
Institut haqida
OʼzR FА M.T.Oʼrozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti
Tashkil etilgan yili – Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar Аkademiyasi M.T.Oʼrozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti 1943 yilda tashkil topgan.
Qayta tashkil etilgan yili – Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 17.02.2017 yildagi PQ №2789 – son qaroriga asosan OʼzR FА Inshootlar seysmik mustahkamligi instituti va TDTU qoshidagi Tarmoq mashinashunosligi muammolari ilmiy-tadqiqot markazi bazasida qayta tashkil qilindi.
M.T.Oʼrozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti quyidagi ilmiy yoʼnalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi:
– deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi, gruntlar mexanikasi, eksperimental mexanika;
– bino va inshootlar seysmik mustahkamligi;
– suyuqlik va gaz mexanikasi;
– mexanizmlar va mashinalar nazariyasi, konstruktsiyalar dinamikasi va mustahkamligi.
Bog’lanish
Elektron pochta: instmech@academy.uz
Telefon: (+998-71) 262-71-32, (+998-71) 262-71-52