OLIY TA’LIM MUASSASASINING ASOSIY VAZIFALARI
TDTUning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
– shaxsning intellektual, madaniy va ma’naviy-axloqiy kamol topishiga bo’lgan ehtiyojlarini oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ma’lumot olishi orqali erishishni qondirish;
– iqtisodiyotning tegishli sohalari bo’yicha oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
– oliy ta’limdan keyingi ta’limda katta ilmiy xodim-izlanuvchi va mustaqil izlanuvchi sifatida oliy malakali ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash;
– jamiyatning axloqiy, madaniy va ilmiy qadriyatlarini saqlash va boyitish;
– aholi o’rtasida bilimlarni tarqatish, uning ma’naviy-ma’rifiy va madaniy darajasini ko’tarish;
– ilmiy-pedagog xodimlar va ta’lim oluvchilarning ilmiy-tadqiqotlari va ijodiy faoliyatlari orqali fanni taraqqiy ettirish, olingan natijalardan ta’lim jarayonida foydalanish;
– har tomonlama rivojlangan va sodiq shaxsni, mustaqil davlat fuqarosini o’z Vatani fidoiysi, xalq, jamiyat va oila oldidagi o’z mas’uliyatini his qiluvchi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qiluvchi, xalq an’analarini boyituvchi va mustahkamlovchi, Vatan kelajagi uchun vijdonan va halol mehnat qiluvchi etib shakllantirish;
– ilmiy-texnik ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy qilish; sanoat ob’ektlarini loyihalashda ishtirok etish; texnik-iqtisodiy asosnoma va me’yoriy-texnik hujjatlar ishlab chiqish; loyiha-smeta hujjatlarini tuzish; ishlab chiqarishning sanoat havfsizligi tizimlari bo’yicha xulosalar berish;
– joriy etilayotgan innovatsion loyihalar natijasida o’quv-tadqiqot, ilmiy, eksperimental ishlab chiqarish korxonalari va ihtisoslashtirilgan zamonaviy ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini tashkil qilish;
– ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish va bu ishlarga talabalarni jalb etish;
– tegishli ta’lim yo’nalishlari bo’yicha o’quv qo’llanmalari va darsliklarni yaratish, ularni o’quv jarayonlariga tatbiq etish;
– milliy iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari bo’yicha ustuvorlikka ega bo’lgan va ishlab chiqarish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va natijalarini amaliyotga tatbiq qilish;
– fundamental va global ahamiyatga ega bo’lgan, xorijiy davlatlarda e’tirof etiluvchi ilmiy maktablarni yaratish va bunday maktablarda erishilgan ilmiy yutuqlarni TDTUda ta’lim olayotgan talabalar orasida keng tarq’ib etish;
– talabalar bandligini ta’minlash va moddiy ta’minotini yaxshilash maqsadida kichik ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish uchun talabalar shaharchasi hududida texnopark tashkil etish;
– milliy iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida xizmat qilayotgan yuqori va o’rta hamda quyi poq’ona xodimlari hamda O’zbekiston Respublikasining boshqa viloyatlaridagi oliy ta’lim muassasalarining turdosh yo’nalishlarida faoliyat yuritayotgan professor-o’qituvchilarining malakasini oshirish kurslarini tegishli shartnomalar asosida tashkil etish;
– MDH va xorijiy davlatlardagi oliy o’quv muassasalaridan, ishlab chiqarish bilan boq’liq kompaniyalardan yetakchi mutaxassislarni taklif etgan holda talabalar uchun ma’ruza kurslarini tashkil etish;
OLIY TA’LIM MUASSASASINING TARKIBI
- TDTUning tarkibiga quyidagilar kiradi:
- a) 7 ta fakultet va 60 ta kafedralar:
MUHANDISLIK TЕXNOLOGIYALARI FAKULTЕTI
1 Aeronavigaciya tizimlari
2 Havo kemalari va jiqozlarini texnik ekspluatatsiyasi
3 Radiotexnik qurilmalar va tizimlar
4 Sanoat dizayni
5 Biotexnologiya
6 Biotibbiyot muxandisligi
7 Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi
8 Korporativ boshqaruv
9 Umumiy kimyo
ELЕKTRONIKA VA AVTOMATIKA FAKULTЕTI
1 Ahborotlarga ishlov berish va boshqarish tizimlari
2 Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish
3 Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish
4 Mexatronika va robototexnika
5 Raqamli elektronika va mikroelektronika
6 Elektron apparatlarni ishlab chiqarish texnologiyasi
7 Lazer texnologiyasi va optoelektronika
8 Axborot tehnologiyalari
ENЕRGЕTIKA FAKULTЕTI
1 Elektr stantsiyalari, tarmoqlari va tizimlari
