MOODLE
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

 

 


Kafedra mudiri:

Adilova Shaxnoza Rahimovna
Filologiya fanlari bo’yicha  falsafa doktori (PhD)
Telefon:+ 998 97 712 11 55
Elektron manzil: Sadilovas@mail.ru

Kafedra mudiri:

“Amaliy ingliz tili” kafedrasi 2020 yil  27 avgustda “Chet tillari” kafedrasidan ajralib, Mexanika fakulteti tarkibida tashkil topgan bo’lib, Kafedrada 25 nafar xodim faoliyat olib boradi. Toshkent davlat texnika universitetining “Mexanika”, “Mashinasozlik”, “Elektr va Issiqlik energetikasi” fakultetlarining va qo’shma  ta’lim dasturida ta’lim olayotgan  barcha bosqich talabalari uchun malakali bo’lgan kafedra professor-o’qituvchilari ta’lim jarayonini olib borishadi.

Kafedra yangi tuzilgan bo’lishiga qaramay kafedraning asosiy professor-o’qituvchilari yuqori bilim-ko’nikmalarga ega. Xalqaro va Respublikamizda miqyosida o’tkazilib kelayotgan turli xil anjumanlarida kafedraning faol, etakchi professor-o’qituvchilari qatnashib kelmoqda. Bundan tashqari til sohalari bo’yicha turli xil sertifikatlarga ham ega bo’lishgan. Kafedra asosan yosh xodimlardan tashkil topgan bo’lib, har bir kafedra a’zosi o’z oldiga ilmiy izlanishlar olib borishni aniq rejalashtirib olgan.

Kafedraning xalqaro aloqalari:

Creative Spark doirasidagi Big Idea Challenge – bu British Councilning biznes asoslarini o’rgatish va g’oyani hayotga tatbiq etishga qaratilgan tanlovi bo’lib kafedra ushbu tanlovga talabalarning faol ishtirok etishini ta’minlab kelmoqda.
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Ingliz tili  tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi bilan aloqalar o’rnatilib, memorandum imzolandi

UzTEA bilan ham  o`zaro hamkorlik amalga oshirilgan.

Kafedraning I. A. Karimov nomidagi TDTU akademik litseyi va maktablar bilan aloqalar va hamkorlik shartnomalari mavjud.
Kafedra professor-o’qituvchilari:

  1. Adilova Shahnoza Rahimovna.
  2. dotsent.To’xtaxodjayeva Nargiza Akmalovna.
  3. katta. o’qituvchi. Jurayeva Gulmira Mahamataminovna.
  4. katta. o’qituvchi. Ortikova Musallam Jahongir qizi.
  5. katta. o’qituvchi. Rasulova Sanobar Djalalovna
  6. katta. o’qituvchi. Atamuxamedova Rano Fazildjanovna
  7. kattta. o’qituvchi. Xayitmuratova Sayyora Muzaffarovna
  8. katta. o’qituvchi. Xamidova Xilola Shamansurovna.
  9. katta. o’qituvchi. Sultonova Muhlisa Nurillayevna
  10. katta. o’qituvchi. Sobitova Iroda Srajiddinovna
  11. kattta. o’qituvchi.Teshaboyeva Zumrad Vohidjonovna
  12. katta. o’qituvchi. Kaipbergenova Dilbar Orakboyevna
  13. o’qituvchi. Xudoyberdieva Gulasal Shuhratovna
  14. o’qituvchi. Soxibova O’giloy Nurillayevna
  15. o’qituvchi. Zakirova Shirin Ergashevna
  16. o’qituvchi. Yokubjonova Diyora Uchqunovna
  17. o’qituvchi. Maxmudova Zulfiya Muxiddinovna
  18. o’qituvchi. Rizayeva Kamola Shuhratovna
  19. o’qituvchi. Xamidova Nilufar Jumavayevna
  20. o’qituvchi. Rasulkulova Kamola Tursunbayevna
  21. o’qituvchi. Muxamedjanova Nigora Djamilovna
  22. o’qituvchi. Xolxodjayeva Dilfuza Shoakramovna
  23. o’qituvchi. Xabibullayeva Uffora Oybek qizi
  24. o’qituvchi. Almatova Feruza Avazovna
  25. o’qituvchi. Ubaydullayeva Sayyora Xasanovna

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar:

“Kafedra professor – o’qituvchilari tomonidan ingliz tili fani bo’yicha darslik, o’quv qo’llanmalari, ma’ruza matnlari, tajriba va amaliy ishlaridan o’quv-uslubiy ko’rsatmalar,  tayyorlanib chop etilgan.

Kafedrada yangi zamonaviy metodlar orqali darslar o’tkaziladi. Ilmiy yutuqlarni amaliy, tajriba mashg’ulotlarida va ma’ruzalarda qo’llash dolzarb vazifalardan  biri hisoblanadi. Iqtidorli talabalar ilmiy ishlarga jalb etilmoqda, ular talabalar ilmiy anjumanlarida ma’ruzalar bilan ishtirok etmoqdalar. Olingan ilmiy natijalar Respublika ilmiy jurnallarida chop etilmoqda.

Keyingi yillar davomida kafedraning professor-o’qituvchilari tomonidan bir necha o’quv qo’llanmalari, amaliy mashg’ulotlari uchun uslubiy ko’rsatmalar va ko`plab ilmiy maqolalar chop etildi. “Ziyonet” saytiga ko’plab manbalar, darslik, o’quv qo’llanmalarning elektron versiyalari kiritildi.

Talabalar turar joyida va fakultetlarda til o’rgatish bo’yicha to’garaklar jadval asosida shakllantirilgan. Kafedra professor-o’qituvchilari u erda talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida qo’shimcha bilim va ko’nikmalarni berib kelmoqda.

Kafedra manzili: Toshkent sh. Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 2 uy.

Electron manzili: e-mail: tdtu_md@mail.ru

KAFEDRALAR

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.