari talabalari uchun  24 umumkasbiy  va ixtisoslik fanlari va magistratura ixtisosliklari bo‘yicha 14 maxsus fanlardan zamon talablari asosida jihozlangan 7 laboratoriya xonalarida va katta pavilьionda o‘quv-nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda. Laboratoriya va amaliyot o‘tkazilgan xonalar zamonaviy tadiqot   asbob-anjomlari, turli xil stendlar bilan jihozlangan. Hozirgi vaqtda barcha o‘quv mashg‘ulotlari zamonaviy o‘lchov qurilma uskunalari, hamda kompyuter texnikasidan keng foydalangan xolda olib borilmoqda.

KAFEDRADA TA’LIM OLGANLAR

Kafedra tashkil topgandan buyon xozirgi vaqtgacha “Qishlok xo‘jalik mashinalari”, «Avtomobillar va traktorlar» muxandislik mutaxassisliklari va «Er usti transport tizimlari (QXM va traktorlar)» bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha mamlakatimizga 4  mingdan ziyod  yaqin  injener-mexaniklar tayyorlab berildi. Kafedraning ko‘pgina bitiruvchilari yirik mashinasozlik korxonalarida, loyihalash va ilmiy muassasalarda rahbarlik lavozimlarda ishlab kelmoqdalar. Mustakil O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning universitetimiz (sobiq ToshPI) “Qishloq xo‘jalik mashinalari” ixtissosligini  22-55 SM guruxini 1960 yilda  a’lo baholar  bilan  tugatganliklari nafaqat kafedra ahlining balki butun texnika universiteti  jamoasining faxridir.

Shuningdek, kafedramizda quyidagi taniqli olimlar va rahbarlar ta’lim olganliklaridan biz doimo iftixordamiz:

  • Matchanov R.D.- «O‘zqishloqmash-xolding» kompaniyasi boshqaruvi raisi, t.f.d., professor, O‘zQXFA muxbir a’zosi, AQSH Nyu-York fanlar akademiyasining akademigi.
  • Xojiev A.X.- t.f.d., prof. O‘zQXFA akademigi, O‘z MEI bo‘lim boshlig‘i.
  • Sadriddinov A.S.- t.f.d., prof. O‘zQXFA muxbir a’zosi, «QXM» kafedrasi professori.
  • Rizaev A.A.- O‘zFA mexanika va inshootlar mustahkamligi ilmgohi direktori, t.f.d., professor.
  • Toshboltaev M.T. – t.f.d., prof., O‘zMEI raxbari o‘rinbosari
  • Karimov A.I. – t.f.d., prof., ToshDTU «MLA» kafedrasi mudiri (24-66 AT guruxi)
  • Tuxtaqo‘ziev A.T. – t.f.d., «O‘zMEI» laboratoriya mudiri (25-66 SM guruxi)
  • Ishmuradov X.K. – «Uzagromashservis» uyushmasi raisi birinchi o‘rinbosari   va boshqalar.

Kafedra ta’lim yo`nalishi:  

Bakalavriat:

  • 5310500 – Avtomobilsozlik va traktorsozlik
  • 5310600 – Er usti transport tizimlari va ularning eksplutatsiyasi (traktorlar, Qishloq xo’jalik mashinalari va jixozlari)

Magistratura:  

  • 5A310501 – Avtomobilsozlik va traktorsozlik
  • 5A310601–Er usti transport vositalari va tizimlari (traktorlar)
  • 5A430102-Qishloq xo’jalik texnikasini loyixalashtirish va  konstruksiyasini ishlash

Kafedra professor-o‘qituvchilari: 

  1. Omonov N.N.          Kafedra mudiri (PhD)
  2. Sadriddinov A.S.     f.d. professor
  3. Abdazimov A.D.     f.d. professor
  4. Xojiyev M. f.n. dotsent
  5. Ravutov Sh.T.        f.n. dotsent
  6. Alimova F.A.           t.f.n. dotsent
  7. Atadjonova G.M.     Katta o‘qituvchi
  8. Siddiqov Sh.             Katta o‘qituvchi
  9. Sherkobilov S.M.     Katta o‘qituvchi
  10. Karimov B.T. Katta o‘qituvchi
  11. Primqulov B.Sh.      Katta o‘qituvchi
  12. Saidova M.T. Assistent
  13. Irisov H.D. Assistent
  14. Olimjonov R.Z. Assistent
  15. Kambarova D.U. Assistent
  16. Normatov M.Q. Assistent
  17. Abiyeva  G.H.           laboratoriya mudiri
  18. Kazakbayeva K.B.    o‘quv ustasi
  19. Shodiyev J.G‘.          doktorant

