“GIDROGEOLOGIYA VA MUHANDISLIK GEOLOGIYASI” KAFEDRASI

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.
Kafedra mudiri Geologiya-mineralogiya fanlari (PhD) falsafa doktori, Agzamova Inobat Abduvoxidovna -30.09.1963 yil.
Telefon uyali (90) 945-96-80; (97) 445-96-80; ichki 532
Electron manzil e-mail: inobat1963@mail.ru
Kafedra tarixi: ToshDTUning «Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi» kafedrasining tashkil bo‘lganiga 2014 yil sentyabr oyida 90 yil to‘ladi. 1924 yilning sentyabrida O‘rta Osiyo Davlat Universiteti (UODU)ning fizika-matematika fakultetining geologiya bo‘linmasi tarkibida prof. O.K.Lange tomonidan «Dinamik geologiya» kafedrasi tuziladi. 1926 yili bu kafedra «Gidrogeologiya va dinamik geologiyasi» kafedrasi, 1930 yildan esa «Gidrogeologiya va injenerlik geologiya» kafedrasi nomi bilan atala boshlandi. 1931 yili bu kafedra O‘rta Osiyo geologiya-razvedka instituti (UOGRI) tarkibiga, keyinchalik O‘rta Osiyo Industrial instituti (UOII) tarkibiga kiradi. Mazkur kafedraga 1924 yildan 1943 yilgacha (1934-1941 yillar istisnosi bilan) prof. O.K. Lange mudirlik qilgan. 19 34-41 yillarda Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi kafedrasi «Gidrogeologiya» va «Injenerlik geologiyasi» kafedralariga ajraldi. «Injenerlik geologiyasi» kafedrasiga M.A.SHmidt raxbarlik qiladi. 1941-1943 yillar kafedraga yana O. K. Lange boshchilik (mudirlik) qilgan. 1943 yili mazkur kafedraning va umuman O‘zbekistonda Gidrogeologiya xizmatining birinchi tashkilotchisi prof. O.K. Lange Moskvaga taklif qilinadi va u MDUning «Gidrogeologiya» kafedrasining mudiri etib tayinlanadi. SHundan keyin mazkur «Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi» kafedrasiga 1943-1948 yillari yana dotsent M.A.SHmidt mudirlik qiladi. Undan keyingi davrlarda: 1948-1964 yillari prof. V.A.Dmitriev, 1964-1976 yillari prof. Uz.Fanlar Akademiyasi akademigi G.O.Mavlonov (1976-1987); (1996-1998) dots. M.Z.Nazarov, 1987-1995 yillari akad. A.N.Sultonxodjaev mudirlik qildi. Bu davr kafedra tarixidagi eng qiyin davrga to‘g‘ri keldi.   Bu  davrda   geolog  mutaxassislarni   tayyorlashga   e’tibor   susaydi. Natijada kafedrada yuqori malakali mutaxassislar (fan nomzodlari va doktorlari) tayyorlanmadi. 1995 yildan «Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi» yunalishi «Foydali kazilmalar geologiyasi va qidiruv ishlari» yo‘nalishi bilan birlashib ketdi. SHundan keyin 1998-2000 yillari prof. YA.S.Sodiqov mudirlik qildi va 2000 yilning oktyabridan boshlab ushbu kafedraga prof. K.P.Pulatov mudirlik qildi. 2003-2004 yillarda dotsent N.M.Kayumova, 2004-2005 yillarda katta o‘qituvchi I.A.Agzamova raxbarlik qildilar. 2005 yildan «Geofizika» kafedrasi bilan qo‘shilishi uning nomini «Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi, geofizika usullari» deb yuritildi. 2005-2008 yillarda kafedraga akademik Q-N.Abdullabekov raxbarlik qildilar. 2008 o‘quv yili boshidan kafedra «Gidrogeologiya, muxandislik geologiyasi va razedka ishlarining geofizik usullari» deb nomlandi va 2008-2011 yillarda  texnika fanlari doktori A.D.Kayumov raxbarlik qildilar. 2011 o‘quv yili boshidan kafedra “Gidrogeologiya va geofizika” deb nomlandi va unga 2012 yildan g.