HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.
Kafedra mudiri rasmi (ish jarayoni) Musayev Marufdjon Nabiyevich         Kafedra  mudiri, professor    
Telefon (71) 246-82-15
Elektron manzil bjd-11234.@mail.ru
Qabul kunlari va soatlari Dushanba 14-00-16-00,  Payshanba 15-00- 17-00
Kafedra tarixi Toshkent politexnika instituti      rektorining      №18 sonli buyrug‘iga asosan 12 fevral 1962 yilda «Xavfsizlik texnikasi va yong’inga qarshi texnika» kafedrasi tashkil qilindi. Respublika oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriligining 20-sentabr 1965-yildagi №238 sonli buyrug‘iga asosan 1966-yildan boshlab kafedra «Mehnatni muhofaza qilish» kafedrasi sifatida nomlana boshladi. Kafedrada o‘quv ishlardan tashqari uslubiy va ilmiy izlanish ishlari ham olib boriladi, 6ta nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi professor-o’qituvchi.       1999-yildan boshlab kafedra maxsus ixtisoslashgan bitiruvchi kafedra sifatida 5860100 ta’lim yo‘nalishi bo’yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘ygan va 2003-yilda birinchi marotaba bakalavrlar malakaviy bitiruv ishlarini yoqlab, iqtisodiyot tarmoqlarinig turli jabhalarida ishlash uchun yuborildi. Hozirda 5640100 – Hayotiy faoliyat xavfsizligi va 5640200- Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi yo‘nalishlari bo‘yicha  bakalavrlar tayyorlanmoqda. 2018-yildan kafedrada 5A 640101 Mehnat muhofazasi, ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar xavfsizligi (sanoatda)  magistratura mutaxassisligi bo‘yicha , 2019-yildan esa 5A640103 – Favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligi magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha talabalar o‘qishga qabul qilinib kadrlar tayyorlanmoqda. Shu bilan bir qatorda 2019-yildan 5640200- Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi o‘qishga ham talabalar qabul qilinib kadrlar tayyorlanmoqda.           Kafedrada barcha o‘qitilayotgan fanlardan tajriba xonalari mavjud bo’lib, ular ish qurilmalari, o‘lchov asboblari  bilan  ta’minlanganligi talabalarning olgan nazariy bilimlari bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalari  ham ortib borish imkonini beradi. Bu esa sanoat korxonalari talablariga javob beradigan mutaxassislar tayyorlash imkoniyatlarni beradi.
Bakalavriat yo‘nalishi, magistratura mutaxassisligi Bakalavriat: 1.5640100- Hayotiy faoliyat xavfsizligi.(kunduzgi)                        2.5640200- Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi(kunduzgi)                        3. 5640200- Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi(sirtqi) Magistratura: 1.5A640101-Mehnat muhofazasi, ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar xavfsizligi (sanoatda)                           2. 5A640103 – Favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligi  
Kafedrada faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar Hozirgi davrda kafedra tarkibida 3 nafar professor, 9 nafar fan nomzodlari va PhD, 9 nafar katta o‘qituvchi va 9 ta assistent faoliyat olib bormoqda. Kafedra O‘zbekiston Respublikasida ilmiy –uslubiy ishlar olib borish va o‘quv–uslubiy dasturlarini yaratish bo’yicha asosiy markaz vazifasini o‘tamoqda. Kafedra o‘qutuvchilari tomonidan kasb –hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy o‘quv yurtlarida bilim olayotgan talaba va bakalavrlar uchun darslik, o‘quv qo‘llanmalar va ma’ruza matnlari universitet nashriyotida chop etiladi.
