MOODLE
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

IJTIMOIY – GUMANITAR FANLAR MARKAZI

Markaz rahbari 
Maxkamova Mamlakat Abduqodirovna 
Iqtisod fanlari doktori, professor 
Tel.: +998 71 246-39-97
E-mail: m.makhkamova@tdtu.uz

Ijtimoiy – gumanitar fanlar markazi tarixi

I.Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universitetida respublikamizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan me’yoriy- huquqiy hujjatlar, davlat dasturlarining mazmuni va mohiyati to‘g‘risida doimiy ravishda va izchil targ‘ibot ishlarini olib borish, hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qaror va farmonlarining ma’naviy-ma’rifiy g‘oyalarini talabalarga to‘g‘ri yetkazish, universitetda ta’lim jarayonini tarbiya jarayoni bilan uyg‘unlashtirish, yangicha fikrlaydigan barkamol avlodni tarbiyalashda ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishning sifat va samaradorligini ta’minlash, ta’limning ma’naviy-axloqiy mazmunini oshirish, universitet tarkibidagi ijtimoiy-gumanitar kafedralarining professor-o‘qituvchilari, olimlari va mutaxassislaridan iborat targ‘ibotchilar jamiyatini shakllantirish hamda uning faoliyatini doimiy asosda yo‘lga qo‘yish maqsadida “Ijtimoiy-gumanitar fanlar  markazi” O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  15.08.2017 yildagi  №87-02-2656-sonli xati va universitet rektorining 2017 yil 31 avgustdagi 01/9-05-628 sonli buyrug‘i asosida tashkil topgan.Mazkur markaz shuningdek, bugungi davr talablariga mos ravishda har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, xalq manfaati yo‘lida bor salohiyatini safarbar qiladigan, shijoatli yoshlarni tarbiyalash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, talabalarga mustaqillik g‘oyalariga, yuksak ma’naviyat va insoniylikning milliy an’analariga sodiqlik ruhini chuqur singdirish, ularda yot g‘oya va mafkuralarga nisbatan immunitet va tanqidiy tafakkurni mustahkamlash bo‘yicha keng ko‘lamli ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda universitetning ijtimoiy-gumanitar kafedralari professor-o‘qituvchilarining rolini oshirish va manzilli ishtirokini ta’minlash vazifalarini bajaradi.

Universitetning Ijtimoiy-gumanitar fanlari markazining kafedralarida jami 132 nafar (shu jumladan, ayollar 104 nafar (78.7%) professor-o‘qituvchilar faoliyat olib boradilar.Markaz bo‘yicha ilmiy darajali (unvonli) lar soni (asosiy shtatdagi o‘qituvchilar soniga nisbatan) 33  nafar (25%).Asosiy shtatda faoliyat olib borayotgan 132  nafar professor-o‘qituvchilardan, 5 nafari (4,5%) fandoktori, professorlar, 28 nafari (20,5 %) fannomzodi, dotsentlar, 62 nafari (47 %) katta o‘qituvchilar, 37 nafarini (28 %) assistent va o‘qituvchilar tashkil qiladi. Markaz kafedralarida o‘rindoshlik (ichkivatashqi) asosi daishlayotganlar – 34 nafar nitash  kiletadi.2018 yilda markaz kafedralarida1 fandoktori (DSc) (XoshimovaN.A., Sanoat iqtisodiyoti)  va 1 falsafa doktori (PhD)  (DavronovD.N.,  Pedagogika va psixologiya) dissertatsiya ishlarini muvaffaqqiyatli himoya  qildilar. Shuningdek, 1 ta professor ilmiy unvoni (XoliqovaR.E.,  O‘zbekiston tarixi), 2 ta dotsentlik ilmiy unvoniga (Usmanova R., Sanoat iqtisodiyoti va Islamova D.Falsafava milliy g‘oya) ega bo‘ldilar.2018 yilning o‘zida markaz kafedralarida jami  2tadarslik (grif), 4ta o‘quv qo‘llanma (2 tasi grif), 27 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, 15 ta uslubiy ko‘rsatmalar yaratilgan.Shuningdek, ma’ruza va amaliy darslarni o‘tish uchun testlar, mustaqil ishlar bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar, taqdimotlar va tarqatma materiallar tayyorlangan.2018-yilda markaz kafedralarining professor-o‘qituvchilari tomonidan 49tarespublika va 61taxalqaro jurnallarda ilmiy maqolalar chop etilgan. Shuningdek, 2018 yildapro fessor-o‘qituvchilar tomonidan 132ta respublika va 68ta xalqaro konferensiya va anjumanlarda ma’ruza tezislari  chop etilgan.Hozirgi vaqtda “Sanoat  iqtisodiyoti” kafedrasida 2017-2020 yillar gamo‘ ljallangan PZ-20170926232. “Ekonomicheskie mexanizm formirovaniy a i ispolzovaniya intellektualnogo kapitalav sisteme innovatsionnogo sotrudnichest va obrazovaniya, nauki i proizvodstva” – 300 mln.so‘mlik (Ilmiy rahbar prof. Tursunxodjaev M.L.) amaliy loyiha olib borilyapti.Kafedralarda 2018 yilda jami 30taprofessor-o‘qituvchilar malaka oshirgan bo‘lib, ulardan 1tasi Moskva M.V.Lomonosov nomli MDUda malaka oshirgan. 2019 yilda 18 professor-o‘qituvchining malaka oshirishi rejalashtirilgan.Ijtimoiy-gumanitar fanlar markazi kafedralarida quyidagi to‘garaklar faoliyat olib boradi: O‘zbekiston tarixi kafedrasida “O‘lkashunoslik” to‘garagi (rahbar L.S. Xolnazarova), “Sanoat iqtisodiyoti” kafedrasida “Yosh sanoatchilar” (rahbari G. Turabekova),  Pedagogika va psixologiya kafedrasida “Kasbim faxrim” (rahbari D.F. Xamroqulova),  Falsafa va milliy g‘oya kafedrasida “Yosh o‘qituvchilar maktabi” (rahbari G.Gulyamova),  Tillar (o‘zb, rus)  kafedrasida 2 ta to‘garak – “Yosh notiqlar” (rahbari    O. Usmanova) va “Rechevoy etiketi obshenie” (rahbari  N. Srajitdinova), CHet tillari kafedrasida 3 tato‘garak – “Smart girls” (rahbari Sh.Sagatova),  “Step by step” (rahbari F.Djuraeva) va “Dormitory course  ” (rahbari U.Xamroev) kabi to‘garaklar samarali faoliyat olib bormoqdalar.

Ijtimoiy-gumanitar fanlar markazi tarkibida kafedralar

  • 1.O‘zbekiston tarixi –  kafedra mudiri  t.f.d.,prof.Xoliqova R.E.
  • 2.Sanoat iqtisodiyoti –  kafedra mudiri  i.f.d., dots.Xoshimova N.A.
  • 3.Pedogogika va psixologiya – kafedra mudiri  p.f.n.,dots.Axmedova M.E.
  • 4.Falsafa va milliy g‘oya – kafedra mudiri  p.f.n.,dots.Farfieva K.A.
  • 5.Tillar (o‘zbek va rus) – kafedra mudiri f.f.n.,dots.Umarova N.Z.
  • 6.Chet tillari – kafedra mudiri katta o‘qituvchi Ganixanova M.B.
  • 7.Jismoniy tarbiya va sport – kaf. mudiri katta o‘qituvchi  Shokirov P.K.

KAFEDRALAR

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.