-m.f.n. I.A.Agzamova raxbarlik qilib kelmoqda. Shuni ham eslab o‘tish kerakki, kafedra tashkil bo‘lgandan boshlab talabalarni o‘qishi, ularni o‘qitish hamda kafedradagi ilmiy ishlar saviyasi 1964 yilgacha kafedraga mutaxassislik  bo‘yicha 25 ta talaba qabul qilingan bo‘lsa, 1965 yildan boshlab osha bordi. Kafedraning eng yaxshi rivoj topgan davri akad. G.O.Mavlyanov mudirlik qilgan vaqtga tug‘ri keladi. O‘sha davrda «Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi» yo‘nalishiga har yilgi talabalar qabuli 100 taga etdi. Ungacha 50 talaba (2 ta gurux), keyinchalik 75 talaba (3 ta gurux) va 1970-75 yillarda 100 talabaga (4 ta gurux,) etdi . Akademik G.O.Mavlonov davr talabini to‘g‘ri tushungan xolda, gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi mutaxassislari nafaqat qurilish, qishloq xo‘jaligi sohsasida balki atrof muxitni muhofaza masalalarini hal qilishda asosiy mutaxassis ekanligini xisobga olib, kelajakda bu mutaxassislarga bulgan talabni to‘g‘ri aniqlay bildi. Bunda akademik Gani Orifxonovich Mavlonovning xizmatlari kattadir. Kafedrada talabalar soni oshishi bilan ilmiy darajali mutaxassislar taklif etildi. Kafedrada   ilmiy   izlanish   guruxlari   tashkil   bo‘ldi,   ishlab   chiqarish chiqarishda ko‘p xizmat ko‘rsattan injener xodimlar: V.3.CHechet, B.YA.Oprыshko, R.YA.Boyko, B.YA.Beder, K.P.Petushkov, A.F.Kalnitskaya va boshqalar shular jumlasidandir. «Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi» kafedrasining bugungi 85 yillik tarixi davomida yosh mutaxassislarni o‘qitib tarbiya qilishda faol qatnashgan professor o‘qituvchilar: O.K.Lange, M.A.SHmidt, G.O.Mavlonov, V.L.Dmitriev, T.I.Arxangelskiy, A.A.Volodina, T.V.Trifonova, M.Z.Nazarov, O.M.Galkin, E.V.Qodirov, K.P.Pulatov, A.A.Adilov, M.U.Mirsaidova, N.M.Qayumova, B.Axmedov, M.G.Avganova, YA.S.Sodiqov, R.M.Mirzaxodjaev, M.SH.SHermatov, YU.I.Irgashev, K.V.Kernosova, Z.Ubaydullaev, V.I.Laert, O.K.Qosimov, M.Turdibekov, VD.YUnusov, D.N.Kruglov, Djumagulov A.To‘xtaev, R.B.Nabiev, R.E.Eshboev, A.D.Qayumov, I.A.Agzamova, D.Q.Begimqulov va boshqalarning xizmatlari kattadir. Kafedra tayyorlagan mutaxassislardan G.O.Malovnov, X.T.Tulaganov, I.M.Mirxodjiev, M.I.Ismoilov, N.N.Xodjiboev, V.A.Geyons va boshqalar O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan Fan, texnika arbobi, xizmat ko‘rsatgan geolog unvonlariga sazovor bo‘lganlar. 1969-1995 yillar ichida kafedrada 80dan ziyod Mongoliya, Afganistan, V’etnam, Aljir, YAman, Bangladesh, Zambiya, Serra-Leone, Kambodja va boshqa mamlakatlardan kelgan xorijiy talabalar bilim oldilar va shu soxada etuk mutaxassislar bo‘lib yurtlariga ishlash uchun ketdilar. Xozirgi kunda mazkur kafedrani tugatgan xorijiy talabalar, ya’ni mutaxassislar o‘z mamlaktlarida muvaffaqiyatli xizmat ko‘rsatayaptilar. Bu xaqda kafedraga ulardan xatlar kelib turadi. Kafedra xizmatchilari tomonidan 1930 – yillardan boshlab O‘zbekiston va boshqa qo‘shni respublikalar xududlarida ilmiy va ishlab chiqarish bo‘yicha davlat byudjeti va xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy tematik ilmiy dala tadqiqot ishlari olib borildi. Mazkur kafedra talabalari respublikani gidrogeologiya xizmati va injener-geologiya xizmatini asosiy tashkilotchilari xisoblanadi. Bunday ilmiy-tadqiqot ishlar natijasida kafedra professor o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari va aspirantlari   tomonidan   xududlarning   gidrogeologiyasi   va   injenerlik- korxonalari bilan o‘zaro xamkorlik aloqalari tashkil qilindi. Kafedrada xo‘jalik shartnomasi yo‘li bilan bir gurux, o‘qituvchilar, shu jumladan dotsentlardan K.P.Pulatov, E.V.Qodirov, M.Z.Nazarov ilmiy xodimlardan YU.E.Ergashev, M.F.Ochilov, R.B.Eshboev, J.Jumagulov, A.A.Adilov, A.A.Tuxtaev va boshqalar, keyinchalik esa katta o‘qituvchilardan M.U.Mirsaidova va N.M.Kayumovalar dala va laboratoriya sharoitlarida ilmiy tadqiqot ishlarida faol qatnashdilar. Xar yili 12-15 talaba, ayrim