1. Musayev Marufdjon Nabiyevich                        Kafedra  mudiri ,  Professor
2. Mirzaraximov Mirsolih Sultonovich   Professor
3. Suleymanov Adiljan Arifdjanovich Professor
4. Rasuleva Mavluda Obidovna          Dotsent
5. Petrosova Larisa  Ivanovna Dotsent          
6. Abduraxmanova Azoda Djurayevna Dotsent        
7. Yusupxodjayeva Elnora Narimanovna       Dotsent    
8. Shomansurov Sunnat Sultanovich  Dotsent
9 . Xasanova Oydin Tashpulatovna                    Dotsent   Dotsent
10. Rasulev Aliakbar Xamidullayevich             Dotsent        
11. Narziyev Shovqiddin Murtozayevich                Dotsent
12. Kushnazarov Pulat Islamovich Dotsent
13. Turabekova Urxiya Mirzabekovna            Katta o‘qituvchi
14. Abduraxmanova Surayyo Po‘latovna Katta o‘qituvchi Katta o‘qituvchi  
15. G‘ulomova Gulnora Muxitdinovna                     Katta o‘qituvchi
16. Axrorov Bobirxodja Baxadirovich           Katta o‘qituvchi        
17. Raxmatova Dilnoza Muxitdinovna     Katta o‘qituvchi  
18. Atabayeva Ma’mura Madaminovna Katta o‘qituvchi
19. Nizomova Dilrabo Odilovna Katta o‘qituvchi
20. Xolmatova Nargiza Giyasovna Katta o‘qituvchi
21. Qurbonov  Shavkat  Xurramovich                     Katta o‘qituvchi
22.Musayeva  Dilnoza  Qosimbekovna Assistent
23. Urmanov Iskander Ravilevich                  Assistent  
24.Nasirova  Saodat  Shukrillayevna               Assistent        
25.Bozorov Zafar Pirimkulovich Assistent
26.Ermatova Yayra Saydullayevna Assistent  
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy metodik ishlar «Hayot faoliyati xavfsizligi» kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi sanoat korxonalarida mehnat muhofazasi, xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarining xavfsizligi, favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligi bo‘yicha ilmiy –tadqiqot ishlarini bajarib kelmoqda. Ilmiy – tadqiqot ishlari 4 yo‘nalishda olib borilmoqda: Sanoat va xavfli kimyoviy chiqindilarni zararsizlantirish va ishlatish muammolari;Favqulodda vaziyatlar va krizis holatida jabrlanganlarni qutqarish uchun ishlatiladigan kuch va vositalar hisobi usulining ilmiy asoslangan tavsiyasini ishlab chiqish;Neft va gaz korxonalarining zararligini baholash va ularni bartaraf etish yo‘llari;Bino va inshootlar xavfsizligi muammolari. Ilmiy – tadqiqot ishlari asosida ilmiy maqolalar chop etish va ishlar natijalarini o‘quv-uslubiy ishlarda qo‘llash. Oxirgi yillar ichida quyidagi o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar nashrga tayyorlanadi va nashr qilinadi. Misol uchun «Hayot faoliyati xavfsizligi» darsligi, «Безопаснось жизнедеятельности», «Mehnatni muhofazasi maxsus kursi», «Avariya qutqaruv ishlari», «Sanoat xavfsizligi” shu kabi boshqa o‘quv qo‘llanmalar tayyorlanmoqda. Shuningdek tajriba va amaliy ishlarni, kurs ishlarini olib borish uchun uslubiy qo‘llanmalar nashrga tayyorlanmoqda.  
Monografiyalar 2018 – 2019 йилларда кафедра профессор-ўқитувчилари томонидан қуйидаги монографиялар тайёрланди ва чоп этилди: 1.Мусаев М.Н.Проблемы обеспечения безопасности использования промышленных отходов. Изд. Hamburg (Germany) Lambert Academic Publishing. 2018. – 120 с. 2.Сулейманов А.А. Theoretical and tactics bases of providing of safety at emergencies.  Изд. Hamburg (Germany) Lambert Academic Publishing. 2018. – 85 с.    3.Петросов Ю.Э., Петросова Л.И. Разработка глубоких горизонтов рудных карьеров высокими уступами. Изд. Hamburg (Germany) Lambert Academic Publishing. 2018. – 69 с.    4.Шомансуров С.С. Обеспечение безопасности процессов очистки и утилизации нефтеотходов. Изд. Hamburg (Germany) Lambert Academic Publishing, 2018. – 110 с. 5. Шомансуров С.С. Проблемы обеспечения безопасности технических систем сложных объектов. Монография. Саарбрюккен (Germany). Lambert Academic Publishing, 2019.-167 с. ISBN: 978-620-0-45650-2. 6. Абдурахманова А.Д. Давлатга озиқ-овқат маҳсулотлари кириш жарёни хавфсизлигини таъминлаш. Монография. Саарбрюккен (Germany). Lambert Academic Publishing, 2019.-137 с. ISBN: 978-620-0-45650-2. 7. Арипходжаева М.Б., Сулейманов А.А. Адаптивность подразделений сложных условиях ЧС с применением БПЛА. Монография. Саарбрюккен (Germany). Lambert Academic Publishing, 2019.-187 с. ISBN: 978-620-0-45527-7. 8. Халикулов У.М., Сулейманов А.А. Совершенствование обеспечения безопасности  сталеплавильных печей. Монография. Саарбрюкен, LAMBERT Academic Publishin, 2019. – 85 с. ISBN-13: 978-620-0-43899-7.
Darsliklar Hozirda kafedraning barcha xodimlari davlat standartlari talabiga javob beradigan yangi dastur asosida, zamonaviy pedagogik texnologiyalari uslubini qo‘llab kelmoqda. Kafedraning ishlab chiqarish korxonalari, O‘zR FA tarmoq institutlari, akademik litseylar va kollejlar bilan aloqalar va hamkorlik shartnomalari mavjud.
Kafedradagi laboratoriya xonalari va kabinetlari Kafedra jamoasi tomonidan olib borilgan saiy-harakatlari natijasida  kafedrada mehnatni muhofaza qilish, yong‘inga qarshi kurash laboratoriyalari va xavfsizlik texnikasi xonalari tashkil qilindi.                                                             
   
Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.