ISSIQLIK ENERGETIKASI FAKULTETI
Dekan | TOSHOV JAVOXIR BURIYEVICH, DSc, professor Tel.: (71) 246-03-04, e-mail: j.toshov@tdtu.uz Qabul vaqti: Har kuni soat 14-00 dan 16-00 gacha |
![]() |
Dekan o’rinbosari | DUSMATOV RAVSHAN KOMILJONOVICH Tel.: (71) 246-03-04, e-mail: iis_ravshan@mail.ru Qabul vaqti: Har kuni soat 9-00 dan 13-00 gacha |
![]() |
Yosh bilan ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari | Suyarov Shaxzod Salim o’g’li E-mail: shakhzodsuyarov@gmail.com Telefon: +998 97 782 62 52 Har kuni: 9:00 dan 18:00 gacha |
![]() |
Dekan o’rinbosari | AXRORXO’JAYEV ABZALXON OQIL O’G’LI Tel.: (71) 246-03-04, e-mail:mr.abzal99@inbox.ru Qabul vaqti: Har kuni soat 14-00 dan 17-00 gacha |
![]() |
ISSIQLIK ENERGETIKASI FAKULTETI TARIXI
Energetika fakulteti 1920 yilda Turkiston Davlat Universiteti tarkibida tashkil topgan bo`lib, 1923 yilda birinchi injener-elektrik mutaxassislar tayyorlangan. Energetika fakultetining tashkil etilishida asos solgan va energetik injener kadrlarni tayyorlashda jonbozlik ko’rsatgan olim akademik A.G.Aleksandrov bo`lgan.
Energetika fakultetining kengayishi va rivojlanishida dekanlar: prof.G.F.Grushkin, A.V.Sorokin, dotsentlar N.I. Toperverx, P.V.Karpenko, M.L.Aronov, X.M.Asimov, professorlar: B.U.Umarov, A.S.Karimov, T.M.Kodirov, K.R.Allaev, O.O.Xoshimov, B.X. Yunusov, A.A. Alimov, T.Sh. Gayibov, J.B.Toshov va boshqalar katta xizmat ko`rsatishgan.
Energetika sohasining rivojlanishida va malakali energetik-muxandislar tayyorlashda akademiklar: X.F.Fozilov, M.Z.Xamudxonov, T.X.Nosirov, R.A.Zoxidov, K.R.Allaev, muxbir-a’zo G.R.Raximov, professorlar: B.U.Umarov O.O.Xoshimov, T.M. Kodirov, X.G. Karimov, N.X.Bozorov, M.Muxammadiev, D.N.Muxiddinov, M.I.Ibodullaev, J.B.Toshov dotsent B.X.Yunusov va boshqalarning xissasi katta.
80-yillaga kelib mamlakatimiz xalq xo’jaligi uchun energetik-muhandis mutaxassislarga bo’lgan extiyoj oshishi munosabati bilan 1983-yilda Energetika fakulteti asosida: Elektroenergetika va Sanoat energetikasi fakultetlari tashkil etildi. 1993 yilda esa shu fakultetlar negizida Energetika markazi tashkil etilib, markaz prorektori etib prof. Q.R.Allaev tayinlandi.
2005 yilda Energetika fakulteti O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyishga asosan qayta tashkil etildi. 2015 yildan Energetika fakulteti dekani sifatida J.B.Toshov faoliyat yuritib kelgan. 5 ta yo’nalish bo’yicha bakalavrlar va 14 ta mutaxassislik bo’yicha magistrlar tayyorlash boshlangan. 2020 yilda Energetika fakulteti negizida Elektr energetikasi va Issiqlik energetikasi fakultetlari tashkil etildi. Fakutet dekani etib texnika fanlari doktori, professor Toshov Javoxir Buriyevich tayilandi.
Hozirda fakultetda asosiy shtatida 68 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar, shundan 5 nafar fan doktorlari, professorlar, 21 nafar fan nomzodlari, dotsentlar. Ilmiy salohiyat 36,5 %.
Issiqlik energetikasi fakultetida 6 ta kafedra faoliyat yuritmoqda:
-
- “Issiqlik energetikasi” kafedrasi, texnika fanlari nomzodi dotsent Yunusov Baxtiyor Xojiakbarovich kafedra mudir lavozimida faoliyat yuritadi.
- “Elektr mashinalari” kafedrasi, texnika fanlari doktori professor Toirov Olimjon Zuvurovich kafedra mudir lavozimida faoliyat yuritadi.
- “Termodinamika va issiqlik texnikasi” kafedrasi, texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Isoxodjayev Xayrulla Sunnatullayevich kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritadi
- “Atom elektr stansiyalari” kafedarsi, texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Jumanov Sherzod kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritadi.
- “Energiya tejamkorligi va energetika auditi” kafedrasi, texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), Normuminov Jaxongir Abdusamiyevich kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritadi.
- Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi, Shokirov Po’lat Karimovich kafedra mudir lavozimida faoliyat yuritadi.
BAKALAVR TA’LIM YO'NALISHLARI (KUNDUZGI)
5310100- Energetika (tarmoqlar bo’yicha) |
5312100- Energiya tejamkorligi va energoaudit |
5310700- Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyasi (elektr mashinasozligi) |
MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI
5A310104- Sanoat issiqlik energetikasi |
5A310105- Issiqlik texnikasi (issiqlik texnikasining nazariy asoslari) |
5A312101- Energoaudit va sanoat korxonalarining energetik tekshiruvi |
5A310701- Elektr mexanikasi (tarmoqlar bo’yicha) |
SIRTQI TA’LIM (BAKALAVRIAT) YO'NALISHLARI
5310100- Energetika (tarmoqlar bo’yicha)
5310700- Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyasi (elektr mashinasozligi)
KAFEDRALAR
Issiqlik energetikasi kafedrasi |
Elektr mashinalari kafedrasi |
Termodinamika va issiqlik texnikasi kafedrasi |
Atom elektr stansiyalari |
Energiya tejamkorligi va energetika auditi |
Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi |