Joriy yilning 21 oktyabr kuni neft va gaz fakultetida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda fakultet dekani U.Urunov raisligida, hamda TDTU kadrlar bo‘limi boshlig‘i Mirzaev A.N., “Komplaens nazorat” bo‘limi boshlig‘i Kayumov N.Z. va bosh mutaxassisi Abduraxmanov V.V.lar ishtirokida fakultet va kafedralarning professor – o‘qituvchilari va texnik xodimlari qatnashdilar.
Kayumov N.Z. TDTUda tashkil etilgan Bo‘limning maqsad va vazifalari hamda huquq va majburiyatlari to‘g‘risida to‘xtalib, ta’lim sohasidagi korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etilishi sabab va omillarini kelib chiqishi va korrupsiya xolatlarini aniqlash va jinoyatni oldini olish bo‘yicha ma’lumotlar berdi.
Shu bilan birgalikda Kayumov N.Z. 2021 yil 15 oktyabr kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.N. Toshqulov raisligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021 yil 16 sentyabrdagi 19/10-21-101-sonli Taqdimnomasi muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ta’lim tizimida yo‘l qo‘yilgan konunbuzarliklar bo‘yicha jinoyatlar sodir etilganligi xakida ma’lumot berdi. Shuningdek, ta’lim tizimida bunday korrupsiyaviy konunbuzarliklarga barham berishda har bir professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar xamda talabalar mas’ul ekanligi ta’kidlandi.
Yigilishdan fotolavxalar.