2 Elektr ta’minoti
3 Gidravlika va gidroenergetika
4 Issiqlik energetikasi va atom elektr stantsiyalari
5 Termodinamika va issiqlik texnikasi
6 Elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari
7 Elektr mashinalari
8 Alternativ energiya manbalari
9 Energetikada tizimlarni boshqarish va nazorat qilish
10 Elektr texnikasi
KONCHILIK ISHI VA MЕTALLURGIYA FAKULTЕTI
1 Marksheyderlik ishi va geodeziya
2 Konchilik ishi
3 Metallurgiya
4 Konchilik elektromexanikasi
5 Ko’mir va qatlamli konlar geotexnologiyasi
6 Hayot faoliyati havfsizligi
GЕOLOGIYA -QIDIRUV FAKULTЕTI
1 Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi
2 Gidrogeologiya va muxandislik geologiyasi
3 Geologiya, mineralogiya va petrografiya
4 Geologiya-qidiruv ishlari texnikasi va texnologiyasi
5 Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilishning geofizik usullari
6 Neft va gaz konlari geologiyasi
MASHINASOZLIK FAKULTЕTI
1 Mashinasozlik texnologiyasi
2 Yer usti transport tizimlari
3 Xizmat ko’rsatish texnikasi
4 Energiya mashinasozligi va kasb ta’limi
5 Chizma geometriya va kompyuter grafikasi
6 Oliy matematika
MЕXANIKA FAKULTЕTI
1 Materialshunoslik
2 Metallarga bosim bilan ishlov berish
3 Quymakorlik texnologiyalari
4 Sovutish va kriogen texnika
5 Texnologik mashinalar va jihozlar
6 Nazariy mexanika va mashina va mexanizmlar nazariyasi
7 Materiallar qarshiligi va mashina detallari
8 Umumiy fizika
IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR MARKAZI
1 O’zbekiston tarixi
2 Falsafa va milliy q’oya
3 Pedagogika va psixologiya
4 Sanoat iqtisodiyoti
5 Jismoniy tarbiya
6 Tillar kafedrasi (o’zbek va rus)
7 Chet tillari
FAKULTЕTLARARO KAFЕDRA
1 Harbiy kafedra
- b) TDTUda faoliyat ko’rsatayotgan o’quv-ilmiy amaliy majmualar:
1 Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali
2 Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali
3 Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo’qon filiali
4 «Brichmulla» o’quv- geologik poligoni
- v) TDTU qoshidagi ilmiy Markazlar:
1 “Fan va taraqqiyot” Davlat unitar korxonasi
2 O’zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsion markazi
3 Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish tarmoq markazi
4 Tarmoqlararo Strategik Innovatsiya va Informatizatsiya markazi
5 “Energiya va resurslarni tejash” ilmiy-amaliy va o’quv markazi
- g) TDTUda faoliyat ko’rsatayotgan ilmiy laboratoriyalar:
1 Energiyatejamkor texnologiyalar, nazorat o’lchov va avtomatlashtirilgan tizimlar
2 Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish
3 Foydali qazilmalar konlari geologiyasi, izlash va qidirish
4 Konchilik elektr mexanikasi muammolari
5 Geomexanika va gedeziya
6 Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, hayot faoliyati havfsizligi
7 Termodinamik jarayonlar
8 Sanoat korxonalarining elektr ta’minoti tizimlarini energiya samaradorligi
9 Elektruzatma
10 Energiya samarador qurilmalar va tizimlar
11 Energiya tejamkorlik va qayta tiklanuvchan energiya manbalari
12 Metallarga mexanik ishlov berish
13 Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi
14 Materialshunoslik va kompozitsion materiallar texnologiyasi
15 Mexanika
16 Qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi
17 Sovutish mashinalari va issiqlik nasoslari
18 Metrologiya va sifatni boshqarish
19 Texnologik ishlab chiqarish va jarayonlarni modellashtirish
20 Elektronika va noan’anaviy energiya manbalari
21 Lazer, Ion va plazma texnologiyasi
22 Ko’p fazali tizimlar issiqlik fizikasi, elektron va ion jarayonlari texnologiyasi
23 Tibbiy biologik tizimlar va jihozlar
24 Amaliy elektronika va istiqbolli qurilmalar
25 Optika. Spektroskopiya va lazer texnologiyalari
26 Loyiha konstruktorlik-texnologik ishlanmalar va tajriba ishlab chiqarish
TDTU ta’sischiligida tashkil etilgan ilmiy markaz hamda kichik korxonalar:
1 “Fan va taraqqiyot” Davlat unitar korxonasi
2 “O’zbekiston -Yaponiya Yoshlarning innovatsiya Markazi
3 Strategik innovatsiyalar va informatsiyalar Markazi
4 “Quduqlarni burq’ilash jarayonidagi asoratlarga qarshi kurash” ilmiy markazi
5 “BURGUCHI BIZNES” o’quv-ilmiy ishlab chiqarish korxonasi