yillari 20-25 talaba kafedra xodimlari boshchiligida shu ilmiy tadqiqot ishlarida qatnashib, o‘zlarining ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan amaliyotlarini a’lo darajada o‘tar edilar. Abu Rayxon Beruniy nomli Toshkent davlat texnika universiteti (1962 yilgacha SAzPI va 1992 yilgacha TashPI) iing «Gidrogeologiya va injenerlik geologiya» kafedrasi shu kungacha 2500 dan ziyod «Tog‘ injener gidrogeologi» ixtisosligi ya’ni «Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi» yo‘nalishi bo‘yicha etuk mutaxassislarni o‘qitib-tayyorlab ishlab chikarishga, loyixalash, ilmiy-tadqiqot korxonalarining talab va extiyojlariga qarab yuborildi. To 1965-1966 yillargacha kafedrani tugatgan mutaxassislar O‘rta Osiyo respublikalarida nafaqat balki butun sobiq ittifoq respublikalariga xam ishlashga yuborilgan. Bugungi kungacha kafedra talabalaridan kuplab olimlar etishib chiqdi. Bular ichida UzRFA akademiklari G.O.Mavlonov va A.N.Sultoixodjaevlar, Qozog‘iston FA akademigi A.Axmedsafin, Tojikiston FA akademigi P.A.Pankratov, UzRFA muxbir a’zosi N.A.Kenesarin; geologiya-mineralogiya fanlari doktorlari: M.M.Krilov, I.M.Mirxodjiev, N.N.Xodjibaev, N.A.Plotnikov, S.SH.Mirzaev, X.T.Tulyaganov, E.V.Qodirov, K.P.Pulatov, YA.S.Sodiqov, YU.I.Irgashev, M.A.SHermatov, A.M.Xudoybergenov, M.F.Ochilov, X.Tuychiev, A.D.Kayumov, N.Mavlonova va boshkdlardir. Fan nomzodlari: M.A.SHmidt, V.L.Dmitriev, K.V.Kernosova, I.Ismoilov, M.Z.Nazarov, R.B.Nabiev, U.Juraev, N.Zaxritdinov, A.Islamov, M.Tuychieva, B.A.Axmedov, R.Mirzaxodjaev, M.U.Mirsaidova, N.M.Kayumova, A.A.Adilov, N.G.Mavlyanov, N.N.Umarov, A.Tuxtaev, R.E.Eshboev, K.K.Pulatov, X.Raxmatullaev va boshqalar; ishlab muhandislik geologiyasini yorituvchi 200 dan ortiq monografiyalar, darsliklar, uquv metodik qo‘llanma va ko‘rsatmalar chop etilgan. Loyixalash va ishlab chiqarish korxonalari uchun ko‘plab uslubiy yo‘riqnomalar ishlab chiqildi. Kafedrani bitirib chiqqan mutaxassislar ichidan etuk ishlab chiqarish tashkilotchilari etishib chiqdi. Ular qatoriga M.I.Ismoilov, T.A.Rasulov, N.K.Mavlonov, N.N.Umarov, X.T.Tulaganov, I.M.Mirxodjiev, Sh.B.Bozorov, X.N.Raxmatullaev, A.I.Islomov , B.I.Tulaganov, B.A.Geyns va boshqalar kiradi. Respublikamiz Prezidentining 2007 yil 17 yanvardagi 568 qaroriga muvofiq 2008-2009 o‘quv yilidan boshlab, «Gidrogeologiya va injenerlik geologiya»   yo‘nalishi   tiklandi   va   bu   yo‘nalishga   25   ta   talaba   qabul qilindi. 2012-2013 o‘quv yilida  yo‘nalishiga 40 ta talaba qabul qilingan bo‘lsa, 2020 yilga kelib kvota 125 taga oshirildi. Hozirgi kunda 06.09.2018 yildan kafedra “Gidrogeologiya va muhandislik geologiya” deb nomlanib, kafedraning professor oqituvchilari esa universitetning ilmiy pedagoggik xayotida faol ishtirok etmoqda. Kafedraning asosiy ilmiy yonalishlari: Yer osti suvlarining hosil bolish va tarqalish qonuniyatlari, shahar va axoli punktlarini suv taminoti, ifharsozlikda muhandis geologic  izlanishlar (yer osti inshootlari ham kiradi), lyss tog jinslarini tarkibi va xossalarini  injenerlik inshootlari poydevori sifatida organish, geoekologik muhitni organish va bashoratlash, chora tadbirlar ishlab chiqish. Kafedraning korxonalar bilan xamkorlik  aloqalari: “GIDROINGEO” instituti DK O‘zR FA“Seysmologiya ” instituti  “O‘zbekgidrogeologiya“ DUK “Geologik xavfli jarayonlarni kuzatish” Davlat xizmati “UZGASHKLITI” DUK NGMK “Uran va nodir metallar” IICHM Kafedraning ishlab chiqarish korxonalari, O’zR FA tarmoq institutlari, akademik liseylar va kollejlar bilan aloqalar va hamkorlik shartnomalari mavjud.
