KONCHILIK ISHI KAFEDRASI

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Kafedra mudiri:
Hayitov Odiljon G’ofurovich
Turon  fanlar akademiyasi akademigi
Geologiya-mineralogiya fanlari doktori DSc, dosent,

Telefon : +998 71 246-05-54
Elektron manzil: o.hayitov@tdtu.uz

Kafedra tarixi

«Konchilik ishi» kafedrasi 1920 yildan boshlab Turkiston davlat universiteti tarkibida faoliyatini boshlagan va professor M.M.Protodyakonov ixtisoslik hamda kafedra sifatida oliy texnika ta’limi tizimiga birinchi bor kiritgan edi. O’rta Osiyo industrial instituti qoshida ham konchilik ixtisosligi kafedrasi o’quv darsi sifatida mavjud bo’lib, faqat mustaqil kafedra sifatida 1929 yilda faoliyatini boshlagan. Mazkur mutaxassislik muhandislariga talab-ehtiyoj birmuncha oshganligini inobatga olib, 1934 yilda “Foydali qazilma konlarini qazib olish” kafedrasi tashkil topgan va kafedrani birinchi rahbari professor, texnika fanlari doktori QozSSR FA ning akademigi A.S.Popov bo’lgan. “Konchilik ishi” kafedrasini tarixda 1939 yil birinchi bor 25 kishidan iborat kon muhandislari bitirishdi. 1936 yilga kelib kafedra ikkiga bo’lindi, ya’ni, qatlamli konlarni qazib olish va ruda konlarini qazib olish. Birinchisiga – prof. A.S.Popov, ikkinchisiga – dos. N.V.Michenko rahbarlik qilishdi. Professor A.S.Popov yirik ilm-fan namoyandasi sifatida kafedra ishlari va an` analarini shakllantirishga katta hissa qo’shgan. A.S.Popov va N.V. Michenko rahbarligi ostida urushgacha bo’lgan davrda kafedrada dosentlar N.N.Dyakonov, L.G.Gertman, R.A. Berzak, katta o’qituvchilar A.R.Boguslovskiy, I.M.Azimov, professor N.L.Smirnovlar ishlashgan. Urushning birinchi kunlaridan oxirigacha N.V. Michenko, I.L.Sprigin, I.M.Azimovlar frontda bo‘lishgan. Urushdan so’ng kafedraga N.V.Michenko rahbarligi ostida R.A. Berzak, I.S. Sprigin, U.A. Isamuhammedov, F.M.Aripova, N.F. Fayzullaevlar faoliyat olib borishdi. 1950 yilga kelib kafedra tarkibiga B.S. Slutskaya, O.B. Levinskiy, I.I. Inog’omov, D.S.Djaymagambetov, H.H. CHamirzaev, R.A. Tadjibaev, E.CH.Hodjaevlar qo’shilishdi. 1967 yilda kafedraga dosent, tehnika fanlari nomzodi U.A. Isamuhamedov rahbarlik qildi, hamda bir vaqtni o’zida Toshkent Politexnika instituti (ToshPI) prorektori lavozimida ishladi. 1974 yildan kafedraga dosent A.A. Abidov rahbarlik qildi. 1970 yilga kelib “Foydali qazilma konlarini qazib olish” kafedrasi ikkiga bo’lindi: “Foydali qazilma konlarini yer osti usulida qazib olish” va “Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish”. Kafedrani tashkil topishida Tog’-metallurgiya fakulteti dekani professor V.R. Rahimov, dos. F.M.Aripovalar katta hissa qo’shishgan. “Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish” kafedrasining birinchi rahbari dots. F.M. Aripova hisoblanadi. Professor, birinchi o’zbek konchi ayoli F.M. Mavlyanova-Aripova 1946 yildan o’z umrining oxirigacha shu fakultetda faoliyat ko’rsatgan va “Geomexanika” laboratoriyasining tashkilotchisi, hamda, Universitet faxriysi hisoblangan. O’zbekiston fanlar Akademiyasining akademigi, Rossiya fanlar Akademiyasining haqiqiy a’zosi, texnika fanlari doktori, professor Raximov Vahob Raximovich ko’p yillar moboynida “Konchilik ishi” yo’nalishi rahbari hisoblanib kelgan va bir vaqtning o’zida 20 yil moboynida fakultet dekani lavozimida ishlab kelgan. 1980-1990 yillarda Sobiq Ittifoq Oliy ta’lim Vazirligi Konchilik o’quv-uslubiy kengashiga rahbarlik qilgan. 1984-1990 yillarda ToshDTU ning birinchi prorektori lavozimida ishlagan. Hozirgi kunda “Konchilik ishi” kafedrsida 18 nafar professor – o’qituvchilar va doktorantlar hamda 6 nafar o’quv- yordamchi xodimlar o’z faoliyatlarini davom ettirib kelmoqdalar.

