KONCHILIK ISHI VA METALLURGIYA FAKULTETI
Dekan | Gaibnazarov Sunatilla Bahodirjanovich PhD (texnika fanlari bo’yicha) Tel.: +998 71 246-04-59 E-mail: sgaibnazarov@tdtu.uz Qabul vaqti: Har kuni soat 9-00 dan 13-00 gacha |
![]() |
Dekan o’rinbosari | Matkarimov Soxib Turdaliyevich PhD (texnika fanlari bo’yicha) Tel.: +998 71 246-43-22 E-mail: sohibtm@gmail.com Qabul vaqti: Har kuni soat 9-00 dan 13-00 gacha |
![]() |
Dekan o’rinbosari | Bekpulatov Javlon Mustafoquliyevich PhD (texnika fanlari bo’yicha) Tel.: +998 71 246-43-22, E-mail: bjmtdtu@gmail.com Qabul vaqti: Har kuni soat 9-00 dan 13-00 gacha |
![]() |
Yoshlar bilan shlash bo‘yicha dekan o’rinbosari | Eshniyazov Saatmurat Xurramovich Tel.: +998 71 246-80-17 E-mail: s.eshniyazov@tdtu.uz Qabul vaqti: Har kuni soat 14-00 dan 17-00 gacha |
![]() |
KONCHILIK ISHI VA METALLURGIYA FAKULTETI TARIXI
1921-yil professor M.M. Protodyakonov tashabbusi Turkiston davlat universitetining texnika fakulteti tarkibida konchilik bo‘limi ochilib, Markaziy Osiyoda ilk bor konchi muhandislar tayyorlashga asos solindi. 1930 – yilda O’rta Osiyo davlat universitetining konchilik-geologiya bo‘limlari va kafedralari zaminida O’rta Osiyo geologiya-qidiruv instituti tashkil etilib, 1931 yilda u O’rta Osiyo konchilik institutiga aylantirildi. 1933 – yilda u qurilish va energetika institutlari bilan birlashib, O’rta Osiyo industrial institutining dastlabki uchta: konchiiik-geologiya, qurulish va energetika fakultetlarini tashkil etildi.Konchilik fakulteti 1952-yilga qadar O’rta Osiyo politexnika instituti tarkibida konchilik va geologiya-qidiruv muhandislari tayyorlash bo’yicha faoliyat olib borib, shu yili u konchilik va geologiya-qidiruv fakultetlariga ajratildi. Bu ikki fakultet 1996-yilga qadar mustaqil faoliyat olib bordilar va shu yili yagona-konchilik-geologiya fakulteti maqomida birlashtirildi.2016 yilda fakultet Muhandislik geologiyasi va konchlik ishi fakultetiga aylantirildi. 2018 yilda mazkur fakultet bazasida 2 ta yangi fakultet : Konchilik ishi va metallurgiya hamda Geologiya-qidiruv fakultetlari tashkil etildi.Konchilik fakultetining dekani lavozimida turli yillarda A.S. Uklonskiy, S.V. Grigoryans, N.F. Bezobrazova, G’.O. Mavlonov, L.G. Gertman, V.L. Dmitriyev, N.V. Mishchenko, X.M. Maqsudov, U.A. Isamuxamedov, I.I. Inog’amov, O.D. Rusanova, V.R. Raximov, X.X. Shomirzayev , G.M.Mirsaidov, X.S.Xodjayaev, F.Ya.Umarov va boshqalar ishlab keldilar. Hozirgi kunda PhD (texnika fanlari bo’yicha) Gaibnazarov Sunatilla Bahodirjanovich Konchilik ishi va metallurgiya fakulteti dekani lavozimida faoliyat olib bormoqda.
BAKALAVR TA’LIM YO'NALISHLARI (KUNDUZGI)
1. 5310300 – “Metallurgiya” |
2. 5311500 – Geodeziya kartografiya va kadastr |
3. 5311600-Konchilik ishi (faoliya tturlari bo’yicha) |
4. 5312200 – Konchlik elektromexanikasi |
5. 5312300 – Marksheyderlik ishi |
6. 5640100-Hayotiy faoliyat xavfsizligi |
MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI
1. 5А310301 – Metallurgiya (rangli metallar) |
2. 5А310301 – Metallurgiya (qora metallar) |
3. 5A311601 – Foydali qazilma konlarini qazish (yer osti usulida) |
4. 5A311601 – Foydali qazilma konlarini qazish(ochiq usulda) |
5. 5A311602 – Shaxta va yer osti muhandisligi |
6. 5A311603 – Foydali qazilmalarni boyitish (rudalar bo‘yicha) |
7. 5А312201- Konchilik mashinalari va jihozlari |
8. 5А640101-Mehnat muhofazasi, ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar xavfsizligi (sanoatda) |