Ilmiy-tadqiqot qismi

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Ilmiy-tadqiqot qismi boshlig‘i:

Muxiddinov Zayniddin Nasirovich


Qabul vaqti:Dushanba, Chorshanba, Juma (soat 15:00 – 17:00)
E-mail:
zayniddinmuxiddinov@tdtu.uz
Telefon: +998 71 246-92-35

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining (keyingi o’rinlarda Universitet) ilmiy-tadqiqot faoliyati, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash bo’lgan asosiy faoliyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Ilmiy-tadqiqot qismi, Universitetda bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish, ilmiy-texnik mahsulotlar va xizmatlarni joriy qilish maqsadida tashkil etilgan.

Ilmiy tadqiqot qismi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 maydagi “Toshkent davlat texnika universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2524 sonli, 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3153-son qarorlariga asosan tashkil etilgan bo’lib, Universitet kafedralari, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, ilmiy-texik majmualari va ilmiy markazlardagi ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtiruvchi organ sifatida Universitetning tarkibiy tuzilmasiga kiradi.

Ilmiy tadqiqot qismi o’z faoliyatini o’zini-o’zi moliyaviy ta’minlash qoidalari asosida hamda O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun xujjatlari va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiradi.

Ilmiy tadqiqot qismi yuridik shahs bo’lmagan holda, Universitetning gerbli muhridan foydalanib, o’zining alohida hisob raqamiga ega bo’lib, ho’jalik yurituvchi sub’ektga xos boshqa hususiyatlarini saqlagan holda faoliyat yuritadi.

Ilmiy tadqiqot qismi, tashabbus bilan chiqib, Universitet nomidan xar qanday assotsiatsiya, aksionyerlik jamiyatlariga qo’shilishi, ilmiy laboratoriyalar va kichik innovatsion korxonalar tuzishi mumkin.

                  Ilmiy-tadqiqot qismi, ilmiy markazlar, ilmiy-texnik majmualar, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, ilmiy tadqiqot guruhlari va kafedrlardagi ilmiy-tadqiqot ishlarini umumlashtiruvchi sifatida Universitetning yagona ilmiy tarkibiy bo’linmasi hisoblanadi.

Quyidagilar Ilmiy tadqiqot qismining asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • Universitet jamoasining, ilmiy bo’limlarining va alohida xodimlarining mavjud ilmiy salohiyatidan to’la va samarali foydalanish hamda salohiyatini yanada oshirish maqsadida, ular uchun kerakli iqtisodiy, ijtimoiy va ishlab chiqarish shart-sharoitlarini yaratib berish bo’yicha takliflar berish;
  • fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlariga muvofiq ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablari asosida bajarilishi mo’ljallangan fundamental, amaliy, innovatsion, startap va boshqa loyihalarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
  • iqtisodiyot sohalarini rivojlantirishdagi ilmiy-texnologik vazifalarni bajarishga yo’naltirilgan amaliy ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish hamda, chet el ilg’or texnologiyalarini sinovdan o’tkazish va joriy etish uchun kerakli shart-sharoitlar yaratishga ko’maklashish;
  • ilmiy-tadqiqot ishlarining ilmiy-texnik samadorligini oshirish, buning uchun o’quv jarayonlariga ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini faol qo’llash hamda bu ishlarga magistrant va talabalarni jalb etish yo’li bilan  kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ilmiy maktablar va yuqori malakali ilmiy jamoalarni shakllantirish;
  • Universitetning texnik va ishlab chiqarish bazasini rivojlantirishda, ilmiy xodimlari malakasi va kasb mahorati darajasini ko’tarishda ko’maklashish;
  • yirik ilmiy-texnik vazifalarni birgalikda yechish va oliy ta’lim maskanlarida yaratilgan ishlanmalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish maqsadida, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlari orasidagi ilmiy-texnik hamkorlikning istiqbolli shakllarini rivojlantirish;
  • chet el o’quv yurtlari va ilmiy markazlari bilan halqaro ilmiy-texnik hamkorlikni kengaytirish.

Ilmiy tadqiqot qismining asosiy faoliyat yo’nalishlari quyidagilar hisoblanadi:

  • kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan kunning ikkinchi yarmida bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining bajarilishini muvofiqlashtirish va uslubiy ta’minlash hamda ilmiy bo’linmalarning o’zaro hamkorligini ta’minlash;
  • fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustivor yo’nalishlari bo’yicha ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablari asosida bajarilishi mo’ljallangan fundamental, amaliy, innovatsion va boshqa loyihalar yuzasidan o’tkaziladigan tanlovlarda professor-o’qituvchilarning ishtirokini ta’minlash;
  • fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustivor yo’nalishlari bo’yicha e’lon qilinadigan fundamental, amaliy, innovatsion va boshqa loyihalarning bajarilishini tashkil etish;
  • ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, guruhlar, ilmiy-ishlab chiqarish majmualari tomonidan fundamental, amaliy, innovatsion va boshqa loyihalar bo’yicha olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari yuzasidan monitoring olib borish;
  • ilmiy-tadqiqot ishlarini to’liq va samarali bajarish maqsadida, Universitet xodimlarining ilmiy-texnik salohiyatidan to’laqonli foydalanish;
  • ilmiy xodimlarni ishlab chiqarish korxonalari va boshqa tashkilotlarga, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlariga xizmat safarlarini tashkil etish;
  • o’quv jarayonlariga ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini faol qo’llash hamda fundamental, amaliy, innovatsion va boshqa loyihalarni bajarishga doktarantlar, magistrant va talabalarni jalb etish yo’li bilan ilmiy-tadqiqot ishlarining ilmiy-texnik darajasini va mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga ko’maklashish, ilmiy maktablar va yuqori malakali ilmiy jamoalarni shakllantirish;
  • fundamental, amaliy, innovatsion va boshqa loyihalarni bajarish natijalari asosida seminarlar, konferenciyalar, simpoziumlar tashkil etish va o’tkazish, ilmiy ishlar hisobotlarini tayyorlashni hamda, Universitet olimlarining ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari bo’yicha marketing va reklama ishlarini tashkil etish;
  • Universitet qoshidagi ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, ilmiy markazlari va ilmiy-texnik majmualari faoliyatining monitoringini olib borish;
  • ilmiy laboratoriyalarning texnik va ishlab chiqarish bazalarini rivojlantirish, Universitet ilmiy bo’limlaridagi xodimlarning malakasi va kasb mahoratining o’sishini ta’minlash;
  • Universitet Ilmiy-texnik Kengashi ishini tashkil etish, hamda fakultetlar qoshidagi ilmiy-texnik Kengashlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • ilmiy faoliyatini amalga oshirishda Universitetning professor-o’qituvchilar tarkibiga, ilmiy xodimlariga, yosh olimlariga, magistrantlarga, iqtidorli talabalarga ilmiy-texnik, axborot, normativ-huquqiy va konsalting xizmatlari ko’rsatish;
  • ilmiy-tadqiqotlar natijalari yuzasidan monografiyalar va ilmiy maqolalar, yangi ishlanmalar uchun katalog va bukletlar tayyorlashda, Universitetning professor-o’qituvchilariga, ilmiy xodimlariga va yosh olimlariga uslubiy yordam berish;
  • Universitetda nashr etiladigan ilmiy-texnik jurnallarni nashr faoliyatini muvofiqlashtirish va nashr etishga tayyorlash;
  • ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish jarayonida boshqa oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlarining ilmiy yo’nalishlar bo’yicha mos, etakchi mutaxassislarini jalb etish. Boshqa oliy ta’lim muassasalari olimlari va mutaxassislari bilan hamkorlikda ilmiy loyihalarni tayyorlash ishlarini tashkil etish;
  • bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining qonuniylikka, sharnomaviylikka, rejali ekanligiga, moliyaviy tartiblikka va sifatlilikka amal qilinganligini ta’minlash;
  • yuqori tashkilotlarning talablariga asosan Universitetning ilmiy faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z vaqtida va aniq taqdim etilishini ta’minlash.

Universitet ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustuvor yoʼnalishlari

Universitetda faoliyat koʼrsatayotgan ilmiy markaz va ilmiy laboratoriyalarda professor-oʼqituvchilar, ilmiy xodimlar, yosh olimlar va iqtidorli talabalar respublikaning ilmiy-texnik rivojlanishiga xizmat qiladigan quyidagi ustuvor yoʼnalishlar boʼyicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqdalar:

  • yoqilgʼi-energetika resurslaridan samarali foydalanishni taʼminlovchi texnik qurilmalar hamda energiya va resurslarni tejovchi texnologiyalar hamda muqobil energiya manbalarini yaratish va ishlab chiqish;
  • foydali qazilmalarning yangi turlarini aniqlash, ularni geologik oʼrganish va sanoatda oʼzlashtirishning zamonaviy usullari, innovatsion va raqamli texnologiyalarni joriy etishga yoʼnaltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish;
  • mineral xom-ashyo resurslarini izlab topish, qazib olish, qayta ishlash va oqilona ishlatishning yuqori texnologik usullari va mamlakatimiz sanoatida intellektual mehnatni talab qiladigan samarali texnologiyalarni yaratish;
  • yer osti boyliklari va resurslaridan samarali foydalanish tizimini takomillashtirish, neft va gaz konlarini oqilona va samarali ishlatish, magistral quvurlarni sifatli ulash va puxtalash boʼyicha innovatsion texnologiyalar yaratish;
  • axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarini keng rivojlantirish va joriy etishni taʼminlaydigan zamonaviy axborot tizimlarini, boshqarish va oʼqitishning intellektual vositalari, maʼlumotlar bazasi va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish;
  • materialshunoslik, konstruktsion materiallar texnologiyasi va mashinasozlik majmuasi boʼyicha yangi progressiv (mini-, mikro-, nano-) texnologiyalar yaratish;
  • biotexnologiya sohasida forsayt tadqiqotlar oʼtkazish va ustuvor ilmiy yoʼnalishlarni belgilash, qishloq xoʼjalik mahsulotlarini qayta ishlash, yangi progressiv texnologiyalarni yaratish va loyihalash;
  • atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash. Ishlab chiqarish korxonalari chiqindilarini qayta ishlab resurs-tejaydigan materiallar olish texnologiyalarini yaratish.
Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.