“Lazer texnologiyalari va optoelektronika” kafedrasi

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Kafedra mudiri:

Yusupov Javdat Bakidjanovich

Fizika-matematika fanlari doktori, professor

Telefon: + 998 90 3274949

Elektron manzil: yusupovdb@yahoo.com

Kafedra tarixi:

«Lazer texnologiyalari va optoelektronika» kafedrasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-maydagi 2524 sonli “Toshkent davlat texnika universiteti faoliyatini takomillashtirish” farmoyishi asosida tashkil etilgan. Kafedra o’z faoliyatini 2016/2017-o’quv yilidan boshlagan. Kafedra mudiri – f.-m.f.d., professor Yusupov Djavdat Bakidjanovich. Yusupov D.B. 1977 yilda M.V. Lomonosov nomli Moskva davlat universiteti (MDU) fizika fakultetidagi “To’lqinlar jarayoni” kafedrasini tugatib “fizik” mutaxassisligini olgan. 1978-1981-yillarda MDU fizika fakultetining aspiranturasida tahsil olgan. D.B. Yusupov rahbarligida F 02-78 (2007-2011), F2-49 (2011-2016) va F2-45 (2017-2020) davlat byudjeti tomonidan moliyalashtirilgan fundamental loyihalar bo’yicha ilmiy izlanishlar bajarilgan va bajarilmoqda. Hozirgi 2020/2021-o’quv yilida kafedrada 5312900 – “Lazer-yorug’lik texnologiyalari va optoelektronika” bakalavr ta’lim yo’nalishi 1-4-bosqichlarida 173 nafar talaba, 5A312901 – “Lazer texnologiyalari va optoelektronika” va 5A312902 – “Yorug’lik diod texnologiyalari” mutaxassisliklari bo’yicha 15 talaba magistr darajasini olish uchun tahsil olmoqdalar. Kafedrani shtat birligi 7,5 ta bo’lib, undan 6 professor-o’qituvchi asosiy shtatda, shu jumladan 2 ta professor, f.m.-f.d.:Yusupov D.B. va Sapaev U.K., 2 ta dotsent, f.m.-f.n. Nasirov T.Z. va t.f.f.d. (PhD) Akbarova N.A. hamda assistentlar Ro’ziyev Z.J. va Soliyeva N.M. va 1,5 ta shtat birligida o’rindoshlik asosida O’zbekiston milliy universitetining “Fotonika” kafedrasining dotsentlari,  f.-m.f.n. A.K. Kasimov, I.A.Solovyev va “Umumiy fizika” kafedrasi dotsenti Sh.X. Kamilovlar faoliyat yuritmoqda.

Kafedra professor-o’qituvchilari: (chapdan o’ngga) tayanch doktorant Qoraboev K., dosent Kamilov Sh., professor Sapaev U., professor Yusupov D., dosent Nasirov T., dosent Akbarova N., assistent Soliyeva N., tayanch doktorant Sobirov O., assistent Ro’ziyev Z.J.

Germaniyadan keltirilgan qurilmalarda “Optika asoslari” fanidan talabalar tomonidan laboratoriya darsidan lavhalar keltirilgan:

Kafedra professor-o’qituvchilari o’quv-uslubiy ishlari bilan bir qatorda yuqori quvvatli uzluksiz, impulsli lazer nurlarining turli o’zgaruvchan parametrli moddalar bilan o’zaro ta’siri natijasida kuzatiladigan nochiziqli optik jarayonlar xususiyatlarini va ularni samardorligini oshirishning optimal usullarini aniqlash bo’yicha izlanishlar olib bormoqda. Kafedrada professorlar Yusupov va Sapayev hamda dotsent Nasirovlar rahbarligi ostida 3 ta tayanch doktorant va 1 ta stajor-tadqiqotchi falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun ilmiy izlanishlar olib borishmoqda.

Kafedra professor-o’qituvchilari uslubiy va ilmiy izlanishlarni chet el olimlari bilan hamkorlikda olib borishmoqda. Yusupov D.B. Buyuk Britaniyaning Reyding universiteti (1999-y., “Ustoz” fondi), Germaniyaning Paderborn universiteti (2005-y., DAAD fond stipendianti) va MDU (RF, 2006-, 2019-yy., “Iste’dod” fondi)da ilmiy va pedagogik faoliyat olib borgan. Rim universiteti (prof. G. Assanto), MDU (prof. A.S. Chirkin) va ToshDTU (professorlar D.B. Yusupov, U.K. Sapaev) olimlari ishtirokida NATO Xalqaro “Frequency Conservation of Ultra-Short Laser Pulses in Periodic and Aperiodic Nonlinear Photonic Lattices“ mavzudagi CBR.EAP.CLG 983708 ilmiy loyihasi doirasida ilmiy izlanishlar olib borilgan. Ushbu loyiha hisobidan D.B. Yusupovning taklifiga banoan Rim universiteti professori G. Assanto O’zbekistonga tashrif buyurgan va ToshDTU majlislar zalida Respublika oliygohlari olimlari uchun video seminar tashkil qilib bergan. Quyidagi rasmda ushbu video seminar qatnashchilaridan bir guruhi aks ettirilgan.