Kafedraning o‘rindosh o‘qituvchilar

  1. Rizayev A.A.            t.f.d. professor
  2. Azimov B.M.            t.f.d. professor
  3. Babahev Q.A.          f.n. dotsent
  4. Axmedov Sh.A.        t.f.f.d. (PhD), katta o‘qituvchi

Kafedra olib borilayotgan ilmiy –tadqiqod ishlari:

Kafedrada shuningdek, quyidagi davlat granti loyixalari bo‘yicha ITI olib borilmoqda:

  • ITD-5-38 «Paxta dalasi agrotexnik foni va paxta terish mashinalari agrotexnik ko‘rsatkichlarini kompьyuterda tezkor aniqlash uslubi va dasturiy apparat vositalarini ishlab chiqish»,  loyixa raxbari – Sadriddinov A.S
  • KA5-002 «Paxtachilik mashina traktor agregati(MTA)ning asosiy rejimlari va ekspluatatsion parametrlarini avtomatlashtirilgan mikroprotsessorli boshqarish va nazorat usullari, algoritmlar va qurilmalarini ishlab chiqish»,  loyixa raxbari – Abdazimov A.D.

Monografiyalar:  

  • Садриддинов А.С. Научные основы машинного проектирования и совершенствования хлопкоуборочных аппаратов. – Ташкент: Фан. 1986.- 200 с.
  • Исманов М.А., Садриддинов А.С., Жаров В.П. Моделирование и оптимизация уборочных машин (на примере хлопкоуборочной машины) – Ташкент. 1995г. – 230 с.
  • Абдазимов А.Д. Повышение рабочих скоростей агрегата и эффективности рабочих органов уборочных аппаратов вертикально-шпиндельных хлопкоуборочных машин. Изд. ТашГТУ, 1995, 180 с.
  • Абдазимов А.Д., Ражабов С.С. Ускоренная компьютерная оценка агротехнических показателей, на примера хлопкоуборочных машин. Монография. LAP LAMBERT Academic Publishing. – 2019,- 64с.
  • Абдазимов А.Д., Садриддинов А.С., Туляев А.Р. Фазовое дискретное моделирование процессов уборочных аппаратов при управляемом перемещении хлопковых  коробочек. Ташкент: Изд. Нац, библ. Узбекистана им. А.Навои, 2011г., 180 с.
  • Абдазимов А.Д., Улжаев Э., Убайдуллаев У.М., Омонов Н.Н. Основы автоматизации контроля и управления технологическими параметрами хлопкоуборочных машин. – Ташкент, ТашГТУ, 2014, -164с

Ilmiy jurnallarda maqolalar:

