MOODLE
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

ENERGIYA MASHINASOZLIGI VA KASB TA’LIMI KAFEDRASI


Kafedra mudiri
Mirzaabdullayev Jahongir Bahtiyorovich
Dotsent
Telefon: +998 (97) 748 20 28
Elektron manzil: ems_tdtu@umail.uz

Kafedra tarixi:

“Ichki yonuv dvigatellari” kafedrasi  1990 yilda ToshDTUning “Mexanika-mashinasozlik” fakulteti tarkibida tashkil qilingan. Muhandis mutaxassislarning birinchi guruhi 1989 yilda “Ichki yonuv dvigatellari” mutaxassisligi bo‘yicha tayyorlandi. O‘sha paytda bu kafedra O‘rta Osiyoda yagona edi, hozirgi vaqtda esa Respublikada yagonadir. Kafedra mudiri lavozimiga t.f.n. dotsent Bekmurod Tulaev tayinlangan, professor-o‘qituvchilar tarkibida K.I.Afanasev, L.SHaripov, B.Muxamedjanov va  S.Ismoilov faoliyat ko‘rsatganlar.
Kafedra jamoasi dotsent B. R. Tulaev rahbarligida     pedagogik faoliyat bilan birgalikda “Ichki yonuv dvigatellari”ni konstruksiyasi va ishchi jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishdi.
1994 yilning aprel oyidan  1995 yilning oktyabr oyigacha kafedraga t.f.d., prof. SH.V.Saidov rahbarlik qildi. Bu davrda ichki mexanik yo‘qotishlari kam deb hisoblangan shatunsiz ichki yonuv dvigatelini yaratishga kafedra jamoasining ilmiy potensiali jalb qilindi.  Bu ilmiy mavzu  2001 yilgacha kafedraning asosiy ilmiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoldi.
1995 yilning oktyabr oyidan boshlab kafedra jamoasiga yana dotsent Tulaev B. rahbarlikka tayinlandi. O‘qitish jarayoniga e’tibor kuchaytirildi, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni o‘qitish jarayoniga tadbiq etilishi talabalar o‘zlashtirish darajasini sezilarli yaxshiladi, ularning ilmiy-tadqiqot ishlariga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirdi. Kafedra tarkibiga iqtidorli yosh o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar jalb qilindi, kafedrada yangi ustivor yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish jadallashdi. Bu ishlar natijasida yangi “Energomashinasozlik” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar va “Issiqlik dvigatellari” ixtisosligi bo‘yicha magistrlar tayyorlana boshlandi.
Dotsent. B.Tulaev “Ichki yonuv dvigatellari”  kafedrasiga  2007 yilgacha rahbarlik qildi. Bu yillarda kafedra  «Energomashinasozlik» deb nomlandi (2005…2007 yy.).2007 yilda “Energomashinasozlik” va “Mashinasozlik sohalari bo‘yicha muhandis pedagogika” kafedralari birlashtirildi, hamda kafedra “Kasb ta’limi va energomashinasozlik” deb nomlandi.
2007 va 2009 yillarda “Kasb ta’limi va energomashinasozlik” kafedrasiga dotsent B.Tulaev rahbarlik qildi. 2008 yilda kafedra nomi yana o‘zgardi va hozirgi kunda ham «Energomashinasozlik va kasb ta’limi” deb ataladi.
2009 va 2011 yillarda kafedrani O.O.Daminov boshqardi.
2012 yildan  2013 yilgacha t.f.n. dotsent F.M.Matmuradov kafedra mudiri
2013 yildan  2018 yilgacha t.f.n. B.T.To‘raev kafedra mudiri lavozimini bajardi.

2018 yilning 15 oktyabridan hozirgi kunga qadar dots. J.O.Xakimov kafedra mudiri

Kontingent: 245
Talabalarning umumiy soni
245
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari:
5111000 – «Professionalnoe obrazovanie (Nazemnie transportnie sistemi i ix ekspluatatsiya)»
5312500 – «Energomashinostroenie (Dvigateli vnutrennego sgoraniya)»

Magistratura mutaxassisliklari:

5A111001 – “Professional ta’lim nazariyasi va metodikasi (Transport vositalari muhandisligi)”

5A310601 – “Ichki yonuv dvigatellarini sinash va ulardan foydalanish”

5A312501 – “Energiya mashinasozligi (ichki yonuv dvigatellarining energiya tejamkorligi va ekologikligi)”

5A313701 – “Avtotransport vositalarining gaz ballonli uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish”

Kafedrada faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar tarkibi:

