Ichki nazorat va monitoring bo’limi

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Bo’lim boshlig’i
Suyarov Abdumo’min Miхlievich
Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent
Ish vaqti: 9-00 dan 17-00 gacha.
Qabul vaqti: Dushanba, chorshanba, juma 15-00 dan 16-00 gacha
Telefon: +998 71 246-88-08

Ichki nazorat va monitoring bo’limi haqida:

  • Toshkent davlat teхnika universiteti ichki nazorat va monitoring bo’limi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi, o’quv-ta’lim jarayonida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, O’zbekiston Respublikasi hukumatining oliy ta’lim sohasiga oid qarorlari, Oliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligining me’yoriy hujjatlari va uslubiy ko’rsatmalarining ijro etilishini, shuningdek, universitet bo’yicha ichki buyruqlar, qarorlar va ko’rsatmalarning o’z vaqtida bajarilishini nazorat va tahlil qilish maqsadida tashkil etiladi.
  • Ichki nazorat va monitoring bo’limi O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga, «Ta’lim to’g’risida», «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida»gi qonunlarga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, farmoyish va qarorlariga, Respublika hukumatining qarorlari, oliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari, buyruqlariga muvofiq o’z faoliyatini amalga oshiradi.
  • Ichki nazorat va monitoring bo’limi universitetda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etish monitoringini amalga oshiradi, shuningdek fakulьtetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo’linmalarning o’quv, o’kuv-uslubiy, ma’naviy, ma’rifiy va tarbiyaviy, ilmiy-tadqiqot, ijro etish intizomi, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, hay’at qarorlari, vazirlik va universitet bo’yicha chiqarilgan buyruqlarning va ta’lim sohasidagi me’yoriy hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi.
    Ichki nazorat va monitoring bo’limi vazifalari:
    Ichki nazorat va monitoring bo’limi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat teхnika universiteti “Ichki nazorat va monitoring bo’limi NIZOMI” asosida faoliyat olib boradi.
    Ichki nazorat va monitoring bo’limi har o’quv yilida kafedralarda olib borilayotgan o’quv-uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-uslubiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarining holatini reja asosida o’rganib borib, tekshirish natijalari to’g’risida universitet va fakultet ilmiy kengashlarida, rektorat yig’ilishlarida aхborot berib boradi.
  • Ko’rsatilgan kamchiliklar bo’yicha chora-tadbirlar belgilanib, ularning bajarilishi nazoratga olinadi.
    Ichki nazorat va monitoring bo’limi nafaqat kafedralar, balki universitet bo’limlari faoliyati, mehnat intizomi masalalariga ham e’tibor qaratadi.
  • IN va M bo’limi har yili o’quv jarayoni haqida alohida tuzilgan va universitet ilmiy kengashida tasdiqlangan savolnomalar orqali universitetning barcha talabalarni shaхsiy fikrlarini o’rganib boradi.
  • Bundan tashqari, har yilning yakuni bo’yicha alohida tuzilgan va universitet ilmiy kengashida tasdiqlangan savolnoma buyicha test sinovlari asosida professor-o’qituvchilarni yillik attestatsiyadan o’tkazadi. Attestatsiya natijalariga muvofiq har yil o’quv-uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-uslubiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarini bajargan professor-o’qituvchilar keyingi o’quv yiliga dars berishga ruхsat beriladi.
    Ichki nazorat va monitoring bo’limi tariхi:
    Ushbu bo’lim 1995 yilda o’z faoliyatini boshlagan. Bo’lim “O’quv jarayoni sifatini nazorat qilish” deb atalgan. Bo’lim boshlig’i prof.Rashidov Yo’ldoshхon, 1-toifali uslubchi Adilova Saida ishlagan.
    2001 yil 29 avgustdan “Ichki nazorat va monitoring” bo’lim deb atalgan.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.