  1. Sadriddinov A. Substantiation of Technological Parameters of Devices for Interstable Treatment of Soil in Gardens with Rotational Working Bodies. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology – Vol.6, Issue 5, May 2019 – Р.344-349.
  2. Абдазимов А.Д., Улжаев Э., Убайдуллаев У., Омонов Н.Н. Выбор и обоснование пределов изменений технологических параметров хлопкоуборочной машины, подлежащих автоматизации контроля и регулирования. Кимёвий технология. Назорат ва бошқарув. Халқаро илмий-техникавий журнал. 2013 №5. стр.31…35.
  3. Абдазимов А.Д., Раджабов С.С., Омонов Н.Н. Алгоритмы определения качество функционирования ХУМ. Журнал  “Проблемы информатика и энергетика” 2013, № 5-6. стр.
  4. Садриддинов А.С., Абдазимов А.Д., Омонов Н.Н., Арипова К.А. Обоснование критериев оценки приспособленности сортов хлопчатника к уборке вертикально-шпиндельными хлопкоуборочными машинами. Ж. Тракторы и сельскохозяйственные машины. – Москва, 2014. – №3. – С.29-33.
  5. Вагизов М.З. (ТашГТУ), Галиев Р., Муслимов Ш.Р. (СКБ трактор). Комбинированные сельскохозяйственные агрегаты для обработки почвы, посева и посадки. Вестник ТашГТУ. №2, 2013 г. Стр. 93…97.
  6. Азимов Б.М., Саидов С.А., Хасанова М.Т. Пахта териш аппаратининг тортиш пружинасининг бикрлик коэффициентини ҳисоблаш алгоритми // «Информатика ва энергетика муаммолари» Ўзбекистон журнали. Тошкент, 2013. №5-6.
  7. Ҳамидов А.Х., Алимова Ф.А., Абдураҳмонова Ш.Ф. Аналитический расчёт аппарата для разбрасывания минеральных удобрений. Вестник ТашГТУ. 2013г. №2.
  8. Раджабов С.С., Абдазимов А.Д., Тулаев А.Р. Алгоритм определения числа зеленых коробочек на изображениях участков хлопкового поля.  Вестник ТашГТУ 2013 №4.
  9. Абдазимов А.Д., Омонов Н.Н. Выбор входных величин системы автоматического управления параметрами хлопкоуборочной машины. Инновации и инвестиции. – М., 2018. – №8. –  С. 189-193.
  10. Feruza Alimova, Ali Bayat, Muhayyo Saidova, Bekzod Primkulov, Mubarakhan Atadjanova. Substantiation Of Parameters And Operating Modes Of The Pneumatic Sowing Apparatus For Cluster Sowing Of Cotton Seeds. Solid State Technology. 63 No. 6 (2020) 11876-11880.
  11. A.Alimova, B.Sh.Primqulov. Foundation of tipe and parametres of working bodies for strip-tilling soil for sowing second crops. TECHNICAL SCIENCE AND INNOVATION. №4/2020. 222-229.
  12. Alimova F.A., Saidova M.T., Hasanova S.T. Determination of the forces, applying to the working bodies of tilling and seeding machines. JOURNAL of CRITICAL REVIEWS ISSN-2394-5125 Vol 7. Issue 15, 2020.
  13. Alimova F.A., Aliboyev B.А., Atadjanova M.M., Primkulov B.Sh. Estimation the tightness of precision elements of agricultural tractors’ hydro distributors. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems. Volume 12, Issue 7 Special Issue, 2020, Pages 2258-2264.
  14. Omonov N.N. Improve the design of the apparatus of cotton harvesting machine. International Journal Of Advanced Research in Science, Engineering and Technology. – India, – 2019. – №1. – pp. 8002-8008.
  15. Abdazimov A.D., Radjabov S.S., Omonov N.N. Automation of agrotechnical assessment of cotton harvesting machines. Journal of Physics: Conference Series, 1260 (3), статья № 032001, 21 Oct 2019.
  16. Абдазимов А.Д., Улжаев Э., Убайдуллаев У.М., Омонов Н.Н. Основы автоматизации контроля и управления технологическими параметрами хлопкоуборочных машин / Монография. – Ташкент: ТашГТУ. 2014, – 164 с.
  17. Садриддинов А.С., Абдазимов А.Д., Омонов Н.Н., Арипова К.А. Обоснование критериев оценки приспособленности сортов хлопчатника к уборке вертикально-шпиндельными хлопкоуборочными машинами // Тракторы и сельскохозяйственные машины. – М.: 2014. – № 3. – С. 29-33.
  18. Abdazimov А.D., Omonov N.N. Suitability criteria for harvesting by cotton pickers with vertical spindle. International Scientific and Technical Conference on “Problems and Prospects of Innovative Technique and Technology in Agri-Food Chain” Organized by Tashkent State Technical University, Tashkent, Uzbekistan International Journal of Innovations in Engineering Research and Technology [IJIERT] ISSN: 2394-3696, Organized on 24-25 April, 2020.
  19. Abdazimov A., Uljaev E., Omonov N., Radjabov S. Application of computer vision algorithms for evaluating the performance of cotton pickers // The advanced science journal. – USA, 2014. – №12. – pp. 49-51.
  20. Omonov N.N., Sherqobilov S.M. Determining the rational number of spindles on the drum of a vertical spindle cotton harvesting apparatus. International Journal of Advanced Science and Technology Vol. 29, No. 11s, (2020), pp. 1503-1508.
  21. Abdazimov A.D., Omonov N.N. Justification Of Input Parameters For Non-Contact Sensors In Automatic Cotton Harvesting Machine Systems International Journal of Advanced Science and Technology Vol. 29, No.11s, (2020), pp. 1379-1385.