O’z navbatida D.B. Yusupov professor G. Assantoning taklifiga binoan Rim universitetiga 2 bor tashrif buyurgan va shu tariqa ilmiy hamkorlik aloqalari mustahkamlangan.

Yosh avlodni tarbiyalashdagi pedagogik faoliyati va ilmiy tadqiqot ishlaridagi muvaffaqiyatlari uchun D.B. Yusupov O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 19-iyundagi Farmoni bilan “O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGIGA 15 YIL” ko’krak nishoni bilan taqdirlangan. D.B. Yusupov O’zRFA fizika-texnika instituti qoshidagi O’zbekiston Oliy Attestatsiya hay’ati tomonidan tasdiqlangan fan doktori ilmiy daraja beruvchi DSc.27.06.2017.FM/N.34.01 sonli maxsus ilmiy kengash va ilmiy seminar hamda ToshDTUda chop etiladigan “Texnika fanlari va innovatsiya” ilmiy jurnalining hay’at a’zosidir.

Kafedra ta’lim yunalishi:

Bakalavriat:

  • 5312900 – Lazer-yorug’lik texnologiyalari va optoelektronika

Magistratura:

  • 5A312901 – Lazer, yorug’lik-diod texnologiyalari va optoelektronika  
  • 5A312902–Yorug’lik diod texnologiyalari

Kafedra professor-o‘qituvchilari:

  1. Yusupov Javdod Bakidjanovich, professor,  f.-m.f.d., kafedra mudiri
  2. Sapayev Usman Kalandarovich, professor, f.-m.f.d.
  3. Nasirov Tolqin Zakirovich, dotsent, f.-m.f.n.
  4. Akbarova Nigora Alimdjanovna, dotsent, t.f.f.d. (PhD)
  5. Ro’ziyev Zuhriddin Jamoliddinovich, assistent
  6. Soliyeva Nilufar Mamarajab qizi, assistent

Kafedraning o‘rindosh o‘qituvchilari: 

  • Kasimov Abdugappar Kaxarovich, dotsent, f.-m.f.n.
  • Solovyov Ivan Aleksandrovich, dotsent, f.-m.f.n.
  • Kamilov Sherzod Xashimovich, dotsent, f.-m.f.n.
  • Reymbayeva Sanabar Rejepbayevna, katta o’qituvchi

Kafedra olib borilayotgan ilmiy-tadqiqod ishlari:

Kafedra professor-o’qituvchilari o’quv-uslubiy ishlari bilan bir qatorda “Yuqori quvvatli uzluksiz, impulsli lazer nurlarining turli o’zgaruvchan parametrli moddalar bilan o’zaro ta’siri natijasida kuzatiladigan nochiziqli optik jarayonlar xususiyatlarini va ularning samardorligini oshirishning optimal usullarini aniqlash” mavzusi bo’yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.

Monografiyalar:

  1. I.A. Kulagin i dr. Nelineyniye opticheskiye svoystva krasiteley, organometallicheskix struktur i kristallov, T.: Fan, 2015.
  2. D.B. Yusupov, U.K. Sapaev. Nelineynaya optika fotonnix kristallov, T.: Fan, 2018.
  3. D.B. Yusupov, U.K. Sapaev. Kvazisinxronniye vzaimodeystviya lazernogo izlucheniya v apereodicheskix fotonnix kristallax, T.: ToshDTU, 2014.
  4. I.A. Kulagin i dr. Preobrazovaniye chastot lazernogo izlucheniya s predelnoy effektivnostyu, T.: Fan, 2014.

Darslik va o‘quv qo‘llanmalar:

M.A. Tursunov, D.B. Yusupov. Lazerlar texnikasi. Toshkent. 2018.

Uslubiy qo‘llanmalar:

  1. Yusupov D.B., Nasirov T.Z. Optika asoslari bo’yicha amaliy mashg’ulotlar uchun uslubiy ko’rsatmalar. ToshDTU, 2018.
  2. Nasirov T.Z., Sherniyozov A.A. Optik materiallar va ularning texnologiyalari bo’yicha laboratoriya mashg’ulotlaridan uslubiy ko’rsatmalar. ToshDTU, 2018.
  3. Yusupov D.B., I.A. Kulagin. Texnika lazerov. metodicheskie ukazaniya po laboratornm rabotam, TashGTU, 2018.
  4. Yusupov D.B. Nochiziqli optika bo’yicha laboratoriya mashg’ulotlaridan uslubiy ko’rsatmalar. ToshDTU, 2020.

Kafedradagi laboratoriya xonalari (rasmi bilan)

Ajratilgan xonalar – 5 ta,  maydoni – 100 m2, bevosita o’quv laboratoriya xonalari –  2 ta, 42 m2.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.