Kontingent: Kafedra mudiri, 1 ta professor, 1 ta dotsent, 3 ta katta o‘qituvchisi, 1 ta assistent, 6 ta o‘quv yordamchi xodim, ilmiy saloxiyat 43 %, o‘rtacha 49 yosh
Talabalarning umumiy soni 2020-2021 o’quv yilida GQF da “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi” kafedrasida 5311800 – “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi”yo‘nalishi bo‘yicha 231 nafar talaba o‘qiydi. Magistratura 1 ta mutaxassislikda  15 nafar talaba tahsil oladi.
Bakalavriat yo’nalishi: 5311800 – Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi
Magistratura mutaxassiligi: 5A311801 – Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi    
Kafedra professor-o’qituvchilari: 1.Qayumov Abduboqi Djalilovich, texnika fanlari doktori,
professor;
2. Zakirov Mirabbos Mirsatovich – geologiya-mineralogiya fanlari дdoktori (DSc), kafedra dotsenti
3.  Normatova Nasiba Rafailovna – доцент    
4 Gulyamov Giyasiddin Jashiddinovich –  katta oqituvchi
5. Begimqulov Dilshod qalandarovich –katta o‘qituvchi 
6. Xudoyberdiev Timur Maxmarajabovich- assistent   
Kafedrada olib bori­layotgan ilmiy ishlar:   Amaliy loyixa: Innovatsiya vazirligiga prof. Qayumov A.D. ilmiy raxbarligida quyidagi mavzularda loyixalar topshirildi: 1.Tog hududlarida yo‘l poyi turgunligini ta’minlash va uni ishlab chiqarishga joriy etish ; 2. Transport inshootlarining kengaytiriladigan uchastkalaridagi yo‘l poyi turgunligi va mustahkamligini ta’minlash texnologiualarini ishlab chiqarishga joriy etish.
Xo‘jalik shartnomasi: 2019 yil yanvar oyida  O‘zbekgidrogeologiya DUK bilan №17/01-01sonli  shartnoma  imzolandi.   50 000 000 mln somlik tog‘ kavlash va tajriba filtratsiya ishlarini bajarish. (Mirzacho‘l GGP va 2 -Mirzacho‘l GGP ) . Ishlarning 50% bajarildi.   Ilmiy-tadqiqot ishlarshda foydalaniladigan texnik vositalar                                                                                                      

Ilmiy-tadqiqot ishlarshda foydalaniladigan texnik vositalar

Quyidagi asbob-uskunalarga talabnoma topshirildi

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar:   Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan «Injenerlik geodinamikasi» fani bo’yicha darslik, o’quv qo’llanmalari, ma’ruza matnlari, tajriba va amaliy ishlaridan o’quv-uslubiy ko’rsatmalar,  hisob-grafik ishlarini bajarish uchun ko’rsatmalar, kurs loyihasini va malakaviy bitiruv ishlarini bajarish uchun qo’llanmalar, JN, ON va YaN bosqichlarini o’tkazishga savolnoma va test topshiriqlari  tayyorlanib chop etilgan. O’qitish jarayoniga yangi informasion va pedagogik texnologiyalar joriy etilmoqda, EHMlardan foydalanilmoqda. «Fikrlar hujumi», «Tarmoqlar» usuli (klaster) zamonaviy pedagogik omillari professor-o’qituvchilar tomonidan o’quv jarayoniga joriy etilmoqda. Kafedraning moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilash, ilmiy yutuqlarni amaliy, tajriba mashg’ulotlarida va ma’ruzalarda qo’llash dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Iqtidorli talabalar ilmiy ishlarga jalb etilmoqda, ular talabalarning ilmiy anjumanlarida ma’ruzalar bilan ishtirok etmoqdalar, olingan ilmiy natijalar Respublika ilmiy jurnallarida chop etilmoqda. Keyingi yillar davomida kafedraning professor-o’qituvchilari tomonidan bir necha monografiya, darslik va o’quv qo’llanmalari, amaliy va tajriba mashg’ulotlari uchun uslubiy ko’rsatmalar va 50 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etildi. “Ziyonet” saytiga ko’plab manbalar, darslik, o’quv qo’llanmalarning elektron versiyalari kiritildi.   Takomillashgan Davlat ta’lim standartlari talablariga asosan kafedrada o’qitiladigan «Gruntshunoslik» fanidan namunaviy o’quv dasturlari tayyorlandi va test nazorati uchun variantlar  tuzildi.     