Kafedraning xalqaro aloqalari

  • Moskva davlat konchilik universiteti (Rossiya);
  • Milliy konchilik universiteti (Ukraina);
  • Kuzbass politexnika universiteti (Rossiya);
  • Ural davlat konchilik universiteti (Rossiya);
  • Sankt-Peterburg davlat politexnika universiteti (Rossiya);
  • Turin politexnika instituti (Italiya);
  • A. Kunaev nomidagi konchilik instituti (Qozog’iston);
  • Frayburg konchilik akademiyasi (Germaniya);
  • Moskva geologiya-qidiruv akademiyasi (Rossiya);
  • Qirg’iziston davlat texnika universiteti (Qirg’iziston);
  • Xarkov politexnika instituti (Ukraina);
  • Konchilik ishi va konchilik texnologiyalari instituti (Qirg‘iziston);
  • Toshkent avtomobil yo‘llari instituti;
  • Toshkent temir yo’llari muhandislari instituti;
  • Toshkent kimyo-texnologiya instituti;
  • Navoiy davlat konchilik instituti;
  • Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti;
  • Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali;
  • Milliytexnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS” ning Olmaliq filiali;

Kontingent:

Professor va o‘qituvchilar 14 ta

Talabalarning umumiy soni: Hozirgi kunda “Konchilik ishi” kafedrasida bakalavriat yo‘nalishida 311 ta talaba, magistraturada yo‘nalishida 46 ta, sirtqi ta`limda 221 ta, kechki ta’limda 34 ta hamda qo’shma dastur asosida (Kuzbass) 20 ta talaba tahsil oladi.

Bakalavriat, sirtqi va kechki va magistratura mutaxassisligi bo’yicha o’qitadi.

60721500 – Konchilik ishi (faoliyat turlari bo‘yicha)

70721501 -Foydali qazilma konlarini qazish(ochiq usulda)

70721503-Foydali qazilmalarni boyitish(rudalar bo’yicha)

Kafedrada faoliyat ko‘rsatayotgan professor o‘qituvchilar

Xayitov Odiljon G’ofurovich – kafedra mudiri, geologiya-mineralogiya fanlari doktori (DSc), dotsent, TFA akademigi, Turon  fanlar akademiyasi akademigi

Naimova Ra’no Shukurovna DSc., professor v.v.b.

Umarova Inoyat Karimovna kimyo fanlari nomzodi, dotsent

Ochilov Shuxratulla Atoyevich PhD., dotsent

Qodirov Vohid Raximovich  PhD., dotsent

Bekpo’latov Javlon Mustofokulovich PhD., dotsent

Qalandarov Qobil Suyarovich texnika fanlari nomzodi, dotsent

Salijanova Gulnoraxon Kaxarovna dotsent

Aminjanova Sevara Islamovna dotsent

Mishareva Milika Erkinovna katta o`qituvchi

Mahmarejabov Dilmurod Bahtiyorovich katta o`qituvchi

Karamanov Asqar Narziqul o`g`li assistent

Jurayev Salohiddin Jumaboyevich assistant

Kushshayev Uchqun Quvvatovich assistant

Kafedraning tayanch doktorantlari (PhD)

  • Norova Xurshida Yunusovna 3-bosqich
  • Umirzoqov Azamat Abdurashidovich 2-bosqich
  • Karimov Sherzod Vafo o’g’li 2-bosqich
  • Normurodov Aziz Anvarqul o’g’li 1-bosqich

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:

Kafedrada quyidagi 4 ta yo‘nalish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi.

