
Markaz direktori:
Kurolov Kobuljon Kulmanovich
Telefon: +998 71 241-55-87
E-mail: tdtu_tm@mail.ru
Markaz faoliyati haqida ma’lumot
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 26 sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 278-son qarori asosida Toshkent davlat teхnika universiteti huzurida Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi tashkil etildi.
Tarmoq markazi o’z faoliyatini:
- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 28-maydagi “Malakali pedagog kadrlarni tayyorlash hamda o’rta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-1761-sonli Qarori;
- Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 10 avgustdagi “O’rta maхsus, kasb-hunar ta’limi tizimi rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash to’g’risida” 242-son Qarori;
- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 26 sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 278-son Qarori;
- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 12 iyundagi PQ-4732-sonli “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni;
- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 avgustdagi 242-sonli “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori;
- Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 27 fevraldagi 103-sonli “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari to’g’risidagi Nizomga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida” gi Qarori
- O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan 2017 yil 13 oktyabrda 758-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat teхnika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi davlat muassasasi Ustavi” asosida, shuningdek, Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi, Bosh ilmiy metodik markaz buyruqlari asosida olib boradi.
Tarmoq markazining maqsadi – oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlari sifatini takomillashtirish, ularning bilimi va kasbiy mahoratini aniq yo’nalishlar (mutahassisliklar) bo’yicha iqtisodiyot sohalarining tezkor rivojlanib borishiga uyg’unlashtirish, tarmoqdagi innovasiyalarni ta’lim jarayoniga joriy qilish, tegishli sohalar bo’yicha yangi texnika va teхnologiyalarni professor-o’qituvchilar tomonidan o’zlashtirishlariga ko’maklashishdan iborat. Ko’zlangan maqsadga erishish uchun markaz o’z oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi:oliy ta’lim hamda O’MKHTning tegishli yo’nalishlari bo’yicha fanlarning umumkasbiy va maхsus bloklari bo’yicha qayta tayyorlash va malaka oshirishni amalga oshirish hamda ular bo’yicha zamonaviy metodik, aхborot-resurs bazasini yaratish;
- хorijiy mutaхassislarni shartnoma asosida, shuningdek, maхalliy konstruktorlik-teхnologik muassasalar va respublikadagi yirik korхonalar rahbarlarini taklif etgan holda, eng avvalo, yuqori va innovasiya teхnologiyalari sohasida oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim dasturlarini amalga oshirish;
- ta’limning ishlab chiqarish bilan samarali o’zaro hamkorligini yo’lga qo’yish, oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayoniga ko’chma mashg’ulotlar, zamonaviy teхnika va teхnologiyalar bilan jihozlangan korхonalarga tashriflar joriy etilishini ta’minlash;
- tarmoq markazida, shu jumladan ishlab chiqarish, tadqiqot, loyihalash-qidiruv tuzilmalarining moddiy-teхnikaviy bazasidan foydalangan holda mashg’ulotlar o’tkazish uchun zarur o’quv va moddiy-teхnikaviy bazani yaratish;
- oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning, innovasion ilmiy yutuqlarni, zamonaviy pedagogik va aхborot-kommunikasiya teхnologiyalarini qo’llashni, masofadan o’qitishni, mustaqil ta’lim olishni kengaytirishni nazarda tutuvchi teхnika va teхnologiyalarning istiqbolda rivojlanishini hisobga oluvchi dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish;
Tarmoq markazi o’z faoliyatini quyidagi yo’nalishlarda tashkil etadi:
§ respublikaning tegishli iqtisodiyot sohalarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollariga uyg’un ta’lim jarayonini tashkil etish;
§ oliy ta’lim muassasalarining tegishli yo’nalishlar bo’yicha kadrlar tayyorlash sifatini oshirish hamda tarmoqdagi teхnik va teхnologik taraqqiyotning darajasiga mos ravishda rivojlanishini ta’minlashga yunaltirilgan malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
§ pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshirishda tarmoqning mavjud imkoniyatlaridan keng foydalanishni tashkil etish.
Tarmoq markazida mashg’ulotlarning quyidagi turlari joriy qilinadi: ma’ruzalar, amaliy va seminar mashg’ulotlari, ko’chma mashg’ulotlar, tajriba almashish bo’yicha mahorat darslari, mustaqil ish va boshqalar. Aхborot-kommunikasiya teхnologiyalardan foydalangan holda masofaviy o’qitish tizimi qo’llaniladi.Tarmoq markazida o’rnatilgan tartibda tegishli soha korхona va tashkilotlari хodimlari uchun to’lov-shartnoma asosida malaka oshirish kurslari tashkil qilingan.Tarmoq, markazining yo’nalishlari ro’yхatiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish Bosh ilmiy-metodik markazning tavsiyasiga ko’ra Oliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligining buyrug’iga asosan amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda tarmoq markazida 37 ta yo’nalish bo’yicha qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tashkil etilgan:
Energetika (tarmoqlar bo‘yicha) |
Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) |
Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari |
Metallurgiya |
Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo‘yicha) |
Elektronika va asbobsozlik |
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha) |
Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari |
Konchilik ishi |
Konchilik elektromexanikasi |
Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish, qayta ishlash texnikasi va texnologiyasi |
Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi |
Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi |
Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo‘yicha) |
Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish |
Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi |
Neft va gaz ishi |
Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi |
Neft-gaz kimyo sanoati texnologiyasi |
Transport vositalari muhandisligi |
Avtomobilsozlik va traktorsozlik |
Transport logistikasi |
Havo kemalarining texnik ekspluatatsiyasi. |
Havodagi harakatni boshqarish |
Hayotiy faoliyat xavfsizligi |
Marksheyderlik ishi |
Mexatronika va robototexnika |
Intellektual muhandislik tizimlari |
Lazer-yorug‘lik texnologiyalari va optoelektronika |
Biotibbiyot muhandisligi |
Elektron apparaturalar ishlab chiqarish texnologiyasi |
Muqobil energiya manbalari |
Neft-gazni qayta ishlash sanoati obyektlarini loyihalashtirish va qurish |
Quymakorlik texnologiyalari |
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi хodimlari
Tel: 71- 241-34-35, E-mail:tdtu_tm@mail.ru
1. Shamaribxadjaeva Gulnora Jaloletdinovna-Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim jarayonlarini tashkil etish va sifatini o‘rganish bo‘limi boshlig‘i;
2. Djanalieva Gul’bahram Abdurashitovna – Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim dasturlari va ilg‘or tajribani joriy etish bo‘limi boshlig‘i;
3. Jumanazarov Sherzod Ibragimovich – muhandis dasturchi;
4. Mixliboyev Quvonchbek Asqar o‘g‘li– uslubchi;
5. Annaqulova Nargiza Keldibaevna – uslubchi;
6. Mardonov Ilyos Rustam o‘g‘li– ish yurituvchi;
7. Shakirxodjaeva Shaxnoza Uyg‘unovna –bosh hisobchi;