 

  • Darslik va o‘quv qo‘llanmalar:
    1. Hamidov A. Chigit seyalkalari nazariyasi, konstruksiyasi va hisobi. O‘quv qo‘llanma. –T.: O‘qituvchi, 1978. 220 b.
    2. Hamidov A. Qishloq xo‘jalik texnikasiga oid lug‘at-spravochnik. O‘quv qo‘llanma. – T.: O‘qituvchi. 1981. 464 b.
    3. Ҳамидов А.  Хлопковые сеялки. Теория конструкция и расчет. Учебное пособие
    4. Xamidov A.X. «Qishloq xo‘jaligi mashinalarini loyihalash». 2002.
    5. Hamidov A. Yem-xashak, g‘alla yig‘ishtirish va chorvachilik mashinalari, O‘quv-uslubiy qo‘llanma. – T.: ToshDTU, 2014. 187 b.
    6. Xamidov A.X. Yangi pedagogik texnologiyalar. 2001.
    7. Садриддинов А.С., Абдазимов А.Д., Якубов X., Шайхов И.Э. Методические указания к выполнению лабораторных работ по курсу «Теория, конструкция и расчет хлопкоуборочных машин». – Ташкент: Изд. ТашПИ, 1987, 38 с.
    8. Hamidov A.Х. Yem-xashak, g‘alla yig‘ish va chorvachilik mashinalari. ToshDTU, 2001.
    9. Abdazimov A.D., О‘ljaуev E., Omonov N.N. «Texnik tizimlarni boshqarish» fanidan laboratoriya ishlari: A. – Toshkent, ToshDTU, 2009, 72 b.
    10. Абдазимов А.Д., Омонов Н.Н. Практикум по курсам «Основы автоматики и автоматизации», «Управление техническими системами»: ТашГТУ. Ташкент, 2003, 64 с.
    11. Sadriddinov A., Abdazimov A.D., Тulayev A.R., Ravutоv Sh.T. «Paxta terish mashinalari nazariyasi va loyihalash» fanidan amaliy va tajriba ishlari. O‘quv qo‘ Toshkent: ToshDTU, 2013. – 88 b.
    12. Hamidov A. Yem-xashak, g‘alla yig‘ishtirish va chorvachilik mashinalari, O‘quv-uslubiy qo‘llanma. – T.: ToshDTU, 2014, 187 b.
    13. Методические указания к лабораторным работам по курсу «Основы испытания машин». Сост. Абдазимов А.Д., Бабашев К.А., Вагизов М.З., Равутов Ш.Т. – Ташкент: ТашГТУ, 2014, 45 с.
    14. Abdazimov A.D., Vagizov M.Z., Ravutov Sh.T., Babashev Q.A. «Mashinalarni sinash asoslari» fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun uslubiy ko’rsatma.–Toshkent: TashDTU, 2012, 53 s.
    15. Aliboyev B.A., Vagizov M.Z., Hasanov M.H., «Traktor va avtomobillar konstruksiyasi» fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari uchun uslubiy ko‘rsatma. –Toshkent: TashDTU, 2012, 104 b.
    16. Hamidov A., Abdazimov A.D. Malakaviy amaliyot dasturi. –Toshkent: TashDTU, 2014, 57 b.
    17. Sadriddinov A., Abdazimov A.D., Тulayev A.R., Ravutоv Sh.T. «Paxta terish mashinalari nazariyasi va loyihalash» fanidan amaliy va tajriba ishlari. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: ToshDTU, 2013. – 88 b.
    18. A. Alimova. “Traktor va qishloq xo῾jalik mashinalari konstruksiyasi” Laboratoriya va amaliy mashg῾ulotlar. O῾quv qo῾llanma. –Ташкент: «Фан ва технологиялар», 2019. -209 с.
    19. Алимова Ф.А., Крамарёв С.М., Крамарёв А.С., Демиденко В.Г., Хорошун К.А., Песоцкий С.С., Бондарь В.Ю., Рубан С.М., Цуркан К.П. «Қишлоқ хўжалиги экинларини замонавий ўғитлаш тизимларида карбамид-аммиак аралашмаларидан (КАА) фойдаланишнинг иқтисодий самарадорлиги». – Тошкент . 2020. – 69 б.
    20. А.D.Аbdаzimоv, N.B.Аbdurаxmаnоv. Kurs lоyihаsi vа bitiruv mаlаkаviy ishini tаyyorlаsh. O‘quv qo‘llаnmа. –T. Fan va texnologiya, 2020 . –  210 b.
    21. Abdazimov A.D., O‘ljayev E., Omonov N.N. «Texnik tizimlarni boshqarish» fanidan laboratoriya ishlari va amaliy mashg‘ulotlar. O‘quv qo‘llanma. – T.: 2020. – 268

Kafedradagi laboratoriya xonalari: 

Ajratilgan xonalar – 14 ta,  maydoni – 820.03 m2,bevosita o’quv laboratoriya xonalari –  8 ta, 694.71 m2 , “Transport vositalari, KX texnikalarini va stendlar pavilioni”-1000 m2 ziyod

KAFEDRALAR

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.