1-mavzu:«Обоснование перспективных технологических схем добичи на нижных горизонтах рудных карьеров для внедрения прогрессивной циклично –поточной технологии бодычи руды». Ilmiy rahbar t.f.n. dos. Xayitov O.G`., qatnashuvchilar: Petrosov Yu.E. Naimova R. Ch. ,Qodirov V., Umrzoqov A, Norova  X ., magistr va bakalavrlar. 2- mavzu: «Разработка технологических схемы селективной флотации медно-молибденовых руд с применением новых реагентов собирателей». Ilmiy rahbar Umarova I.K. qatnashchilar: Qalandarov Q.S., Salijanova G.Q., Bekpulatov J.M, Mahmarejabov D.B., magistr va bakalavrlar.

Ilmiy-tadqiqot ishlarning natijalari quyidagi yangi zamonaviy dastgoh

FMR – 63 FLOTOMASHINAda amalga oshiriladi.

1 –bo’tanani yuklash uchun elevator; 2 – uchga

bo’ingan agitasiya kamerasi; 3 – impellerlar; 4 – chiqindini bo’shatish uchun truba; 5 – boyitmani bo‘shatish  uchun truba.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy metodik ishlar:

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish jarayonlari, karyer aerologiyasi, foyqali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish texnologiyasi, Foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash, Foydali qazilmalarni boyitish texnologiyasi, fanlari bo’yicha darsliklar, o’quv qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tajriba va amaliy ishlardan o’quv-uslubiy ko’rsatmalar, hisob-grafik ishlarini bajarish uchun ko’rsatmalar va kurs loyihasini bajarish uchun qo’llanmalar, JN, ON va YAN bosqichlarini o’tkazishga savolnoma va test topshiriqlari tayyorlanib chop etilgan.

O’qitish jarayoniga yangi informasion va pedagogik texnologiyalar joriy etilmoqda, EHMlardan foydalanilmoqda. «Fikrlar hujumi», «Tarmoqlar» usuli (klaster) zamonaviy pedagogik omillar professor-o’qituvchilar tomonidan o’quv jarayoniga joriy etilmoqda. Kafedraning moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilash, ilmiy yutuqlarni amaliy, tajriba mashg’ulotlarida va ma’ruzalarda qo‘llash dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Iqtidorli talabalar ilmiy ishlarga jash etmoqdalar, olingan ilmiy natijalar Respublika ilmiy jurnallarida chop etilmoqda. Keyingi yillar davomida kafedraning professor-o’qituvchilari tomonidan bir necha monografiya, darslik va o’quv qo’llanmalari, amaliy va tajriba mashg‘ulotlari uchun uslubiy ko’rsatmalar va 50 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etildi. “Ziyonet” saytiga ko’plab manbalar, darslik, o’quv qo’llanmalarning elektron versiyalari kiritildi.

Takomillashgan Davlat ta’lim standartlari talablariga asosan kafedrada o‘qitiladigan barcha fanlardan namunaviy o‘quv dasturlari va ishchi dasturlari tayyorlandi va test nazorati uchun variantlar tuzildi.

Monografiyalar:

  • Umarova I.K., Aminjanova S.I., Salijanova G.K. Mis-molebdenli va qo’g’oshin–ruxli madanlarning boyituvchanligini o’rganish // NODIRABEGIM. 2021y.
  • Umarova I.K., Axmedov X, Salijanova G.K. Rangli va nodir metallar ma’danlarining boyituvchanligini o’rganish. // NODIRABEGIM. 2019y.

Darsliklar:

  • Salijanova G.K., Umarova I.K., Bekpulatov J.M. Metalli rudalarni boyitish texnologiyasi // Darslik TDTU. 2020y.
  • Naimova R.Sh. Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish texnologiyasi. // Darslik. TDTU. 2020y.
  • Aminjanova S.I. Технология обогащения металлических руд // Darslik TDTU. 2020y.
  • Umarova I.K., Aminjanova S.I. Rangli va nodir metallar rudalarini boyitish texnologiyasi // Darslik. – 2019y.
  • Salijanova G.K. Foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash asoslari. // Darslik. 2018y.

