YOSHLAR BILAN ISHLASH

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya fakulteti “Metallurgiya” kafedrasi bakalavrianti Alamova Gulbahor Xamroyevna O’zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibasi.

Gulbahor Alamova Metallurgiya mutaxasssisligi bo’yicha 4-bosqichda tahsil olmoqda. Universitetda o’tkazilgan “Rektor kubogi ” sport musobaqalarida sportning bir necha turlari bo’yicha sovrindori, shu bialn birga, “Qizlar davrasi” ko’rik tanovi g’olibi, “Yoshlik malikasi” Respublika ko’rik- tanlovi “Eng zukko ishtirokchi” nominatsiyasi g’olibi, 2019-yil va 2021-yillarda o`tkazilgan “Yil talabasi” Respublika ko’rik-tanlovining universitet bosqichida sovrindori, ko’plab xalqaro va respublikada o’tkazib kelinayotgan ilmiy konferensiyalar ishtirokchisi, talabalar o’rtasida yangi “Start Up” loyihalari tanlovlari ishtirokchisi, hozirga qadar ilmiy rahbari “Metallurgiya” kafedrasi katta o’qituvchisi Sh.T.Hojiyev bilan birgalikda xalqaro va respublika ilmiy jurnallarida 20 dan ortiq maqolalari nashr etilgan.

Universitetimizning iqtidorli talabasini yutuqlari bilan tabriklaymiz, keyingi ishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.