Monografiyalar:  1. Agzamova I.A., Qayumov A.D. “Sho‘rlangan gruntlarda qurilish” Toshkent ( 2013)  2. Qayumov A.D., Agzamova I.A.. i bq. “Sho‘rlangan gruntli yo‘l ko‘tarmalari” Tashkent. (2013) 3.Adilov A.A.” Toshsimon lyosslarning injener-geologik xossalari va ularning turlari” monografiya Toshkent (2014) 4.Исмаилов В.А. “Инженерно-геологические условия подземного пространства г.Ташкента”(2015) 5.Агзамова И.А., Абдурахманов Б. “Гидрогеологические и инженерно-геологические условия месторождений твердых полезных ископаемых (МТПИ) Узбекистана ”Ташкент (2020)  
Darsliklar: 1. Sodiqov Ya.S., Agzamova I.A. “Meliorativ gidrogeologiyava injenerlik geologiyasi”. Toshkent, 2007. 2. Kayumov A.D,  Adilov A.A., Kayumova B.M. “Gruntshunoslik”. Toshkent, 2012. 3. Adilov A.A., Begimkulov D.Q. “Injenerklik geodinamikasi” Toshkent, 2013. 4. Agzamova I.A., Kayumov A.D, Eshniyazov S.X. “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi”. Toshkent, 2013. 5. Kayumov A.D., Xudayqulov.R.M. “Meliorativ muhandislik geologiyasi”. Toshkent, 2013. 6.. Agzamova I.A.,Gulyamov G.D. “Yer osti suvlari dinamikasi”. Toshkent, 2015. 7. I.A.Axmedov,Kayumov A.D. va b.”Avtomobil yullari. Qurilishni tashkil qilish va uning texnologik yollari”. Toshkent, 2014. 8.Kayumov A.D. “Gruntshunoslik”.Darslik. Toshkent.: 2018. 9. Adilov A.A, Normatova N.R. “Muhandis geologic bashoratlash”. Toshkent, 2018. 10. AdilovA.A.,Normatova N.R., Agzamova I.A., Saparov A., Begimqulov D.Q.”Injener geologic tadqiqotlar”.Darslik., 1-qism.Toshkent,  2020 . 11. Tolaganova H.Sh., Agzamova I.A., Allaerov B.“Geologiya va gidrogeologiya”. Toshkent, 2020 . 2020-2021yy. Chop etilishi rejalashtirilgan uslubiy ishlar: 1.Agzamova I.A. “Gidrogeologik tadqiqotlar”.Darslik. 2. AdilovA.A.,Normatova N.R., Agzamova I.A., Begimqulov D.Q.”Injener geologic tadqiqotlar”.Darslik., 2-qism.Toshkent. 3.Qayumov A.D., Begimqulov D.Q. “Umumiy injenerlik geologiyasi” O‘quv qollanma. 4. Normatova N.R. “Gidrogeokimyo” O‘quv qollanma. 5. Ismailov V.A. “Injenerlik seysmogeologiysi asoslari” Darslik.        
O’quv va laborato­riya xonalari to’g’ri­sida qisqacha ma’lu­mot: Kafedrada 4 ta o’quv laboratoriya (320, 322, 307, 4-podvalda)va 1 ta “Geotexnologia” ilmiy tadqiqot 308- xonasi mavjud. Laboratoriya jihozlari ishchi holatda. Yangi laboratoriya jihozlaridan “Daiyver” o‘lchov asbobi GIDROINGEO institute tomonidan 2019 y. mart oyida kafedraga taqdim etildi.  
Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.