O’quv va uslubiy qo’llanmalar:

  • Salijanova G.K., Aminjanova S.I. Foyqali qazilmalarni boyitishning maxsus usullari fanidan kurs loyihasini bajarish uchun uslubiy ko’rsatma. // TGTU. – 2020y.
  • Ochilov Sh.A., D.R.Maxmudov., Kadirov V.R. Foyqali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish jarayonlari // Qazib-yuklash ishlari 2-qism.  Uslubiy qo’llanma. TGTU. – 2020y. 53b.
  • Umarov F.Ya., Ochilov Sh.A., Kadirov V.R. Foyqali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish jarayonlari // Karyer transporti 3-qism.  Uslubiy qo’llanma. TGTU. – 2020y. 43b.
  • Aminjanova S.I., Maxmarejabob D.B. Metalli rudalarni boyitish texnologiyasi fanidan kurs loyihasini bajarish uchun uslubiy ko’rsatma // TDTU. – 2020y.
  • Aminjanova S.I., Maxmarejabob D.B. Foydali qazilmalarni boyitishda yordamchi jarayonlar fanidan kurs loyihasini bajarish uchun uslubiy ko’rsatma // TDTU. – 2020y.
  • Salijanova G.K. Foydali qazilmani boyitish jarayonlar fanidan kurs loyihasini bajarish uchun uslubiy ko’rsatma // TDTU. – 2020y.
  • Aminjanova S.I., Mishareva M.I., Maxmarejabob D.B. Mineralogiya amaliy ishlarni bajarish uchun metodik qo’llanma //  TDTU. – 2020y.
  • Aminjanova S.I., Mishareva M.I., Maxmarejabob D.B. Mineralogiya laboratoriya ishlarini bajarish uchun uslubiy ko’rsatma //  TDTU. – 2020y.
  • Aminjanova S.I., Mishareva M.I. Foydali qazilmalarni boyitish jarayonlari fanidan kurs loyihasini bajarish uchun uslubiy ko’rsatma //  TDTU. 2020y.
  • Aminjanova S.I. Foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash asoslari. O’quv qo’llanma. T. Fan va texnologiya. – 2019y. 215 b.
  • Salijanova G.K. Boyitishning yordamchi jarayonlari. // O’quv qo’llanma. – 2018y.
  • Solijonova G.K. Boyitish jarayonlarining analitik nazorati // O’quv qo’llanma. TGTU. – 2015y.
  • Sagatov N.H., Qodirov V.R. Kon aerologiyasi // O’quv qo’llanma.  Ziyo -2015y.

Maruza matnlari:

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan tayyorlangan: Geomexanika, Konchilik sohasiga kirish, Konchilik ishi asoslari, Noruda konlarni qazib olish, Foydali qazilma konlarini ochiq usulida qazib olish jarayonlari, Foydali qazilmalarni boyitishga tayyorlash jarayonlari, Foydali qazilmalarni boyitish usullari, Foydali qazilmalarni boyitishga tayyorlash, Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish texnologiyasi, Foydali qazilmalarni boyitish texnologiyasi, Boyitish jarayonlarini analitik nazorati, Foydali qazilmalarni elektr va magnit usullarida boyitish jarayonlari, Foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash asoslari, Rangli va nodir metallar rudalarini boyitish texnologiyasi, Mineral zarrachalarni ajratish jarayonlarining nazariyasi va dastgohlari, Foydali qazilmalarni boyituvchanligini o’rganish, Boyitishning geokimyoviy va biokimyoviy usullari fanlaridan ma’ruza matnlarining elektron va qog’ozdagi variantlari mavjud. Elektron variantlar “Ziyonet” tarmog’iga ham joylashtirilgan.

Oquv va laboratoriya xonalari togrisida qisqacha malumot:

Kafedrada 3 ta o‘quv laboratoriya xonasi va 1 ta ilmiy-tadqiqot xonasi mavjud. Laboratoriya jihozlari ishchi holatda. Yangi laboratoriya jihozlariga buyurtma berilgan.

Kafedra manzili: Toshkent ch. Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 2 uy.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.