MOODLE
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

CHIZMA GEOMETRIYA VA KOMPYUTER GRAFIKASI KAFEDRASI

Kafedra mudiri:
Azimov Alisher Toxirovich
Dotsent
Telefon: +998 (90) 978-90-96
E-mail:azimovalisher290@gmail.com

Kafedra tarixi

Kafedra 1920-yili Turkiston davlat universitetining texnika fakulteti tarkibida “Chizma geometriya va texnika chizmachiligi” nomi bilan tashkil topgan. Kafedraning asosiy yo‘nalishi   darslik va o‘quv qo‘llanmalarni lotin alifbosidagi yangi avlodini va elektron adabiyotlarni yaratish ustida

faol ish olib borishga qaratilgan. Hozirgi kunda kafedra “Chizma geometriya va kompyuter grafikasi” nomi bilan yuritiladi. Kafedrada bitta professor, to‘rtta dotsentlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

“Kadrlar tayyorlash milliy dastur”ni izchil amalga oshirish borasida kafedra professor-o‘qituvchilari “Yosh konstruktorlar” to‘garagiga rahbarlik qilib talabalarga “AutoCAD” и “KOMPAS” kompyuter grafikasi dasturlarini o‘rgatmoqdalar.

Kafedra professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim va Xalq ta’limi vazirligi  qo‘shma buyrug‘i asosida talabalar orasida o‘tkaziladigan olimpiadaning Respublika bosqichini  o‘tkazishga  rahbarlik qilmoqdalar.

Respublikamiz oliy texnika o‘quv yurtlari, kasb-hunar kolleji va o‘rta maktab “Chizma geometriya, chizmachilik va muhandislik grafikasi” fanlari professor-o‘qituvchilari kafedra mudirlari bilan ilmiy-amaliy, uslubiy va tashkiliy masalalar bo‘yicha hamkorlik amalga oshirilmoqda.
Kontingent:
Talabalarning umumiy soni 2460 ta
Bakalavriat yo`nalishlari:
310000 Muхandislik ishi ta’lim soхasining barcha yo’nalishlari
320000 Ishlab chiqarish teхnologiyasi ta’lim soхasining barcha yo’nalishlari
Kafedrada faoliyat ko’rsatayotgan professor o’qituvchilar (ilmiy unvoni)
Darsliklar
Darsliklar: 5 ta o’quv qo’llanma
Uslubiy qo’llanmalar: 40 dan ortiq
Ma’ruza matnlari:O’zbek, rus, ingliz tillarda
Kafedra professor -o’qituvchilari

  1. Azimov T.D.
  2. Sabirova D.U.
  3. Alimova D.Q.
  4. Baltabayev K.K.
  5. Azimov A.T.
  6. Аbidov О.S.
  7. Yakubova M.M.
  8. Mirzaraimova V.
  9. Toshpulatov R.X.
  10. Raximov A.M.
  11. Djabbarova M.
  12. Ahmedova Sh.A
  13. Umarov X.E.
  14. Muminova D.S.
  15. Samatova К.М.
  16. Аripova К.А.
  17. Saidnazarova S.
  18. Хаsanova S.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:
1-yo’nalish. Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Chizma geometriya va muhandislik grafikasi) iхtisosligi bo’yicha ilmiy ish olib boriladi. (Ilmiy rahbarlar Azimov T.D.)
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy- uslubiy ishlar:
2-yo’nalish. Oliy maktab muammolari bo’yicha ilmiy ishlar olib borish. Chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanlaridan teхika oliy o’quv yurtlari uchun o’quv, o’quv-uslubiy qo’llanmalar yaratish va o’qitishning uzviyligini ta’minlash muammolari. (Ilmiy rahbar Sabirova D.U.)

KAFEDRALAR

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.