  1. Kafedra mudiri  Xakimov J.O.
  2. Professor    Tulayev B.R
  3. Dotsent    Daminov O.O.
  4. Dotsent    Musabekov Z.E.
  5. Dotsent  Ismatov J.F.
  6. Dotsent v.v.b.  Mirzaabdullayev J.B.
  7. Katta o‘qituvchi  Tillyaxodjayev R.R
  8. Katta o‘qituvchi    Xushnayev O.A.
  9. Katta o‘qituvchi  Raxmatova F.M.
  10. Katta o‘qituvchi    Mirzayev A.A.
  11. Assistent    Turdiyev J.P.
  12. Assistent    Yangibayev A.I.
  13. Assistent    Qurbanov A.M.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:
Kafedrada ichki yonuv dvigatellari ishchi jarayonlarini va konstruksiyasini takomillashtirish, ularning energiya samaradorligi va ekologikligini yaxshilash, o‘quv jarayoniga fan, texnika, texnologiya va ta’lim sohalaridagi, jumladan xorijiy mamlakatlardagi, yangiliklarni hamda yangi informatsion va pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilib, o‘qish jarayonini optimallashtirib, zamonaviy mehnat bozori talablariga javob beradigan raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Natijada “Ichki yonuv dvigatellari” ishchi jarayonlarining fizik-matematik modellari ishlab chiqildi, ularning algoritmlari tuzilib, bu jarayonni hisoblash bo‘yicha nazariy tadqiqot qilishni avtomatlashtirish imkoni yaratildi. Hozirgi paytda ichki yonuv dvigatellari asosiy detallarini hisoblash va ularni loyihalashning matematik modellari tuzilib, loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha samarali ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ushbu ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish jarayonida yangi tadqiqot usullari va dasturiy mahsulotlar yaratildi. Tadqiqot natijalari “General Motors Powertrain-Uzbekistan” AJga topshirilgan.
Kafedra ilmiy-tadqiqot ishlarida talabalar faol ishtirok etishmoqda. Masalan, dots. Tulaev B. rahbarligida kafedra talabalari G.YU.Zayseva Respublikada o‘tkazilgan “Xalqaro intellektual mulk” tanlovi sovrindori va bir necha Respublika tanlovlari g‘olibi va 5 ta ixtiro muallifi, E.A.Elin 10 ta ixtiro muallifi va Respublika tanlovi sovrindori bo‘ldi.
Kafedraning professor-o‘qituvchilari 2008-2014 yillarda Germaniyaning GIZ xalqaro tashkiloti bilan “Markaziy Osiyoda kasbiy pedagogika” dasturi bo‘yicha “Regionalnaya set obucheniya prepodavateley” xalqaro loyihasida ishtirok etishdi, kafedra professori B.Tulaev bu loyihaning O‘zbekiston bo‘yicha milliy hamkori bo‘ldi. Loyiha doirasida kafedraga 40000 evro qiymatidagi kompyuter va orgtexnika keltirildi va ulardan o‘quv jarayonida samarali foydalanilmoqda.
OO‘MTV va Jahon bankining hamkorligi asosidagi Akademik Innovatsiyalar Fondi (AIF) tomonidan e’lon qilingan 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan xalqaro grant bo‘yicha 140000 $ miqdoridagi loyiha yutib olindi. Loyiha 2019 yil mart oyidan boshlanib, mablag‘ kafedraning moddiy-texnik bazasini yangilash, kafedra professor-o‘qituvchilarini xorijda malakasini oshirish va kafedrada Forsayt markaz tashkil etish uchun sarflanadi.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar:
Kafedrada tashkil etilgandan beri o‘qish jarayonini o‘quv-metodik ta’minlash borasida professor-o‘qituvchilar tomonidan 10 dan ortiq darslik, 20 dan ortiq o‘quv qo‘llanma, 4 ta monografiya, 100 dan ortiq uslubiy ko‘rsatmalar, 10 dan ortiq xorijiy jurnallarda ilmiy maqolalar, 20 dan ortiq mahalliy jurnallarda ilmiy maqolalar chop etishgan, 20 dan ortiq dasturiy mahsulotlarga Davlat Patent Idorasining mualliflik guvohnomalarini olishgan, xalqaro konferensiyalarda 100 dan ortiq va mahalliy konferensiyalarda 400 ortiq tezislar chop etishgan. Bundan tashqari 100 ga yaqin o‘quv-uslubiy majmualar yaratishgan.

Monografiyalar:

  1. Tulayev B., Daminov O.O., Xakimov J.O., Mirzaabdullayev J.B. “O‘qitishning innovatsion faol va interfaol metodlari nazariyasi va amaliyoti”. 2017.
  2. Тулаев Б. “Математическое моделирование процессов теплообмена в ДВС”. 2018.
  3. Tulayev B.R., Xakimov J.O., Daminov O.O., Mirzaabdullayev J.B. “Kasbiy o‘qitishda talabaning mustaqil ishi”, 2020.

Darsliklar:

  1. To‘layev B. “Ichki yonuv motorlari nazariyasi va dinamikasi asoslari”, 2010.
  2. To‘layev B. “Yonilg‘i-moylash materiallari va sovituvchi suyuqliklar ximmotologiyasi”, 2016.
  3. Xakimov J.O. “Komputerli loyihalash”, 2018.
  4. Daminov O.O. “Kasbiy pedagogika”, 2018.
  5. Тулаев Б. “Методология научных исследований”, 2020.
  6. Mirzaabdullayev J.B. “Ekspluatatsion materiallar”, 2020.

Ma’ruzalar matni:
Barcha mutaxassislik fanlaridan elektron va qog‘oz variantda ma’ruzalar matni mavjud. Elektron versiyalar doimiy «Ziyonet» portaliga joylashtirib boriladi.

O‘quv va laboratoriya xonalari to‘g‘risida qisqacha ma’lumot:
Kafedrada ilmiy va o‘quv laboratoriyalari hamda kompyuter sinfi mavjud. Kafedrada kutubxona mavjud bo‘lib, ilmiy va o‘quv ishlanmalarning ko‘rgazmalari muntazam o‘tkaziladi.

Kafedra manzili:
Toshkent sh., Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi 2-uy.

KAFEDRALAR

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.